Oʻzbekiston respublikasi oliy va ta`lim, fan va innavatsiyalar vazirligi mirzo ulug`bek nomidagi o`zbekiston milliy universitetning jizzax filiali 914-20 guruh talabasi Abiyorqulov Azamatning tayyorlagan Mustaqil ishi Qabul qiluvchi


Komenskiyning didaktika va axloqiy pedagogik g’oyalari


Download 119 Kb.
bet10/14
Sana30.09.2023
Hajmi119 Kb.
#1690297
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
A.Abiyorqulov. U.P va P

Komenskiyning didaktika va axloqiy pedagogik g’oyalari.
Komenskiy ta’lim jarayonida hislar vositasiga asoslanish lozim, deb sensualistik falsafa degan g’oyani ilgari surdi. Bunda hislar orkali bolada tafakkur shakllanishini nazariy jihatdan asoslab berdi.
Komenskiy ko’rsatmalikni didaktikaning eng muhim prinsiplardan biri sifatida ishlab chiqib, katta xizmat ko’rsatdi. O’z darsliklarini suratlar bilan ta’minladi.
U dogmatik ta’lim mazmuni va sxolastik o’qitish uslubiga qarama-qarshi bo’lgan onglilik prinsipining ilgari surdi. Uning fikricha, hodisalarni o’rganish chog’ida shu hodisalarning sababini o’quvchilar to’la suratda anglamoq kerak.
Komenskiy ta’limni sistemali bo’lishni talab qiladi. O’qitishda fanlardan xulosalarga, misollardan koidalarga o’tish lozim.
Onglilik prinsipi ta’lim mazmuni o’quvchilar yoshiga mos holda belgilash va boqiylikni bayon etish. O’qitishning puxtaligi prinsipiga asoslangan holda o’quvchilarning bilish bosqichlari, orqali tushunchasini shakllantirish.
Insonning o’zini-o’zi boshqarishi, Komenskiyning fikricha tarbiyaning uch maqsadidan biridir. Bunga axloqiy tarbiya vositasi bilan erishiladi deb, xisoblaydi. Komenskiy Aristotel va Platon yo’lidan borib, donishmandlik mo’tadillik, mardlik va odillikni asosiy kardional eng yaxshi fazilatlar deb hisoblaydi.
Komenskiy axloqiy tarbiyaga doir g’oyalarga o’zining «Buyuk didkatika», «Yaxshi yo’lga qo’yilgan maktab qonunlari» asarlarida asoslab berdi. Uning fikricha, maktabda axloqiy tarbiya yuqori doirasida borishi lozimki, toki maktablar «Insonlar tarbiyalanadigan ustaxona» degan nomga munosib bo’lsin. Maktabda axloqiy tarbiya berish uchun quyidagi qoidalarga amal qilishni taklif etadi:

  • tarbiya jarayonida yaxshi fazilatlarni barchasini e’tibordan chetga koldirmaslik;

  • axloqiy tarbiyaning yoshlikdan, donolikdan boshlash lozim;

  • har qanday sharoitda mo’tadil bo’lishga o’rgatish; Bunda quyidagi metodlarni tavsiya etadi:

  1. Ota onaning shaxsiy namunasi

  2. Qat’iy intizomga rioya qilish.

  3. Pand nasihat

  4. Nopedagogik muhitdan saklash

Komenskiy «Intizomsiz maktab suvsiz tegirmon» degan edi.
Yan Amos Komenskiy intizom tarbiyasini maksadini quyidagicha ko’rsatgan edi:

  1. Intizom o’rnatish uchun uni qonun qoidalarini o’rganib, amal qilish kerak;

  2. Intizom o’rnatishdan maqsad ekanligini anglay olish zarur.

Komenskiy bolalarga tan jazosi berishni qattiq qoralaydi: «Qullik quroli bo’lgan, odamlarga to’g’ri kelmaydigan darra va tayoq maktablarda aslo ishlatmasligi kerak, bu qurollar maktablardan butunlay chiqarib tashlanishi lozim, mening kat’iy fikrim mana shu» - deydi.

Download 119 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling