О‘zbekiston respublikasi oliy va о‘rta
Qushlarning asosiy progressiv belgilari
Download 6.27 Mb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1-rasm 1.2. Qushlarni uchishga yordam beradigan eng asosiy moslanishlari quydagilardan iborat
1.1 Qushlarning asosiy progressiv belgilari .
1. Ko’ruv va eshituv organlarining progressiv ravishda taraqqiy etganligi va harakatlarining tegishli markazlar bilan bog’langanligi, shu munosabat bilan qushlar juda mukammal instiktlarga ega bo’lib, turli odatlarni osonlik bilan kashf etishi. 2. Gavda temperaturasining doimiy yuqori bo’lib turishi (gomoyotermilik) bu organizmning butun hayot faoliyatini kuchaytiradi va qushlarni muhitga, jumladan atrofdagi temperaturaga kamroq bog’liq qilib qo’yadi. Qushlar temperaturasining doimiy yuqori turishi yurakning to’rt kamerali bo’lib, aorta venoz (chap) yoyining atrofiyalanib, ketganligi uchun qonning aralashib oqmasligiga, shuningdek pat qoplag’ichi yuzaga kelganiga bog’liqdir. 3. Qushlarning keng tarqalishi ovqat topishiga katta imkoniyatlar ochib bergan havoda uchishga bo’lgan murakkab kompleks moslamalarning borligidir. Qushlarning mazkur hossalari ular yosh sinf bo’lishiga qaramasdan, butun yer yuzida keng tarqalishida va ancha turli-tuman yashash joylarini egallashiga imkon bergan. Keng tarqalganligi va turli-tuman sharoitda yashash natijasida qushlar sinfi juda xilma-xil va ko’p turlarga ega. Bu sinf hozir yashovchi 35-40 turkum, 8 ming turni o’z ichiga oladi. 1-rasm 1.2. Qushlarni uchishga yordam beradigan eng asosiy moslanishlari quydagilardan iborat: 1. Gavdasining umumiy suyri shaklida va oyoqlarining yengil bo’lishi. 2. Oldingi oyoqlarining qanotga aylanishi va shu munosabat bilan tush suyagida toj suyak yuzaga kelishi, shuningdek, ikki oyoqda yurish layoqati murakkab dumg’aza paydo bo’lishi. 3. Havoda oson harakatlanishini ta‘min etadigan va differenuatsiyalangan murakkab pat qoplagichining yuzaga kelishi. 4. Suyaklari yengil bo’lib, ichi havoxaltachalari sistemasining taraqqiy etganligi tufayli havoga tulib turishi. 5. Tishlarining reduktsiyalanib, tumshuq bilan almashinilganligi, muskulli oshqozon borligi, to’ri ichakning reduktsiyalanib ketganligidir. Marfologik jihatidan qushlar quyidagi belgilar bilan harakterlanadi. Tanasi pat bilan qoplangan, oldingi oyoqlari qanotga aylangan, suyaklari pnevmatik, bosh suyagi bitta ensa o’simtali, yuragi to’rt kamerali va bitta unga aorta yoyi bor. Download 6.27 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling