O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta
Sababiy bog‘lanish va uning
Download 1.35 Mb.
|
53511c77e324f
6.5. Sababiy bog‘lanish va uning
jinoyat-huquqiy ahamiyati Moddiy tarkibli jinoyatlar obyektiv tomonining zaruriy belgilaridan uchinchisi – sababiy bog‘lanish. Sababiy bog‘lanish sodir etilgan ijtimoiy xavfli qilmish va uning natijasida kelib chiqqan ijtimoiy xavfli oqibat o‘rtasidagi bog‘liqlik. Jinoyat huquqida jinoiy oqibatlar kelib chiqishiga sabab va sharoit bo‘lib, faqatgina jinoyat subyektining harakat yoki harakatsizligi hisoblanadi. Hech qanday tabiat kuchlari, aqli noraso shaxslar, hayvonlar yoki mexanizmlarning harakati jinoyatning sababi bo‘la olmaydi. Shunisi bilan jinoyat huquqidagi sababiy bog‘lanish jinoyat ishida sud ekspertlari tomonidan aniqlanadigan sababiy bog‘lanishdan farqlanadi. Masalan, odam o‘ldirish bilan bog‘liq barcha ishlarda sud-tibbiy ekspertizasi o‘tkaziladi va unda o‘lim kelib chiqishining biologik sabablari aniqlanadi. Sud-tibbiy ekspertizasi «Ana shu shaxsning harakatlari o‘lim kelib chiqishiga sabab bo‘lganmi», degan savolni qo‘ysa sud yoki tergovchi qo‘pol xatoga yo‘l qo‘ygan bo‘ladi. Bu savolga javobni jinoyatni tasniflash vaqtida sud yoki tergovchi o‘zi beradi. Sud-tibbiy ekspertizasi esa, quyidagi xulosalarni beradi: uyqu arteriyasiga qattiq o‘tkir jism bilan urish oqibatida ko‘p qon yo‘qotilib, yurak to‘xtashiga olib kelgan va o‘lim kelib chiqishiga sabab bo‘lganmi? Bu ma’lomotlarga asoslanib, tergovchi yoki sud gumon qilinuvchining (ayblanuvchi, sudlanuvchi) tegishli harakati (harakatsizligi) jabrlanuvchining o‘lishiga sabab bo‘lgan-bo‘lmaganligini aniqlaydi. Shaxsning harakat (harakatsizligi) natijasida g‘ayriijtimoiy, zararli oqibatlar kelib chiqish imkoniyatiga ega bo‘lishi kerak. Agar harakat ijtimoiy foydali yoxud ijtimoiy neytral bo‘lsa, unda sababiy bog‘lanishni aniqlash kerak emas. Misol uchun:
2). P. mast yotgan D.ni o‘rnidan turg‘izib, uyiga jo‘natganidan so‘ng P. ko‘rmaydigan masofada D. mashina ostiga tushib qolishi kabi harakatlar o‘rtasida sababiy bog‘lanish mavjud emas. Kelib chiqqan ijtimoiy xavfli oqibat uchun jinoiy javobgarlik masalasi faqat bu oqibat aynan shu qilmish sodir etilishi natijasida kelib chiqqanligi aniqlangandan so‘ng ko‘rsatilishi mumkin. Agar oqibat sodir etilgan ijtimoiy xavfli qilmish natijasida emas, balki boshqa sabablar tufayli kelib chiqqan bo‘lsa, u holda bu oqibatlar ushbu qilmishni sodir etgan shaxsga yuklatilishi mumkin emas. Masalan, shaxsning badaniga shikast yetkazilgan va u tibbiy yordam uchun shifokorga murojaat qilgan va qon qo‘yish natijasida OIТS kasalligi yuqtirilganida badanga shikast yetkazgan shaxs jabrlanuvchining OIТS bilan kasallanganligi uchun javobgar bo‘lmaydi, chunki uning harakatlari bilan jabrlanuvchining OIТS bilan kasallanishi o‘rtasida sababiy bog‘lanish yo‘q. Jabrlanuvchi bu kasallikka tibbiyot xodimining beparvoligi yoki o‘z vazifasiga sovuqqonlik bilan qaralganligi tufayli yo‘liqqan. Ijtimoiy xavfli harakat yoki harakatsizlikning zararli oqibatdan ilgari amalga oshirilishi sababiy bog‘lanishning muhim belgilaridan biridir. Zararli oqibat esa, ijtimoiy xavfli harakat yoki harakatsizlikning natijasi bo‘lib, u ayni vaqtda yoki keyin sodir bo‘ladi. Aks holda, ijtimoiy xavfli harakat yoki harakatsizlik bilan zararli oqibat o‘rtasida sababiy bog‘lanish mavjud bo‘lmaydi Ko‘pchilik hollarda sodir etilgan ijtimoiy xavfli qilmish va kelib chiqqan oqibatlar o‘rtasidagi sababiy bog‘lanishni aniqlash sud-tergov amaliyotida unchalik qiyinchilik tug‘dirmaydi, chunki oqibatlar (masalan, hayotga tajovuz qilinganida hayot uchun muhim a’zolarga o‘q otish yo‘li bilan odamni o‘ldirish, sovuq qurol bilan badanga shikast yetkazish) ma’lum va aniq ko‘rinib turadi. Ammo ayrim hollarda sababiy bog‘lanishni aniqlash anchagina murakkab ish bo‘lib, ekspertiza o‘tkazish talab etiladi. Bu ko‘proq avtotransport harakati xavfsizligi qoidalarini buzish tufayli sodir etiladigan jinoyatlarni tergov qilishda qo‘llaniladi. Sababiy bog‘lanish faqat harakat bilan sodir qilinadigan jinoyatlardagina jinoyat tarkibi obyektiv tomoning zaruriy belgisi hisoblanadi. Harakatsizlik bilan qilinadigan jinoyatlardagi sababiy bog‘lanishni aniqlashda quyidagi xususiyatlar ko‘zda tutiladi: 1) shaxsga muayyan harakatlar qilish majburiyati yuklatilganligi; 2) bu harakatni qilmaslik natijasida shu jinoyat tarkibi uchun qonunda belgilangan zararli oqibatning yuz bergan bo‘lishi. Sababiy bog‘lanish mavjudligini aniqlashda quyidagilarga e’tibor berish lozim: 1. Oqibat sodir etilgan ijtimoiy xavfli qilmish (harakat yoki harakatsizik) natijasida kelib chiqqan bo‘lishi kerak. 2. Kelib chiqqan oqibat sodir etilgan ijtimoiy xavfli qilmishning yoxud bu qilmish sodir etilishi natijasida ijtimoiy xavfli oqibat kelib chiqishining real xavfi bo‘lishi kerak. Agar jinoiy oqibat ijtimoiy xavfli qilmishning natijasi bo‘lmasa, ya’ni uning sodir etilishi natijasida obyektiv tarzda oqibatning kelib chiqishi real bo‘lmasa, shaxs jinoiy javobgarlikka tortilishi mumkin emas. Harakatsizlik yo‘li bilan sodir etilgan jinoyatlarda sababiy bog‘lanish muammolari xuddi faol harakat bilan jinoiy qilmish sodir etishdagi kabi hal etiladi. Qilmishning g‘ayriijtimoiy, huquqqa xilofligi yoki axloqqa zid ekanligini aniqlash qilmish va jinoiy oqibat o‘rtasidagi sababiy bog‘lanishni tadqiq qilishning birinchi bosqichini tashkil qiladi. Тadqiqotning ikkinchi bosqichi g‘ayrihuquqiy va axloqqa zid qilmish zararli oqibatlarni kelib chiqishiga kerakli sharoit yaratganligini aniqlashni o‘z ichiga oladi. O‘zganing mulkini ehtiyotsizlik orqasidan nobud qilishda, uyga ketayotib elektr plitkani choynagi bilan yoniq holatda qoldirib ketgan farroshni javobgarlikka tortib bo‘lmaydi. Chunki ekspertiza tomonidan aniqlanishicha, omborga omborxona mudiri tomonidan rastratani yashirish niyatida, farroshning yong‘in xavfsizligi qoidalarini buzishidan foydalangan holda o‘t qo‘yib, yo‘q qilingan. Bu holatda farrosh yong‘in xavfsizligi qoidalarini buzgan. Biroq, uning harakatlari amalga oshirilgan yoki amalga oshirilmaganligidan qat’iy nazar, yong‘in boshqa shaxs tomonidan sodir etilgan. Sababiy bog‘lanish mavjudligini aniqlashning uchinchi bosqichi, haqiqatan ham qilmish aynan jinoiy oqibatning sababi bo‘lganligi aniqlashdan iboratdir. Harakatsizlikdagi sababiy bog‘lanishni aniqlash o‘ziga xos xususiyatga egadir. Agar harakatda shaxs qurol yoki vositalarni ishlatgan holda tashqi dunyoda bevosita o‘z kuchi bilan o‘zgarishlar qilsa, harkatsizlikda esa, shaxs faol o‘zgartiruvchi harakatlarini amalga oshirmasa-da, tashqi tabiat kuchlariga, hayvonlarga, mexanizmlarga va boshqa shaxslarga zarar yetkazilishi uchun imkoniyat yaratadi. Harakatsizlik va jinoiy oqibat o‘rtasidagi sababiy bog‘lanishni aniqlash bosqichlari va shartlari harakatdagi bilan bir xildir. Biroq, jinoiy harakatsizlikning o‘ziga xosliligini inobatga olmoq darkor, ya’ni shaxs zararli oqibatlar kelib chiqishini oldini olishga majbur bo‘lgan yoki imkoniyati bo‘lganligini aniqlamoq kerak bo‘ladi.
Download 1.35 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling