O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘zta maxsus ta’lim vazirligi
Download 0.55 Mb. Pdf ko'rish
|
1 2
Bog'liqHAYOT FAOLIYATI XAVFSIZLIGI
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘ZTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI SAMARQAND DAVLAT UNIVERSITETI RO‘YXATGA OLINDI: № BD-5140100-5.04 “___” _______2019 yil SAMARQAND DAVLAT UNIVERSITETI REKTORI: R.I.Xalmuradov ________ «___» ________ 2019 yil HAYOT FAOLIYATI XAVFSIZLIGI Fanining O‘QUV DASTURI BILIM SOHASI: 100000 – GUMANITAR SOHA TA’LIM SOHASI: 110000 - PEDAGOGIKA TA’LIM YO‘NALISHI: 511170 - BOSHLANG’ICH TA’LIM SAMARQAND - 2019 KIRISH Ushbu dastur “Hayot faoliyati xavfsizligi” fani tarixi, rivoji va istiqboli hamda Respublikamizdagi ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar natijalari, ishlab chiqarish va hududiy xavfsizlik muammolarining inson hayoti xavfsizligiga ta’siri va ulardan muhofazalanish chora-tadbirlari masalalarini qamrab olgan. Zero, hozirgi davrda xavfsiz ha yotni ta’minlash masalalari eng dolzarb muammolardan biri hisoblanadi. Chunki texnosferalarda ishlab chiqarish jarayonining buzilishi, ishchi-xizmatchilar uchun ish joylarida sanitariya va gigiena qoidalariga rioya etilmasligi, muhit rivojla nishidagi noxush vaziyatlarning murakkablashuvi, davlatlar o‘rtasida insoniyat hayotiga xavfxatar soluvchi holatlarning ro‘y berishi, insoniyat tomonidan qo‘llanilayotgan turli zaharli va zararli moddalar hamda vositalar ko‘plab xavf-xatarlarni yuzaga keltirib, insonlarning hayotiy faoliyatiga, salomatligiga, atrof-muhit tozaligiga va iqtisodiyotning barqaror rivojlanishiga tahdid solmoqda. Shu sababli ham mamlakatimizning eng dolzarb va kechiktirib bo‘lmaydigan vazifalari qatoridan aholi hayotining xavfsizligini ta’minlash masalalari muhim o‘rin egalla gan. Aynan shu muammolarning echimini “Hayot faoliyati xavfsizligi” fani o‘rganadi. Dasturni tayyorlashda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1996 yil 4 martda gi “O‘zbekiston Respublikasi favqulodda vaziyatlar vazirligini tashkil etish to‘g‘ risida”gi farmoni, O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, Vazirlar Mahkamasining Qarorlari, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi favqulodda vaziyatlar vazirligi ning 2008 yil 3 sentyabrdagi 140- son buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Aholini Favqulodda vaziyatlarda harakatlanishga tayyorlashga oid yo‘riqnoma”si, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2008 yil 28 oktyabrdagi “Aholini Favqulodda vaziyatlarda harakatlanishga tayyorlashga oid yo‘riqnomani o‘quv jarayoniga tatbiq etish to‘g‘risida”gi 318- son buyrug‘i asos qilib olindi. Fanning maqsad va vazifalari Fan o‘qitilishining maqsadi – bo‘lajak mutaxassislarga hayotiy faoliyatlarida yuzaga keladigan xavflarning kelib chiqish sabablarini, xususiyatlarini, oqibatlarini va ularni yo‘qotish qoidalarini, xavfsiz ish sharoitlarini yaratish, tabiiy, texnogen, ekologik va boshqa tusdagi favqulodda vaziyatlardan aholini himoya qilish, ularni nazariy va amaliy jihatdan himoyalanishga hamda jarohat olganlarga birlamchi tibbiy yordam ko‘rsatish qoidalarini o‘rgatishdan iborat. O‘quv fanini o‘rganishning asosiy vazifalari: hayotiy faoliyatda yuzaga keladigan xavflarni identifikatsiyalash va ularni o‘rganish, ishlab chiqarish jarayon larida xavfsiz mehnat sharoitlarini yaratish, texnosferada kasb kasalliklarini kamaytiradigan va baxtsiz hodisalarni oldini oladigan chora- tadbirlarni o‘rganish. Shuningdek, aholini tabiiy ofatlardan, avariya va halokatlardan muhofazalanish qoidalariga o‘rgatish, shikastlanish o‘choqlaridagi zararlangan fuqarolarni qutqa rish va tiklov ishlarini o‘tkazish, yong‘inga qarshi xavfsizlik choralarini ko‘rish, jarohat olganlarga birlamchi tibbiy yordam ko‘rsatish va boshqa muhim vazifalarni bajara oladigan bil im, ko‘nikma va kasbiy malakaga ega insonni tarbiyalashga qaratilgan. Fan bo‘yicha talabalarning tasavvur, bilim, ko‘nikma va malakalariga qo‘yiladigan talablar “Hayot faoliyati xavfsizligi” o‘quv fanini o‘zlashtirish jarayonida amalga oshiriladi gan masalalar doirasida bakalavr: - bilimlarning bir butun tizimi bilan o‘zaro bog‘liqlikda ushbu fanning asosiy muammolari to‘g‘risida; - bo‘lajak kasbining mohiyati va ijtimoiy ahamiyati to‘g‘risida; - xavf-xatarlarni identifikatsiyalash; - xavfsizlikni ta’minlash tamoyillari, uslublari va vositalarini tahlil qilish; - mehnat qilish va dam olishning ratsional sharoitlarini inson fiziologiyasiga ta’siri; -ishlab chiqarish sanitariyasi va mehnat gigienasi - inson organizmiga xavfli va zararli omillarning ta’sir darajalari to‘g‘risida tasavvurga ega bo‘lishi. - hayot-faoliyat xavfsizligini ta ’minlash sohasida qabul qilingan qonun hujjatlari va boshqa me ’yoriy-huquqiy hujjatlarning asosiy talablarini; - faoliyat xavfsizligi sharoitlarini yaratishda rahbar shaxslarning vazifalari va javobgarliklarini; - ishlab chiqarishdagi jarohatlanish va kasb kasalliklarini tahlil qilish uslublarini; - xavfli va zararli ishlab chiqarish omillarining yuzaga kelishining oldini olish usullarini; -ishlab chiqarishda mikroiqlimning gigienik me ’yorlarini tashkil etishni bilishi kerak. - ishlab chiqarish tarmoqlarida xavfsiz ish sharoitini tashkil etishni; -elektr qurilmalari, uskunalar, mashina va mexanizmlarni ishlatganda, texnik xizmat ko ‘rsatganda va ta’mirlashda ko‘riladigan asosiy texnika xavfsizligi talablari; - zararsiz ish sharoitini ta ’minlovchi umumiy va shaxsiy himoya qilish vositalari; - yong‘in chiqish sabablari, ularning oldini olish va o‘chirishning tashkiliy va texnik vositalari; - favqulodda vaziyatlar turlari, ularning kelib chiqish sabablari, oqibatlarini tahlil qilish uslublari; - favqulodda vaziyatlarda insonlar va moddiy boyliklarni saqlash va qutqarish tamoyillari, uslublari va vositalari to‘g‘risida Download 0.55 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling