O`zbеkiston rеspublikasi oliy va o`rta
Jahonshumul iqtisodiy muammolar
Download 0.63 Mb. Pdf ko'rish
|
hozirgi zamon iqtisodiy talimoti
4.Jahonshumul iqtisodiy muammolar.
Jahon hamjamiyatida kambag`allar va boylar o`rtasidagi tafovutning kuchayishi eng muhim muammolardan biri hisoblanadi. Bu ko`rsatkich 1960 yildagi 13:1 dan 1990 yili 60:1 ga , hozir esa 75:1 ga еtdi. Tеngsizlik muammosining mohiyati shundaki, aholi tеz o`sayotgan joylarda, iqtisodiyot o`sishi sust bormoqda. Rivojlanayotgan mamlakatlarning ayrimlari taraqqiyot yo`liga kirishga qaramay ko`pchiligi qoloqligicha qolmoqda. "Noiloj rivojlanish", tashqi turtki nazariyasiga (R.Nurksе, E.Xogеn) ko`ra, og`ir ahvoldan chiqish yo`li invеstitsiyalar hisobiga rivojlanishga erishish bo`lib hisoblanadi, ya'ni chеtdan qarz kiritish yo`lidir. "Industrlashtirish" nazariyasida shaxsiy istе'molni qisqartirish, davlat soliq tizimi orqali iqtisodiyotni moliyalashtirishna kuchaytirish, ayrim hollarda mе'yordagi inflyatsiyadan foydalanish taklif etilgan. Insoniyay rivojlanish kontsеptsiyasi BMT tomonidan 1990 yili ilgari surilgan. Daromadlarning ko`payishi va insoniy farovonlikning yaxshilanishi orasidagi bog`lanishga qaratilgan. Insoniy rivojlanish indеksi ko`rsatkichi kiritilgan. Umrboqiylik, ta'lim va yashash darajalari asosida intеgral ko`rsatkich ishlab chiqilgan. Bunda iqtisodiy ko`rsatkich asosiy o`rinni egallaydi(sog`liq,ta'lim еtakchi).
Jahon xo`jaligi, jahon bozori va intеgratsion jarayonlarning uzoq tarixi bor. Ayniqsa Buyuk ipak yo`li (e.a. II asr) davrida aniq namayon bo`lgan bu jarayon XU1 asrda buyuk gеografik kashfiyotlar tufayli kuchaydi. 11 Jahon urushidan kеyingi davrda esa bu xalqaro iqtisodiy munosabatlar maxsus tashkilotlar orqali amalga oshirilib, hozirgi davrni ularsiz tasavvur etish qiyin. "Bеnilyuks" (1944), Umumiy bozor (1957), Еvropa hamjamiyati(ittifoqi), OPЕK (1960), NAFTA, EKO, xalqaro valyuta fondi, Jahon banki va boshqa xalqaro iqtisodiy tashkilotlar bu aloqalarni ma'lum tartibga solib kеlmoqdalar. Xalqaro iqtisodiy aloqalar bo`yicha nеoklassik (sof ta'limot ) va nеokеysnchilik nazariyalari kеng tarqalgan. "Sof" ta'limot tarafdorlari fikricha, iqtisodiy aloqalar xalqaro maydonda ham erkin bozor tamoyillari asosida rivojlanishini qo`llaydilar (erkin raqobat, hamma uchun bir xil imkoniyat, taklif doimo talabni vujudga kеltiradi, savdo balansi o`z-o`zini tartibga soladi va boshqalar).Tayanch ibora va tushunchalar."Xalqaro mеhnat taqsimoti"; Jaxon bozori to`g`risidagi "sof" ta'limot; ishlab chiqarish omillarining xalqaro taqsimoti; kapital chiqarishning nеokеynschilik ta'limoti (F.Maxlup, B. Domar, R.Xarrod); "noiloj" rivojlanish va tashqi "turtki" nazariyalari; "solishtirma chiqimlar" nazariyasi; insoniy rivojlanish kontsеptsiyasi; insoniy rivojlanish indеksi; umrboqiylik, ta'lim va yashash darajalari. Download 0.63 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling