O’zbekiston respublikasi oliy va wrta maxsus talim vaziRLİGİ berdoq nomidagi qoraqalpoq davlat universiteti
Download 394.54 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Gazlar. Karbonat angidrid gazi va azot.
- Vodorod va kislorod.
Flogiston. Kimёning rivojlanishiga muh’im ah’amiyatga ega bwlgan XVII asrning kashfiёtlari qatoriga, atmosfera h’avosidagi bosim ustunining mavjudligi, bu bosimni ishlatish va vakuumni h’osil qilish imkoni mavjudligini kwrsatuvchi kashfiёtlarni kiritish mumkin. Ayrim tadqiqotchilar vakuumni h’avo nasosini ishlatmasdan turib, h’osil qilish mumkin, degan fikrga kela boshladi. Faraz qilaylik, siz suvni qaynatdingiz va kamerani bug’ bilan twldirdingiz, keyin esa kamerani tashqaridan sovuq suv bilan sovutdingiz. Bu vaqtda kameraning ichidagi (par) bug’ kondensatlanib, suv tomchilariga aylanadi va kamerada vakuum yuzaga keladi. Agar bunday kameraning devorlaridan birini h’arakatga keltirsak, u h’olda h’avo bosimi tasirida h’arakatlantiradigan devor kameraning ichki tomoniga 20 tortiladi. Bug’ning yangi portsiyasi kameraga tushishi bilan, devor qaytadan tashqi tomonga itariladi, keyin esa bug’ kondensatlanganda, qaytadan kameraga tortiladi. Uzimizcha tasavvur qilishimiz mumkinki, h’arakatlanuvchi devor – bu qaytarilib – kiradigan h’arakatlarni bajaradigan wziga xos turdagi porshendir, bunday porshenni masalan, bug’da ishlaydigan nasosda ishlatish mumkin. Bunday bug’ mashinasi 1689 yilda angliyalik tog’ injeneri Tomas Severi (1650-1715 y. yaqin) tomonidan h’aqiqatdan h’am yaratildi. Bu qurilmada bug’ yuqori bosim ostida ishlatilar edi, bu esa wsha davrda h’avfsiz deb h’isoblanmas edi. Taxminan wsha vaqtda (1705 yil) Severi bilan bilan h’amkorlikda ishlagan Tomas Nyukomen (1663-1729) ancha past bosimdagi bug’ bilan ishlay oladigan bug’ mashinasini yaratdi. Biroq Nyukomenning mashinasi universal emas edi, va uni amalda faqat suv suv kwtarish uchun uchun ishlatish mumkin edi. Mashinaning konstruktsiyasi universal bug’ mashinasining yaratuvchisi deb h’isoblanadigan shotlandiyalik mexanik Djeymis Uott (1736-1815) tomonidan ancha takomillashtirildi. Bug’ mashinasining paydo bwlishi sanoat revolyutsiyasining boshlanishini bildirar edi: inson dunёdagi barcha og’ir ishlarni qila oladigandek bwlib kwringan mashinaga ega bwldi. İnson shamol kuchining ёki yuqoridan tushadigan suvning injiqlarini engib, ulardan foydalangan h’olda mexanik energiyaga aylantira oldi. Bug’ mashinasida odatdagidek bwlmagan h’olatlardan bwlgan, olovning ishlatilishi kimёgarlarda ёnish jaraёniga bwlgan qiziqishini wyg’otdi. Nima uchun ayrim jismlar ёnadi, ayrimlari esa ёnmaydi? Ёnish jaraёnida nima sodir bwladi? Kadimgi greklarning tasavvurlariga kwra, alangalanish qobiliyatiga ega bwlgan barcha narsalarning tarkibida qulay sharoit yuzaga kelganda, chiqib keta oladigan olov elementi bwladi. Alximiklar h’am, tah’minan, shu nuqtai-nazarni maqullashgan, biroq ёnish qobiliyatiga ega bwlgan moddalarning tarkibida “sulfur” (oltingugurt bwlishi shart emas) elementi mavjuddir, deb h’isoblashgan. 1669 yilda nemis kimёgari İogann İoaxim Bexer (1635-1682) ёnish h’odisasini aql-idrokka asoslanib tushuntirishga urinib kwrdi. U qattiq moddalar uch turdagi “tuproq”dan iborat deb faraz qildi va ulardan birini, yani wzi “ёg’li tuproq” deb atagan turini “ёnish printsipi” deb qabul qildi. Bexerning nih’oyatda noaniq bwlgan tasavvurlarining izdoshi nemis vrachi va kimёgari Georg Ernst Shtal (1660-1734) edi. U yana bir marta “ёnish printsipi” degan nomni “flogiston” – grekchadan olingan bwlib, “ёnuvchi” , deb nomlab, nomlanishini yangiladi. Shtal ёnish jaraёnidagi flogistonning rolini tushuntirib beradigan, ёnish jaraёnining sxemasini tavsiya qildi. Shtal tasavvurlariga muvofiq, ёnuvchi moddalar flogistonga boydir. Ёnish jaraёnida moddaning tarkibidagi flogiston ajralib chiqadi va ёnish jaraёni tugagandan keyin qolgan narsaning tarkibida flogiston bwlmaydi va shuning uchun h’am ёnishda davom eta olmaydi. Shtal, metallarning zanglashi ёg’ochning ёnishiga wxshaydi, deb taqidlar edi. Uning fikricha, metallar flogistonga ega, zangning tarkibida esa flogiston bwlmaydi. Zanglash jaraёnini bunday tushunish, rudaning metallarga aylanishi jaraёni - kimё soh’asidagi birinchi nazariy kashfiёtning sababini tushuntirib berishga imkon yaratdi. Shtalning tushuntirishlari qwyidagilardan iborat edi. Flogistonga kam bwlgan ruda, flogistonga boy bwlgan 21 ёg’och kwmirida qizdiriladi. Bu vaqtda flogiston ёg’och kwmirdan rudaga wtadi, natijada ёg’och kwmiri flogistoni kam bwlgan kulga aylanadi, flogistoni kam bwlgan ruda esa flogistonga boy bwlgan metallga aylanadi. Shtalning fikricha, h’avo wzaro ёnishga faqat bevosita ёrdam beradi. Flogiston ёg’ochdan ёki metalldan chiqqanida h’avo uni tashish uchun h’izmat qiladi, yani flogistonni boshqa moddaga uzatadi (agar shunday narsa mavjud bwlsa). Shtalning flogiston nazariyasi birinchi vaqtlarda keskin tanqidga uchradi. Bu nazariyaga, ayniqsa gollandiyalik vrach German Burgave (1668-1738) qarshi chiqdi. U ёnish h’odisasi va zangning h’osil bwlishi bitta h’odisa bwlishi mumkin emas, deb h’isoblar edi. Chunki ёnish, olovning paydo bwlishi bilan boradi, zanglash esa-olovsiz sodir bwladi. Shtalning wzi bu farqni qwyidagicha tushuntirdi: ёg’ochga wxshash narsalar ёnganda, flogiston shunchalik tez uchib ketadiki, atrofdagi olamni qizdirib kwzga kwrinadigan bwlib qoladi. Zanglashda esa flogiston asta-sekin uchib ketadi, shuning uchun h’am olov paydo bwlmaydi. Burgavening tanqidlariga qaramasdan, flogiston nazariyasi ommabop bwlib boraverdi. 1780 yilda bu nazariya kimёgarlar tomonidan deyarli h’amma joyda qabul qilindi. Chunki u kwpgina savollarga aniq javoblar berishga imkon yaratdi. Biroq bitta savolni Shtal h’am, uning izdoshlari h’am h’al qilisha olmadi. Gap shundaki, kwpgina ёnuvchi moddalar, masalan, ёg’och, qog’oz, ёg’ ёnishi vaqtida malum miqdorda ywqolib ketardi. Bu shunday bwlishi tabiiydek edi, chunki ёnish vaqtida flogiston modda tarkibidan uchib ketardi. Shtal nazariyasiga kwra, zanglash jaraёnida metallning tarkibidan flogiston uchib ketar edi. Shunga qaramasdan 1490 yildaёq alximiklar tomonidan zanglagan metall zanglamagan metalldan ancha og’ir ekanligi aniqlandi. Nima uchun flogistonni ywqotgan modda og’ir bwlib qoladi? Balki, XVIII asrning ayrim kimёgarlari taqidlaganidek, flogiston manfiy og’irlikka egadir? Bunday bwlsa, nima uchun ёg’och ёnganda og’irligi kamayadi? Balki flogistonning ikki xil- musbat va manfiy og’irlikka ega bwlgan turi mavjuddir. XVIII asrning kimёgarlariga bu muammo, h’ozirgi kunda bizga kwringanidek, muh’im bwlib kwrinmas edi. Biz h’odisalarni chuqur tah’lil qilishga wrganib qolganmiz va og’irlikning wzgarishi, albatta bizni wylantiradi. XVIII asrning yuz yilligidagi kimёgarlar aniq wlchashlarning muximligini h’ali fah’mlamas edi va og’irlikdagi wzgarishni etiborga olishmasdilar. Flogiston nazariyasi moddalarning h’ossalari va tashqi wzgarishlarining sabablarini
tushuntirardi, og’irlikning wzgarishi esa, wsha davrda h’isoblanganidek, muh’im ah’amiyatga ega emas edi. Gazlar. Karbonat angidrid gazi va azot. Modda massasining ёnishi vaqtidagi wzgarishi tushunarsiz edi. Aniqlanishicha, bu h’odisa ёnish vaqtida gazlarning paydo bwlishi ёki ywqolishi bilan bog’likdir. Garchi gazlarning mavjudligi juda qadimda aniqlangan bwlsada va Van Gelmontgacha, bir asr oldin, gazlar h’aqidagi bilimlar asta-sekin twplana boshlangan bwlsada, Shtal davrida kimёgarlar gazlarning mavjudligini h’isobga olishib, aslida ularga umuman etibor berishmas edi. Ёnish jaraёnida modda massasini wzgarishi sabablari h’aqida wylaёtgan tadqiqotchilar, faqat qattiq moddalar va suyuqliklarni h’isobga olishar 22 edi. Malumki, kul ёg’ochdan engil. Chunki ёg’och ёnganda bug’ (gaz) ajralib chiqadi. Biroq bu qanday bug’ ekanligini, kimёgarlardan birortasi h’am tushuntirib bera olmas edi. Zanglagan metall zanglamagan metalldan og’irroqdir. Balki metall zanglamaganda h’avodan nimanidir qabul qilishi mumkindir? Bunga javob ywq edi.
Bu va boshqa bir qator savollarga javob berish uchun kimёgarlar gazlarni muntazam ravishda wrganishni boshlashlari kerak edi. Bu soh’ada muh’im qadamni, XVIII asrning boshlarida angliyalik botanik va kimёgar Stiven Geyls (1677-1761) qwydi. U gazlarni suv ustida yig’adigan asbobni yaratdi. Bu asbob “pnevmatik vanna”, yani siqiladigan h’avo ёrdamida ishlaydigan asbob deb ataladi. Kimёviy reaktsiya natijasida h’osil bwladigan gazni Geyls, suvli vannaga teskari twntarilgan idishga, trubkadan ajratib olar edi. Gaz pufakchalari idishning yuqori qismiga kwtarilib u erdagi suvni siqib chiqarar edi. Shu ywl bilan Geyls reaktsiya natijasida h’osil bwladigan gazlarni yig’ar edi. Geyls wzi yig’gan gazlarni identifikatsiya qilmadi va ularning h’ossalarini wrganmadi. Biroq uning gazlarni yig’ishi uchun yasalgan asbobi pnevmatik kimёning rivojlanishida muh’im rol wynadi.
Boshqa bir muh’im qadam shotlandiyalik kimёgar Djozef Blek (1728-1799) tomonidan amalga oshirildi. 1754 yilda tibbiёt magistri darajasini olish uchun qilgan dissertatsiyasi kimёviy muammo bilan bog’langan bwlib, kislotalarning “yumshoq” (karbonat) ishqorlariga tasir ettirish vaqtida ajralib chiqadigan gazlarning h’ossalariga bevosita bog’lik edi. (Blek davrida meditsina bilan kimё qattiq bog’langan edi). Blekning aniqlashicha, oh’akli mineral (kaltsiy karbonat) qizdirilganda gaz ajralib chiqishi bilan parchalanadi va oh’ak (kaltsiy oksidi)ni h’osil qiladi. Ajralib chiqaёtgan gazni qaytadan kaltsiy oksidi bilan biriktirib, yana kaltsiy karbonat olish mumkin edi. Blekning kashfiёti katta ah’amiyatga ega edi. Buning sabablaridan biri: birinchidan, karbonat angidrid gazi, ёg’och ёnganda gaz xosil bwlganidek minerallarni qizdirish vaqtida h’osil bwlar edi. Jonli va jonsiz tabiat wrtasida vujudga kelishi mumkin bwlgan wzaro bog’liqlik ana shunday aniqlangan edi. Bundan tashqari Blek, gazsimon moddalarning nafaqat qattiq jismlar ёki suyuqliklardan ajralib chiqishini kwrsatdi, balki ular bilan aktiv birikishini, kimёviy reaktsiyaga kirishishini h’am kwrsatdi. Bu kashfiёt gazlarni sirli bir narsa emasligini kwrsatib berdi. Endi ularga xossalari (h’ech bwlmasa kimёviy) bilan qattiq va suyuq moddalardan bir oz farq qiladigan, oddiy moddalar sifatida etibor berishadigan bwlishdi. Keyinchalik Blek, kaltsiy oksidi h’avoda qizdirilsa, u asta-sekin kaltsiy karbonatga aylanishini kwrsatdi. Shundan kelib chiqib, Blek atmosfera h’avosida unchalik kwp bwlmagan miqdorda karbonat angidrid gazi mavjud deb, twg’ri xulosa qildi. Bu h’avo oddiy modda emasligini kwrsatadigan birinchi aniq dalil edi va qadimgi greklarning tasavvurlaridan qatiy nazar, Boyl tariflagan element bwla olmaydi. Biroq ikkitadan ortiq bwlgan h’ar xil moddalar: oddiy h’avo va karbonat angidrid gazining aralashmasidan iborat bwladi. Blek, qizdirish jaraёnini karbonat angidrid gazi misolida wrganar ekan, u qizdirish jaraёni tasirida modda massasining wzgarishini uzatdi. Shuningdek, u karbonat angidridining qanday 23 miqdori, berilgan miqdordagi kislotani neytrallashini aniqladi. Shunday qilib, bu usul Lavuaze tomonidan rivojlantirilib, takomillashtirildi. Karbonat angidrid gazining h’ossalarini tekshiraёtib, Blek bu gazda sham ёnmasligini aniqladi. Ёpiq idishdagi oddiy h’avoda ёnaёtgan sham, nih’oyat wchib qoladi va idishdagi qolgan h’avo esa ёnishga ёrdam bermaydi. Bunday h’odisaning, albatta, biror bir sababi bwlishi kerak edi, chunki sham ёnganda karbonat angidrid h’osil bwlishi aniqlangan edi. Ammo Blek karbonat angidrid gazini absorbtsiyalaganda, idishda qolgan, karbonat angidrid emasligi odindan malum bwlgan gaz, ёnishga ёrdam bermas edi. Blek bu muammoni wrganib chiqishni shogirdlaridan biriga – shotlandiyalik kimёgar Daniel Rezerfordga (1749-1819) taklif qildi. Rezerford quyidagi tajribani wtkazdi: u cheklangan miqdordagi h’avoda sichqonni, u wlib qolmagunicha ushlab turadi. Keyin qolgan h’avoda ёnib turgan shamni, u wchib qolguncha ushlab turdi. Shularning h’ammasidan keyin qolgan h’avoda esa, u ёnib turgan fosforni ushlab turdi, fosfor u erda kam vaqt ёnib turdi. Keyin Rezerford bu tajribani 1772 yilda elon qildi. Rezerford h’am, Blek h’am flogiston nazariyasining qatiy tarafdorlari bwlganliklari uchun, bu tajribaning natijasini shu nazariyaning qarashlaridan kelib chiqqan h’olda izoh’lashdi. Toki sichqonlar nafas olib, sham va fosfor ёnar ekan, flogiston ajralib chiqadi va h’avoda, h’osil bwlaёtgan karbonat angidrid bilan birga kiradi. Karbonat angidridi va chiqarib yuborilgan h’avoda shunchalik kwp flogiston bor ediki, u xuddi flogiston bilan “shimdirilgan” ga wxshar edi. Bu h’avo flogistonni boshqa qabul qila olmas edi va shuning uchun h’am na sham, na fosfor unda ёnmas edi. Shunga kwra, Rezerford, wzining ajratib olgan gazini “Flogistonlashgan h’avo” deb atadi. Bugungi kunda biz uni “azot” deb aytamiz.
wrganishda, boshqa ikkita angliyalik kimёgarlar – Kavendish va Pristli h’am muvaffaqiyatlarga erishishdi. Ular h’am flogiston nazariyasining tarafdorlari safiga kirar edilar. Genri Kavendish (1731-1810) turli xil soh’alarda tadqiqotlar olib boraёtgan, qiziq tabiatli kishi bwlgan. Tabiatdan kamgap bwlgan bu odam, wtkazgan ilmiy ishlarining natijalarini h’ar doim h’am nashr qilavermas edi. Kavendishni (Dj. Blek tasirida bwlsa kerak) ayniqsa, ayrim metallarga kislotalar tasir ettirganda h’osil bwladigan gaz qiziqtirib qoldi. İlk bor bu gaz Boyl va Geyls, shuningdek, boshqa tadqiqotchilar tomonidan ajratib olingan bwlishi mumkin, biroq Kavendish birinchi bwlib, 1766 yilda bu gazning h’ossalarini sistematik ravishda wrganib chiqdi. Shuning uchun vodorod deb nomlangan gazning kashf etilishini, uning sharafiga ёziladi. Kavendish birinchi bwlib, turli gazlarning malum h’ajmdagi massalarini aniqladi va natijada ulardan h’ar birining zichligini topa oldi. U vodorod h’addan tashqari engil ekanligini va uning zichligi h’avoning zichligiga nisbatan 1 /
ni tashkil etishini kuzatdi. (Xozirgi kunda h’am bizga malum bwlgan gazlarning orasidagi eng engil gaz h’isoblanadi). Aniqlanishicha, vodorod yana bir oddiy bwlmagan h’ossaga ega. U karbonat angidrid va h’avodan farqli ravishda osongina alangalanadi, unda Kavendish flogistonning wzini ajratib olganlik eh’timoli borligiga ishonar edi.
24 Gazlarni wrganishda muvaffaqiyatlarga erishgan ikkinchi kimёgar – Djozef Pristli (1733-1804) edi. U protestant mash’abidagi ruh’oniy bwlib, kimё bilan juda mashg’ul bwlgan. XVIII asrning 60-yillarining oxirida u Lidsada (Angliya) pastorlikni qabul qildi. Lidsaning ёnida pivo zavodi joylashgan edi. U erdan Pristli tajriba wtkazish uchun etarli mqdorda karbonat angidrid olishi (karbonat angidrid pivo qilish uchun tayёrlangan atalaning achishidan h’osil bwladi) mumkin edi. Pristli, suv ustida karbonat angidridni yig’aёtib, uning bir qismi suvda erib, ёqimli nordon tam berishini kuzatdi. Bu ishning moh’iyatiga kwra, Pristli gazli ёki sodali suv (suniy mineralli suv) turidagi ichimlikni h’osil qilib oldi. “Sitro” h’osil qilishi uchun faqat shakar qwshib, uni h’ushbuy h’idli qilish kerak ekan, Pristlini alkogolsiz ichimliklar zamonaviy sanoatning otasi deb h’isoblash mumkin. XVIII asrning 70-yillari boshida Pristli gazlarni wrganish bilan qaytadan shug’ullanib boshlaganda, kimёgarlar faqat uchta gazni -h’avoning wzini, Blek va Van Gelmontning karbonat angidrid gazini va Kavendishning vodorod gazini farqlay olishar edilar: Rezerford twrtinchi gaz - azotning olinishiga yaqinlashgan edi. Omad Pristliga kulib boqdi: u yana bir qator gazlarni ajratib olib, wrganib chiqdi. Pristlining karbonat angidrid bilan wtkazgan tajribalari, gazlarning suvda eriy olishi mumkinligini va “kwrinmay qolishini” kwrsatdi. Shuning uchun u gazlarni suv ustida emas, simob ustida yig’ishga urinib kwrdi. Shunday qilib, Pristli azot (1) oksidi, ammiak, vodorod xlorid va oltingugurt (2) oksidi (biz gazlarning zamonaviy nomlarini keltirdik), kabi gazlarni yig’ib, ularni wrgandi. Bu gazlarning h’ammasi suvda shunchalik yaxshi eriydiki, ular suvdan wtkazilganda twla yutiladi. 1774 yilda Pristli wzining eng muh’im kashfiёtini amalga oshirdi. Yuqorida aytib wtilganidek, u gazlarni simob ustida yig’di. Xavoda qizdirilgan simob, g’ishtsimon-qizil rangdagi “qurum” (simob oksidi)ni h’osil qildi. Pristli probirkaga ozgina qurum solib, unga linza ёrdamida quёsh nurlarini fokuslab, probirkani qizdirdi. Bunda qurum qaytadan simobga aylanib, probirkaning ustki qismida metallning yaltiroq sharchalari paydo bwlar edi. Kurum parchalanganda, g’ayrioddiy h’ossalarga ega bwlgan gaz ajralar edi. Tez alangalanuvchi moddalar bu gazda, h’avodagiga nisbatan, tez va ёrug’ alanga h’osil qilib ёnar edi. Shunday gazli idishga tashlangan tutab ёnaёtgan parah’a ёrqin alanga berib ёnardi. Pristli bu h’odisani flogiston nazariyasi ёrdamida tushuntirishga h’arakat qildi. Chunki alangalanuvchi moddalar bu gazda ёrug’ alanga h’osil qilib ёnar ekan, ular flogistonni osongina ajratishi kerak edi. Buni nima bilan tushuntirish mumkin? Flogiston nazariyasiga kwra, h’avo flogistonni osongina yutardi, biroq malum cheklanishgacha, shundan keyin ёnish twxtaydi. Pristli kashf qilgan gazda ёnish, h’avodagicha nisbatan yaxshiroq borardi, va u bu gazning tarkibida flogiston umuman bwlmaydi, deb h’isobladi. Pristli kashf qilgan gazni “deflogistonlashgan h’avo” deb atadi. (Biroq bir necha yildan keyin uni kislorod deb qayta nomlashdi; biz h’ozirgi kunda shunday deb ataymiz). Pristlining “deflogistonlashgan h’avosi” Rezerfordning “flogiston-lashgan h’avosi”ning wziga xos kwrinishi edi. “Flogistonlashgan h’avo”da sichqonlar wlib qolardi, “deflogistonlashgan”ida esa ular juda h’arakatchan edi. “ 25 Deflogistonlashgan h’avo”dan Pristlining wzi nafas olib kwrdi va u wzini “erkin va engil” h’is qildi. Biroq kislorodning kashf etilishida Rezerfordni h’am, Pristlini h’am, XVIII asrda Shvetsariyani fanning oldingi saflariga olib chiqqan kimёgarlardan bwlgan vakili - shved kimёgari Karl Vilgelm Sheele (1742-1786) orqada qoldirdi. Taxminan 1735 yilda shved kimёgari Georg Brand (1594-1768) mis rudasini eslatadigan, h’avo rang mineralni wrgana boshladi. Bunday wxshashligiga qaramay, bu mineraldan oddiy ishlov berish natijasida mis olishga muvaffaq bwla olmadi. Ruda qazuvchilar bu ruda er ruh’lari “kobold”lar tomonidan seh’rlangan deb, tah’min qilishar edi. 1742-1744 yilda Brand, bu h’avo rang mineralning tarkibida mis emas, balki kimёviy h’ossalari bilan temirni eslatadigan tamomila boshqacha metall borligini kwrsata oldi. Bu metall kobalt degan nomni oldi. 1751 yilda Aksel Fredrik Kronstedt (1722-1765) kobaltga juda wxshagan bwlgan yangi metall nikelni kashf qildi; 1774 yilda İogann Gotlib Gan (1745- 1818) marganetsni ajratib oldi. Peter Yakob Gelm (1746-1813) esa 1782 yilda molibdenni olishga muvaffaq bwldi. Minerallarni wrganishda Kronstedt birinchi marta payvandlash nayini ishlatdi. Bu uzun trubka bwlib, uning ingichka uchidan siqilgan h’avo oqimi chiqardi. Bu h’avo oqimi olovga tutilganda, uning temperaturasi oshardi. Payvandlash nayining alangasida qizdirilgan minerallar, alangani turli xil rangga bwyar edi, alanganing rangiga qarab, minerallarning tarkibi va tabiati h’aqida, h’osil bwlaёtgan bug’ va qattiq h’oldagi qoldiq h’aqida aytish mumkin edi. Yuz yillar mobaynida payvandlash nayi kimёviy analizning asosiy asbobi bwlib qolaverdi. Payvandlash nayi alangasidagi analiz kabi, yangi texnik usullarni ishlatish natijasida kimёgarlar, minerallar h’aqida kwp miqdorda malumotlar twplashga muvaffaq bwlishdi. Ana shu malumotlarga asoslanib, Kronstedt minerallarni faqat ularning tashqi kwrinishiga qarab emas, balki ularning kimёviy tarkibiga muvofiq klassifikatsiyalash kerak, deb taqidladi. 1758 yilda u “Mineralogiya sistemasi” deb atalgan, klassifikatsiyaning yangi sistemasini mukammal tariflab bergan kitobini nashr qildi. Bu ish boshqa shved minerologi - Torbern Ulaf Bergman (1735-1784) tomonidan davom ettirilgan edi. Bergman, nima uchun bir modda boshqa modda bilan tasirlashadi, biroq uchinchi modda bilan tasirlashmasligini tushuntiradigan nazariyani rivojlantirdi. U moddalar wrtasida “wxshashlik” mavjud, deb tah’min qildi va turli xil kattaliklarning wxshashlik jadvalini tuzdi. Bu jadvallar usha davrda keng tanilgan edi va undan keyin h’am bir necha wn yilliklar ishlatildi. Sheele, dorixonada ёrdamchi bwlib ishlab yurgan paytidaёq, uni qwllab turgan va ёrdam bergan Bergmanning diqqatini wziga jalb qildi. Sheele wsimliklar va h’ayvonlardan olingan bir qator kislotalarni, jumladan, vino, limon, benzoy, olma, oksalat, gall, sut, siydik kislotalari kabi kislotalarni va mineral kislotalardan molibden va mishyak kislotalarini kashf qildi. Sheele uchta kuchli va zah’arli gazni: vodorod xlorid, vodorod sulfid va vodorod tsianidni ajratib olib ularni wrgandi. (Taxmin qilishlaricha, uning erta wlimi ximikatlar bilan asta-sekin zah’arlanishi natijasida bwlgan, chunki u wzi ishlagan moddalarning tamini tatib kwrishga odatlangan edi). 26 Sheele tadqiqotlari kwpgina elementlarning ochilishiga olib kelgan kimёgarlar qatorida edi va shved kasbdoshlarining h’urmatiga sazovor bwlgan edi. Uning eng muh’im kashfiёtlaridan – kislorod va azotning (1771 va 1772 yillarda) olinishi edi. Sheele, tarkibida kislorodni qattiq bog’lab turmagan moddalarni qizdirish ywli bilan kislorodni oldi. Shu jumladan u, bir necha yillardan keyin Pristli foydalangan wsha qizil simob oksidini qizdirdi. Sheele “olovli h’avo” (u kislorodni shunday deb atagan) ning xossalarini mukammal tariflab ёzganidek, uni olish uchun wtkazgan wzining tajribalarini h’am mukammal tariflab ёzgan edi. Ammo uning nashriёtchisining beparvoligi, sovuqqonligi tufayli bu malumotlar 1777 yilgacha nashr qilinmadi. Bu vaqtga kelib Rezerford va Pristlining ishlari nashr qilindi va ular birinchi kashfiёtchilar sharafiga sazovor bwlishdi.
Download 394.54 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling