O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta
Koinotni yoshi, o’lchami va kosmik nurlar
Download 61.18 Kb.
|
3vFAOM axmedova d.kurs ishi fizika.doc
- Bu sahifa navigatsiya:
- Zarralar va antizarralar
- Elementar zarralarning asosiy xossalari va ularni klassifikatsiyalash.
- Elementar zarralrni kuzatish va qayd qilish usullari
- Xulosa.
Koinotni yoshi, o’lchami va kosmik nurlar.Kosmik nurlar bilan bog’liq bo’lgan jarayonlar kosmik fazoning nisbatan keng, katta qismida o’tadi. Astronomik kuzatishlar natijalariga ko’ra kosmik obyektlarning yoshi taxminan 10 milliard yilga tengdir. Shuning uchun biz radiusi 1010 yorug’lik yiliga teng bo’lgan sferani tassavvur etsak, u holda biz kosmik fazoni shunday sohasini topamizki, bizga undan kosmik signal kelib yotibdi. Bu soha o’lchami C*10 10 yil-3,2nc-sm ga tengdir (1Pc=3,09*10 18 ,sm, c– yorug’lik tezligi). Koinotni kosmik nurlar yordamida o’rganiluvchi qismiga Metagalaktika deyiladi. Kosmik muhit, yulduzlar muhiti, yulduzsimon obyektlarning muhiti, kosmik fazodagi gaz va changlardan hamda kosmik zarralardan tashkil topgandir. Bundan tashqari kosmik fazo elektromagnit maydonlar bilan to’ldirilgandir, shuning uchun kosmik zarralar manbadan chiqib bizga yetib kelguncha bunday maydonlar va muhitlar bilan to’qnashuvda bo’ladi. Kosmik fazoda muhit notekis taqsimlangan. Yulduzlar turli galaktikalarga ajratilgandir, o’lchami bo’lgan fazoda qarib 10 26 sm bo’lgan fazoda qarib 104 –ta galaktika mavjuddir.Galaktikalar orasidagi o;rtacha masofa l~1025 sm ga tengdir. Galaktikalar turlicha bo’lib, ular turlicha shaklga egadirlar. Bizning galaktikamiz somon yo’li, spiral shakliga ega bo’lib, unga yaqin bo’lgan qo’shni galaktikalar, Andromeda tumanligi, katta va kichik Magelan tumanliklari va hokazalar bilan shu yerli galaktikalar to’dasini tashkil qiladi. Bu to’daga yana 20- ga yaqin galaktikalar kiradi. Koinotni birinchi modeli, fazo va vaqtda stasionar modeli edi. Rus olimi Fridmanning 1922 yilda ko’rsatishicha, koinot stasionar bo’lmasdan, u hozirgi vaqtda kengayib borayapti. Koinotni nostasionar modelidan chiquvchiga xulosalar 1929 yilda eksperimental ravishda tasdiqlangandir. Amerikalik astrofizik Xabllning ko’rsatishicha galaktikalar spektridagi chiziqlarni qizil tomonga siljishi Dolpler effektini ifodalab, galaktikalarni bir-biridan uzoqlashishini ko’rsatadi. Galaktikalarning bir-biridan uzoqlashishining tezligi v kuzatuvchidan v-H*r (1)
Koinotning ko’rinuvchi qismi (Metagalaktika) o’lchami 1010yorug’lik yiliga teng bo’lsa, kosmik nurlar bundan kichikroq masofalardan bizga yetib kelayapti, chunki kosmik zarralar to’qnashuvlar tufayli to’g’ri yo’l bilan kelmasdan balki siniq yo’llar bilan keladi. Kosmik fazodagi xaotik joylashgan magnit maydonlarida, kosmik zarralar sochilib, harakat qiladi, shuning uchun kosmik zarralarni fazodagi harakati diffuzion harakatga yaqindir. Bunda diffuziya koeffisiyenti D-(1/3)lv sm2/s bo’lib, l- zarralarning o’zaro ta’sirlari orasidagi erkin chopish masofasi, v- ularning tezligidir. Diffuziya koeffisiyentini son qiymati, zarralarning vaqt birligida, o’rtacha kvadratik ko’chishining yarmiga teng ekanligini hisobga olsak, diffuziya natijasida v~c tezlik bilan harakat qilayotgan zarra T vaqt davomida R-√2DT (2) masaofani bosib o’tishini topamiz. Zarralarning erkin chopish yo’li uzunligini galaktikalar orasidagi masofani l-10 25 sm deb, T-ni esa megagalaktika yoshi 10 10 yil deb olsak , R-ning maksimal qiymatini topgan bo’lamiz: Rmax-2,5*1026sm-2,6*108 yil (3) Shuning uchun yoshi metagalaktikaning yashash davri davomida kosmik zarralar yerga faqatgina 108 yorug’lik yiliga teng masofada yetib keladi. Galaktikaning asosiy xususiyati, uning hamma vaqt harakatdaligidadir. Faraz qilinadiki, galaktikaning harakati, tabiati hali noma’lum bo’lgan katta portlash natijasida vujudga kelgan deb. Portlashning boshlang’ich boskichida , muhitning nihoyat katta temperatura va katta zichligiga mos keluvchi energiya ajraladi. Vaqt o’tishi bilan Metagalaktika kengayib borishi natijasida sovigan. Boshlang’ich vaqtlarda ya’ni KT>1018 ГэB bo’lganda ( K-Bolsman doimiysi), materiya universal ta’sirni tashuvchilaridan (leptokvarklardan) iborat bo’lgan. Metagalaktikani kengayishi va sovishi natijasida universal ta’sirini o’rniga, kuchsiz, elektromagnit va kuchli maydonlar (ta’sirlar) paydo bo’lgan. Natijada materiya kvarklardan, glyuonlardan, leptonlardan va fotonlardan iborat bo’ladi va ularni hammasi termodinamik muvozanatda edi. Materiyani yana sovishi natijasida kvark glyuonli plazma adronlarga aylanadi. Materiyaning zichligini ma’lum qiymatidan boshlab leptonlar ( e-elektronlar, µ-myuonlar, v- neytrinolar) o’zaro ta’sirdan mahrum yana sovishi natijasida kvark glyuonli plazma adronlarga aylanadi. Materiyaning zichligini ma’lum qiymatidan boshlab leptonlar ( e-elektronlar, µ-myuonlar, v- neytrinolar) o’zaro ta’sirdan mahrum bo’lganlar. Elektronlar va pozitronlar annigilyasiya bo’lib, yadrolar va yulduzlar paydo bo’lgan. Bunday jarayonlarning xotirasi koinotning ma’lum xususiyatlarida haligacha saqlanib qolgan. Masalan, 1965 yilda mikroto’lqinli radionurlanishlar qayd qilingan bo’lib, anizatropiyasining yuqori darajasi, ular butun megegalaktikani to’ldirganligidan darak beradi. Bu nurlanishni spektrini xarakteristikalari temperaturasi ~3K ga yaqin bo’lgan ( Zarralar va antizarralarAntizarralar. Birinchi antizarralar – elektronning antizarrasi – positron kashf qilingandan so’ng, boshqa zarralarning ham antizarrasi yo’qmikan, degan savolli tug’diradi. Antizarralar 1955-yilda mis nishonni protonlar bilan bombardimon qilish natijasida hosil qilinadi. 1956-yilda esa antineytron kashf qilindi. Hozirgi paytda har bir zarraning o’z antizarrasi, ya’ni massasi va spini teng, zaryadi esa qarama-qarshi bo’lgan zarra mavjudligi aniqlangan.Elektron va protonlarning antizarralari zaryadining ishorasi bilan farq qilsa, neytron va antineytron xususiy magnit momentlarining ishorasi bilan farq qiladi. Zaryadsiz zarralar foton, π0- mezonlarning o’zlari va antizarralarining fizik xossalari bir xil.Antizarralar to’g’risida ma’lumotga ega bo’lgandan keyin o’quvchida zarra va antizarra uchrashib qolsa nima bo’ladi, degan savol tug’ilishi tabiiy. Ushbu savolga javobni keyingi satrlarda topasiz. Modda va maydonning bir-biriga aylanishi. Elektronning o’z antizarrasi – positron bilan uchrashuvi ularning elektromagnit nurlanish kvantiga aylanishiga va energiya ajralishiga olib keladi. Bu hodisa annigilyatsiya deyiladi: e- + e+ → 2γ. Nafaqat electron va pozitron, balki barcha zarralar ham o’z antizarralari bilan uchrashganda annigilyatsiyaga kirishadi. Boshqacha aytganda, ular elektromagnit maydon kvantlariga (fotonlarga) aylanadi.Ushbu holda annigilyatsiya so’zi uncha qulay tanlanmagan. Chunki u lotincha “yo’qolish”degan ma’noni anglatadi. Aslida esa zarra va antizarra uchrashganda hech qanday yo’qolish ro’y bermaydi. Barcha saqlanish qonunlari to’la bajariladi. Materiya modda ko’rinishidan elektromagnit maydon kvantlari ko’rinishiga o’tadi xolos.Agar modaning elekrtomagnit maydon kvantlariga aylanish jarayoni ro’y bersa, unda teskarisi, maydon kvantlarining moddaga aylanish jarayoni ham ro’y bermaydimi, degan savol tug’iladi. Albatta ro’y beradi. Umuman olganda, biz bu jarayon bilan tanishmiz. Energiyasi electron va prozitronning tinchlikdagi energiyalari yig’indisidan katta bo’lgan γ- kvant Eγ> 2m0c2 = 1,02 MeV yadroning yonidan o’tadigan electron-pozitron juftligiga aylanishi mumkin: γ → e- + e+ Elektron-pozitron juftligining paydo bo’lishi va ularning annigilyatsiyasi materiyaning ikki shakli (maydon va modda) o’zaro bir-biriga aylanishlarini ko’rsatadi. Antizarralar— massasi, spini, izotopik spini, juft-toqligi o’zining «egizak» zarrasining mos parametrlariga o’zaro teng bo’lib, bir-biridan faqat elektr va nuklon zaryadlari, ajibligi, magnit momentlarining ishoralari bilan farq qiladigan elementar zarralar.Zarra va Antizarralarga misollar: elektron va pozitron, proton va antiproton, neytron va antineytron, neytrino va antineytrino. Bundan ko’rinadiki, Antizarralar zaryadli zarralarda ham, elektr jihatdan neytral (zaryadsiz) zarralarda hammavjud..Antiproton (r) proton (r) ga nisbatan Antizarralar: massasi, spini, zaryadi va magnit momentining mutlaq qiymatlari protonning tegishli fizik parametrlariga teng. Faqat zaryadi va magnit momentining ishorasi bilan protondan farq qiladi. Antineytron (ya) esa neytral (elektr zaryadi nolga teng) boʻlgan neytrondan faqat magnit momentining ishorasi bilan farq qiladi. Zarra va Antizarralar juftining alohida xossasi — ularning bir-biri bilan uchrashganda annigilyatsiyalanib, materiyaning boshqa shakliga aylanishi. Mas, elektron va pozitron annigilyatsiyasi natijasida ular yo’qolib, foton (yorug’lik kvanti) hosil bo’ladi. Antiproton va antineytronlar nuklonlar bilan annigilyatsiyalanadi, bunda ya-mezonlar hosil bo’ladi. Antimodda. Agar zarralarning antizarralari mavjud bo’lsa, unda antiyadro, aniqrog’I antizarralardan tashkil topgan antimodda yo’qmikan? Antiyadrolarning mavjudligi qayd qilingan. Birinchi antiyadro – antideytron (p va n larning bog’langan holati) 1965- yilda amerikalik fiziklar tomonidan topilgan. Keyinchalik esa serpuxovadagi tezlatgichda antigeliy (1970) va antitritiy (1973) yadrolari hosil qilinadi.Zarralar bilan to’qnashganda annigilyatsiyaga uchrashi antizarralarning uzoq vaqt zarralar orasida bo’lishiga imkon bermaydi. Shuni alohida takidlash kerakki, annigilyatsiya jarayonida juda katta miqdorda energiya ajralib chiqadi. Solishtirish uchun aytish mumkinki, ajralib chiqadigan energiyadan millionlab marta kattadir. Shunday qilib, annigilyatsiyada o’zaro ta’sirlashadigan zarralarning barcha energiyasi boshqa turga aylanadi, ya’ni annigilyatsiya mavjud energiya manbalari orasida eng katta energiya ajraladigan jarayondir. Agar olamning bizga yaqin biror joyida antimodda mavjud bo’lganda edi, kuchli miqdorda energiya ajralishi kerak edi. Lekin astofiziklar hanuzgacha bunday holni etmaganlar. Shuning uchun ham antimoddani o’rganish hozircha, faqat modda tuzilishini o’rganish yo’nalishidagi fundamental izlanishlardan iborat bo’lib qolmoqda.
Kuchli yoki yadroviy ta’sirlashuv. Bu ta’srlashuv atom yadrosidagi nuklonlarning (proton va neytron) aloqasini ta’minlaydi va yadroni bir butun mahsulot sifatida saqlab turadi. Aynan uning sharofati bilan moddalarning barqarorligi ta’minlanadi. Kuchli ta’sirlashuv atom yadrosining radiusiga teng ~10-15 m masofada namoyon bo’la boshlaydi. U nuklonlar o’rtasida π- mezonlar almashuvi bilan amalgam oshiriladi. Elektromagnit ta’sirlashuv. Bunday ta’sirlashuv barcha elektr razryadga ega zarralar orasida mavjud. U kuchli ta’sirdan 137 marta kuchsiz. Ta’sir radiusi cheklanmagan. Elektromagnit maydon energiyasini tashuvchi zarra foton vositasida amalgam oshiriladi. Atomning mavjudligini ta’minlaydi. Eng to’la o’rganilgan ta’sirlashuv hisoblanadi.Kuchsiz ta’sirlashuv. Asosan elementar zarralarning parchalanishida namoyon bo’ladi. Β- yemirilish, μ- yemirilish kuchsiz ta’sirlashuvga yaxshi misol bo’ladi. U kuchli ta’sirdan 1014 marta kuchsiz bo’lib, oraliq bozonlari (z, w) vositasida amalgam oshiriladi.Gravitasion ta’sirlashuv. Bu barcha elementar zarralarga xos bo’lgan xususiyat, ya’ni ular bir-birlarini tortishadi. U kuchli ta’sirdan 1039 marta kuchsiz. Shuning ham mikrodunyo jarayonlaridagi ta’siri e’tiborga olinmaydi. Gravitatsion maydon orqali, graviton deb ataluvchi ekzotik zarralar vositasida amalga oshiriladi.
Fotonlar. Bu guruh faqat bitta zarra – elektromagnit nurlanish kvanti fotondan iborat. Leptonlar. Leptonlar (“leptos” yunoncha – yengil ma’nosini anglatadi) elektromagnit va kuchsiz ta’sirlarda ishtirok etadi. Leptonlarga elektron, myuon vat ay neytrinosi, elektron, myuon, tey-lepton va ularning antizarralari kiradi. Mezonlar. Massasi 207 elektron massasidan katta, amo proton massasidan kichik bo’lgan zarralar mezonlar guruhini tashkil qiladi.Barionlar. Og’ir zarralr. Ular potondan boshlanadi va nuklonlar, giperonlarni o’z ichiga oladi. Barcha ta’sirlashuvlarda ishtirok etadi.Shu bilan birga, spinining qiymatiga qarab zarralar fermionlaga (spini S = ½ bo’lgan zarralar) va bozonlarga (spini S = 0 yoki butun S = 1 bo’lgan zarralr) bo’linadi. Yashash davriga qarab, zarralr barqaror va beqaror zarralarga ajratiladi. Kvarklar. Materiyaning eng kichik g’ishtchalari hisoblangan elementar zarralar murakkab tuzilishiga ega ekanligi ma’lum bo’lgandan so’ng, materiyaning haqiqatdan eng kichik g’ishtchalarini izlash muamosi vujudga keladi. Agar shunday zarralar mavjud bo’lsa, hozirgacha bizga ma’lum bo’lgan va murakkab tuzilishiga ega bo’lgan barcha zarralar ulardan tashkil topgan bo’lishi kerak. 1964- yilda amerikalik fizikM.Gell- Mann va D.J.Sveyglar mezonlar va D.J.Sveyglar mezonlar va barionlar kvarklar deb soda zareralardan tashkil topganligi to’g’risidagi gipotezani taklif qildilar. Bu gepotezaga muvofiq, barionlar uchta: u, d, s kvarklardan, antibarionlar esa muvofiq, barionlar antikvarkdan, tashkil topgan. Bu kvarklar yarim spinga ega bo’lishlari, zaryadlari esa elektron zaryadlarning 1/3 va 2/3 qismiga bo’lishlari kerak. Keyinchalik yana ikkita: c “Mafunkor” (ingilizcha “charm”) va b “go’zal” (ingilizcha “beauty”) kvarklari antikvarklari bilan birga kiritildi. Zamonaviy gepotezalarga ko’ra kvarklar ham leptonlar kabi oltita bo’lishi kerak. Lekin t “haqiqiy” (ingilizcha “truth”) kvarkining mahsulini topish maqsadida qilinayotgan barcha urinishlar hozircha hech qanday natija bermaydi. Shu bilan birga kvark va antikvarklarning kombinatsiyalari mavjud mezonlarning barchasi vujudga kelishini tushuntib bera oldi. Shu nuqtai nazardan qaraganda, kvarklar hech qanday ichki tuzilishiga ega emas va ularni chin ma’noda elementar zarralar deb hisoblash mumkin.
1.Zarralarnifazoning biror qismidan o’tganligini qayd qiluvchi va ba’zi hollarda ularning ba’zi xarakteristikalari, masalan, energiyasini aniqlashga imkon beruvchi asboblar. Bunday asboblarga ssintillyatsion (chaqnovchi) hisoblagich, Chernikov hisoblagichi, gaz zaryadli hisoblagich, yarimo’tkazgichli hisoblagich, yarim o’tkazgichli hisoblagich va impulsli ionlashtiruvchi kamera misol bo’la oladi. 2. Zarraning moddadagi izini kuzatishga, masalan, suratga tushirishga imkon beruvchi asboblar. Bunday asboblarga vilson kamerasi, difuziyali kamera, pufakli kamera, fotoemulsiya usuli misol bo’la oladi. Biz quyida ularning ba’zilari bialn tanishib o’tamiz. Sintillyatsion hisoblagich. Ish prinsipi tez zarralarning flyuoressiyalanuvchi ekranga tushishida ro’y beradigan chaqnash – sintilyatsiyaning kuzatilishiga asoslangan. Hosil bo’lgan kuchsiz yorug’lik chaqnashi elektr impulslariga aylantiriladi va kuchaytirilib, maxsus apparatlar yordamida qayd qilinadi. α- zarra birinchi marta aynan shunday hisoblagich yordamida (1903- yil) qayd qilingan edi. Gaz razryadli hisoblagich. Bunday hisoblagich, odatda, gaz to’ldirgan metall silindr (katod) va uning o’qi bo’ylab tortigan ingichka sim (anod)dan iborat bo’ladi. Qayd etiladigan zarra elektrodlar orasidan o’tganda gazni ionlashtiradi. Bu ionlar esa gaz, devor atomlari va molekulalar bilan to’qnashib, ularni ikkilamchi ionlashtiradi. Umuman olganda, ikki xil gaz razryadli hisoblagich mavjud. Birinchisi, proporsional hisoblagich deyilib, unda gaz razryadli nomustaqil bo’ladi. Geyger – Myuller hisoblagichi deb ataluvchi ikkinchi xil hisoblagichda esa gaz razryadli mustaqil bo’ladi. Geyger – Myuller hisoblagichlarining ajrata olish vaqti 10-3-10-7 s ni tashkil qiladi, ya’ni shunday vaqt oralig’ida tushgan zarralar qayd qilinadi. Gaz razryadli hisoblagichlarning razryadlangan zarralarni qayd etish unumdorligi 100 % bo’lsa, γ- kvantlar uchun 5% tashkil etadi. Vilson kamerasi. Kamera 1911- yilda ingiliz fiziigi Ch.Vilson tomonidan yaratilgan. U tez uchib ketayotgan zarralarning bug’simon holatdagi moddadan o’tganida, shu modda molekulalarini ionlashtirishiga asoslangan.Vilson kameraning ishchi hajmi (l) suvning yoki spirtining to’yingan bug’I bo’lgan havo yoki gaz bilan to’ldirilgan. Porshen (2) pastga qarab tez harakatlanganda 1 hajmidagi gaz adibadik ravishda kengayadi va soviydi. Natijada gaz o’ta to’yingan holatiga keladi. Kameradan uchib o’tgan zarra o’z yo’lida ionlarni vujudga keltiradi va hajm kengayganda kondensatsiyalangan bug’lardan tomchilar hosil bo’ladi. Shunday qilib, zarra orasida ingichka tuman yo’l ko’rinmishidagi iz qoladi. Bu izni kuzatish yoki rasmga tushirish mumkin.Fotoemulsiya usuli. 1927- yida rus fizigi L.Misovkiy zaryadlangan zarralar izini qayd qilishning oddiy usulini taklif qiladi. Zaryadlangan zarralar fotoemulsiya orqali o’tganda, unda tasvir hosil qiluvchi ionizatsiyani vujudga keltiradi. Surat ochilgandan keyin zaryadlangan zarralarning izlari ko’rinibqoladi. Emulsiya juda qalin bo’lganligi uchun ham zarraning unda qoldirgan izi juda ham qisqa bo’ladi. Shuning uchun, fotoemulsiya usuli juda katta energiyali tezlatkichlardan chiqayotgan zarralar va kosmik nurlar vujudga keltiriladigan reaksiyalarni o’rganish maqsadida ishlatiladi Xulosa.Bugungi kundа tа’limni rivоjlаntirish bo‘yichа qo‘yilayotgаn Dаvlаt tаlаbi o‘quvchi shахsi, uning intilishlаri, qоbiliyati vа qiziqishlаrini e’tiborga olib,fаn, tехnikа vа tехnоlоgiyalаrning istiqbоlli rivоjlаnishini hisоbgа оlingаnhоldа, o‘quvchilаrdа fаnlаrni o‘rgаnishdа tаyanch vа fаngа оid umumiy kоmpеtеnsiyalаrni rivоjlаntirishni tа’minlаshdаn ibоrаt. Хususаn, fizikа tа’limi o‘quvchilаrdа fаnning tехnikа tаrаqqiyotidа vа hаyotdа tutgаn o‘rni, fаngа оid zаruriy bilimlаrni egаllаshi, оlgаn bilimlаrini hаyotgа tаtbiq etа оlish sаlоhiyatini shаkllаntirish vа rivоjlаntirishni ko‘zdа tutаdi. Bu mа’lum bоsqichlаrdа, 6–11-sinflаrdа fizikа bo‘limlаrini o‘rgаnish оrqаli аmаlgа оshirilаdi. Fizika fanini o‘rganish 6-sinfda boshlanib, dastlabki bosqichda mexanika, issiqlik, elektr, yorug‘lik, tovush hodisalari hamda modda tuzilishi haqida boshlang‘ich ma’lumotlar beriladi. Fizika fanini izchil kurs sifatida 7-sinfda fizikaning “Mexanika” kursi, 8-sinfda “Elektr” kursi, 9-sinfda “Molekular fizika asoslari”, “Optika”, “Atom va yadro fizikasi asoslari” va “Koinot haqida tasavvurlar” kurslari orqali o‘rganiladi. Keyingi bosqichda esa, umumiy o‘rta ta’lim maktablarida o‘rganilgan o‘quv materiallarni o‘rta maktabning 10–11-sinflarida, akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida takrorlanmasligi, o‘quvchilarning yosh va psixologik xususiyatlari, o‘rta ta’lim tayyorgarligiga mos kelishi hamda fizik tushunchalarni asta-sekin oddiydan murakkabga shakllantirish e’tiborga olingan. Mamlakatimiz ilmiy tadqiqot muassasalarida va oily o’quv yurtlari laboratoriyalarida qattiq jismlar fizikasi, issiqlik va molekulyar fizika, optika va akustikaning zamonaviy fundamental yo’nalishlari bo’yicha amaliy ahamiyatga ega bo’lgan ilmiy tadqiqotlar olib borilmoqda. Mamlakatimizda fizika sohasida olib borilayotgan tadqiqotlar hozirgi zamon fizikasining jahon miqyosida taraqqiy etishiga, xalq turmush tarzining farovonlashishiga xizmat qiladi. 37
Foydalanilgan adabiyotlar1.Alimov T.A, Maxmudov B.M, Sirojev N.S Quyosh fizikasi (qo’llanma) Samarqand-2014 Internet saytlari. 1.google.com 2.orbita.uz 3.ziyouz.com. 4.ziyouz .com .kutubxonasi. Download 61.18 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling