Aylana diagramma (Pie chart)
Faqat bitta ustun yoki bitta qatorda aks ettirilgan ma’lumotlardan aylana diagramma hosil
qilish mumkin. Aylana diagrammalar biror tushunchaning bir butundan qanchasini tashkil etishini
ko‘rsatadi. Bunda uning ulushi foiz ko‘rinishida diagrammada aks etadi (4.4-rasm). Aylana
diagrammalar quyidagi hollarda qo‘llaniladi:
1. Bir butundga tegishli ma’lumotlarni tasvirlash kerak bo‘lganda.
2. Tasvirlanishi kerak bo‘lgan hech qaysi ma’lumot manfiy bo‘lmaganda.
3. Tasvirlanishi kerak bo‘lgan ma’lumotlardan deyarli hech qaysisi nol qiymatga ega bo‘lmasa.
4. Kategoriyalar soni 7 tadan oshmaganda.
5. Kategoriyalar bir aylananing qismlarini aks ettirganida.
Aylana diagrammaning turlari: aylana va 3D aylana, aylananing aylanasi (pie of pie) va
aylananing ustuni (bar of pie), qismlari ajratib tasvirlangan aylana va uning 3D ko‘rinishi.
Do'stlaringiz bilan baham: |