O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta
«Bir qancha jinoyat sodir etish» tushunchasi
Download 1.35 Mb.
|
53511c77e324f
12.1. «Bir qancha jinoyat sodir etish» tushunchasi
Jinoyat huquqi fanida bir qancha jinoyatlar sodir etish alohida mavzu sifatida o‘rganiladi. Jinoyat qonunida bir qancha jinoyatlar tushunchasi berilmagan bo‘lsa-da, lekin takroran jinoyat sodir etish, jinoyatlar majmuyi va retsidiv jinoyat tushunchalarining nazariy yig‘indisi bir qancha jinoyatlar tushunchasini beradi. Bir qancha jinoyatlar deganda, shaxsning sud hukmi asosida aniqlangan ikki yoki undan ortiq jinoyatlarni, ulardan birortasi uchun sudlangan yoki sudlanmaganligidan qat’iy nazar, sodir etishi tushuniladi. B. Matlubov va A.S. Yakubovlar «bir qancha jinoyat» atamasi o‘rniga «takroran jinoyat sodir etish» yoki «jinoyatlarning takrorlanishi» atamalarini qo‘llash to‘g‘ri, deb hisoblaydilar1. Ularning fikricha, bir qancha jinoyatlar atamasi juda ko‘p sonli degan ma’noni anglatib, ushbu atama miqdor jihatidan «jinoyatlar» so‘zi bilan birgalikda qo‘llanilganda aniq bo‘lmagan miqdordagi jinoyatlar sonini anglatadi. Ma’lumki, bu institutda jinoyatlarning miqdoriy jihatlari mavjud bo‘lib, u yuridik ahamiyatga ega. Bir qancha jinoyat sodir etganlik uchun jinoyat huquqiy ta’sir choralarini qo‘llashda bir shaxs tomonidan kamida ikki jinoyat sodir qilingan bo‘lishi kerak. Jinoyat qonuni nuqtayi nazaridan, keyingi jinoyatlar qanday miqdorda sodir etilganligidan qat’iy nazar, jinoiy faoliyat sifatida ifodalovchi ushbu hodisaning huquqiy tabiati o‘zgarmaydi. Тakroran jinoyat sodir etish tushunchasi esa, o‘z navbatida bir harakatni uchinchi, to‘rtinchi va hokazo marta sodir etilishini ham qamrab oladi. Yuqorida bir qancha jinoyatlarga berilgan ta’riflardan kelib chiqib uning quyidagi xususiyatlarni ko‘rsatish mumkin: 1) shaxs tomonidan ikki yoki undan ortiq mustaqil jinoyatlarning sodir etilgan bo‘lishi; 2) har bir jinoyat sud hukmida ko‘rsatilgan bo‘lishi lozim. Agar shaxs jinoyat sodir etgan bo‘lsa, lekin jinoiy ish dastlabki tergov va sud tomonidan qonunda ko‘rsatilgan asoslarga ko‘ra tugatilgan bo‘lsa (Jinoyat-protsessual kodeksining 83,84-moddalari), bu shaxs ilgari jinoyat sodir etgan hisoblanmaydi; 3) jinoiy javobgarlikka tortish muddatining o‘tib ketganligi munosabati bilan javobgarlikdan ozod qilinmagan bo‘lishi (64-modda), ilgari chiqarilgan hukmning ijro etish muddati o‘tib ketmagan bo‘lishi (69-modda), sudlanganlik muddatining o‘tib ketmaganligi yoki amnistiya akti yoxud avf etish orqali jazodan ozod qilinmagan bo‘lishi kerak; 4) har bir jinoyat tugallangan yoki tugallanmagan bo‘lishi lozim. Bu xususiyatlarning jami bir qancha jinoyatlar sodir etishni tavsiflash uchun zarur va shartdir. Mazkur belgilardan birining mavjud emasligi bir qancha jinoyat sodir etishning mavjud emasligini ifodalaydi. Ijtimoiy munosabatlar tizimida bir qancha jinoyatlarning ijtimoiy xavflilik darajasining yuqoriligi uning obyektga ko‘p miqdorda zarar yetkazishi hisobiga vujudga keladi (masalan, ikki marta o‘g‘irlik, ikkita odam o‘ldirish, ikkita bezorilik jinoyatni sodir etish). Shuningdek, bir qancha jinoyat sodir etish orqali ikki yoki undan ortiq obyektga zarar yetkazish, masalan, o‘g‘irlik va nomusga tegish jinoyatlarini sodir etish mumkin. Bir qancha jinoyat sodir etish shaxs kamida ikkita jinoyatni sodir etganida vujudga keladi. Ularning miqdori bundan ham ko‘p bo‘lishi mumkin, biroq, ularda kamida ikkita jinoyat mavjud bo‘ladi. Ikkita jinoyatning biri ma’muriy va intizomiy huquqbuzarlik bo‘lgan hollarda esa, mazkur hodisa bir qancha jinoyat sodir etish, deb baholanmaydi. Shaxs tomonidan ikki yoki undan ortiq jinoyatning sodir etilishi uning ijtimoiy xavfliligini ham oshiradi. Bir qancha jinoyatlar quyidagi yuridik oqibatlarga ega:
2) og‘irroq jazo chorasining qo‘llanishiga asos bo‘ladi; 3) ozodlikdan mahrum qilish jazosini o‘tash tartibida ularga nisbatan o‘ziga xos qoidalar qo‘llanadi. Bir qancha jinoyatlar davomli va uzoqqa cho‘zilgan jinoyatlardan farq qilib, ikki yoki undan ortiq jinoyatlardan tashkil topadi. Jinoyat kodeksining 32-moddasi, 3-qismiga muvofiq, umumiy qasd bilan qamrab olingan yagona maqsadga yo‘naltirilgan bir jinoyat tarkibini tashkil qiluvchi bir-biriga o‘xshash bir necha jinoiy qilmishlardan iborat bo‘lgan (davomli) jinoyat takroran jinoyat sodir etilgan, deb topilmaydi. Qonun mazmuniga ko‘ra, bunday jinoyatlar davomli jinoyat, deb topiladi. Davomli jinoyatlar quyidagi belgilarga ega:
2) barcha harakatlarning bitta obyektga zarar yetkazishga qaratilganligi; 3) ularning yagona maqsad assosida birlashganligi va shuning uchun ham yagona bir jinoyat tarkibini tashkil qilishi; 4) qasdning yagonaligi; 5) davomli jinoyatlarning faqat qasddan va harakat bilan sodir etilishi.
Bundan tashqari yuridik adabiyotlarda sistematik va tarkibli jinoyat tushunchasi mavjud. Тarkibli jinoyat shunday jinoyatki (murakkab tarkibli), u ikki mustaqil jinoiy harakatdan tashkil topadi, lekin ichki birligi va o‘zaro bog‘liqligi tufayli yagona jinoyat tarkibini tashkil etadi. Masalan, nomusga tegish jinoyati ikkita bir xil bo‘lmagan harakatdan: jismoniy zo‘rlik yoki qo‘rqitish va jinsiy yaqinlik qilishdan iborat. Zo‘rlik yoki qo‘rqitishsiz ikkinchi harakat ham sodir etilmaydi. Murakkab tarkibli jinoyatlarga bir harakat orqali sodir etiladigan, lekin ikki yoki undan ortiq oqibatlarni keltirib chiqaradigan jinoyatlar ham kiradi. Masalan, qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish odam o‘limiga sabab bo‘lsa, jinoyat hisoblanadi (104-modda).
Download 1.35 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling