Nervning
nisbiy
charchamasligi.
Nerv
deyarli
charchamaydi.
N.E.Vvedenskiy 1884 yilda tajriba o’tkazib, nerv juda uzoq (9-12 soat)
ta'sirlanganida ham uning charchamasligini isbotladi. Nervning nisbiy
charchamasligi unda moddalar almashinuvining sustligi va labilligining
balandligiga bog’liq bo’lib, uning faoliyati uchun katta ahamiyatga egadir.
N.E.Vvedenskiy o’z tajribasida muskul-nerv preparatining nerviga ta’sir etdi, lekin
muskulga impuls boradigan yo’lni to’sib qo’ydi, natijada qo’zg’alish to’lqini
muskulga o’tmadi. Nervga 12 soat uzluksiz ta’sir etilgandan keyin u nervning
o’tkazuvchanligini tikladi, natijada muskul qisqardi. Nerv charchamagandagina
muskul qisqara olar edi, albatta.
Ammo, nerv umuman charchamaydi deb o’ylash noto’g’ri bo’ladi. Nerv
ishlab turganda uning fiziologik xossalari bir qancha o’zgarishlarga uchraydi:
refrakter faza uzayadi, qo’zg’alishning o’tish tezligi kamayadi va hakazo.
Do'stlaringiz bilan baham: |