O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta


Download 1.35 Mb.
bet40/130
Sana05.01.2022
Hajmi1.35 Mb.
#213513
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   130
Bog'liq
53511c77e324f

Jismoniy zo‘rlik deganda, shaxsning boshqalarning jismoniy ta’sirida jamiyat uchun xavfli qilmishlarning amalga oshirishi tushuniladi va bunda jismoniy ta’sir uning ixtiyorini butunlay olib qo‘yadi (masalan, jinoyatchilar qorovulning qo‘l-oyoqlarini bog‘lab, narsalarni o‘g‘irlab ketadi). Bunday holat qorovulning jinoiy javobgarligini istisno qiladi. Chunki bunda kelib chiqqan oqibat shaxsning ixtiyoridan tashqarida yuz beradi. Agar shaxs jinoyatni bartaraf qilish imkoniyatiga ega bo‘la turib, jismoniy zo‘rlash natijasida undan foydalanmagan bo‘lsa, jinoiy javobgarlikni istisno qilmaydi. Sud tomondan jazo tayinlashda Jinoyat kodeksining 55-moddasiga muvofiq holda jazoni yengillashtiruvchi holatlar sifatida hisobga olinishi mumkin. Masalan, ijtimoiy xavfli qilmish zaruriy mudofaa holatda sodir etilgan taqdirda shaxs javobgarlikka tortilmaydi.

Ruhiy zo‘rlik deyilganda, shaxsni o‘ldirish moddiy yoki ma’naviy zarar yetkazish bilan qo‘rqitilishi natijasida sodir etgan harakat yoki harakatsizligi tufayli ijtimoiy xavfli oqibatning ro‘y berishi tushuniladi. Ruhiy ta’sir natijasida yetkazilgan zarar uchun aybdor oxirgi zarurat hollaridan tashqari barcha hollarda javob­garlikka tortiladi. Sud jazo tayinlayotganda bu holatlarni javobgarlikni yengillashtiruvchi holat sifatida e’tiborga olishi kerak. Qilmish ijtimoiy xavfli bo‘lishi yangi jinoyat qonuni bilan qo‘riqlanadigan ijtimoiy munosabatlarga zarar yetkaza oladigan darajada xavfli bo‘lishi kerak.

Qilmishni jinoyat, deb topish uchun uning ijtimoiy xavflilik darajasi yuqori bo‘lib, aybdorga nisbatan Jinoyat kodeksida muayyan jazo belgilangan bo‘lishi kerak. Odatda, qilmishning ijtimoiy xavflilik darajasi jinoyat huquqiy norma sanksiyasida ifodalangan bo‘ladi. Shubhasiz, jinoyatlarning ijtimoiy xavflilik darajasi bir xil bo‘lmaydi (masalan, hayotga qarshi jinoyatlarning ijtimoiy xaflilik darajasi sog‘liqqa qarshi jinoyatlarga nisbatan yuqori va boshqalar).

Jinoyat kodeksida ijtimoiy xavfli, deb ko‘rsatilgan qilmishlarning qat’iy ro‘yxati berilgan, lekin ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlar natija­sida ba’zi qilmishlar ijtimoiy xavfliligini yo‘qotib, dekrimi­nalizatsiya qilinsa, ya’ni Jinoyat kodeksidan chiqarilsa, boshqalari ijtimoiy xavfli deb, kriminalizatsiya qilinishi mumkin. Masalan, Jinoyat kodeksidan chayqovchilik uchun javobgarlik ko‘zda tutilgan modda olib tashlandi, chunki O‘zbekiston Respublikasida amalga oshiri­layotgan ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlar natijasida bu qilmish o‘zining ijtimoiy xavflilik xususiyatini yo‘qotdi yoki 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan Jinoyat kodeksida birinchi marta odamlardan foydalanish uchun yollashning ijtimoiy xavfi ortganligi munosabati bilan javobgarlik belgilanadi (Jinoyat kodeksining 135-moddasi).

Jinoiy qilmish har doim faqat ijtimoiy xavfli bo‘libgina qolmas­dan, balki g‘ayriqonuniy harakat hamdir, ya’ni jinoyat-huquqiy normalar bilan qo‘riqlanadigan ijtimoiy munosabatlarga tajovuz qilishdir.

Qilmishning ijtimoiy xavfliligi, g‘ayriqonuniyligi, jinoiy jazoga sazovorligi va ayblilik jinoyatining zaruriy belgilaridir. Ijtimoiy xavfli qilmish ijtimoiy xavflilik va g‘ayriqonuniy belgilarisiz sodir etilgan hollarda jinoyat tarkibi ham bo‘lmaydi.

Jinoyat kodeksining «Maxsus» qismida nazarda tutilgan ko‘pchilik jinoyatlar ma’lum shaxslarning harakatlari, ya’ni faol xulqi natijasida sodir etiladi. Muayyan moddada javobgarlik ko‘zda tutilgan jinoiy harakat bir harakatni sodir etish natijasida vujudga kelishi yoki qator harakatlardan (masalan, Jinoyat kodeksining 110-moddasi: qiynash, muttasil ravishda do‘pposlash, ya’ni do‘pposlashning uch yoki undan ko‘p marta sodir etilishi) iborat bo‘lishi mumkin.

Ijtimoiy xavfli qilmishni jinoyat, deb topish uchun uni sodir etish bir harakat yoki bir necha harakatlardan iborat bo‘lganligining ahamiyati yo‘q. Ko‘pchilik hollarda jinoiy harakat, ya’ni pichoq urish, sovuq qurol ishlatish va boshqa yo‘llar bilan sodir etiladi. Biroq, jinoiy harakat so‘z bilan, imo-ishoralar orqali (bezorilik, haqorat, o‘ldirish bilan qo‘rqitish va boshqalar) sodir etilishi mumkin.

Qilmish harakatsizlik bilan ham sodir etilishi mumkin. Odatda, harakatsizlik shaklidagi qilmishlar shaxsning mansab yoki kasb bilan bog‘liq vazifalarini yetarlicha bajarmasligi natijasida orqasidan kelib chiqadi. Masalan, kasb yuzasidan o‘z vazifalarini lozim darajada bajarmaslik (116-modda); xavf ostida qoldirish (117-mod­da); mulkni qo‘riqlashga vijdonsiz munosabatda bo‘lish (172-mod­da); mansabga sovuqqonlik bilan qarash (207-modda); hokimiyat harakatsizligi (208-modda); sud qarorini bajarmaslik (232-modda); jinoyat haqida xabar bermaslik yoki uni yashirish (241-modda) va boshqalar. Shu munosabat bilan harakatsizlik shaklida sodir etilgan har bir qilmishda aybdor shaxs muayyan majburiyatlarini, vazifalarini buzganligini aniqlash, u ma’lum bir tarzda harakat qilishi lozimligini, xulqi e’tiborga olingan holda jinoiy javobgarlik masalasi hal qilinishi lozim.

Jinoiy harakatsizlikning boshlanishi muayyan harakatni amalga oshirishga majbur va bunga imkoniyati bo‘lgan shaxs tomonidan uni amalga oshirmaslik oqibatida jinoyat qonuni bilan himoya qilinadigan obyektga zarar yetkazish hisoblanadi. Harakatsizlik zarar yetkazish bilan yoki uni yetkazish xavfining yo‘qolishi bilan tugaydi. Harakatsizlikning boshlanishi va tugash vaqtini aniqlash ishtirok­chilik, jinoyatdan ixtiyoriy qaytish va boshqa shu kabi masalalarni hal qilishda ahamiyatga egadir.

Jinoyat huquqiga oid adabiyotlarda «aralash harakatsizlik» tushunchasi qo‘llaniladi. Bunday holatda jinoyat-huquqiy hara­katsizlik murakkab xususiyatga egadir. Har doim ham harakatsizlik mutlaq passiv bo‘lavermaydi. Zimmasiga huquqiy majburiyat yuklatilgan shaxs tomonidan ana shu majburiyatni to‘liq bajarmaslik yoki tegishli shaklda bajarmaslik ham jinoiy javobgarlikni keltirib chiqaradi. Misol uchun, mansabga sovuqqonlik bilan qarash jinoyatida, mansabdor shaxs o‘z majburiyatini tegishli shaklda bajarmaydi.

Jinoyat kodeksining 117-moddasida hayoti yoki sog‘lig‘i xavf ostida qolgan va o‘zini o‘zi qimoya qilish imkoni bo‘lmagan shaxsga yordam ko‘rsatmaslik, basharti, aybdor bunday ahvoldagi shaxsga yordam berishi shart va bunday imkoniyatga ega bo‘lsa yoxud aybdorning o‘zi jabrlanuvchini xavfli ahvolga solib qo‘ygan va ushbu moddaning 1 va 2-qismidagi oqibatlarni keltirib chiqarsa, jinoiy harakatsizlik sodir qilingan hisoblanadi. Bu holda shaxsning zimmasidagi ma’lum tarzda harakat qilish majburiyati qonun mazmunidan kelib chiqadi. Demak, jinoiy harakatsizlik shaxsning qonun, shartnoma, kelishuv va boshqalar bo‘yicha ma’lum harakatlarni bajarmasligi yoki uning mansab, kasbiy vazifalarini hisobga olgan holda bajarmasligida ifodalanadi.

Uzoqqa cho‘zilgan, davomli va murakkab jinoyatlarning obyektiv tomoni ijtimoiy xavfli harakat yoki harakatsizlikning qator xususiyatlari bilan ifodalanadi. Uzoqqa cho‘zilgan jinoyat deb, ma’lum davrgacha cho‘zilgan jinoiy harakat yoki harakatsizlikka aytiladi. Bu jinoyat muayyan jinoiy harakat yoki harakatsizlik bilan boshlanadi.

Jinoyat qonunida aybdorga yuklatilgan majburiyatning uzoq vaqt davomida bajarilmay kelishidan iborat harakatsizlik ham uzoqqa cho‘zilgan jinoyat hisoblanadi. Masalan, aliment to‘lash to‘g‘risi­dagi sud qarorini qasddan bajarmay yurish, tayyorlanayotgan yoki sodir bo‘lgan ayrim jinoyatlar haqida xabar bermaslik va h.k.

Uzoqqa cho‘zilgan jinoyatlar jinoiy harakat yoki harakatsizlik sodir etilgan vaqtidan boshlanib, aybdorning o‘zi shu harakatni to‘xtatishi yoki jinoyatga to‘sqinlik qiluvchi biron voqea yuz berishi bilan tamomlanadi.

Davomli jinoyat deb, bir maqsadga erishish uchun bir-biriga o‘xshash bir necha harakatdan iborat bo‘lgan jinoyatga aytiladi. Bu jinoyatlarning har biri alohida olinganida mustaqil jinoyat tarkibining obyekti bo‘lishi mumkin. Davomli jinoyat biror harakatning sodir bo‘lishi bilan boshlanib, oxirgi jinoiy harakat bilan tamom bo‘lgan hisoblanadi.

Murakkab jinoyat deb, ikki yoki undan ko‘p alohida jinoyat belgisi bo‘lgan, lekin sodir qilinishdagi harakatlar bir-biriga yaqin aloqadorligi sababli bir butun jinoyat tarkibini tashkil etuvchi jinoyatga aytiladi.



Download 1.35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   130




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling