O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘zta maxsus ta’lim vazirligi


Download 0.55 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana22.10.2023
Hajmi0.55 Mb.
#1716449
  1   2
Bog'liq
HAYOT FAOLIYATI XAVFSIZLIGI



 
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI 
OLIY VA O‘ZTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
SAMARQAND DAVLAT UNIVERSITETI 
RO‘YXATGA OLINDI: 
№ BD-5140100-5.04 
“___” _______2019 yil 
SAMARQAND DAVLAT 
UNIVERSITETI REKTORI: 
R.I.Xalmuradov ________ 
«___» ________ 2019 yil 
HAYOT FAOLIYATI XAVFSIZLIGI 
Fanining 
O‘QUV DASTURI 
BILIM SOHASI: 
100000 – GUMANITAR SOHA 
TA’LIM SOHASI: 
110000 - PEDAGOGIKA 
TA’LIM YO‘NALISHI: 
511170 - BOSHLANG’ICH
TA’LIM 


SAMARQAND - 2019 


KIRISH 


Ushbu dastur “Hayot faoliyati xavfsizligi” fani tarixi, rivoji va istiqboli 
hamda Respublikamizdagi ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar natijalari, ishlab 
chiqarish va hududiy xavfsizlik muammolarining inson hayoti xavfsizligiga 
ta’siri va ulardan muhofazalanish chora-tadbirlari masalalarini qamrab 
olgan. Zero, hozirgi davrda xavfsiz ha
yotni ta’minlash masalalari eng 
dolzarb muammolardan biri hisoblanadi. Chunki texnosferalarda ishlab 
chiqarish jarayonining buzilishi, ishchi-xizmatchilar uchun ish joylarida 
sanitariya va gigiena qoidalariga rioya etilmasligi, muhit rivojla nishidagi 
noxush 
vaziyatlarning murakkablashuvi, davlatlar o‘rtasida insoniyat 
hayotiga xavfxatar soluvchi holatlarning ro‘y berishi, insoniyat tomonidan 
qo‘llanilayotgan turli zaharli va zararli moddalar hamda vositalar ko‘plab 
xavf-xatarlarni 
yuzaga 
keltirib, 
insonlarning 
hayotiy 
faoliyatiga, 
salomatligiga, 
atrof-muhit 
tozaligiga 
va 
iqtisodiyotning 
barqaror 
rivojlanishiga tahdid solmoqda. Shu sababli ham mamlakatimizning eng 
dolzarb va kechiktirib bo‘lmaydigan vazifalari qatoridan aholi hayotining 
xavfsizligini 
ta’minlash masalalari muhim o‘rin egalla gan. Aynan shu 
muammolarning echimini “Hayot faoliyati xavfsizligi” fani o‘rganadi. 
Dasturni tayyorlashda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 
1996 yil 4 martda 
gi “O‘zbekiston Respublikasi favqulodda vaziyatlar 
vazirligini tashkil etish to‘g‘ risida”gi farmoni, O‘zbekiston Respublikasi 
qonunlari, Vazirlar Mahkamasining Qarorlari, shuningdek, 
O‘zbekiston 
Respublikasi favqulodda vaziyatlar vazirligi ning 2008 yil 3 sentyabrdagi 
140-
son buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Aholini Favqulodda vaziyatlarda 
harakatlanishga tayyorlashga oid yo‘riqnoma”si, O‘zbekiston Respublikasi 
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2008 yil 28 oktyabrdagi “Aholini 
Favqulodda vaziyatlarda harakatlanishga tayyorlashga 
oid yo‘riqnomani 
o‘quv jarayoniga tatbiq etish to‘g‘risida”gi 318- son buyrug‘i asos qilib olindi. 
Fanning maqsad va vazifalari 
Fan o‘qitilishining maqsadi – bo‘lajak mutaxassislarga hayotiy 
faoliyatlarida yuzaga keladigan xavflarning kelib chiqish sabablarini, 
xususiyatlarini, oqibatlarini va ularni yo‘qotish qoidalarini, xavfsiz ish 
sharoitlarini yaratish, tabiiy, texnogen, ekologik va boshqa tusdagi 
favqulodda vaziyatlardan aholini himoya qilish, ularni nazariy va amaliy 
jihatdan himoyalanishga hamda jarohat olganlarga birlamchi tibbiy yordam 
ko‘rsatish qoidalarini o‘rgatishdan iborat. 
O‘quv fanini o‘rganishning asosiy vazifalari: hayotiy faoliyatda yuzaga 
keladigan xavflarni identifikatsiyalash va ularni o‘rganish, ishlab chiqarish 
jarayon larida xavfsiz mehnat sharoitlarini yaratish, texnosferada kasb 
kasalliklarini kamaytiradigan va baxtsiz hodisalarni oldini
oladigan chora-
tadbirlarni o‘rganish. Shuningdek, aholini tabiiy ofatlardan, avariya va 
halokatlardan 
muhofazalanish 
qoidalariga 
o‘rgatish, 
shikastlanish 


o‘choqlaridagi zararlangan fuqarolarni qutqa rish va tiklov ishlarini o‘tkazish, 
yong‘inga qarshi xavfsizlik choralarini ko‘rish, jarohat olganlarga birlamchi 
tibbiy 
yordam 
ko‘rsatish 
va 
boshqa 
muhim 
vazifalarni 
bajara oladigan bil
im, ko‘nikma va kasbiy malakaga ega insonni 
tarbiyalashga qaratilgan. 
Fan bo‘yicha talabalarning tasavvur, bilim, ko‘nikma va 
malakalariga qo‘yiladigan talablar 
“Hayot faoliyati xavfsizligi” o‘quv fanini o‘zlashtirish jarayonida amalga 
oshiriladi gan masalalar doirasida bakalavr: 

bilimlarning bir butun tizimi bilan o‘zaro bog‘liqlikda ushbu fanning asosiy 
muammolari to‘g‘risida; 

bo‘lajak kasbining mohiyati va ijtimoiy ahamiyati to‘g‘risida; 
- xavf-xatarlarni identifikatsiyalash; 

xavfsizlikni ta’minlash tamoyillari, uslublari va vositalarini tahlil qilish; 
- mehnat qilish va dam olishning ratsional sharoitlarini inson fiziologiyasiga 
ta’siri; 
-ishlab chiqarish sanitariyasi va mehnat gigienasi 

inson organizmiga xavfli va zararli omillarning ta’sir darajalari to‘g‘risida
tasavvurga ega bo‘lishi. 
- hayot-faoliyat xavfsizligini ta
’minlash sohasida qabul qilingan qonun 
hujjatlari va boshqa me
’yoriy-huquqiy hujjatlarning asosiy talablarini; 
- faoliyat xavfsizligi sharoitlarini yaratishda rahbar shaxslarning vazifalari va 
javobgarliklarini; 
- ishlab chiqarishdagi jarohatlanish va kasb kasalliklarini tahlil qilish 
uslublarini; 
- xavfli va zararli ishlab chiqarish omillarining yuzaga kelishining oldini olish 
usullarini; 
-ishlab chiqarishda mikroiqlimning gigienik me
’yorlarini tashkil etishni
bilishi kerak. 
- ishlab chiqarish tarmoqlarida xavfsiz ish sharoitini tashkil etishni; 
-elektr qurilmalari, uskunalar, mashina va mexanizmlarni ishlatganda, 
texnik xizmat ko
‘rsatganda va ta’mirlashda ko‘riladigan asosiy texnika 
xavfsizligi talablari; 
- zararsiz ish sharoitini ta
’minlovchi umumiy va shaxsiy himoya qilish 
vositalari; 
-
yong‘in chiqish sabablari, ularning oldini olish va o‘chirishning tashkiliy va 
texnik vositalari; 
- favqulodda vaziyatlar turlari, ularning kelib chiqish sabablari, oqibatlarini 
tahlil qilish uslublari; 
- favqulodda vaziyatlarda insonlar va moddiy boyliklarni saqlash va 
qutqarish tamoyillari, uslublari va vositalari to‘g‘risida



Download 0.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling