O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta
Download 0.57 Mb. Pdf ko'rish
|
asab va mushak tizimi fiziologiyasi
Tetanik qisqarish. Tabiiy sharoitda, organizmda muskul tolalari yakka-
yakka qisqarmasdan, balki uzoq tetanik tarzda ham qisqarib turadi. Boisi shuki, ularga nervlari orqali yakka-yakka emas, bir qator impulslar navbatma-navbat, muayyan ritmda, zalp bilan kelib turadi. Agarda tanadan ajratib olingan muskulga navbatma-navbat, sekundiga taxminan 10 marotaba tezlik bilan ta'sir bersak, bu vaqtda muskul yakka qisqaradi. Chunki ta'sirot bunday ritmda berilganda, har qaysi navbatdagi ta'sirot muskul, oldingi ta'sirotdan qisqarib, bo’shashganidan keyin muskulga yetib keladi va uni yana qaytadan qisqarishga majbur qiladi. Agarda muskulga berilayotgan ta'sirot chastotasi bir oz tezlashtirilib, sekundiga 10 dan 25 tagacha yetkazilsa, navbatdagi ta'sir, muskul oldingi ta'sirotdan bo’shasha boshlagan paytda yetib keladi. Shuning natijasida muskul qisqargandan so’ng to’la bo’shashmasdan turib, qayta qisqara boshlaydi, ana shunda tetanik qisqarish yoki tetanus hosil bo’ladi. Muskulning bunday qisqarishi kimografda yozib olinsa, tishli chiziq hosil bo’ladi. Shuning uchun muskulning bunday qisqarishi tishchali tetanus deyiladi. Muskulga berilayotgan ta'sirot chastotasi sekundiga 25 tadan ham oshirilsa, navbatdagi ta'sirot muskul qisqarib, bo’shashmasdan yetib keladi va muskulni shunday qisqargan holatda qolishga majbur qiladi, silliq tetanus deb shuni aytiladi. Agarda muskulga nihoyatda tez chastotali (sekundiga 300 va undan ko’proq) ta'sirot berilsa, navbatdagi ta'sir qisqarishning mutloq refrakter fazasiga to’g’ri kelaveradi. Oqibatda muskul umuman qo’zg’almaydi. N.E.Vvedenskiy muskulning tetanik qisqarish darajasi va labilligiga bog’liqligini isbotladi. Muskulga optimal chastota va kuchga ega bo’lgan ta'sirot berilgandagina uning tetanusi eng baland bo’lib, muskul foydali ishlaydi.
Download 0.57 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling