O’zbekiston respublikasi oliy va wrta maxsus talim vaziRLİGİ berdoq nomidagi qoraqalpoq davlat universiteti
Download 394.54 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Dalton nazariyasi.
Wlchash g’alabasi. XVIII asrning oxiriga kelib, yagona nazariya doirasiga sistemalashtirish zarur bwlgan katta tajribaviy malumotlar twplangan edi. Bunday nazariyaning yaratuvchisi frantsuz kimёgari Antuan-Loran Lavuaze (1743-1794) edi. Kimё soh’asidagi wzining ilk faoliyati boshlanishidaёq u aniq wlchashning qanchalik muh’im ekanligini tushundi. Uning birinchi va katta ah’amiyatga ega bwlgan ishlaridan (1764) biri gips mineralining tarkibini wrganishga bag’ishlangan edi. Bu mineralni qizdiraёtib, Lavuaze uning tarkibidagi suvni bug’latib yubordi va shunday ywl bilan olingan suvning miqdorini aniqladi. Lavuaze h’am, Blek va Kavendish kabi kimёviy reaktsiyalarni wrganishda wlchash usulini qwllagan kimёgarlar qatorida turadi. Biroq Lavuaze ancha sistemalashgan ёndashuvga erishgan. Bu esa unga, nafaqat foydasiz, balki kimёning rivojlanishiga h’alaqit beraёtgan eski nazariyalarning beqarorligini isbotlashga ёrdam berdi. Biroq, h’atto 1770 yilda bir qator olimlar elementlarni aniqlashning eski usulidan foydalanishardi va transmutatsiya mavjud, deb h’isoblashgan. Chunki, masalan, suvni uzoq vaqt qizdirish natijasida tuproqqa aylantirish mumkin, deb taqidlashar edi. Suvning tuproqqa aylana olishi h’aqidagi tah’minlar twg’ri deb h’isodlanardi (boshida h’atto Lavuaze h’am shunday h’isoblardi), qizdirish natijasida shisha idishda qattiq chwkma h’osil bwlar edi. Lavuaze suvning tuproqqa aylanishi mumkinligini tajriba ywli bilan tekshirishga urinib kwrdi. Shu maqsadda u 101kun davomida suvni, suv bug’i kondensatlanib, qaytadan kolbaga tushadigan idishda qaynatdi, bunda tajriba jaraёnida biror-bir miqdordagi modda ywqolib ketishi mumkin emas edi. Va albatta, Lavuaze tajribaning aniqligi h’aqida esidan chiqarmas edi. U idishni h’am, suvni h’am qizdirishdan oldin va keyin wlchardi. Bunda chwkma h’aqiqatdan h’am paydo bwldi, ammo suvning massasi wzgarmadi. Shunday ekan, suv chwkma h’osil qila olmas ekan. Biroq aniqlanishicha, idishning massasi, chwkmaning og’irligiga teng bwlgan miqdorda kamaygan edi. Boshqacha qilib aytganda, chwkma suvning tuproqqa aylanishi natijasida emas, balki idish devorlarining issiq suv tasirida asta-sekin emirilishi natijasida paydo bwldi. Chwkmani, qattiq plastinka kwrinishida chwkadigan, emirilgan shisha h’osil qilar edi. Bu misol, oddiy kuzatish h’ato xulosalarga olib kelishi mumkinligini, miqdoriy wlchash esa h’odisaning asl sababini aniqlashga imkon berishini kwrsatdi.
27 Ёnish h’odisasi qanday h’odisa ekanligi h’aqidagi savol XVIII asrning barcha kimёgarlarini qiziqtirardi, va Lavuaze h’am bu bilan qiziqmasligi mumkin emas edi. XVIII asrning 60 yillarida u kwchani ёritish usullarini yaxshilashga bag’ishlangan tadqiqotlari uchun oltin medalga sazovor bwldi. 1772 yilda Lavuaze boshqa kimёgarlar bilan birgalashib, olmosga ega bwldi. U bu olmosni ёpiq idishga joylashtirib, uni olmos ywq bwlib ketgunicha qizdirdi. Bunda karbonat angidrid gazi h’osil bwldi. Shunday qilib, olmos ugleroddan iborat va demak, u boshqa moddalarga nisbatan kwmirga yaqinroq, deb aniq isbotlangan edi. Uzining tajribalarini davom ettiraёtib, Lavuaze qalay va qwrg’oshin kabi metallarni ёpiq idishda chegaralangan h’ajmdagi h’avoda qizdirdi. Oldiniga ikkala metallning yuzasida qurum qatlami h’osil bwlardi, biroq aniq bir paytda zanglash jaraёni twxtar edi. Flogiston nazariyasining tarafdorlari, h’avo metallning tarkibida mavjud bwlgan flogistonni yutib yubordi deb, aytishlari mumkin edi. Usha vaqtda qurum metalldan og’irroq ekanligi aniqlangan edi. Biroq Lavuaze idishni, ichidagi bor tarkibi (metall, qurum, h’avo va h’.k.) bilan qizdirganidan keyin tortib kwrganida, uning og’irligi qizdirishgacha bwlgan og’irligiga teng bwlib chiqdi. Bu olingan malumotlardan shunday xulosa kelib chiqdi: agar metall qisman qurumga aylanib, wzining og’irligini oshirgan bwlsa, u h’olda idishning ichidagi yana nimadir ekvivalent miqdordagi og’irligini ywqotgan. Bu “yana nimadir” h’avo bwlishi h’am mumkin edi. Xaqiqatdan h’am, Lavuaze idishni ochganida, idishga h’avo kirib, idishning og’irligi h’am, uning ichidagilarning og’irligi h’am oshdi. Shunday qilib, Lavuaze, metall mistik flogistonni ywqotishi natijasida emas, balki oddiy h’avo portsiyasini biriktirishi natijasida qurumga aylanishini kwrsatdi. Bu kashfiёt metallar va rudalar h’osil bwlishi tug’risidagi yangi nazariyaning oldinga chiqishiga imkon berdi. Bu nazariyaga muvofiq, rudadagi metall gaz bilan bog’langan. Ruda ёg’och kwmirda qizdirilganida, kwmir rudadagi gazni adsorbtsiyalaydi; bu h’olda karbonat angidrid gazi va erkin metall h’osil bwladi. Shunday qilib, metall suyuqlanishi jaraёnida flogiston ёg’och kwmirdan rudaga wtadi, deb xisoblagan Shtaldan farqli ravishda, bu jaraёnni Lavuaze gazning rudadan kwmirga wtishi, deb tasavvur qilgan. Biroq Shtalning qarashlarini emas, Lavuazening qarashlarini afzalroq deb aytishda biror bir mazmun bormidi? Xa, bor edi, chunki Lavuazening, gazning wtishi h’aqidagi qarashlari ёnish natijasida moddalar og’irliklarining wzgarishi sabablarini tushuntirishga imkon berdi.
Metalldan h’osil bwlgan qurumning og’irligi, metall bilan birikkan h’avo miqdorining og’irligiga teng edi. Ёg’ochning ёnishi h’am h’avo birikishi bilan boradi, biroq bunda og’irlikning ortishi kuzatilmaydi, chunki h’osil bwlgan yangi modda - karbonat angidrid atmosferaga uchib ketadi. Qolgan kul esa ёngan ёg’och kwmirdan engilroqdir. Agar ёg’och berk idishda ёndirilganda edi va h’osil bwlaёtgan gazlar idishning ichida qolganda edi, u h’olda kulning og’irligi va h’osil bwlgan gazlarning og’irligi h’avodan qolgan biror-birining og’irligi, ёg’och va h’avoning dastlabki og’irligiga teng ekanligini kwrsatish mumkin bwlar edi. Wtkazgan tajribalarining natijalarini muloh’aza qilib Lavuaze, agar kimёviy reaktsiyada ishtirok etaetgan barcha moddalar va barcha h’osil bwladigan 28 mah’sulotlar h’isobga olinsa, u h’olda og’irlikdagi wzgarishlar h’ech qachon kuzatilmaydi, degan fikrga keldi. (Fiziklarning tili bilan aytganda, massasida wzgarish sodir bwlmaydi). Boshqacha qilib aytganda, Lavuaze massa h’ech qachon yaratilmaydi va ywqotilmaydi, faqat bir moddadan ikkinchi moddaga wtadi, degan xulosaga keldi. Bu baёnot, massaning saqlanish qonuni nomi bilan malum bwlib, XIX asr kimёsining muh’im kashfiёtlaridan h’isoblanadi. Lavuazening, miqdoriy wlchash usulini qwllashi natijasida erishgan yutuqlari shunchalik ulkan va ravshan ediki, bu usul barcha kimёgarlar tomonidan swzsiz qabul qilingan edi. Ёnish. Biroq Lavuazening wzi olingan natijalardan twliq qanoatlanmas edi. Xavo metall bilan birikkanda qurum h’osil bwlardi, ёg’och bilan birikkanida esa - gaz h’osil bwlardi. Ammo nega bunday wzaro tasirlanishda h’avoning h’ammasi emas, balki uning taxminan beshinchi qismi qatnashadi? 1774 yilning sentyabrida Parijga Pristli tashrif buyurdi va Lavuazega wzining “deflogistonlashgan h’avo” sining kashf etilishini gapirib berdi. Lavuaze birdaniga bu kashfiёtning h’amiyatini bah’oladi. 1775 yilda u Fanlar Akademiyasida maruza bilan chiqdi, tez orada esa, h’avo oddiy modda emas, balki ikkita gazning aralashmasidir, deb taqidlab ёzgan maqolasini tayёrladi. Lavuazening fikriga kwra, h’avoning beshdan bir qismini Pristlining “deflogistonlashgan h’avo”si tashkil qilar ekan, va aynan h’avoning ana shu qismi ёnaёtgan ёki zanglaёtgan narsalar bilan birikib, rudadan ёg’och kwmirga wtadi va h’aёt uchun zarur bwlib h’isoblanadi. Lavuaze bu gazni kislorod, yani kislotalarni tug’diruvchi deb nomladi, chunki kislorod – barcha kislotalarning zaruriy tarkibiy qismi deb h’isoblardi. Bunda, keyinchalik aniqlanishicha, u h’ato qilgan ekan. Xavoning beshdan twrtini tashkil etgan gaz (Rezerfordning “flogistonlangan h’avo”si), mutlaqo erkin modda deb, tan olindi. Bu gaz ёnishga ёrdam bermas edi, sichqonlar esa unda wlib qolardi. Lavuaze uni azot - h’aёtsiz deb atadi. Keyinchalik azot, nitrogen, yani lotinchadan tarjima qilinganda, selitra h’osil qiluvchi, deb qayta nomlandi. Bunday nomlanishga sabab, aniqlanishicha, azot keng tarqalgan selitra mineralining tarkibiy qismini tashkil etishidadir. Lavuaze, h’aёt ёnish jaraёni kabi jaraёn bilan boradi, deb aniq ishongan edi (va aytish kerakki, u mutlako h’aq edi), chunki biz kislorodga boy bwlgan va karbonat angidridi kam bwlgan h’avoni yutar ekanmiz, kislorodi kam bwlgan va karbonat angidridga ancha boyitilgan h’avoni chiqaramiz. Lavuaze va uning kasbdoshi, keyinchalik mashxur astronom sifatida tanilgan Per Simon de Laplas (1749-1827) h’ayvonlar tomonidan yutiladigan kislorodning va chiqariladigan karbonat angidridning miqdorini wlchashga urindilar. Natijalar wylantirishga majbur qiladigan bwlib chiqdi, chunki yutilaёtgan kislorodning bir qismi chiqarilaёtgan karbonat angidridga aylanmagan edi. Biz yuqorida aytib wtganimizdek, 1783 yilda Kavendish h’ali h’am “ёnuvchi gaz” ni wrganaёtgan edi. U mana shu aniq h’ajmli gazning bir qismini ёndirib, h’osil bwladigan mah’sulotlarni yaxshilab wrganib chiqdi. Kavendish, ёnish jaraёnida h’osil bwladigan gazlar, analizning kwrsatishicha, atigi suv bwlib chiqqan, suyuqlikka kondensatlanishini aniqladi. Bu kashfiёtlarning muh’imligini 29 qayta bah’olash qiyin edi. Unsur elementlar nazariyasiga yana bitta og’ir zarba berildi, chunki suv oddiy modda emas, balki ikkita gazning birikmasidan h’osil bwlgan mah’sulot ekanligi aniqlangan edi. Bu tajriba h’aqida xabar topgan Lauvaze, Kavendishning gazini vodorod (“suv h’osil qiluvchi”) deb nomladi, va vodorod kislorod bilan birikkanida ёnadi, demak suv vodorod va kislorodning birikmasi ekanligini aytib wtdi. Shuningdek, Lavuaze oziqaviy substantsiya va tirik twqima “uglerod va vodorodning kwpgina turli xil birikmalaridan h’osil bwlgan va shuning uchun h’avo yutilganida kislorod nafaqat ugleroddan karbonat angidridining h’osil bwlishi uchun, balki vodoroddan suvning h’osil bwlishi uchun h’am sarf bwladi, deb tah’min qildi. Shunday qilib, Lavuaze nafas olishni wrganish uchun wzining wtkazgan tajribalarida, h’ech qaysi usul bilan h’isoblab chiqa olmagan kislorodning bir qismi qaerga sarf bwlishini tushuntirib berdi. Lavuazening yangi nazariyalari ximiyani twliq ratsionalizatsiyalash-tirishga olib keldi, barcha sirli “elementlar”ga barh’am berildi. Wsha davrdan boshlab kimёgarlar faqat tortib kwrish ёki wlchash mumkin bwlgan moddalar bilan qiziqa boshlashdi. Shunday qilib, kimё fanining poydevorini qurgan Lavuaze endi uning ustqurmasi bilan shug’ullanishga qaror qildi. XVIII asrning 80 yillari davomida Lavuaze boshqa uchta frantsuz kimёgarlari – Lui Bernar Titon de Morvo (1737- 1916), Klod Lui Bertolle (1748-1822) va Antuan Fransua de Furkrua (1755-1809) bilan h’amkorlikda kimёviy nomenklaturaning mantiqiy sistemasini ishlab chiqdi. Bu ish 1787 yilda nashr qilindi. 1789 yilda Lavuaze “Kimёning elementar kursi” deb nomlangan kitobini nashr qildi. U bu kitobida yangi nazariyaga asoslangan h’olda va wzi ishlab chiqqan nomenklaturadan foydalanib wsha davrda kimё soh’asida mavjud bwlgan bilimlarni twplab sistemaga soldi. Bu kimёdan zamonaviy tasavvurdagi birinchi darslik edi. Unda qisman wsha davrda malum bwlgan elementlarning ёki twg’rirog’i Boylning qarashlariga tayangan h’olda, Lavuaze element deb h’isoblagan, yani yanada oddiy moddalarga ajratib bwlmaydigan barcha moddalarning nomlari bor edi. Lavuaze 33 ta elementni keltirgan edi va shulardan faqat 2 tasida xatoga ywl qwyilgan edi. Bu “ёrug’lik” va “teplorod” (isiqlik)ga tegishli edi, chunki bir necha wn yilliklar wtgach, u material substantsiya emas, balki energiyaning shakllari ekanligi aniq bwlib qoldi. U keltirgan elementlar orasida h’ali qadimdaёq malum bwlgan oltin va mis, shuningdek Lavuaze kitobini nashr qilishidan bir necha yil oldinroq kashf qilingan kislorod va molibden h’am bor edi. Flogiston nazariyasining tarafdorlari, ular orasida Pristli h’am bor edi, Lavuazening g’oyalarini (bu g’oya va fikrlarga h’ozir h’am tayanishadi) asossiz ekanligini isbotlashga urinib kwrishdi. Biroq Lavuazening qarashlarini kwpgina kimёgarlar katta ishtiёq bilan qabul qilishdi. Lavuazening tarafdorlari orasida shved kimёgari Bergman h’am bor edi. Lavuazening Germaniyadagi birinchi ih’losmandi Martin Genrix Klaprot (1743-1817) edi. Nemis olimlari orasida flogiston nazariyasiga tayanish, vatanparvarlik h’isoblanar edi, chunki bu nazariyaning muallifi nemis millatiga mansub olim – Shtal edi. Shuning uchun, 30 Lavuazening nazariyasini maqullab, Kleprotning swzga chiqishi h’ammada katta taasurot qoldirdi. Keyinchalik Klaprot elementlarning kashf etilishiga wzining h’issasini qwshdi, u 1789 yilda uran va tsirkoniyni kashf qildi. 1789 yilda frantsuzlar revolyutsiyasi boshlandi. Afsuski, Lavuaze xalq nafratlangan, monarxiyaning quroli h’isoblangan bojxona boshqarmasida ishlagan edi. Bu boshqarmaning qwlga tushgan barcha ishchilari jazolangan edi. Ularning orasida Lavuaze h’am bor edi. Atomlar. Prust qonuni. Lavuaze erishgan yutuqlar kimёgarlarga, miqdoriy wlchashni qwllash, kimёviy reaktsiyaning asl moh’iyatini anglashga ёrdam berishini kwrsatdi. Miqdoriy wlchashlar usuli shu jumladan kislotalarni wrganish uchun h’am ishlatiladi. Kislotalar, bir qatar h’arakterli h’ossalarga ega bwlgan moddalarning tabiiy gruppasini h’osil qilgan. Kislotalar ximiyaviy jih’atdan aktiv bwlib, ruh’, qwrg’oshin, temir kabi metallar bilan reaktsiyaga kirishganida vodorod ajratib chiqaradi. Kislotalar nordon tamga ega bwlib, ayrim bwёqlarning rangini wzgartiradi va h’. Kislotalarga asos deb ataluvchi moddalar guruh’i qarama – qarshi turadi. (Kuchli asoslar ishqorlar deb ataladi). Bu moddalar achchiq tamli, kimёviy jih’atdan aktiv, bwёqlarning rangini wzgartiradi va h’. Kislota eritmasi asos eritmasini neytrallaydi. Boshqacha qilib aytganda, malum nisbatta olingan kislota va asos aralashmasi kislotalarning h’am, asoslarning h’am h’ossalarini namoёn qilmaydi. Bu aralashma kimёviy jih’atdan kislota ёki asosga nisbattan aktivligi kam bwlgan eritmasini namoёn qiladi. Neytrallanish reaktsiyasi nemis kimёgari İeremey Venyamin Rixter (1762- 1807)ni qiziqtirib qoldi. Rixter, u ёki bu asosni neytrallash uchun kerak bwlgan kislotalarning aniq miqdorini wlchab kwrdi. Wlchash natijalari shuni kwrsatdiki, neytrallash reaktsiyasini wtkazishda oshpazning usulidan, yani oshpaz wzining tabiga kwra u ёki bu narsaning miqdorini kwpaytirishi ёki kamaytirishi mumkin, bu usuldan foydalanish mumkin emas; chunki bu h’olatda moddaning aniqlangan va doimiy miqdori zarur bwladi. Rixter wzining qarashlarini “Stexiometriya, ёki kimёviy elementlarni wlchash sanati” deb nomlagan 3 qismdan iborat, 1792-1794 yillarda chiqqan kitobida baёn etgan. Kwpgina tuzlarning analizlari asosida Rixter neytrallash uchun zarur bwlgan kislota va ishqorlarning nisbiy og’irlik miqdorini kwrsatadigan neytrallanish qatorini tuzdi. Bu erda, ekvivalent (biriktiruvchan) og’irlik – bitta kimёviy moddaning boshqa modda, xuddi birinchi modda kabi doimiy (wzgarmas) og’irlikka ega bwlgan modda, bilan tasirlashadigan doimiy og’irligi h’aqida gap borar edi. Shunday qilib, ekvivalentlar qonunining tarifi Rixterga tegishlidir. Tez orada İ.Rixterning ishlari nashr qilinganidan keyin ikkita frantsuz kimёgari qizg’in bah’sga kirishdi. Ular, bunday aniqlik faqat kislota-asosli neytrallanish uchun tegishlimi ёki umuman kimёviy jaraёnlarning h’ammasigami? deb bah’slashdi. Umuman olganda savol qwyidagicha qwyilgan edi: agar qandaydir birikma ikkita (3ta ёki 4ta) elementdan iborat bwlsa, bu ikkala elementning wzaro nisbati doimo wzgarmasmi? Bu nisbatlar, birikma h’osil bwlishi usuliga bog’lik bwlgan h’olda wzgara oladimi? Baxsga kirishgan 31 kimёgarlardan biri yuqorida nomi keltirilgan, Lavuaze bilan birgalikda zamonaviy kimёviy terminologiyani ishlab chiqqan K.L.Bertolle edi. Bertolle boshqa bir fikrga tayanardi va u x va u elementlardan iborat bwlgan birikmaning x miqdori kwproq bwladi, agar bu birikmani h’osil qilishda x ning miqdori keragidan ortiqcha ishlatilsa, deb h’isoblar edi. İspaniyada ishlagan frantsuz ximigi Jozef Lui Prust (1754-1826) qarama- qarshi bwlgan fikrga tayanar edi. Yaxshilab wtkazgan analizlar ёrdamida 1789 yilda Prust masalan, mis karbonat; mis, uglerod va kislorodning, bu tuz qanday ywl bilan laboratoriyada ёki qanday usul bilan tabiiy manbalardan ajratib olinganligiga bog’lik bwlmagan h’olda malum og’irlik nisbati bilan xarakterlanganishini kwrsatadi. Birikma doimo 5,3 qism Su, 4 qism O va 1 qism S iboratligini aniqladi. Bundan tashqari, Prust komponentning wzaro bog’likligi wzgarmas ekanligini boshqa birikmalarda h’am kuzatilishini aniqladi. U umumiy qoidani tuzdi va bu qoidaga binoan barcha birikmalar, bu birikmalar h’osil bwlish sharotidan qatiy nazar, malum proportsiyalardagi elementlardan tarkib topgan. Bu qoida tarkibning doimiylik qonuni ёki Prust qonuni deb ataladi. XIX asrning birinchi yillarida Prustning h’aqligi aniq bwldi. Takibning doimiylik qonuniga aniqlik kiritilib, u kimёning asosiy qonunlaridan biri bwlib qoldi. Shunga qaramasdan, Prust qonunining kashf etilishi davridan boshlab, bu qonunning twg’riligiga jiddiy shubh’alar paydo bwldi. Nima uchun tarkibning doimiylik qonuni doimo twg’ri bwlishi kerak? Nima uchun qandaydir birikma doimo 4 qism x va bir qism u dan iborat bwlishi kerak? Nima uchun u masalan, 4,1 ёki 3,9 qism x va 1 qism u dan iborat bwla olmaydi? Agarda materiya uzluksiz (diskret emas) ekanligiga ywl qwyilsa, unda buni tushuntirish qiyin. Nima uchun elementlar bir oz boshqacha prpoportsiyalarda aralasha olmaydi? Agar materiya diskret - atomlardan iborat bwlsa, u h’olda qanday bwlar ekan? Faraz qilaylik, birikma bitta x atomning boshqa u atom bilan bog’lanishi natijasida h’osil bwladi. Boshqacha bwlishi mumkin emas. (Atomlarning bunday kombinatsiyasi keyinchalik “molekula”-lotincha moles-uncha katta bwlmagan massa deb nom oldi). Agar x atomining og’irligi u atomining og’irligiga qaraganda 4 marta katta deb tah’min qilsak, bu h’olda birikma aniq 4 qism x va 1 qism u dan iborat bwladi. Bu nisbat wzgarishi uchun, u atom x ning shunday miqdori bilan birikishi kerakki, u 1ta x atomidan biroz kwp ёki kam bwlishi kerak. Hali Demokrit davridanoq atom materiyaning bwlinmas zarrachasi deb h’isoblangan bwlsada, undan «kichkina bwlakni bwlaklab olish» mumkin ёki unga ikkinchi atomning mayda qismini qwshish mumkin, degan tah’minlar mutlaqo mantiqsiz edi. Boshqacha qilib aytganda, agar materiyaning atom tuzilishi tan olinsa, unda tarkibning doimiylik qonunining kelib chiqishi tabiiy h’odisadek bwladi. Bundan tashqari, tarkibning doimiylik qonunining h’aqqoniy ekanligi h’aqida bah’slashib bwlmaydigan dalil ekan, demak, atomlar h’aqiqatdan h’am bwlinmas zarrachalar ekan.
32
tarixiga karrali nisbatlar qonunining birinchi kashfiёtchisi va atom nazariyasi asoslarining yaratuvchisi sifatida kirdi. U bu muloxazalar zanjiridan wtgan edi. U ikkita element turli xil nisbatda birikishini, ammo bunda h’ar bir elementning yangi birikmani h’osil qilishini kuzatdi. Masalan, karbonat angidrid gazi h’osil bwlishi uchun 3 qism uglerod (og’irligi jih’atidan) 8 qism kislorod bilan birikishi kerak, 3 qism uglerod va 4 qism kislorod esa is gazi (uglerod monooksidi)ni h’osil qiladi. Bu birikmalarda mavjud bwlgan kislorod miqdorining nisbati kichik, butun sonlarda bwladi. 8 qism kislorod karbonat angidrid gazini, 4 qism kislorod esa – is gazini h’osil qiladi, yani birinchi birikmada kislorodning miqdori ikki martaga kwp. 1803 yilda Dalton wzining kuzatishlari natijalarini umumlashtirib, kimёning eng muh’im qonuni – karrali nisbatlar qonunini yaratdi. Bu qonun atomistik tasavvurlarga twliq javob beradi. Elementlar karrali nisbatlarda birikar ekan, demak h’osil bwladigan birikma tarkibi jih’atidan butun atomlarga farq qiladi. Albatta, tarkibdagi bunday farq va karrali nisbatlar qonuni, materiya h’aqiqatdan h’am kichik bwlinmas atomlardan iborat bwlgandagina h’aq bwladi. Tarkibning doimiylik qonuni va karrali nisbatlar qonuniga tayangan atomistik nazariyaning yangicha talqinini oldinga olib chiqar ekan, Dalton Demokritga bwlgan h’urmatining belgisi sifatida «atom» terminini saqlab qoldirdi va wsha vaqtda materiyani tashkil qilgan bwlinmas kichik zarrachalarni shu termin bilan nomladi. 1808 yilda u «Kimёviy falsafaning yangi sistemasi» ishini nashr qildi. Bu asarda u atomistik nazariyani endi ancha batafsil baёn qilar edi. Shu yilning wzida karrali nisbatlar qonuni xaqqoniy ekanligi boshqa bir ingliz kimёgari – Uilyam Gayd Uollaston (1766-1828) tadqiqodlari uchun h’ar tomonlama urinib kwrdi va Daltonning qarashlari malum bir vaqtda h’ar tomonlama tan olindi. Atomistik nazariya, wsha davrda h’aligacha mavjud bwlgan unsur- elementlarning bir-biriga wzaro wtishi mumkinligi h’aqidagi tasavvurlarga kuchli zarba berdi. Turli xil metallar h’ar xil turdagi atomlardan iborat ekanligi malkm bwlib qoldi va wsha paytda atomlar bwlinmas va wzgartirilmas, deb h’isoblanar ekan, qachonlardir qwrg’oshin atomini oltin atomiga aylantirib kwrishga muvaffaq bwlaman, deb ishonish umuman befoyda ekanligi malum bwlib qoldi. Daltonning atomlarini, h’atto mikroskop ostida bevosita kuzatish olib borish h’aqida gap bwlishi mumkin emas edi: chunki ular juda kichik edi. Biroq bir tomonlama wlchash natijasida uning nisbiy og’irligi h’aqida tasavvurga ega bwlish mumkin edi. Masalan, 1 qism vodorod (og’irligi jih’atidan) 8 qism kislorod bilan birikkanida suv h’osil bwladi. Agar suv molekulasi 1 atom vodorod va 1 atom kisloroddan iborat bwlsa, demak kislorod atomi vodorod atomidan 8 marta og’irroq bwlar ekan. Agar shartli ravishda, Dalton kabi, vodorod atomining og’irligini 1 deb olsak, bunda kislorod atomining og’irligi shunga muvofiq 8ga teng bwladi. Agar vodorodning 1 qismi azotning 5 qismi bilan birikib, ammiak h’osil qilsa va agar ammiak molekulasi 1 atom vodorod va 1 atom azotdan iborat bwlsa, demak azotning atom massasi 5ga teng bwlishi kerak. 33 Shunday deb wylagan Dalton, atom og’irliklarining birinchi jadvalini tuzdi. Bu jadval balki Daltonning eng muh’im ishlaridan biri bwlgan bwlsada, bazi jih’atlari bwyicha umuman h’ato bwlib chiqdi. Daltonning asosiy h’atosi shunda ediki, u molekula h’osil bwlishida bir element atomlari boshqa element atomlari bilan juft-juft bwlib birikishiga qattiq ishongan edi. Bu qoidadan mustasno bwlgan h’olatlarni Dalton faqat ayrim vaqtlarda ywl qwyar edi. Shu vaqtga kelib atomlarning bunday «birga-bir» birikishi qoida emasligi h’aqidagi malumotlar twplanib bordi. Shu jumladan ziddiyatlar, Dalton wzining atom nazariyasini tariflashdan oldin, suvni wrganishganda paydo bwlgan. Bu erda kimё dunёsiga ilk bor elektr kirib keldi. Elektr h’aqida qadimgi greklar h’am bilishgan. Malum ediki, agar qah’raboning bir bwlagi ishqalanib kwrilsa, u engil narsalarni torta oladi. Biroq faqat yuz yildan keyin angliyalik fizik Uilyam Gilbert (1540-1603) bir qator boshqa moddalar h’am xudi shunday xossaga ega ekanligini kwrsata oldi. Tah’minan 1600 yilda Gilbert bunday turdagi moddalarni «elektrik» (grekcha ήλεχίρου-qah’rabo) deb atashni taklif qildi. Aniqlanishicha, moda ishqalanish ёki qandaydir boshqa tasirdan keyin engil narsalarni wziga tortish qobiliyatiga ega bwlgandan keyin elektr zaryadini tashiydi ёki elektrga ega bwladi. 1733 yilda frantsuz kimёgari Sharl Fransua de Sisterne Dyufe (1698-1739) ikki turdagi: biri shishada («shishali elektr»), - ikkinchisi esa qah’raboda («smolali elektr») paydo bwladigan elektr zaryadlar mavjudligini aniqladi. Bir turdagi zaryadni tashuvchi modda boshqa turdagi zaryadni tashuvchi moddani tortadi, biroq ikala bir xil zaryadlangan moddalar wzaro itarishishadi. Amerikalik buyuk olim, atoqli davlat arbobi va diplomat Bendjamin Franklin (1706-1790) XVIII asrning 40-yillarida yangi gipotezani ilgari surdi. U tah’min qilishicha, umumiy (yah’lit) elektr flyuidlar (spiritlar tasavvuricha: gwё odam ёki h’ayvonlar tanasidan chiqadigan ёh’ud boshqa biror narsada nurlanadigan allaqanday «psixik toklar») mavjud va elektr zaryadining turi shu flyuidning tarkibida bwlishiga bog’liqdir. Agar elektr flyuid miqdori biroz normadan oshsa, modda bir turdagi zaryadni tanlaydi, agar bu flyuidning miqdori normadan kam bwlsa, modda boshqa turdagi zaryadni tanlaydi. Franklin, shishaning tarkibida normadan kwp elektr flyuid mavjud va shuning uchun musbat zaryadni tanlaydi, deb h’isoblaydi. Smola esa, uning fikricha, manfiy zaryadni tanlaydi. Franklin taklif qilgan terminlar h’ozirgi kungacha ishlatilib kelinmoqda, ular boshqa mano bildirsa h’am, h’ozirgi kungacha ishlatilib kelinmoqda, chunki h’ozirgi paytda tokning wtish sabablari h’aqidagi tasavvurlar Franklin davrida qabul qilingan tasavurlarga qarama-qarshidir. 1800 yilda italiyalik fizik Alessandro Volta (1745-1827) muh’im kashfiёt qildi. U ikkita metall bwlagi (elektr tokini wtkaza oladigan eritmalar bilan ajratilgan)ni shunday joylashtirish mumkinki, ularni birlashtiradigan simdan “elektr zaryadlar toki” , ёki elektr toki wtadi. Volta birinchi elektr batareyasini yasadi. Bu elektr batareya 2 ta h’ar xil metallardan yasalgan 20 juft metall plastinkadan iborat ustunni yig’di. Bunday batareya, Volta ustuni nomi bilan tanilgan birinchi doimiy tok manbai bwlib qoldi. Elektr toki bunday batareyada 34 ikkita metall va ularni ajratadigan eritma orasida boradigan kimёviy reaktsiya natijasida h’osil bwlishini kwrsatgan. Bu ishlar keyingi yuz yillikda twla ishlab chiqildi. Agar kimёviy reaktsiya natijasida elektr toki paydo bwlsa, u h’olda elektr toki h’am materiyani wzgartira oladi va kimёviy reaktsiya vujudga keladi, deb tah’min qilsa bwladi. Va h’aqiqatdan h’am wzining ishini Volta 1 chi marta tariflab ёzgandan keyin deyarli 6 h’afta wtgach 2 ta ingliz kimёgari –Uilyam Nikolson (1753-1815) va Entoni Karlayl (1768-1840) bunday teskari bog’liklik mavjudligini namoyish qilishdi. Elektr tokini suvdan wtkazgach, ular suvga tushirilgan elektr wtkazuvchi metall tasmalaridan gaz pufakchalari paydo bwlishini kuzatdi. Aniqlanishicha, tasmalarning birida vodorod, ikkinchisida esa kislorod ajralib chiqar ekan. Nikolson va Karlayl elektr toki ёdamida suvni vodorod va kislorodga ajratishdi. Boshqacha qilib aytganda, ular ilk bor suvni elektroliz qildi. Agar vodorod va kislorodni biriktirib, suv h’osil qiladigan bwlsa, Nikolson va Karlayl esa teskari reaktsiyani amalga oshirishdi. Suvni parchalanishiga qarab, ajralaёtgan vodorod va kislorodni, aloh’ida-aloh’ida idishlarga twplaydi. Swngra miqdorini wlchaydi, vodorod h’ajmi kislorod h’ajmidan 2 barobar oshiqligini kwrsatadi. Albatta vodorod kislorodga nisbattan engil, biroq vodorod h’ajmi kwp bwlgani uchun suv molekulasida vodorod atomlari kislorod atomlariga nisbattan kwp bwlishi kerak. Ajralib chiqqan vodorodning h’ajmi kislorod h’ajmidan 2 barobar oshiq, shuning uchun h’ar bitta suv molekulasi 2 atom vodorod va 1 atom kisloroddan iborat deb tah’min qilish mumkin. Shunday qilib, wtkazilgan eksperiment 1 qism vodorod (og’irligi bwyicha) 8 qism kislorodning (og’irligi bwyicha) bilan birikishi h’aqidagi tasavvurni tasdiqladi. Agarda bu taxmin xaq bwlib chiqsa, demak, 1 atom kislorod 2 atom vodoroddan og’irroq bwladi va shunday qilib, 1 atom vodoroddan 16 marta ortiqroq bwladi. Agar vodorodning og’irligini 1 deb qabul qilsa, unda kislorodni atom og’irligi 8 emas 16 bwladi. Download 394.54 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling