O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta
To‟qima qo‟zg‟alganda qo‟zg‟aluvchanlikning o‟zgarishi
Download 0.57 Mb. Pdf ko'rish
|
asab va mushak tizimi fiziologiyasi
To‟qima qo‟zg‟alganda qo‟zg‟aluvchanlikning o‟zgarishi. To’qima
qo’zg’alganda uning qo’zg’aluvchanligi vaqtincha pasayadi. Qo’zg’aluvchanlikning bunday pasaygan davri refrakter davr deyiladi (refrakterlik- javob bermaslik). Refrakter davr ikkiga: mutloq refrakter davr va nisbiy refrakter davrlariga bo’linadi. Qo’zg’alishning paydo bo’lish va rivojlanib, avjiga chiqish davri mutloq refrakter faza deyiladi. Bu fazada qo’zg’aluvchanlik butunlay yo’qolgan bo’ladi. Mutloq refrakter fazada ikkinchi ta'sirot har qancha kuchli bo’lsa ham, jami qo’zg’alishni, ya'ni yangi harakat potensiallari farqini vujudga keltira olmaydi. Mutloq refrakter faza har xil to’qimalarda har xil muddat davom etadi. Issiq qonli hayvonlarning nerv tolalarida 0,0004-0,002, tana muskullarida 0,0025-0,003, yurak muskullarida esa 0,3-0,4 sek. teng bo’ladi. Mutloq refrakter fazadan keyin to’qimaning qo’zg’aluvchanligi tiklana boradi. To’qima qo’zg’aluvchanligining shunday davrini nisbiy refrakter faza deyiladi. Nisbiy refrakter fazada to’qima kuchli ta'sirotga kuchsiz qo’zg’alish bilan javob qaytara oladi. Bu fazada to’qima qo’zgatilganda harakat potensiallarining amplitudasi keskin kamaygan bo’ladi. Nisbiy refrakter faza nerv tolalarida 0,001-0,01, muskullarda 0,03sek. davom etadi. Nisbiy refrakter faza supernormal faza, ya'ni qo’zg’aluvchanlik kuchayadigan faza
bilan almashinadi. Bu fazani
N.E.Vvedenskiy ekzaltatsiya fazasi deb atagan edi. Supernormal faza (ekzaltatsiya fazasi) harakat potensialidan keyin kuzatiladigan manfiy iz potensiallari davrida kuzatiladi. Ta'sirot to’qimaga ana shu fazada ta'sir qilgandagina to’qima to’la qo’zg’aladi. Manfiy iz potensiali yo’q to’qimaning supernormal fazasi bo’lmaydi. Ayrim to’qimalarda supernormal faza subnormal faza bilan almashinadi. Supernormal fazada to’qimaning qo’zg’aluvchanligi fiziologik tinchlik holatdagiga nisbatan pasaygan bo’ladi. Bu faza musbat iz potensiallari yuzaga kelgan davrda kuzatiladi. To’qima qo’zg’alganida qo’zg’aluvchanligining o’zgarishi to’qimada moddalar almashinuvining o’zgarishiga bog’liqdir. Refrakterlik qo’zg’aluvchan to’qimaning normal faoliyati uchun zarur holatdir. Chunki mutloq refrakter fazada to’qimaning qo’zg’alayotgan joyida murakkab bioximik hodisalar sodir bo’ladi, oqibatda organik moddalar parchalanib, energiya ajralib chiqadi, to’qima shu energiya hisobiga qo’zg’aladi.
Download 0.57 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling