O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta
Download 1.35 Mb.
|
53511c77e324f
- Bu sahifa navigatsiya:
- . JAZO ТAYINLASH
14.5. Qo‘shimcha jazo
Jinoyat kodeksiga muvofiq, shaxs og‘ir yoki o‘ta og‘ir jinoyati uchun jazoga hukm qilinayotganida, sud mahkumning shaxsini hisobga olib, uni harbiy yoki maxsus unvonidan mahrum qilishi ham mumkin. Bu jazoning mohiyati shundaki, sud ushbu jazoni qo‘llash orqali jinoyatning og‘irlik darajasi va mahkumning shaxsini hisobga olib, unga kasbi, egallab turgan mansabi, muayyan sohada ko‘rsatgan xizmatlari uchun davlat tomonidan taqdirlangan harbiy yoki maxsus unvondan mahrum qiladi. Harbiy unvon – O‘zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlarida ofitser yoki serjantlar tarkibidagi xizmatchilarga nisbatan beriladigan unvon. Bu unvonlar O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tomonidan belgilanadi. Maxsus unvonlarga qator sohalarda belgilangan unvonlar kiradi. Masalan, Soliq qo‘mitasi, Bojxona qo‘mitasi, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi va boshqa shunday unvonlarni beradigan organlarning unvonlari. Oliy harbiy unvon – bu yuqori ofitserlar tarkibiga kiruvchi shaxslarga nisbatan beriladigan unvon (general-mayor, general-leytenant, general-polkovnik, armiya-generali). Oliy maxsus unvonlarga xuddi shunday unvonlarni beruvchi organlar tomonidan beriladigan unvonlar kiradi. Bundan tashqari davlat mukofotlari ham mavjud bo‘lib, ular shaxsga fan, san’at, xo‘jalik sohasining muayyan tarmog‘ida olib borilgan faoliyati uchun beriladi (xalq artisti, xalq shoiri, xizmat ko‘rsatgan yurist). Qonunda belgilangan unvonlar va davlat mukofotlaridan asosiy jazoga qo‘shimcha jazo sifatida qo‘llaniladi. Jinoyat qonunida ushbu jazo chorasini qo‘llashning quyidagi shartlari belgilangan: birinchidan, bu jazo shaxs og‘ir yoki o‘ta og‘ir jinoyati uchun hukm qilinganda qo‘llaniladi; ikkinchidan, oliy harbiy yoki maxsus unvon yoxud davlat mukofotiga ega bo‘lgan shaxs sud hukmi asosida kiritilgan taqdimnomaga asosan vakolatli organ tomonidan mahrum etiladi. Mahkumni harbiy yoki maxsus unvondan mahrum qilish to‘g‘risidagi sud hukmi nusxasi shu unvonni bergan organga yuboriladi. Zaxiradagi harbiy xizmatchiga hukm nusxasi uning yashash joyidagi mudofaa ishlari bo‘limiga yuboriladi. Unvonni bergan organning mansabdor shaxsi mahkumni unvondan mahrum qilish to‘g‘risidagi yozuvni belgilangan tartibda tegishli hujjatlarga kiritadi, bu unvon bilan bog‘liq huquq va imtiyozlarni tugatish choralarini ko‘radi hamda hukm chiqargan sudga hukmning nusxasi olingan kundan boshlab bir oylik muddat ichida uning ijro etilganligi haqida xabar beradi. 1. Jinoiy jazo nima? 2. Jinoiy jazoning belgilarini bayon eting. 3. Jinoiy jazoning maqsadi nima? 4. Jinoiy jazoni boshqa majburlov choralaridan farqi nimada ifodalanadi? 5. Jinoiy jazolanganlikning huquqiy oqibatlarini tushuntiring. 6. Jazo tizimi nima? 7. Jinoiy jazoning turlarini muayyan tartibda sanab bering. 8. Jazo tizimining huquqiy ahamiyati nimada? 9. Muayyan huquqdan mahrum qilish jazosini tayinlash shartlari (muddatlari) qanday? 10. Axloq tuzatish jazosi tayinlanishi mumkin bo‘lmagan shaxslar doirasini izohlang. 11. Axloq tuzatish jazosining jarimadan farqlari qanday? 12. Xizmat bo‘yicha cheklash jazosi va uni tayinlash shartlarini bayon eting. 13. Intizomiy qismga jo‘natishni tayinlash shartlari va muddatlari qanday? 14. Ozodlikdan mahrum qilish, deb nimaga aytiladi? Uning muddatlari qanday? 15. Voyaga yetmaganlar uchun tayinlanadigan ozodlikdan mahrum qilishning muddatlarini sanab o‘ting. 16. Manzil-koloniyalari nima? 17. Qattiq tartibli jazo o‘tash koloniyasi kimlarga nisbatan tayinlanadi? 18. Qo‘shimcha jazo sifatida tayinlanadigan jazolar va ularni tayinlash shartlarini bayon eting. 19. O‘lim jazosi favqulodda jazo chorasi sifatida. 15-bob. JAZO ТAYINLASH Download 1.35 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling