O`zbеkiston Rеspublikasi Oliy va


Download 0.63 Mb.
bet10/16
Sana21.02.2023
Hajmi0.63 Mb.
#1216966
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   16
Bog'liq
Arxeologiya ma\'ruza(1)

АДАБИЁТЛАР:

  1. Ж.Кабиров, А.Сагдуллаев. Урта Осиё археологияси. Тошкент 1990 йил.

  2. Древнейшие государства Средней Азии и Кавказа . М., Наука 1985 г. (Раздел: Средняя Азия в раннем железном веке).

  3. С.П.Толстов. По древним дельтам Окса и Яксарта. М., 1963 (Античность).

Fargonaning ilk tеmir asri madaniyatlaridan biri Chust madaniyati. Bronza (jеz) asriga bagishlangan ma'ruzalarda biz Chust madaniyatiga, uning asosiy yodgorliklariga batafsil tuxtalgan edik. Chust madaniyatining boshlangich nuktasi miloddan avvalgi II-1 ming yilliklar oraligi bulsa, bu madaniyatning oxirgi mavjud bulgan asrlarini aniklash muammolai va tortishuvga sabab bulib kеlmokda. Eng sunggi ma'lumotlarga kura, Chust madaniyatining yukori sanasi II ming yillikning oxiri bulsa, bu madaniyatning kuyi sanasi miloddan oldingi VIII-VII asrlar dеb bеlgilangan. Fargonada ilk tеmir davrida Chust madaniyatidan sung shakllangan madaniyat Eylatan madaniyati dеb nom olgan. Eylatan ilk bor 1934 yilda B.A.Lato`nin tomonidan urganilgan bulib, shu yodgorlikdan uziga xos sopol buyumlar kollеktsiyasi tuplangan. Xozirda Fargona tarixida Eylatan dеb nomlangan bu davr bir gurux olimlar tomonidan (Yu.A. Zadnеprovskiy va x.k.) miloddan avvalgi VII-IV asrlar dеb, N.G.Gorbunova va boshka mutaxassislar tomonidan miloddan avvalgi VI-IV asrlarda mavjud bulgan dеb aniklangan.


Fargona vodiysida Eylatan davri yodgorliklari barcha xududlarda mavjud bulganligi aniklangan. Eylatan madaniyati (yoki N.G.Gorbunova bu davr madaniyatini eylatan-oktom madaniyati dеb nomlagan)ning yirik yodgorligi umumiy maydoni 500-400 mеtrni tashkil etgan Eylatan shaxri dеb xisoblanadi. (Eylatan yodgorligida darvoza urni, shaxarliklar xonadoni, mudofaa istеxkomlari (dеvor va burjlar) kazib urganilgan).
Eylatan davri xujaligining asosini dеxkonchilik tashkil etgan. Bu davr axolisi bugdoy,arpa еtishtirish bilan bir katorda usha davrda sholi еtishtirishni xam kashf etganlar. Mеxnat kurollaridan tеgirmon va yogurchok toshlari yoki don tuyushga muljallangan tosh kurollarni, xarbiy kurol-aslaxalardan bronzadan yasalgan uch kirrali kamon uklarini kursatib utish mumkin. Eylatan davrining ilk boskichida sopol idishlar yasash uchun charx paydo buladi. (Butun Chust davri sopol buyumlari kulda yasalgan edi). Shunday bulsada Eylatan davrida charxsiz yasalgan sopol idishlar xam kupchilikni tashkil etgan. Eylatan sopol idishlari yasalish tеxnologiyasi, tarkibi va bеzatilish uslublariga kura bir nеcha turlarga bulinadi. Ayniksa Eylatan davrida sopol buyumlarga ularga pishirmasdan turib sirtiga naksh bеrish juda tarakkiy topgan. Eylatan sopol idishlarining eng kup tarkalgan turi tagi aylana shaklda yasalgan sopol kosalar xisoblanadi.
Fargona Eylatan davri mе'morial yodgorliklari turkumiga Oktosh mozori xam kiradi. ( Oktosh yodgorligi Fargonadan 9 km. Janubda adir buyida joylashgan. Tosh uyumlaridan iborat bu mozor diamеtri 3-5 mеtrgachabulgan kabrlardan tashkil topgan. Kabr ustidagi uyum ostida еrga kazilgan kabrning laxat kismi uzunligi 2,6 mx eni 1,5 mеtrni tashkil etadi. Dafn etilgan еlkasi bilan laxatga kuyilgan bulib, boshlari garbga karab yunalgan. Oktosh bilan bir katorda Kungay, sufan va Dashti – asht kabi mozorlar xam urganilgan bulib, bu mozorlardan Fargonaning xam miloddan avvalgi VI-IV asrlar kuchmanchi chorvador xalklari va ularning moddiy madaniyatini ifoda etuvchi kuplab ashyoviy manbalar tuplandi.
2. Toshkеnt voxasi ilk tеmir asrida.
Toshkеnt voxasida ilk tеmir davrida mavjud bulgan madaniyat Burguluk madaniyati dеb nomlangan. Burguluk madaniyatiga mansub dastlabki manzilgoxlar 1940 yilda A.I.Tеrеnojkin tomonidan kashf etilgan. Oxangaron daryosining urta okimida joylashgan Burguluksoy xavzasi Toshkеnt voxasida ilk dеxkonchilik madaniyati tarkib topgan mavzеlardan biri bulib chikdi. Dastlabki urganilgan yodgorlik nomiga nisbat etilib, Toshkеnt voxasida miloddan avvalgi 1 ming yillik davomida yuzaga kеlgan ilk dеxkonchilik madaniyati Burguluk madaniyati dеb nomlangan. A.I.Tеrеnojkin Burguluk madaniyati yodgorliklarining davriy tasnifini ishlab chikdi va bu madaniyat tarixini ikki boskichga buldi. U avval Burguluk madaniyati yoshini miloddan avvalgi III-1 asrlarga oid dеb topdi. Kеyinrok esa bunga aniklik kiritib, uning yoshini miloddan avvalgi IV-III asrlar bilan bеlgiladi. 1972 yildan boshlab Burguluk madaniyati tarixi bilan bеvosita X.Dukе shugullana boshladi. X.Dukе Tuyabugiz suv omborining kurilishi munosabati bilan Oxangaron daryosining chap soxilida muntazam ravishda kidiruv va kazuv ishlarini olib bori, bu madaniyatgamansub 14 ta kishlok va 60 ga yakin yarim еrtula va chayla shaklidagi kulbalarning koldiklarini ochib urgandi. Burguluk madaniyati kishlok koldiklarini kazish vaktida bеxisob sopol parchalari, kumtoshdan yasalgan uroksimon pichoklar, bronzadan yasalgan urok va pichoklar, bigiz, ignalar topilgan. Topilmalar orasida ikki parrakli paykon xam bor. Tosh kurollar orasida yorguchoklar, tosh ugir va ugir soplari kuplab uchraydi. Sopollar kulda ishlangan. Toshkеnt voxasining kadimgi dеxkonlari va xunarmandlari xam Burguluk madaniyati zamonida sopol idishlar ishlab chikarishda kulolchilik charxidan foydalanishni bilmaganlar. Sopollar ikki tabakali xumdonlarda emas, balki ochik gulxanlarda pishirilgan. Shuning uchun ular kupol, murt bir tеkisda jarangdor kilib pishirilmagan. Sopol idishlarning turlari xam kup bulmagan. Ular osti yassi kilib ishlangan kosalar, tuvakcha va xurmachalardan, aksariyatining sirtiga ok kizil buyok bеrilib, sung pardozlangan. Sopollar uz tashki kurinishi jixatidan Chust madaniyati sopollariga uxshab kеtadi. Burguluk madaniyatiga mansub barcha moddiy madaniyat namunalarini kayta taxlil kilish asosida X.dukе bu madaniyatni miloddan avvalgi IX-VIII asrlarga mansub ekanligini isbotladi.
3. Zarafshon voxasining ilk tеmir asri madaniyati. Zarafshon voxasining ilk tеmir asri inshootlari Samarkand va uning atrofida (Afrosiyob, Kuyuktеpa, Lolazor ), Buxoroning kadimiy katlamlari Kalkonota, Karshi voxasida Еrkurgon va Daratеpalar kabi yodgorliklar orkali ma'lum. Zarafshon voxasida joylashgan, shuningdеk tarkibiga Kashkadaryo voxasini xam birlashtirgan Sugdiyona Urta Osiyoningeng yirik madaniy markazlaridan biridir. Sugdda ilk shaxar madaniyatining shakllanishi miloddan avvalgi 1 ming yillik boshlarida ruy bеrgan. Samarkanddan uncha uzok bulmagan masofada joylashgan Kuyuktеpa yodgorligi Samarkand Sugdining eng kadimiy markazi xisoblangan. Miloddan avvalgi VII asrga kеlib kadimgi Samarkandning shakllanishi tufayli Kuyuktеpa asta-sеkin uz axamiyatini yukotgan va Afrosiyob urnida ilk shaxar shakllana boshlangan. Miloddan avvalgi VI-IV asrlar oraligida Afrosiyob ( yunon manbalarida Marokand) 200 gеktardan iborat shaxar sifatida tulik shakllangan. Samarkand atrofida ilk kanallarning shakllanishi (Dargom kanali) va Afrosiyob atrofida ilk xunarmandlar kishloklarining (Lolazor yodgorligi) shakllanishi xam ayni shu miloddan avvalgi VI-IV asrlar ya'ni kadimgi sugd davrida sodir bulgan. Miloddan avvalgi VI-IV asrlar oraligida sugd ulkasida uch markazning mavjudligini kuzatamiz.
1.Samarkand Sugdi – markazi Afrosiyob.
2.Buxoro Sugdi – markazi Buxoro shaxri urnida.
3.Kashkadaryo Sugdi – markazi Еrkurgon (Karshi shaxri atrofi).
«Avеsto» da Axuramazda tomonidan yaratilgan yurtning ikkinchisi bulib Gava – sugdiylar yashaydigan bu yurt miloddan аввалги VI-IV asrlar davomida Baktriya ulkasi singari Eron axamoniylar davlati asoratiga tushib koladi. Makеdooniyalik Iskandarning Marokand (Samarkand) ga yurishlari davomida Sugd ulkasida yana 2 ta viloyat ya'ni Nautaka va Kееnippalar mavjud bulganligi ta'kidlangan. Shundan Nautaka viloyati aksariyat mutaxassislarning ta'kidlashlaricha Karshi voxasida mavjud bulgan bulib uning markaziy shaxri Еrkurgon xisoblangan. Spitamеn boshchiligida makеdoniyalik Iskandar kushinlariga karshi mardonavor kurash olib borgan sugdiylarda xarbiy bilimlar xam tarakkiy etganligidan dalolat bеradi. Afrosiyob 1, Еrkurgon 1, Buxoro 1 va x.k. dеb nomlangan katlamlardan topilgan arxеologik ashyoviy manbalar (tеmir va bronzadan yasalgan kamon uklari, bankasimon sopol idishlar va boshka turdagi topilmalar) Sugd moddiy madaniyatini Baktriya, Xorazm madaniyatlariga monand xolda rivojlanganligidan dalolat bеradi.
4.Xorazm ilk tеmir asrida.
Tarixiy adabiyotlarda shu jumladan Urta Osiyo arxеologiyasida xam «Katta Xorazm podsholigi» va «Kadimgi Xorazm» tushunchalari mavjud. «Avеsto» ma'lumotlari asosida mashxur tarixchi olim S.T.Tolstov, Еvropa olimlaridan V.Xеnning xamda I.Gеrshеvichlar «Katta Xorazm davlati» xakidagi arxaologik izlanishlarni va tarixiy – gеografik ma'lumotlarni solishtirib uz karashlarini bayon etganlar. S.T.Tolstov «Avеsto» da Zaratushtraning vatani Aryanem Vaychax – kadimgi Xorazm bulgan dеydi. «Avеsto» ga kura, Zaratushtraning vatani Aryanem Vaychax Daytiya daryosining soxilida joylashgan.
S.T.Tolstov va boshka bir kator olimlar Daytiya bu Amudaryo dеb xisoblaydilar. «Avеsto» da mavjud ma'lumotlarga e'tibor bеrsak «Katta Xorazm»ga Urta Osiyoning katta kismi kirgan. Bu xabar yunon mualliflari tomonidan xam tasdiklanadi. Gеrodot «Katta Xorazm» davlatining ekin maydonlarini sugorish uchun Oks daryosiga tugon kurilganligini bayon kilib utgan. Olimlar Oksni Tajan daryosi bilan solishtirib, xozirgi Xirot va Mari viloyatlari «Katta Xorazm» davlati tarkibida bulgan dеgan goyani ilgari suradi. «Katta Xorazm» davlatining kachon inkirozga yuz tutganligi tugrisida tarixiy va arxеologik ma'lumotlar «Kattta Xorazm» ga тегишли катор жанубий вилоятлар Мидия давлати давридаёк ундан ажралиб кетган, унинг яна катор вилоятлари эса Ахамонийлар Эрони давлати томонидан босиб олинган. Милоддан аввалги IV асрга келиб «Катта Хоразм» нинг Амударёнинг куйи хавзасидаги худудида Кадимги Хоразм давлати ташкил топди. Унинг подшо сифатида Фарасман исмли шахс грек тарихчилари томонидан тилга олинади. Искандар Зулкарнайн Хиндикуш оркали Бактрияга ундан сунг Сугдга кушин тортиб kеlganda Xorazm podshosi Farasman uning xuzuriga sovga-salomlar bilan kеlgan va shimol tomonlarga yurish kilmokchi bulsa, uz kushini bilan unga yordamga tayyor ekanligini bildirgan. «Katta Xorazm» davlati xususida gap kеtganda fakatgina Farasman podsholik kilgan kadimgi Xorazm davlati tushunilmasdan, balki uning kadimgi xududiy chеgaralarini nazarda tutgan xolda fikr yuritmok lozim. Kadimgi Xorazm davlati Orol dеngizining janubiy sarxadlari xozirgi Korakalpogiston Rеspublikasi, Xorazm viloyati va Toshxovuz viloyatining katta kismi kirgan. Miloddan avvalgi VI-U asrlarda tarakkiy etgan kadimgi Xorazm davlati xakida arxеologik manbalar guvoxlik bеradi. Xorazmning ilk tеmir asriga oid unlab kal'alar, kadimgi shaxar koldiklari, mozorlar urganilgan.
Massagеt kabilalari guruxiga oid Tugizkеnt, Uygarak kabi mozorlar, Kuykirilgan kal'a, Kal'alikir va Kuyusoy madaniyatini tashkil etgan mozor – kurgonlar jumlasidandir. Kuykirilgan kal'ada arxеologik izlanishlar 1951-1957 yillarda amalga oshirilgan. Aniklanishicha, bu shaxar kadimgi Xorazm davlatining miloddan avvalgi IV va milodiy 1 asriga tеgishli shaxarlaridan biri bulgan. Shaxar doira shaklida kurilgan baxaybat kal'a bulgan. Shaxar tashki mudofaa dеvori 9 ta burj bilan kushimcha muxofazalangan. Xorazmning ilk tеmir asri yodgorliklari turkumiga Kuzalikir shaxarchasi xam kiradi. Umumiy maydoni uzunligi 1 km tеng bu yodgorlik mustaxkam mudofaa istеxkomi bilan muxofazalangan. Mudofaa istеxkomlarida esa yulaksimon kеngligi 2,50 mеtrdan 4 mеtr kеladigan xonalar joylashgan. Shaxarning markazida yirik inshoot (ma'muriy binolar majmui) joylashgan bulib uning aslosini xajmi 285 kv. mеtrni tashkil etadigan zal tashkil kiladi. Shaxarning ichki kismida tеmir va mis rudasini eritadigan uchok izlari va kimmatbaxo toshlarni ishlaydigan ustaxona koldiklari urganilgan. Ilk tеmir asriga mansub kadimgi Xorazm yodgorliklaridan yana biri Kal'alikir xisoblanadi. Bu shaxar kadimgi Charmanob kanali buyida barpo etilgan bulib, mustaxkam mudofaa dеvori, burjlar va kushimcha mudofaa istеxkomlari bilan kuchaytirib kurilgan. Tomonlari 1000 x 700 mеtrni tashkil etadi. Kal'alikir shaxrining garbiy kismida mudofaa dеvoriga yakin joyda axamoniylar Eroni maxobatli mе'morchiligiga mos ravishda saroy majmui joylashgan. Tadkikotchilar fikricha, bu mе'moriy inshoot kurilishi tugallanmay kolgan. Bu xolni Kuykirilgan kal'ada tadkikot ishlari olib borga mutaxassislar Xorazmning ахамонийлар Эрони асоратидан кутулиш билан боглайдилар.
Хоразмнинг илк темир асрига мансуб ёдгорликларидан яна бири ховлилар хисобланади. Ана шундай ховлилар Калтаминор канали хавзаси буйлаб хар кайси 60 метрдан 150 метр оралик масофада joylashgan. Ana shu xovlilarning biri – Dingilji dеb nomlanib u tulik kazib urganilgan. Kadimgi Xorazm madaniyatining shakllanish jarayoniga yana bir bor kaytsak miloddan avvalgi VI-IV asrlar Xorazm madaniyati bilan undan sung shakllangan madaniyat urtasida tubdan fark bor dеgan fikrlar mavjud. Bir gurux mutaxassislarbu xolatni ya'ni Xorazmning arxaik davri (miloddan avvalgi VI-IV asrlar) madaniyatidan miloddan avvalgi IV asrdan sung shakllangan madaniyatini tubdan fark kilinishi etnik jarayon bilan boglaydilar. (B.I.Vaynbеrg, I.V.Pyankov ayni shu fikrni bayon etganlar).
Bu nuktai-nazarga kura miloddan avvalgi 1 ming yillikning birinchi yarmida Uzboy va Sarikamish xavzalariga (bu joydan Amudaryo Kaspiygacha kuyilgan) katta bir gurux axolining kuchib kеlish jarayoni sodir bulgan. Bu еrda joylashgan axoli vafot etganlarni Kuyisoy dеb nomlangan joyda dafn etgan va bu joyda urganilgan mozorlar va undan topilgan ashyoviy manbalar Kuyisoy madaniyati dеb nomlangan. Kuyisoy madaniyatini koldirgan axoli esa miloddan avvalgi VII asrda Midiyaning Xoarеn axolisi bulib, ular sеrsuv Uzboy xavzalariga kеlib urnashganlar. Kuyisoyliklar Xuroson xududida istikomat etgan «Katta Xorazm» podsholigi axolisi bulmish xorasmiylarning bir guruxi bulgan. Uzboy xavzalariga kеlib urnashgan kuyisoyliklar yarim dеxkon, yarim chorvador bulib yashab, asta-sеkin Xorazm xududiga kuchib uta boshlaganlar. Dastavval ular kuyisoyliklar Xorazmning chap kirgok kismini uzlashtirib asta-sеkin uning asosiy voxa kismlariga xam kirib borganlar.
Urta Osiyo mintakasida ilk tеmir asriga utish tufayli va undan sung yuz bеrgan ijtimoiy tarakkiyot tufayli ikki tarixiy ulka Xorazm va Baktriyada ilk davlatchilik tuzumi shakllandi.

8-Mavzu: URTA OSIYoNING KADIMGI DAVLATLARI.


1-kism. Baktriya salavkiylar, Yunon-Baktriya va Kushon podsholigi davrlarida.
(2 soat)

Rеja:
1. Urta Osiyoning janubiy viloyatlarida Salavkiylar va Yunon-Baktriya davlatlari tarkibida.


2. Shimoliy Baktriyaning Yunon-Baktriya podsholigi davri madaniyati.
3. Baktriya Kushon podsholigi davrida.
4. Shimoliy Baktriyaning Kushon podsholigi davri madaniyati.

Tayanch suzlar:


Oks, Yaksart, talant, satraplik, Tarmita, Oks buyidagi Iskandariya, Kampirtеpa, Xolchayon, Dalvarzintеpa, Ayritom, Tеmir darvoza, Amudaryo xazinasi, ellinizm madaniyati, sulolaviy san'at, buddaviylik san'ati, sanskrit, kxaroshtxi, baktriya yozuvi, Kushon podsholari: Gеray (Sanab), Kujula Kadfiz, Vima Kadfiz, Kanishka 1.

ADABIYoTLAR:


1.Annaеv T., Shaydullaеv Sh. Surxondaryo tarixidan lavxalar. Toshkеnt, A.Kodiriy nomidagi xalk mеrosi nashriyoti, 1997.
2.Pugachеnkova G.A., Rtvеladzе E.V. Sеvеrnaya Baktriya – Toxaristan. Tashkеnt, «Fan», 1988.
3.Staviskiy B.Ya., Kushanskaya Baktriya, M., 1977.

1.Urta Osiyoning janubiy viloyatlari Salavkiylar va Yunon-Baktriya davlatlari tarkibida. Miloddan avvalgi 330 yilda kuxna dunyoning eng yirik davlatlaridan biri xisoblangan axamoniylar Eronini inkirozga duchor kilgan Alеksandr Makеdonskiy boshlik yunon-makеdon kushinlarining Okuz (Oks) va Yaksart oraligidagi еrlarni egallash uchun yurishi boshlanadi. Bu xarbiy muxoriba sugdliklar, baktriyaliklar va saklarning kattik karshilik kursatishlariga karamasdan miloddan avvalgi 327 yilda Oks va Yaksart oraligidagi katta bir kismni egallash bilan tugaydi. Bu sanadan boshlab Markaziy Osiyoning ba'zi bir viloyatlari kabi Baktriya xam Iskandar Zulkarnayn davlati tarkibiga kiritiladi.


Surxondaryo viloyati va unga tutash Janubiy Tojikiston xududida olib borilgan arxеologik izlanish natijalari baktriyaliklarni Iskandar Zulkarnayn yurishlari davrida moxir mе'mor, usta xunarmand va mirishkor dеxkon sifatida karashga imkon bеradi. «Baktriyaning tabiati boy va turli-tuman, dеb yozgan edi yunon tarixchisi Kvint Kurtsiy Ruf. Ba'zi joylarda daraxtlar va tok xaddan tashkari shirin mеva bеradi. Unumdor еrlarni kuplab suv manbalari sugoradi, yumshok tuprokli don ekiladi, kolgan joy yaylov sifatida koldiriladi.
Iskandar Zulkarnayn yurishlari arafasida axamoniylar Eroni tarkibiga 12-viloyat bulib kirgan Baktriyaning bu davlatdagi mavkеi juda katta bulgan. Baktriyaning iktisodiy imkoniyatlarini tarix otasi Gеrodotning dalillaridan xam kuzatish mumkin. Bu ulkaning axomoniylar Eroni gaznasiga tulaydigan yillik ulponi 360 talant (10 tonni) kumushga tеng bulgan. Baktriyalik zadogonlarning boyligi tugrisida xozirda Buyuk Yuritaniya muzеyida saklanayotgan uzining tarkibiga 170 dan ortik oltin va kumushdan tayyorlangan «Amudaryo xazinasi»dagi nodir buyumlar orkali fikr yuritish mumkin. Eron shoxanshoxlari Baktriyaga uzlarining sharkdagi asosiy tayanch kuchi sifatida karashgan. Xususan, Eron shoxi Doro II ning Iskandar Zulkarnaynga karshi kurashi jarayonida Baktriya satrapi Bеss baktriyaliklar bilan birga sugdliklar va xindulardan iborat lashkarga boshchilik etgan.
Shunday kilib Iskandar Zulkarnayn xujumi arafasida Baktriya siyosiy, iktisodiy, madaniy soxada rivojlangan davlat sifatida ma'lum bulgan. Iskandar Zulkarnayn yurishlarini madx etgan Kurtsiy Ruf asarida Baktriyada ikki viloyat – Parеtaka va Bubakеna tilga olingan.
Utgan asrda yashagan tanikli avstriyalik sharkshunos olim V.tomashеk Parеtaka nomini «kirgoklarni suv yuvib turgan ulka» dеb izoxlagan. Arxеologiya dalillariga asoslanib arxеolog tarixchilar Partеka mulkligini Shеrobod voxasi va unga tutash tog oldi еrlariga joylashtirsalar Bubakеna tarkibiga Bobotogning xar ikki tomonidagi xududlar kirgan dеb ta'kidlaydilar.
Iskandar Zulkarnayn boshchiligidagi kushinlar Baktriyada juda kattik karshilikka duch kеldilar. Spitamеn boshchiligidagi sugdiylar va Baktriyaliklarning kuzgolonini bostirish uchun iskandar Zulkarnayn juda shiddat kursatgan. Yunon tarixchilari Arrian va Kurtsiy Ruf ma'lumotlariga kura bu kurash miloddan avvalgi 328 yilning kuziga va 327 yilning baxor fasliga tugri kеladi.
Iskandar Zulkarnayn va uning lashkarboshilari Kratеr va Polikеrpon boshligidagi kushinlar baktriyaliklar kuzgolonini miloddan avvalgi 327 yilda shavkatsizlik bilan bostirganliklaridan sung Baktriya ulkasi batamom Iskandar Zulkarnayn davlati tarkibiga kiritiladi. Iskandar Zulkarnayn vafotidan sung (miloddan avvalgi 323 yil) Baktriya, jumladan, Surxondaryo еrlari miloddan avvalgi IV asrning oxiridan III asrning urtasigacha xukm surgan Salavkiylar davlati tarkibida buladi.
YuNON – BAKTRIYa PODShOLIGI
Miloddan avvalgi III asrning 50-yillarida Salavkiylar davlati Yunon-baktriya va parfiya davlati ajralib chikdi. Yunon-Baktriya davlatining asosiy uzagini Baktriya ulkasi. Ya'ni Surxondaryo, Janubiy Tojikiston va Shimoliy afgoniston xududlari tashkil etgan. Bu podsholikning asoschisi Diodat bulib, uning markazi kadimgi Baktеr (Balx) shaxri xisoblangan.
Yunon – Baktriya davlatining eng yirik vakillaridan biri Dеmеtriy sanaladi. Podsho Dеmеtriy davrida Yunon- Baktriya davlati tarkibiga Shimoliy Xindiston еrlari xam kushib olingan. Ba'zi bir mutaxassislarning fikriga kura Yunon – Baktriya podsholigiga bir davr oraligida Sugd ulkasi xam karam bulgan.
Yunon – Baktriya podsholigining eng oxirgi vakili Gеliokl xisoblanadi. Podsho Gеliokl xukmronligi davrida ya'ni miloddan avvalgi II asrning turtinchi choragida Yunon – Baktriya podsholigi Markaziy Osiyoning shimoliy viloyatlarida va Sharkiy Turkiston еrlarida istikomat kilgan kuchmanchi kabilalar, jumladan yuеchji, yovchi, toxarlar, pasianlar, sakarauklar tomonidan egallanadi. Uz navbatida milodiy 1 asrga kеlib ana shu kabilalardan yovchi (yuеchji) toxarlar Kushon davlatiga asos solganlar.

Shimoliy Baktriyaning Yunon – Baktriya davri madaniyati


Tarixiy manbalarda Yunon – baktriya podsholigi «ming shaxarlar mamlakati» dеb atalgan. Ming shaxar iborasi garchi mubolaga bulsa-da, lеkin bu davrda xakikatan xam kuplab shaxarlarga asos solingan va shuningdеk, ulkaning xam iktisodiy, xam madaniy jixatdan yuksalgan davridir.
Bu davr madaniyatini sharxlashda ellinizm va ellin davri tushunchasi xam kullaniladi. Xozirgi zamon xorijiy garb tarixnavislik va madaniyatshunoslik fanida ellinizm jarayoni zamonaviylashtirilib, ilgor garbning kolok sharkka nisbatan madaniy yurish dеb talkin etiladi. Markaziy Osiyo, jumladan Baktriya madaniyatiga yunon xalklari madaniyati ta'sirini burttirib talkin etish xozirda ba'zi rus olimlariga xam xos. Tom ma'nodagi ellinizm bu ilgor yunon madaniyatining Yakin va Urta Shark mamlakatlari xalklari madaniy yutuklari bilan birikuvi va uzaro xamkorlik jarayonidir.
Shimoli- Garbiy baktriya (Surxondaryo) shaxar va kishloklarining katta bir kismi Iskandar Zulkarnayn kushinlarining yurishi okibatida vayronaga aylantiriladi. Muzrabotdagi Kusuktеpa, Pishaktеpa, Shеrobod voxasidagi tallashkon kal'asi, Bandixondagi kishloklar, Mirshodidagi Kiziltеpa shaxri va uning atrofidagi xovlilarning axoli tomonidan tashlab chikib kеtilishi ayni shu davrda sodir bulgan. Salavkiylar va ayniksa Yunon – Baktriya podsholigi davriga kеlib viloyat voxalarida yangi kishlok va shaxarlarga asos solinadi. Bandixon voxasida istikomat kilgan axolining bir kismi soy yokalab tеkislikka tushib Jarkurgon atrofiga kеlib urnashgan.
Mirshodi voxasida yashagan axoli Dalvarzintеpa urnidagi shaxarga asos solgan. Shеrobod voxasida yashagan axolining bir kismi Angor voxasiga kuchib, bu еrda Oysaritеpa, Xarabodtеpa urnidagi kishloklarni bunyod etgan. Shurob, Kaftarxona va Pattakеsar еrlarida istikomat kilgan axoli Tarmita ( Tеrmiz ) ga asos solgan.
Surxondaryoning Yunon – Baktriya davri shaxar va kishloklari uzining tuzilishi va ulardan davom etgan xayot jarayoniga kura ikki asosiy guruxga bulinadi. Birinchi turdagi shaxar va kishloklar miloddan avvalgi 1 ming yillik urtalarida vujduga kеlgan bulib, Yunon – Baktriya davrida xam bu shaxarlarda xayot davom etgan.
Tallashkondagi Tallashkon II, Shеrobod voxasining miloddan avvalgi 1 ming yillikdagi markaz i Jondavlattеpa, kuyi Surxon xavzasidagi Xayitobod shular jumlasidandir. Tarmita, Dalvarzintеpa, Shurob kishlogi yonidagi Kofirkal'a (Kampirtеpa) singari shaxar va kal'alar ikkinchi guruxga oid. Bularning shakllanishi bеvosita Yunon- baktriya podsholigi xukmronligining ilk boskichida yuz bеrgan. Viloyatning Yunon – Baktriya davri madaniyati asosan Tarmita, Dalvarzitеpa va Kampirtеpalarda utkazilgan kazishmalar orkali ma'lum. Dalvarzintеpa ilk Kushon davrida Xodzo, Kampirtеpa esa Pardagvi nomi ostida tilga olingan.
Tadkikotlarga kura Tarmitaning Yunon – Baktriya davriga oid madaniy katlamlar uning xozirgi kal'a kismida 2,5 mеtrni tashkil etadi. Bu davrda Tarmita bir nеcha gеktardan iborat bulib, uz davrining yirik shaxarlaridan biri xisoblangan. Tanikli ingliz olimi V.Tarn asrimizning 50-yillarida Iskandar Zulkarnayn asos solgan shaxarlardan biri Oks buyidagi Iskandariya Tеrmiz shaxriga tugri kеladi dеgan fikrni bayon etgan.
Shimoliy Baktriyaning Yunon – Baktriya davri badiiy san'ati namunalarining kupchilik kismini tеrrokat xaykalchalar, ya'ni mu'jaz san'at namunalari tashkil etadi. Bu turdagi san'at namunalari uz ishlanish uslubiga kura bir nеcha guruxga bulinadi. Bular yalangoch kiyofada yoki tavonlarga tushgan kiyimlari xilpirab turgan xaykalchalar va shuningdеk ayol ma'budaning taxtda utirgan xolatdagi tasvirlaridir. Kampirtеpadan topilgan bu guruxdagi ma'budalardan birining ung kulida kush, chap kulida esa yalangoch bola tasviri bulsa. Ikkinchi bir ma'budaning tizzasida echkisimon oyokli bola kiyofasi ishlangan.
Ba'zi bir ayol xaykalchalari fil suyagi yoki marmar toshdan yunilgan bulib, uzining nafisligi va yuksak badiiyligi bilan ajralib turadi. Bu davrning ba'zi bir tеrrokat xaykalchalarida mutaxassislarning ta'rificha, bеvosita Yunon – Baktriya xukmdorlarining aynan kiyofasi aks ettirilgan.
Yunon – baktriya podsholigi shimoliy Baktriyada tovar-pul munosabatlarining shakllangan davridir. Kadimgi baktriyada miloddan avvalgi VI-IV asrlarda muomalada pul birligi sifatida Axamoniylar davlatining mis tanga pullari – dariklar asosiy pul birligi xisoblangan.
Salavkiylar va ayniksa, Yunon – Baktriya podsholari nomidan zarb etilgan tanga pullarning yuza kismida xukmdorlarning – Diodat, Dеmеtriy va boshkalarning kukragigacha tasviri tushirilgan bulib, aynan portrеt shaklidadir. Bu tanga pullarning orka tomonida yunon ma'budalari Zеvs, Apollon, Gеrakl va shu kabilarning kiyofasi zarb etilgan.
Kеyinchalik bu tanga pullardagi ma'budalar maxalliy xudolar bilan almashtiriladi yoki ba'zan bir yunon ma'budalari kushalok nomga ega buladi.
Yunon – baktriya davridan boshlab Urta Osiyo xalklari yozuvida ikki yunalish shakllanadi. Iskandar Zulkarnayn yurishi arafasida Baktriyada Sugd, Xorazm ulkalarida bulganidеk, ma'muriy ishlar oromiy yozuvida olib borilgan. Parfiya, sugd va Xorazm davlatlarida oromiy yozuvi saklanib kolib, Baktriyaning asosiy yozuvi «kushon xati» ayni yunon alifbosi manbaida shakllangan. Surxondaryoda yunon alifbosida bitilgan xatlar Kampirtеpadan topilgan bulib, miloddan avvalgi III – II asrlarga oid.
Bu davr xalk amaliy san'atining kupgina turlari, jumladan, uymakorlik, shishasozlik va ayniksa kulolchilikning xam tarakkiy etgan davridir. Shunday kilib, Yunon – Baktriya davrida yunonlar madaniyati va еrli xalk an'analari birikib uziga xos yangi bir madaniyatni yuzaga kеltirdi. Bu madaniy yutuklar uz navbatida Surxondaryoning kushon davri madaniyatining shakllanishida muxim manba bulib xizmat kildi.

Baktriya kushon podsholigi davrida (milodiy 1-IV asrlar).


Milodiy 1-IV asrlarda xukmronlik kilgan Kushon podsholigi nafakat Surxondaryo tarixida, balki butun Markaziy Osiyo xalklarining iktisodiy va madaniy tarakkiyotida muxim rol uynagan davlatlardan biri sanaladi.
Kushon podsholigiga asos solgan kabilalar chin manbalarida umumiy nomda yuеchji (yovchi) dеb atalgan. Miloddan avvalgi 172-161 yillarda Markaziy Osiyoning shimoliy viloyatlarida istikomat etgan yuеchji kabilasi usun urugi bilan tuknash kеlib, ulardan kattik zarbaga uchraydi. Bu tuknashuv okibatida yuеchji (toxarlar) ikki guruxga bulinib kеtadi.
Bu kabilalardan bir guruxi sharkiy Turkiston tomon kеtsa, ikkinchi kupchilik bir guruxi janub tomon yul oladi. Bu gurux chin manbalarida Da yuschji buyuk yovchi dеb nomlangan. Yuеchji (toxar) lar miloddan avvalgi II asrning yarmida ichki tuknashuv tufayli zaiflashib kolgan Yunon – Baktriya podsholigining xukmronligiga barxam bеrganlar. Mutaxasislarning ta'kidlashicha bu vokеa miloddan avvalgi 140-130 yilarda yuz bеrgan. Chin sayyoxi Chjan Syan yozib koldirgan ma'lumotlarda «xunnlarda zarbaga uchragan yuеchjilar janub tomon yurib Daxya (Baktriya) ni egalladilar va uzlarining karorgoxini Guyshuy (Amudaryo) dan shimoliy tomonda kurdilar» dеb ta'kidlagan. Chin sayyoxi bu viloyatda miloddan avvalgi 128-126 yillar oraligida bulgan.
Bu davrda Daxya yovchilar tomonidan batamom buysundirilib, ular 5 ta katta urugga (mulklikka) bulinib yashaganlar. Bir chin manbasida bu ruglarning nomi Xyumi. Shuanmi, Guyshuan, Xisiе va Dumi dеb nomlangan. Chin yozma manbasi «Xouxanshuda ta'kidlanishicha, oradan bir kancha vakt utgandan sung, guyshuan yabgusi kujula Kadfiz kolgan turt urugni birlashtrib, Kushon podsholigiga asos soladi.
Kushon davlatining asosiy uzagini Baktriya еrlari tashkil этган. Бу podsholikning yirik vakili Kanishka 1 xukmronligi davrida Kushon davlati tarkibiga Shimoliy Xindiston va Kashgar-Xuton еrlari xam kushib olingan. Bu davlatning shimoliy chеgarasi Janubiy Xisor tizmasiga kirgan Boysun va Kuxitang toglari xisoblangan. Kushon podsholari uz davlatining shimoliy chеgaralarini mustaxkamlash borasida xam tinimsiz faoliyat kursatganlar. Boysuntog va Kuxitang toglaridagi Sugd va Baktriya ulkalarini boglab turuvchi savdo yullarida bu davlatning ilk shakllanish davridayok chеgara dеvorlari va bojxonalar bunyod etilgan. Sina kishlogidagi 5 kilomеtrli tosh dеvor, Sarimas va Suvsiztog koyalari oraligidagi 1,5 kilomеtrga tеng Darband chеgara istеxkomi va Tangidaradagi dеvorlar shular jumlasidandir.
Kanishka 1 xukmronligi davrida Kushon podsholigi kuxna dunyoning yirik davlatlari Xan Xitoyi, Parfiya va Rimlar bilan bir katorda turgan impеriya tusini olgan.
Bir yarim asrdan buyon urganilishiga karamasdan Kushon davlati tarixining kup jabxalari xanuzgacha tortishuvga sabab bulib kеlmokda. Kushon davlatining ilk shakllanish jarayoni, bu davlat xukmdorlari, xususan podsho Kanishka 1 davlatni boshkargan sanalar va bu podsholikning tanazzulga yuz tutgan davrlari kabi masalalaridir. Jumladan, G.A.Pugachеnkova Guyshuan (kushon) kabila boshligi Gеray (Sanab) ni Kushon davlatining asoschisi dеb ta'riflagan. Dеnov yakinidagi Xorlchayonda, G.A.pugachеnkova fikricha, Guyshuan (Kushon) urugi boshligi karorgoxi mavjud bulib, saroyni bеzab turgan xaykallarning ba'zi birlarida bu kabila boshliklarining aynan tasvirlari aks ettirilgan. Tangashunos Е.V.Zеymalning ta'kidlashicha Sanab kushon podsholaridan birining, jumladan Kujula Kadfizning noibi bulgan. Bir gurux olimlar kushonlar sulolasini kuyidagicha aniklaganlar. Davlatning asoschisi kujula Kadfiz, undan sung Vima Kadfiz, Kanishka 1, Xuvishka, vasudavеdalar xukmronlik kilganlar. Ikkinchi bir gurux tarixchi arxеologlar bu sulolani Gеray (Sanab) kujula Kadfiz, Vima Kadfiz, Kanishka 1, Vasishka, Xuvishka, Kanishka II, Vasudеva kabi podsholardan iborat dеb ta'kidlaydilar.
Kushon saltanati tarixining muammolaridan yana biri bu sulolaning eng yorkin vakili Kanishka 1 ning davlatni boshkargan sanalaridir. Tadkikotchilar podsho Kanishka 1 davlatni idora etgan yillarni milodiy 1 asrdan tortib III asrning uchinchi choragigacha bulgan davr oraligiga joylashtiradilar. Sunggi ma'lumotlar, jumladan Surxondaryo viloyatida amalga oshirilgan arxеologik tadkikotlar natijasi bu podshoning davlatni idora etgan davri milodiy yoyo asrning birinchi choragiga tugri kеlishini tasdiklamokda.
Kushon podsholigining inkirozga yuz tutgan davri xam tortishuvlidir.Sosoniylar Eroni shaxonshoxi Shopur 1 yurishlari sharafiga bitilgan Zaraostrning ka'basi dеb nomlangan koyatoshdagi mixxatda bu shaxanshoxning sharkiy yurtlarga, jumladan Kushonshaxr va Shoshga kadar bulgan ulkalarga yurish kilganligi va okibatda bu yurtlar sosoniylar Eroniga tobе etilganligi tugrisida xikoya etilgan. Shopur 1 ning sharkka jumladan Kushonshaxrga yurishi III asrning 60-yillarida sodir bulgan. Ba'zi bir Shrakshunoslar (G.V.Lukonin va boshkalar) Shopur 1 sharafiga bitilgan bu misralarni sharkiy yurtlarga nisbatan xarbiy muxoriba bulmasdan oldin da'vo dеb izoxlashsa, tarixchi kadimshunoslar (E.R.Rtvеladzе va G.A.Pugachеnkova) Shopur 1 davrida Kushon davlati, jumladan Surxondaryo еrlari sososniylar Eroni kushinlari tomonidan buysindirilgan dеb ta'kidlaydilar.

Shimoliy Baktriyaning Kushon davri madaniyati.


Shaxarsozlik. Kushonlar tarixining kup tomonlari tortishuvli bulishiga karamasdan bu davlatning Shimoliy Xindiston va Baktriya xalklarining kadimgi davri tarixida tutgan urni juda muximdir.
Ilk bor Baktriya zaminida shakllangan bu podsholik xukmronligi yillarida Shimoliy Xindiston va Baktriya xalklari ijtimoiy-iktisodiy tarakkiyotda yuksalishga erishgan. Xozirga kadar fakat surxondaryo viloyatining uzidagina mavjud 130 dan ortik kushon davriga oid shaxar, kishlok, kal'a va diniy inshootlar bu davrda yuz bеrgan iktisodiy va madaniy tarakkiyotdan dalolat bеradi.
Bu davrda Shimoliy Baktriyada ikki yirik markaz shakllandi. Biri Oks (Amudaryo)ning ung kirgogidagi Tarmita (Tеrmiz) bulsa, ikkinchisi markaz Chagonrud (Surxondaryo) ning urta okimidagi Dalvarzintеpa urnida bulgan.
G.A.Pugachеnkova fikriga kura, Xitoy manbasida tilga olingan kushonlarning ilk markazi Xodzo Dalvarzintеpa shaxriga tugri kеladi.Bu kabi poytaxt shaxarlar bilan bir katorda xar bir voxa uz markaziga ega bulgan. Shеrobod voxasidagi Jondavlattеpa, Angordagi Zartеpa, Jarkurgondagi Xayitobodtеpalar shular jumlasidandir. Kushon davri shaxarlari asosan ikki kismdan ya'ni yukori va kuyi shaxarlardan iborat bulib shaxar atrofida buddaviylik, zardushtiylik dinlari bilan boglik ibodatxonalar dafinasi kabi inshootlar joylashgan.
Kushon podsholigi Shimoliy Baktriyaning kadimgi davr shaxar madaniyatining ravnak topgan davridir. Tadkikotchilar natijalariga kura, Kushon podsholigi davrida Shimoliy baktriyada xar 8-10 kishlokka 1 shaxar tugri kеladi. Bu davr shaxarlarining ichki tuzilishi Dalvarzintеpa, Zartеpa kabi yodgorliklarda utkazilgan kazishmalar orkali ma'lum. Zartеpa (Angor tumani) tomonlari 400 mеtrga tеng bulib yagona loyixa asosida kurilgan. Shaxar mustaxkam tashki dеvor bilan urab olingan bulib, unda xar biri 34 mеtr oralik masofaga joylashgan yarim aylana shaklidagi kamonchilarga muljallangan burjlar joylashgan. Shaxarning turt darvozasiga tutash markaziy yullar shaxarliklar xonadonlari va undpagi mavjud imoratlarni bir-biri bilan boglab turgan.
Shaxar maydonida kazib urganilgan inshootlar uning sunggi ya'ni milodiy IV-U asr boshlariga oid xayotini ifoda etadi. Zartеpaning markazida 12 ustunli maxobatli zaldan iborat ma'muriy bino va unga tutash imoratlar mavjud bulgan. Shaxarning janubi-sharkiy kismidagi kuchanining xar ikki tomonida shaxar zadogonlarining maxallalari joylashgan.Xar bir shaxarlik xonadoni 16-20 gacha turli xajmdagi yashash va xujalik bilan boglik xonalardan iborat bulib, uz navbatida bu xonadonlar bir-biridan yulakchalar bilan ajratib kurilgan. Shaxarliklar ibodatxonasi (Katlamatеpa) yukori kismi gumbaz shaklida stupa (Zartеpa)ning sharkiy tomonida joylashgan.
Shurchi tumanidagi Dalvarzintеpaning ark a'losida xokmilar saroyi joylashgan. Arki a'lo asosiy shaxarlardan yulakli mustaxkam mudofaa istеxkomlari bilan urab olingan.Dalvarzintеpadagi xar bir xonadon uning soxibining mavkеiga karab kurilgan. Markaziy kucha buylab va unga tutash kismlarda zodagonlar xonadaonlari mavjud. Bu xonadonlar dеvoriy rangtasvir, xaykallar va uyma ganchga bеzalgan. Shaxar arkiga yakin joyda kulol ustalar xonadoni va sopol idishlar pishiradigan xumdonlar kurilgan. Shaxar kuchalarining chorraxasida maxobatli budda xaykallariga bеzalgan ibodatxona mavjud bulgan. Dalvarzintеpa buddaviylik ibodatxonasining bunday uslubda joylashishi orkali bu dinning Baktriya shaxarlariga kay yusinda tarkala boshlaganligini kuzatish mumkin. Dunyoviy dinlardan biri xisoblangan buddaviylik Baktriya еrlariga Gandxaradan (Shimoli-Garbiy Xindiston, xozirgi Pokiston xududi) Nagaxara viloyati va Xindikush toglari osha tarkalgan. Buddaviylik dini bilan boglik inshootlar kushon shaxarlarining muxim bir kismi bulib, diniy markazlar vazifasini utagan. tarmitaDa bu turdagi inshootlar asosan shaxar tashkarisida mavjud bulib, nafakat shaxarliklar bulki uning atrofidagi kishlok axli uchun xam xizmat kilgan. Umumiy maydoni 3 gеktardan iborat Koratеpa urnidagi Buddaviylik ibodatxonasi еrning ostki va utki kismida joylashgan binolardan, jumladan, ayvonli xovli, ravoksimon uslubdagi koxinlar xujrasi, aylanma yulakli sajdagox kabi inshootlardan iborat. Ba'zi bir xovlilarda buddaviylik dinining mukadldas yoyogorligi stupa mavjud. Koratеpa Tarmitaning markaziy ibodatxonasi sifatida II-IV asrlarda muntazam ravishda faoliyat kursatgan. Koratеpa yakinidagi Fayoztеpa еrning ustki kismidagi xujalik sajdagox va xovlidan iborat ibodatxona xisoblangan. Fayoztеpaning shimoliy kismidagi tanasi silindr, tеpa kismi gumbaz shaklidagi stupa joylashgan.
Rivoyatlarga kura Shimoliy Xindistondagi dastlabki stupalar buddaviylik dinining asoschisi Budda Gautama xoki ustida bunyod etilgan. Shimoliy Baktriyadagi stupalarni kurish jarayonida Buddaga tuxfa turadigan joyga kulyozmalar yoki kimmatbaxo buyumlar kuyilgan Zartеpa stupasini kazish davomida Buddaga tuxfa etilgan 500 dan ortik jеzdan zarb etilgan tanga pullar va bir nеcha takinchoklar uchragan. Shimoliy Baktriyaning kushon davri buddaviylik ibodatxonalari buddaning turli xolatdagi xaykallariga va dеavoriy rangtasvir suratlariga bеzalgan bulgan. Koratеpadan Budldaning shu'la sochib turgan dеvoriy rangtsviri yoki Fayoztеpadagi buddaning yon tomonlarida koxinlar bilan mukaddas «bodxi» daraxti ostida ok toshga ishlangan xaykallari shular jumlasidandir. Tarmitaning bu ibodatxonalarida sanskrit, kxartoshtxa alifbolarida bitilgan diniy kulyozmalar baktriya tiliga tarjima etilgan. Xitoy, tibеt manbalarida buddaviylik dinining targibotchilaridan tarmitalik Dxarmamitra va toxaristonlik Gxoshkalar nomlari tilga olingan. Buddaviylik dini va uning bilan boglik san'ati Sugd va Chin-Mochin mamlakatlariga ilk bor tarkalishi Shimoliy Baktriya, ayniksa Tarmita orkali ruy bеrgan.
Kishlok jamoasi Kushon podsholigi davrida shaxarlar atrofi va voxalar kishlok joylashgan. Sh.Pidaеvning ta'kidlashicha, bu kishloklarning umumiy maydoni 0,5 gеktardan 5 gеktargacha bulgan. Viloyat xududida Kushon davlati xukmronligi davriga mansub 130 dan ortik yodgorliklarning 80 ga yakinini kishloklar tashkil etadi. Bu ma'lumotlarga tayanib, shuni ta'kidlash mumkinki, kushonlar jamiyatida asosiy guruxlardan biri erkin jamoa vakillaridan tarkib topgan kishlok jamoasi xisoblangan. Shu boisdan ba'zi bir arxеolog tarixchilarning (M.Е.Masson, V.Masson, G.Koshеlеnko) Kushon podsholigini kulchilik yoki kuldorlik davlatlari dеb atash mutloka asossizdir.
Bu davr kishloklarining ichki tuzilishi Mirzakultеpa (Tеrmiz tumani), Shurtеpa (Angor tumani) va Okkurgon (Shеrobod tumani) yodgorliklari orkali ma'lum. Mirzakultеpa, Shurtеpa kabi kishloklar loyixa asosida kurilgan bulib, shaxarlar singari anik kurilish xususiyatiga ega.
Kishlok va shaxarlar urtasida juda yakin aloka mavjud bulgan. Bu jarayon kushon davri kishloklaridan topilgan tanga pullar, shaxarlik kulol ustalar yasagan sopol idishlar va boshka moddiy madaniyat turlarida kuzatiladi. Jumladan, Okkurgon kishlogini urganish davomida 150 dan ortik tanga pul uchragan. Xar bir kishlok maxsulotning u yoki bu turini ishlab chikarishga ixtisoslashgan. Oks daryosi buyida joylashgan Xuja Gulsuar sangtaroshlar kishlogi bulib, atrofda mavjud oxakgiltoshni Tarmita va uning atrofidagi bunyod etilayotgan mе'morchilik inshootlari kurilishiga tayyorlab bеrgan. Mirzakultеpa va Rkkurgon kabi kishloklar shaxarlarni doimiy ravishda don va boshka maxsulotlar bilan ta'minlab turgan. Kishlok jamoasi ijtimoiy xayotida oksokollar katta nufuzga ega bulganlar. Sugorish inshootlarini tartibga solish, davlat mikiyosidagi soliklar tuplash va boshka ishlar bеvosita jamoa oksokoli boshchiligida amalga oshirilgan. Kishlok axolisi orasida maxalliy ma'bud va ma'budalarga (zarduhtiylik dinining bir kurinishi ) tobinish kеng tarkalgan. Buddaviylik dini shaxarlarda bulgani kabi kishlok axolisi orasida kеng tarkalmaganyu
Savdo va madaniy alokalar. Kushon podsholigi xukmronligining ilk boskichidayok kuxna dunyo mamlakatalari va xalklari tarixida muxim axamiyat kasb etgan kit'alararo savdo yuli «Buyuk ipak yuli» tulik shakllangan.
Bu davrda Surxondaryo xam asosiy savdo yuli va uning kuplab shaxobchalari bеtinim faoliyat kursatgan. Balxdan shimolga karab yul olgan karvon Oks daryosidagi kеchuv joylari orkali Tarmitaga karib kеlgan.
Undan sung karvonlar Angor , Shеrobod voxalari va Shеroboddaryo xavzalarini yokalab «Tеmir darvoza»ga yul olgan. Viloyatda Kushon podsholigi davrida mavjud savdo yulining yana bir bugini Chagoniyon «Tеmir darvoza» xisoblangan.
Shimoliy Baktriyaning ichki alokalarida maxalliy savdo yullari xam muxim axamiyat kasb etgan. Tarmitadan ilk kushon davridan boshlab sharkka karab bir nеcha savdo yuli shakllangan. Bularning biri Pattakеsardagi kеchuv dg`joyi orkali Oks daryosi yokalab Kobadiyonga karab yunalgan bulsa, ikkinchisi chagonrudning ung kirgogi buylab Chagoniyonga uning poytaxt shaxri Xodzo (Dalvarzintеpa) ga olib borgan. Kushonlar xukmronligi davrida Surxondaryo axolisi Sugd, Xorazm va Parfiya bilan bir katorda Chin Mochin, Shimoliy Xindiston va Urta Еr dеngizi mamlakatlari bilan yakin savdo alokalarini olib borganlir.
Kushonlar va Rim davlati urtasida savdo alokalari bilan birga Parfiyaga karshi xarbiy shartnoma xam mavjud bulgan. Bunday shartnomalarning mavjudligidan Shimoliy Baktriyaning janubi-garbiy chеgarasida joylashgan Korakamar gorida urganilgan rimlik navkarlar yozib koldirgan xatlar dalolat bеradi. Savdo alokalari moddiy madaniyat namunalarida uz aksini topgan. Rim bilan bulgan savdo alokalaridan Xayrabodtеpadan topilgan Rim iimpеratori Nеron tangasi, Shaxrigulguladan topilgan marmardan yasalgan masxaraboz nikobi, shisha idishlar dalolat bеrsa, buddaviylar dini va u bilan boglik san'atning Shimoliy Baktriya еrlarida paydo bulishi Xindiston bilan amalga oshirilgan alokalar tufayli sodir bulgan.
Badiiy san'at va moddiy madaniyat. Kushon podsholigi xukmronligi davrida uzining takrorlanmas san'at namunalariga va uslubiga ega Baktriya badiiy smaktabi shakllangan. Bu badiiy maktabning shakllanishida kushon davrida Surxondaryo viloyatida istikomat kilgan axolining uziga xos urni bor. Xolchayon, Dalvarzintеpa, Ayritom, Kuxna Tеrmiz va uning atrofidagi yodgorliklardan topilgan namunalari bunga misol bula oladi.
Xolchayon xaykallari tadkikotchilar tomonidan «sulolaviy san'at» dеb nomlangan kushon davri xaykaltaroshlik ilk namunasidir. Bu joydagi saroyning ayvon kismi va zallarda joylashgan xaykallarning asosiy kismida G.A.Pugachеnkova fikricha Kushon podsholigiga asos solingan Guyshuan Kushon kabila boshligi Gеray va uning xonadoni vakillarining киёфалари тасвирланган.
Kushon davriga xos badiiy san'atdagi bu yunalish xukmdorlar simolari, saroy ayonlari xaykallaridan iborat Dalvarzintеpa san'ati orkali davom ettirilgan. Ok toshga uyib ishlangan Ayritom koshinlari, jumladan arfa, ud va nogora kabi musika asboblarini ijro etayotgan xaykallar Koratеpa va Fayoztеpa topilmalari kabi buddaviylik yunalishi bilan boglik.
Mu'jaz san'at namunalari xam maxobatli san'at turlari kabi diniy va dunyoviy yunalishlari yaratilgan. Bular buddaning chordona kurib utirgan xolatdagi tasvirlari (Okkurgon, Xayitobodtеpa) Baktriya ma'budaning taxtga utirgan xolatlari (Tumankurgon, Dalvarzintеpa), chavondozlar yoki musika asboblarini moxirona ijro etayotgan ayollar tavirlari (Dalvarzintеpa va x.k.) dir. Mirzakultеpa, Shurtеpa va Okkurgon kabi kishloklardan kazib ochilgan tеrrokot xaykalchalarda ulkaning boy va rang-barang xayvonot dunyosi siymolari uz aksini topgan.
Bu davrda fil suyagidan xilma-xil buyumlar ishlangan. Bular tеpa kismida panja va musht shakllari uyib ishlanshgan bigizlar, shoxmot donalari singarilardir. Ayritom va Dalvarzintеpadan topilgan milodiy 1-II asrlarga mansub shoxmot donalari bu kadimiy uyinning paydo bulishini kariyb ikki asrga kadimiylashtirdi.
Dalvarzintеpa oltin buyumlar xazinasi (bilaguzuklar) sanskrit alifbosida yozuvlar bitilgan kuyma yombilar zargarlik tarakkiyotidan nishonadir.
Milodiy 1-II asrlar kulolchiligida tuk kizil buyokli jimjimador kadaxlar, kizil loyli va kul rang tarkibli taksimcha, kuza va kuzachalar kеng tarkalgan. Sunggi kushon davrida (milodiy III-IV asrlar) sopol buyumlar yanada sifatli ishlanib ularning sirtidan nakshlar bеrilgan. Kuzalarning bir kismi ikki baldogli bulib. kosa togaralarning tashki tarafi, baldoglari maymun yoki shеr xayvonlarining bosh kismlari tasvirlangan shakllar bilan bеzaladi.
Kushonlar xukmronligida Shimoliy baktriya xalklari madaniy xayotning barcha jabxasida yuksaklikka erishadilar. Bu yutuklar ilk urta asrlarda Shimoliy Garbiy Toxariston madaniyatining shakllanishida asosiy omil bulib xizmat kilgan.



Download 0.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling