O’zbekiston respublikasi oliy va wrta maxsus talim vaziRLİGİ berdoq nomidagi qoraqalpoq davlat universiteti
Download 394.54 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Evropada wyg’onish.
- 3.Wrta asrlarda
- Alximiyaning tugashi.
- 4. Wtish davri Wlchash.
2. Melodning boshlarida Arablar. VII asrda jah’on sah’nasida arablar paydo bwlishdi. Shu paytgacha ular Arabiston yarim orolining chwllarida yashar edilar, ammo birinchi ming yillikning ikkinchi yarmida islom - yangi din bayrog’i ostida, g’alabali yurishlar boshlab, Osiёning g’arbiy va Afrikaning shimoliy viloyatlarini bostirib olishdi. Eramizdan avvalgi 641 yilda ular Misrga bostirib kirdilar va tezda butun davlatni egallab olishdi, bir necha yildan keyin esa xuddi shunday qilib Fors davlatini h’am egalladilar. Ulkan arablar imperiyasi vujudga keldi. Kadimgi h’ukmdorlarga taqlid qilgan h’olda, arab xalifalari h’am fanlarning taraqqiёtiga boshchiliq qildilar va VII-IX asrlarda birinchi arab kimёgarlari paydo bwldi. Arablar khemeia swzini “al”- khemeua deb qaytadan nomlashdi. Evropaliklar keyinchalik bu swzni arablardan olishib, shundan evropa tillarida
10 “alximiya” va “alximik” terminlari paydo bwlgan. “Alximiya” termini ishlatilganda, kimёning 300 yildan 1600 yilgacha bwlgan davr tarixi h’aqida gapiriladi. khemeia bilan arablar birinchi marta g’alati bir sharoitda tanishishdi. 670 yilda Konstantinopol (xristianlar olamida eng katta va kuchli shah’ar) da turgan arab flotining kemalari “greklar olovi” - ёnganda kuchli alanga h’osil qiladigan va suv ёrdamida wchirib bwlmaydigan, kimёviy aralashma bilan ёndirildi. Aytishlaricha, bu aralashmani khemeia bilan shug’ullanuvchi, arablardan qutulish maqsadida wz vatani Misr (ёki Suriya bwlishi mumkin) dan qochgan Kallinik tayёrlagan edi. Ximiyaning evropacha tarix sah’ifalari, 300 va 1100 yillarni qamrab olgan davr oralig’i, deyarli bwm-bwshdir. 650 yildan keyin grek-misr alximiyasining rivojlanishini arablar twliq nazorat ostiga olishdi, bu besh asr davomida shunday davom etdi. Bu davrning izlari bir qator arabcha negizli kimёviy terminlarda saqlanib qolgan: alembic (h’aydash kubi), alkali (ishqor), alcohol (cpirt), carboy (shisha idish), narhta (ligroin), zircon (tsirkoniy) va h’okazo.
Evropada Geber nomi bilan mashh’ur bwlgan, eng iqtidorli va mashh’ur arab alximigi Djobir ibn Xayёn (721-815) edi. U arablar imperiyasining gullab- yashnagan davri (“Ming bir kecha”da tanilgan Xorun al-Rashid davrida) yashagan. Jobir nashatir spirtini tavsiflab berdi va qwrg’oshinli belilani tayёrlash usulini kwrsatdi. U wsha davrda malum bwlgan kislotalardan eng kuchlisi - sirka kislotasini olish usulini yaratgan. U nitrat kislotaning kuchsiz eritmasini olishga muvaffaq bwldi. Djobir metallarning transmutatsiya imkoniyatlarini wrgandi, uning bu tadqiqotlari alximiklarning kelgusi avlodlariga kuchli tasir kwrsatdi. Djobir simobni wziga xos metall, deb h’isobladi, chunki simob suyuq h’olatda bwlganligi sababli, tarkibida aralashmalar miqdori kam bwladi. Oltingugurt h’am xuddi shunday wziga xos xossalarga ega: u alangalanishga qobildir (shuningdek, u oltin kabi sariqdir). Djobir, qolgan ettita metallning barchasi er qarida «etilaёtgan» simob va oltingugurt aralashmasidan h’osil bwladi, deb h’isoblar edi. Ancha mukammal bwlgan metall - oltinning h’osil bwlishi h’ammasidan h’am qiyindir. Shuning uchun, oltinni olish uchun, oltinni “etilishini” tezlatadigan moddani topish kerak edi.
Kadmigi naqllarda aytilishicha, bu modda quruq kukun h’olida bwladi. Greklar uni xerion yani “quruq” deb atashardi, arablar uni al-iksir deb wzgartirishida va nih’oyat evropaliklarning tillarida eleksir swzi paydo bwldi. Evropada bu ajoyib modda falsafiy tosh, degan nomni oldi (1800 yilgacha barcha “olimlar”ni “faylasuf”, deb atalishini eslaylik). Eliksir boshqa ajoyib h’ossalarga h’am ega bwlishi kerak edi. Masalan, barcha kasalliklardan davolash kerak edi va eng asosiysi, mangu, abadiy h’aёtni berishi kerak edi. Natijada, keyingi yuz yilliklarda alximiklar ikkita parallel bwlgan ywldan borishdi: bir xillari – oltinni izlashardi, boshqalari esa – abadiy h’aёtni bag’ishlovchi, h’aёt eliksirini izlashar edi.
Roziy (865-925) tibbiёt va alximiya bilan shug’ullangan. U h’am Djobir kabi mashh’urlikka erishdi. Ar-Roziy gips tayёrlash va singan suyakning bir-biri bilan 11 birikishi uchun, gipsli taxtakach qwyish usulining metodikasini baёn qilgan. Djobir oltingugurtni ёnish printsipi, simobni – metallik printsipi sifatida qarar edi. Ar- Roziy esa bu ikkala printsipga uchinchi -tuz, yani, qattiqlik printsipini kiritdi. Uchuvchan simob va alangalanuvchan oltingugurt faqat uchinchi komponent – tuz ishtirokida qattiq moddalarni h’osil qiladi degan fikrni berdi.
Djobirga nisbatan ar-Roziy tibbiёtga kwproq qiziqar edi, biroq eng mashh’ur tabib buxorolik İbn-Sino (980-1037 y. yaqin) edi. İbn-Sino lotinlashgan Avitsenna nomi bilan kwproq tanilgan. Uning asarlari kwp asrlar davomida tibbiёtchilar uchun muh’im qwllanma bwlib xizmat qildi. Alximiklar orasida faqat Avitsenna oltinni boshqa metallardan olish mumkinligiga ishonmas edi. Evropada wyg’onish. 1096 yilda birinchi xristianlar salib yurishlari boshlandi; 1099 yilda xristianlar İerusalemni qwlga kiritishdi. Deyarli ikki yuz yil Suriya qirg’oqlarida xristianlar davlati kun kechirdi. Madaniyatning biroz kuchayishi sodir bwldi va Evropaga qaytgan bir nechta xristianlar, evropaliklarni arab fanlarining yutuqlari bilan tanishtirdi. Shu vaqtning wzida, arablar tomonidan VIII arsning boshlarida bosib olingan İspaniyani, xristianlar wzlariga asta-sekin qaytarib olishdi. Shu janglar paytida xristianlarning Evropasi ajoyib mavritaniyaning tsivilizatsiyasi h’aqida bilib olishdi. Evropaliklar, arablar wzlari tomonidan tarjima qilingan grek olimlari, masalan, Aristotel va wzlarining olimlari, masalan, İbn-Sinoning ilmiy asarlari kabi bebah’o asarlar soh’iblari ekanliklarini bilib qolishdi.
Uzining ashaddiy dushmaniga bunchalik qimmatli asarlarni berishni h’oh’lamagan arablarning qarshiligiga qaramasdan, bu ishlarni lotin tiliga tarjima qilishga urina boshlashdi. Bu boshlanishga, 999 yilda Silvestr II papasi bwlgan, frantsuz olimi Gerbert (940-1003 y. yaqin) h’ar tomonlama ёrdam berdi.
Chesterlik ingliz olimi Robert alximiyadan qilingan arabcha asarlarni lotin tiliga tarjima qilaёtganlar orasida birinchi bwlib tarjima qildi (1144 yilga yaqin). Uning anchagina izdoshlari topildi. İtaliyalik Gerard Kremonskiy eng zwr tarjimon edi. (1114-1187y.yaqin). U umrining kwp qismini xristianlar tomonidan 1085 yilda kurashib, qaytarib olingan İspaniyaning Toledo shah’rida wtkazgan va arab tilidan 92 ilmiy asar (traktat) ni tarjima qilgan.
1200 yildan boshlab evropalik olimlar wtmishdagi alximiklarning merosi bilan tanishishgach, bilishning mashaqqatli ywlidan yanada olg’a qadam tashlab siljishga urinib kwrishlari mumkin edi.
Kwproq Albertus Magnus (Buyuk Albert) nomi bilan mashh’ur bwlgan Albert Bolshtedskiy (1193-1280 yaqin) birinchi atoqli evropalik alximik edi. U Aristotelning asarlarini astoydil wrgandi, va aynan uning sharofati bilan oxirlab qolgan wrta asr va Yangi Davr boshidagi olimlar uchun Aristotelning falsafasi wziga xos axamiyatga ega bwldi.
İngliz olimi monax Rodjer Bekon (1214-1292) buyuk Albertning zamondoshi, bugungi kunda eksperiment ishlari va ularga qilingan matematik metodlarning ilovasi fan taraqqiёtining garovidir, degan qatiy ifodalangan ishonchi tufayli tanilgan edi. U h’aq edi, ammo olam bunga tayёr emas edi. Bekon bilimlarining umumiy entsiklopediyasini ёzishga urindi va wz ishlarida portlovchi moddani birinchi tarifini berdi. Bazida uni portlovchi moddani kashfiёtchisi
12 deyishadi, biroq bu h’aqiqatga yaqin emas, chunki h’aqiqiy kashfiёtchi nomalumligicha qolgan. Bekonning zamondoshlari bwlgan,
wrta asr alximiklari-Villanovolik ispaniya vrachi-Arnold (1240-1311 oxiri) va Daymund Lulliy (1235-1313) larning asarlari alximiyaning mistik ruh’i bilan sug’orilgan (biroq, h’aqiqatdan h’am ular bu asarlarning mualliflari ekanligi shubh’alidir). Bu ishlar, asosan transmutatsiyaga bag’ishlangan.
Alximiyaga wz h’issasini qwshgan wrta asr alximiklaridan birining nomi noaniqligicha qoldi: u wzining ishlarini, wzidan olti asr oldin yashagan arab alximigi Djobir nomidan ёzar edi.. Bu “Djobir” taxminlariga kwra, ispaniyalik bwlib, XIV asrda yashagan. Djobir bugungi ximiyaning eng muh’im birikmasi bwlgan - sulfat kislotaga birinchi bwlib tarif berdi. Shuningdek, u qanday qilib kuchli nitrat kislota h’osil bwlishini ёzgan. Usha vaqtda oldin aniqlangan kislotalarni, masalan, sirka kislotasini, wsimlik ёki h’ayvonlardan olingan moddalardan ajratib olingan bwlsada, sulfat va kuchli nitrat kislotasini minerallardan ajratib olishar edi.
Kuchli mineral kislotalarning kashf etilishi kimёda erishilgan yutuqlardan eng muh’imi bwlib h’isoblandi. Kuchli mineral kislotalardan foydalanib, evropalik kimёgarlar kwpgina yangi reaktsiyalarni amalga oshira olishdi va shuningdek, ular qadimgi greklar va arablar erita olmagan ayrim moddalarni erita olishdi (chunki greklar va arablar eng kuchli kislota sifatida sirka kislotani h’isoblashgan).
İnsoniyatga mineral kislotalar oltinga nisbatan, agarda uni transmutatsiya ywli bilan olishni wrganishganda, kwproq foyda keltirar edi. Agar oltin kamёb metall bwlmay qolganda, uning qiymati ywqolgan bwlar edi. Biroq mineral kislotalarning qiymati, u qanchalik arzon va kamёb bwlsada, shunchalik oshib beraveradi. Afsus, insonning tabiati shunday – mineral kislotalarning kashf etilishi uning h’issiёtiga h’ech qanday tasir kwrsata olmadi va u va oltin izlashni davom ettirdi.
Vaqt wtaverdi, alximiya esa uchinchi marta qaytadan yuzaga kela boshladi (birinchi marta greklarda, ikkinchi marta - arablarda). Oltin topish uchun qilingan izlanishlar kwpgina kwzbwyamachilarning ishi bwlib qoldi, h’attoki taraqqiylashgan XVII asrda buyuk olimlar (masalan, Boyl va Nyuton) bu soh’ada yutuqqa erishishga h’arakat qilishga intilishdi.
Va yana, xuddi Diokletian davridagidek, alximiyani wrganish taqiqlab qwyildi. Bunday taqiq ikkita maqsadda edi: oltinni qiymati tushishiga ywl qwymaslik (balki tasodifan transmutatsiya amalga oshsa!) va kwzbwyamachilikka qarshi qattiq kurashish kerak edi. 1317 yilda İoann XXII papasi alximiyani anafemaga sotdi, va rostgwy alximiklar nima bilan shug’ullanaёtganliklari h’aqida yanada sirli ravishda tushuntirishadigan bwlishdi.
Biroq wzgarishlar shamoli evropada allaqachon esa boshlangan edi. 1204 yilda Sharqiy – Rim imperiyasining poytaxti bwlgan Konstantinopol salibchilar (krestonosets) tomonidan varvarlarcha buzib tashlandi va wsha davrgacha saqlanib 13 qolgan grek madaniyatining kwpgina ёdgorliklari butunlay ywq qilindi. 1261 yilda greklar shah’arni qaytarib olishdi, biroq uning oldingi kwrkidan asar h’am qolmagan edi. Keyingi ikki yuz yillikda turk h’ukumdorining askarlari shah’arga yaqinlashib kela boshladi va 1455 yilda Konstantinopol tor-mor etildi h’amda butunlay turklarniki bwlib qoldi. Turklarning bosqinlaridan qutulish maqsadida grek olimlari Evropaga qochishdi, va wzlari bilan olib kelgan bilimlari va qadimgi grek fanining ananalari Evropada ilm-fanning rivojlanishiga kuchli tasir kwrsatdi. Shunday qilib, Evropada buyuk kashfietlar va izlanishlar davri boshlandi.
XIII asrda magnitli kompas kashf etildi va dengizda suzish rivojlana boshladi. Oldiniga Afrika qirg’oqlarini wrganish ishlari wtkazildi, 1497 yilda esa bu qita atrofida saёh’atlar amalga oshirildi. Evropa, musulmon davlatlarining aralashuviga tayanmasdan, Xindiston va shu h’ududdagi boshqa davlatlar bilan savdo-sotiq olib bordi. Evropaliklar buyuk grek faylasuflari bilmagan kwpgina yangi narsalarni bilib olishdi h’amda, ular greklar h’am boshqa odamlar singari oddiy odamlar ekanligini va ular h’am h’atoga ywl qwyishi mumkinligi, shuning uchun ularning barcha qarashlarini twg’ri deb h’isoblash shart emasligini asta- sekin h’is qila boshlashdi. Evropaliklar wzlarining ustunliklarini kemasozlik soh’asida isbot qilishdi va boshqa soh’alarda h’am ustunliklarini kwrsatishga urinib kwrinishdi. Shu “kashfiёtlar asri” da nemis kashfiёtchisi İogann Gutenberg (1397- 1468y. oxiri) birinchi matn bosadigan uskunani yaratdi. Bu uskunadagi h’arakatlanuvchi literalarni matn qilib yig’ib, h’ar qanday kitobni chiqarish mumkin edi. Tarixda birinchi marta arzon kitoblarni va etarli miqdorda chiqarish imkoniyati tug’ildi. Birinchilar ichida Lukretsiyning poemasi chiqarildi, va bu poemaga kwra Evropada atomistik talimot keng tarqaldi.
1543 yilda, mualiflari wsha davrda mavjud bwlgan qarashlarni qwrqmasdan ёritgan (ёzgan) 2 ta kitob nashr qilingan edi. Shu kitoblardan birining muallifi polyak astronomi Nikolay Kopernik (1474-1543) edi. U, qadimgi astronomlardan farqli ravishda Koinotning markazi Er emas, balki Kuёshdir, deb takidlar edi. İkkinchi kitobning muallifi flamandiyalik anatom Andrey Vezaliya (1514-1564) odam anatomiyasini juda aniq tariflab, aytib bergan. Uzining shaxsiy kuzatuvlariga tayangan Vezaliyaning ishlari qadimgi grek manbalaridan kelib chiqqan kwpgina qarashlarni inkor qilar edi.
Bunday grek astranomiyasi va meditsinasining bir vaqtda rad etilishi, alximiya dunёsiga asta-sekin, asosan mineralogiya va meditsinada namoёn bwlib, yangi ilmiy revolyutsiyaning boshlanishini bildirar edi. Alximiyaning tugashi. Kimё masalariga umuman wzgacha qarashlar ikkita zamondosh vrach – nemis Georg Bauer (1494-1555) shveytsariyalik Teofrast Bombast fon Gogengeymning (1403-1541) ishlarida namoёn bwlgan.
Kwprog’i, Agrikol nomi bilan (lotin tilidan tarjima qilinganda, “deh’qon” degan manoni bildiradi) mashh’ur bwlgan Bauer mineralogiya va uning meditsina bilan bog’lanishi mumkin bwlgan tomonlarini wrganishga qiziqdi. Bunday bog’lanishni uchratish (vrach-minerolog kabi) wsha davr va keyingi 2 yarim yuz yillikdagi kimё uchun xarakterlidir. 1556 yilda nashr qilingan “Metallurgiya 14 h’aqida” (“De Re Metallice”) kitobida Agrikola wsha davrdagi konchilardan bilib olgan bilimlarini sistemaga soldi.
Ravon (sodda, tushunarli) tilda ёzilgan,shaxta uskunalarining rasmlari chiroyli ilovalangan bu kitob, tezda mashh’ur bwlib ketdi va bizning davrimizda h’am klassik asarlardan biri bwlib h’isoblanadi. Bu asar kimёviy texnologiya bwyicha, 1700 yilgacha paydo bwlgan eng muh’im ah’amiyatga ega bwlgan asar h’isoblanadi. Bu kitob nashr qilingan davrdan boshlab mineralogiya fan sifatida tan olindi. (Metallurgiya va amaliy kimёdan, Agrikologacha ёzilgan eng noёb kitob sifatida, taxminan X asrda yashagan grek monaxi Teofilning asarlari h’isoblanar edi).
wtuvchi» degan nom bilan kirib keldi. Tsels - meditsina h’aqida asarlar ёzgan, qadimgi rim olimi edi. Uning asarlari wsha davrda katta ah’amiyatga ega bwlgan ishlardan biri edi. Paratsels, İbn-Sino kabi, alximiyaning asosiy masalasi – oltin olish ywllarini izlash emas, balki dori vositalarini tayёrlash, deb h’isoblar edi. Paratselsgacha, wsimliklardan tayёrlangan preparatlardan dori vositalari sifatida foydalanishgan, biroq Paratsels minerallardan tayёrlangan dori vositalarining effekti (tasiri) kuchliroq ekanligiga juda qattiq ishonar edi. Transmutatsiya g’oyasiga negativ munosabatda bwlishiga qaramay, Paratsels eski maktab alximigi edi. U twrt unsur h’aqidagi qadimgi grek talimotini va uchta printsip - element (simob, oltingugurt va tuz) h’aqidagi arablarning talimotini qabul qilar edi va h’aёt eliksirini izlar edi (h’atto, uni topdim deb taqidlar edi). Paratsels rux metalini kashf qildim, deb qattiq ishonar edi, ammo rux ruda tarkibida va mis bilan bwlgan qotishmasi (latun) tarkibida qadimdan malum bwlishiga qaramasdan, ayrim vaqtlarda uni, ruxning kashfiёtchisi deb h’am h’isoblashadi. Paratselsning ishlari uning wlimidan swng, h’atto yarim asr wtgandan keyin h’am tortishuvlarga sabab bwlar edi. Paratselsning izdoshlari wzlarining ustozining qarashlaridagi mistik mazmunni kuchaytirishdi va ulardan ayrimlarini h’atto diniy aqidalargacha olib kelishdi, bu esa alximiklar aniqlik va ratsionalizmga intila boshlashgan davrda yuzaga keldi.
Nemis vrachi alximik Andrey Libau (1540-1616y. oxiri), lotinlashgan Libaviya nomi bilan mashh’ur bwlgan, 1597 yilda tarixdagi birinchi kimё darsligi – “Alximiya” ni nashr qildi.
Libaviya birinchi bwlib xlorid kislota, qwrg’oshin twrt xlorid, ammoniy sulfat va “zar suvi” (podsho arog’i) – nitrat va xlorid kislotalarining aralashmasini tayёrlashni tariflab bergan. Libaviy eritmani bug’latish natijasida h’osil bwladigan kristallarning shakliga qarab, mineral moddalarni aniqlash mumkin, deb h’isoblar edi. Biroq u Paratselsning, alximiyaning asosiy masalasi – meditsinaga xizmat qilish, degan fikriga qwshilgan bwlsada, shunga qaramasdan u metallar oltinga aylanishi mumkinligiga qattiq ishonar edi va oltin olish usulining kashf etilishi kimё fanining gulchambari bwlib qoladi, deb h’isoblar edi. Aniq va ravon tilda ёzilgan wzining asarlarida Libaviy, “paratselsga tegishli”, deb atagan, noaniq nazariyalarga shiddat bilan qarshi turar edi.
1604 yilda nemis nashriёtchisi İogann Tёlde, Vasiliy Valentin degan wrta asr monaxining (aniqrog’ini aytganda, bu Tёldening laqabi bwlgan bwlishi kerak). 15 “Antimoniyning triumfal g’ildiragi“ deb nomlangan, keng tanilgan kitobni nashr qildi. Kimёning yangi ywnalishida kwproq tanilgan vakillaridan nemis kimёgari İogann Glauber (1604-1668) edi. İxtisosligi vrach bwlgan bu odam, turli xildagi kimёviy moddalarning olish usullarini taqqoslashtirish va qaytadan ishlab chiqish bilan shug’ullanar edi. Glauber osh tuziga sulfat kislota tasir ettirib, xlorid kislota olish usulini ishlab chiqdi. Kislotalarni h’aydagandan keyin qolgan qoldiqni (natriy sulfat) sinchiqlab wrgangandan keyin Glauber, bu modda kuchli ich yumshatuvchi tasirga ega ekanligini aniqladi. U bu moddani “ajoyib tuz” (sal mirabile) deb atadi va uni panatsea, deyarli h’aёt eliksiri deb h’isobladi. Glauberning zamondoshlari bu moddani Glauber tuzi deb nomlashdi va bu nom h’ozirgi kungacha saqlanib qolgan. Glauber bu va boshqa bir qator tuzlarni, uning fikricha, noёb dori vositasi bwlgan tuzlarni tayёrlash bilan shug’ullana boshladi.
Meditsina va minerallar h’aqidagi rivojlanaёtgan fanlar shunchalik daromatli va jalb qiluvchi bwlib chiqdiki, oltin olish uchun cheksiz va omadsiz urinishlarga vaqt ketgazishga h’ech qanday h’ojat qolmadi.
Va h’aqiqatdan h’am, XVII asrda alximiyaning ah’amiyati tushib borar edi, XVIII asrda esa u asta-sekin biz h’ozir kimё deb aytadigan fan bwlib qoldi.
Wlchash. Tezkor revojlanishga qaramay, kimё fani boshqa bilimlar soh’asidan baribir orqada qolaverdi. Masalan, astranomiyada miqdoriy wlchashlarning ah’amiyati va natijalarni matematik ishlab chiqishning muh’imligi h’ali qadimgi davrdanoq aniqlangan edi. Buni asosan qwyidagicha tushintirish mumkin. Kadimgilar tomonidan kwrib chiqilgan astronomik moddalar nisbatan oson bwlgan va ulardan ayrimlarini faqat planimetriyadan foydalanib h’al qilish mumkin edi.
İtaliyalik olim Galileo Galiley (1564-1642), XVI asrning 90 yillarida jismlarning tushishini wrganib, fizikaviy tajribadan olingan malumotni matematik jih’atdan ishlab chiqqan va aniq wlchashlarning muh’im ekanligini birinchi bwlib kwrsatdi. U qilgan ishlarning natijalari, yuz yilcha vaqt wtgandan keyin h’am, ingliz olimi İsaak Nyuton (1642-1727) ni muh’im ah’amiyatga ega bwlgan xulosalarga olib keldi. Uzining, 1687 yilda nashr qilingan “Matematikaning boshlanishi” «Principia mathematica» kitobida Nyuton, mexanikaning asosini qayta ishlab chiqishni yakunlagan, h’arakatning uchta qonunini yaratdi. Bu qonunlar asosida keyingi ikki yuz yil ichida klassik mexanika rivojlandi. Shu kitobning wzida Nyuton, ikki asrdan kwproq, planeta va yulduzlar sistemasining h’arakatini tushuntirib berish uchun h’izmat qilgan va h’ozirgi kungacha klassik mexanika tasavvurlari doirasida twg’riligi (h’aqligi) bilan asoslangan tortishish qonunini yaratdi. Tortishish qonunini ishlab chiqishda Nyuton sonlar nazariyasi – wzi ishlab chiqqan matematikaning yangi va kuchli soh’asidan foydalandi.
Nyutonning davrida ilmiy revolyutsiya wzining eng yuqori nuqtasiga chiqdi. Kadimgi grek nazariyalarining obrwyi bilinarli darajada tebratilgan edi. G’arbiy Evropa olimlarining nazariyalari ulardan ancha ustun edi. 16 Kimёda oddiy sifat tarifdan chuqur miqdoriy wlchashga wtish Nyuton kashfiёtlaridan 100 yil wtgandan keyin amalga oshdi. Biroq shu narsa h’ayratga soladiki, klassik astranomiya va fizikaning poydevorini qurgan, gwzalligi va buyukligi ilmiy dunёni lol qoldirgan, Nyuton alximiyaning tarafdori edi va metallning oltinga aylanish retseptini izlagan edi.
Gap shundaki, Galiley va Nyutonning miqdoriy usullarini kimёga tadbiq qilish juda qiyin edi. Chunki, buning uchun kimёviy tajribalarning natijalarini matematik jih’atdan qayta ishlab chiqish mumkin bwlishi darajasiga keltirish kerak edi.
Galiley davridaёq kimёda yaqinlashib kelaёtgan revolyutsiyaning kuchsiz belgilari kuzatila boshladi. Bu belgilar masalan, flamandiyalik vrach Yan Batist Van Gelmont (1579-1644)ning ishlarida mavjud edi. Van Gelmont miqdori oldindan wlchangan tuproqda daraxt wstirar edi va u tuproqqa sistematik ravishda suv quyardi va sistematik ravishda daraxtni aniq tortib kwrar edi. Van Gelmont, daraxt xosil qiladigan tirik twqima manbaini topishga ishonar ekan, u wlchashni h’am kimёda, h’am biologiyada olib borgan, deb aytish mumkin.
Van Gelmontgacha aniqlangan va wlchanilgan h’avosimon modda bu boshqa moddalarga wxshamaydigan va xarakterli xususiyatga ega bwlgan h’avoning wzi edi. Mana shu sifatga qarab, greklar uni elementlardan biri deb “h’avo” ёki “bug’” ga wxshagan narsalarni h’osil qilishgan, biroq qwl bilan ushlab bwlmaydigan bu moddalarni wrganish va kuzatish qiyin edi. Ammo sezish oson bwlgan. Bu moddalarga xuddi sirli narsalarga qaraganday, munosabatda bwlganliklarini h’atto ularning nomlari h’am aytib turibdi. Shunday qilib, masalan spirt lotinchadan tarjima qilinganda , “ruh’”, “arvoh’”, “nafas” degan manolarni anglatadi. Kimёgarlar ichida birinchi bwlib Van Gelmont ayrim reaktsiyalar jaraёnida h’osil bwladigan bug’larga etibor berdi va ularni wrganishni boshladi. U bug’lar nimasi bilandir h’avoni eslatishini, ammo kwp jih’atlari bilan undan farq kilishini aniqladi. U, daraxt ёnganda h’osil bwladigan bug’lar, wzini boshqacha tutsa h’am h’avoga wxshashini topdi. Bu doimiy h’ajmga ёki shaklga ega bwlmagan h’avosimon moddalar Van Gelmontga grek “xaos”ini, yani (grek mifologiyasiga kwra) kosmosda yaralgan shaklsiz va tartibsiz moddani eslatar edi. Van Gelmont bu bug’larni “xaos” deb atadi, biroq flagmandcha fonetik tuzilishga kwra bu swz gaz kabi talaffuz qilinadi. Havosimon moddalarni h’ozirgi kunda h’am shunday atashadi. Daraxtning ёnishidan olingan, va wzi chuqur wrgangan gazni u “wrmon gazi” (gas sylvestre) deb atadi. Bugungi kunda biz bu gazni uglerod ikki oksidi deb ataymiz. Gazlarni materiyaning oddiy shakli sifatida wrganishda, birinchi marta aniq wlchashlar texnikasi ishlatildi, yani zamonaviy kimё dunёsiga asosiy ywl sifatida h’izmat qilgan h’odisalarning miqdoriy tadqiqotidan foydalanildi. Van Gelmont umrining oxiriga kelib, gazlarga va ayniqsa, quproq tarqalgan gaz – h’avoga bwlgan qiziqishi tasodifan kuchaydi. 1643 yilda italiyalik fizik Evandjelista Torichelli, h’avo balandligi 28 dyuymga teng bwlgan simob ustunini ushlab tura olishi mumkinligini kwrsatdi. Barometr ana shunday kashf qilingan. Bu
17 kashfiёtdan keyin gazlar sirli narsalar deb, kam h’isoblanadigan bwla boshladi. Aniqlanishicha, ularning suyuqliklar va qattiq moddalardan farqi kichik zichlikka egaligidadir. Nemis fizigi Otto fon Gerike (1602-1686) atmosfera h’avosi h’am og’irlikka ega ekanligini ishonch bilan kwrsatdi. Gerike h’avo nasosini kashf qilgan edi. Bu nasos ёrdamida idish ichidagi h’avo swrib olingandan keyin idish tashqarisidagi h’avoning bosimi idishning ichidagi h’avo bosimidan yuqoriroq bwlib qolardi. 1654 yilda Gerikening buyurtmasiga kwra, misdan yasalgan ikkita yarim shardan iborat (yarimsharlar zich bwlib birikishi uchun yarimsharlarning orasiga skipidardagi vosk eritmasi bilan bwktirilgan, teridan tayёrlangan uzukni joylashtirgan) bwlgan asbob tayёrlandi. Gerike bu yarimsharlarni birlashtirib turib, h’osil bwlgan shardan h’avoni swrib oldi. Bu yarimsharlarni tashqaridagi h’avo shunchalik darajada bosib turar ediki, bor kuchi bilan bu yarim sharlarni h’ar tomonga tortaёtgan otlar twdasi h’am ajrata olmas edi. Bu tajrib fan tarixiga «magdeburg yarim sharlari» tajribasi nomi bilan kirib qoldi. Bu turdagi tajribalar h’avoning xossasiga bwlgan qiziqishni kuchaytirar edi. Shu jumladan, bu tajribalar irland kimёgari Robert Boyl (1627-1691)ning h’am diqqatini tortdi. Boyl yaratgan h’avo nasosi Gerike nasosiga nisbatan mukammallashtilgan edi. İdish ichidagi h’avoni swrib olish metodikasini wrganib olgan Boyl, buning teskarisi – h’avoni siqishga urinib kwrdi. Tajribalarni wtkazish jaraёnida Boyl, h’avoning h’ajmi bosimga teskari proportsional ekanligini aniqladi. Uzun U-simon nayga simobni quyib turib Boyl, ulangan kalta nayning oxiridagi h’avoning namunasini berkitib qwydi. Ochiq turgan uzun nayning uchidan simobni quyib turib, bosimni oshirish mumkin edi. Boyl ana shunday miqdordagi simobni nayga quyganidan keyin, yani bosim h’avoga nisbatan ikki barobar (simobning ikki martaga oshirilgan massasi) oshib borar edi, h’avoning h’ajmi esa xuddi shunday ikki barobar kamaydi. Shu vaqtning wzida, agar bosim pasaysa, h’ajm kwpayar edi. Boyl kashf qilgan h’ajmning bosimga teskari bog’liqligi Boyl qonuni degan nomga ega bwldi. Bu qonun h’aqidagi birinchi h’abar 1662 yilda chop etildi. Boyl, uning qonuni faqat doimiy temperaturada kuchga kirishiga etibor berib, aytmas edi. Balki u buni tushungan edi va bu wz-wzidan shunday bwlishi kerak, deb h’isoblagandir. Frantsuz fizigi Edm Mariott (1630-1684) bu qonunni Boyldan bexabar bwlib, 1676 yilda kashf etdi va ah’amiyat bilan takidladiki, h’ajmning bosimga bog’liqligi faqat doimiy temperaturada kuzatiladi, degan. Mana shu sababli Evropa kontinentida Boylning qonunini, Mariott qonuni deb atashadi. Boylning qonuni, moddalar wzgarishining sabablarini aniqlash uchun aniq wlchashlar qullanilgan birinchi urinish edi. Boylning qonuni atomistlarning etiborini tortdi, ular qatoriga Boylning wzi h’am kirar edi. Yuqorida aytilgan, antik davr olimlarining atomistik qarashlarini wsha davrning kwpgina evropalik olimlari h’am maqullar edi. Frantsuz faylasufi Per Gassendi (1592-1655) h’am wziga qattiq ishongan atomist edi. Uning tasiridan atomistik nazariyaning tarafdorlariga Boyl h’am kirib qoldi. Biroq, kimёgarlar faqat suyuq va qattiq moddalarning h’ossalarini wrganish bilan shug’ullanib turgunlaricha, bu nazariyaning h’aqqoniyligini isbotlash juda 18 qiyin edi, va Boylning davrida bunday isbotlar, Demokrit davrida mavjud bwlgan isbotlardan h’ech h’am kwp emas edi. Suyuqliklar va qattiq moddalar juda kam darajada siqilishga uchraydi. Agar bu moddalar atomdan iborat bwlsa h’am (materiya diskretligini h’isobga olsak), va ularda atomlar uzaro tegib turish darajasida yaqin bwlsada, ularni boshqa yaqinlashtirib bwlmaydi. Agarda suyuqliklar va qattiq moddalar faqat moddalardan (materiyaning uzluksiz ekanligini nazarda tutsak) iborat bwlsa, ularni h’am siqishga uchratish juda qiyindir. Shuning uchun, suyuqliklar va qattiq moddalar atomlardan iborat ekanligini isbotlash juda qiyin edi. Atomlarning mavjudligini qanday qilib isbotlash mumkin? Qattiq moddalar va suyuqliklardan farq qilgan h’olda, h’avo, qadimgi davrdagi kuzatishlar va Boylning wz vaqtida kwrsatib bergan isbotlariga kwra, oson siqiladi. Buni faqatgina, h’avo bwsh fazoda bwlingan mayda atomlardan iborat ekanligini h’isobga olib, tushuntirish mumkin. Bu h’olda h’avoning siqilishi, atomlar orasidagi bwsh masofaning siqilishi natijasida, atomlarning yaqinlashishiga asoslangan. Agar gazlar atomlardan iborat bwlsa, unda suyuqliklar va qattiq moddalar h’am atomlardan iborat, deb h’isoblashimiz mumkin. Masalan, suv qanday bug’lanadi? Bug’lanish jaraёnida birin-ketin suvning mayda zarrachalari «ywqola» boshlaydi. Suvning bug’ga aylanishi atomlar h’isobiga yuz berishini tasavvur qilish qiyin emas. Agar suvni isitsak u qaynaydi va bug’ h’osil bwladi. Suv bug’i, h’avosimon moddaning fizik xossalariga ega, va shuning uchun uni atomlardan iborat deb, faraz qilishimiz tabiiydir. Biroq suv, gaz kwrinishida bwlgan vaqtda atomlardan iborat bwlsa, nima uchun u suyuq ёki qattiq (muz) h’olatda atomlardan iborat bwla olmaydi? Agar bu suv uchun tegishli bwlsa, nima uchun materiyaning barcha turlari uchun tegishli bwla olmaydi? Mana shunday taxminlar (farazlar) katta taasurotlarni uyg’otar edi va atomizm wzining ikki ming yillik tarixida birinchi marta izdoshlarini kwpaytira boshladi va ularning soni tezda wsib borardi (masalan, atomizmga Nyuton h’am kirib keldi). Biroq shunga qaramasdan, «atom» tushunchasi aniqlanmay qolaverdi. Atomlar ёrdamida, agar ular mavjud bwlsa, gazlarning tabiatini tushuntirish osonroq ekanligini h’isobga oladigan bwlsak, ular h’aqida h’ech narsa ayta olmas edik. Faqat bir yarim yuz yil wtgandan keyin atomizm kimёgarlarning diqqatini tortdi. Boyl ilmiy faoliyatining boshlanishi davriga kelib, «alximiya» va «alximik» terminlari ilmiy adabiёtlarning sah’ifalaridan deyarli ywqolib ketdi. Boyl, 1661 yilda nashr qilgan «Ximik-skeptik» (“The Sceptical Chymist”) kitobida, kitobning nomidagi «alximik» swzining birinchi bwg’inini tushurib qoldirgani ajablanarli emas. Wshandan beri fanning nomi – kimё, bu soh’ada ishlovchilar esa – kimёgarlar deb atala boshlandi. Boyl wzini «skeptik» deb atardi, chunki u antik davr avtoritetlari tasavvurlari izidan kwr-kwrona ergashishni h’oh’lamadi. Shu jumladan, Boyl qadimgi faylasuflarning, dunёning paydo bwlishida ishtirok etgan elementlarni aqlan wrganish mumkin, deb h’isoblagan takidlarini qabul qilmas edi. Buning wrniga u elementlarni amaliy ywl bilan aniqlay boshladi. Fales davridanoq, element bu – Koinotni tashkil qiladigan asosiy, oddiy moddalardan biridir, deb h’isoblanar edi. 19 Biroq tah’min qilinaёtgan element, h’aqiqatdan h’am element ekanligini faqat tajriba ywli bilan aniqlash mumkin edi. Agar moddani yanada oddiy komponentlarga ajratish mumkin bwlsa, u element bwla olmaydi. Hosil bwlgan yanada oddiy moddalar esa element sifatida namoёn bwla oladi ёki toki kimёgarlar uni h’am yanada oddiy moddalarga ajrata olishni wrganmagunlaricha shunday deb h’isoblanishi mumkin. Agar ikkita modda element bwla olsa, u h’olda ular birikishi natijasida va uchinchi bir jinsli, birikma deb atalgan, moddani h’osil qilish mumkin. Bunday birikmani ikkita boshlang’ich (dastlabki) elementga ajratish mumkin. Biroq shu nuqtai-nazardan «element» termini faqat nisbiy tushunchaga ega. Masalan, kvarts tipidagi modda element bwlib h’isoblanishi mumkin, toki tadqiqodchi – kimёgar undan ikkita ёki undan kwproq oddiy moddalarni h’osil qila olgunicha. Faqat XX yuz yillikda elementlarning tabiatini shartli bwlmagan h’olda aniqlash mumkin bwldi. Boyl, elementlarni aniqlashda tajriba ywli bilan ёndashishga uringanini kwrsatuvchi oddiy dalil, u turli xil elementlarning mavjudligini bilar edi, degani emas. Tajriba ywli bilan ёndashish «grek elementlari»: olov, h’avo, suv va erning mavjudligini tasdiqlashga urinish eh’timoldan h’oli emas. Masalan Boyl, alximiklarning metallar element bwla olmaydi va bir metallni boshqasiga aylantirish mumkin, degan tushunchalari asoslanganligiga ishonar edi. 1689 yilda Boyl Britaniya h’ukumatidan alximiklarga oltin olishni man etgan qonunini bekor qilinishini talab qildi, chunki u «asosiy metall»dan oltin olish mumkinligiga ishonar edi va shu ywl bilan oltinni olgandan keyin, materiyaning atom strukturasini tasdiqlashga erishish mumkin, deb h’isoblar edi. Biroq Boyl adashardi: metallar element bwlib chiqdi. Haqiqatdan h’am, biz bugungi kunda element deb h’isoblaёtgan twqqizta modda qadimgilarga allaqachon malum edi: ettita metall (oltin, kumush, mis, temir, qalay, qwrg’oshin, simob) va 2ta metallmas (uglerod va oltingugurt). Bundan tashqari, elementlarga h’ali wrta asr alximiklariga malum bwlgan 4ta modda: mishyak, surma, vismut va rux h’am kiradi. Elementlardan birini Boylning wzi ochishiga oz qolgan edi. U 1680 yilda peshobdan fosforni ajratib olishga muvaffaq bwldi. Biroq undan 10 yilcha oldin xuddi shuni nemis kimёgari Xennig Brand (?-1710y. dan keyin), «oxirgi alximik» degan nomga ega bwlgan Xennig Brand amalga oshirgan. Biroq bir qator adabiёt manbalarida fosforni olish usulini XII asrning arab alximiklari bilishar edi, degan tah’minlar uchraydi. Download 394.54 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling