Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. M


Download 16.27 Kb.
Sana02.01.2022
Hajmi16.27 Kb.
#194145
Bog'liq
Xulosa


Xulosa

  Hozirgi paytda yoshlarimizda vatanparvarlik tuygʼusini tarbiyalash, ularni Vatan tuygʼusini teran anglab yetishga oʼrgatish, vatanparvarlik- yuksak ahloqiy fazilat ekanini tushuntirish bugungi kunning dolzarb vazifasi boʼlib qolmoqda.


   Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoev toʼgʼri koʼrsatib oʼtganlaridek, “Holbuki, Vatan himoyasida toblangan mard oʼgʼlonlarimiz oʼzining mardlik va jasurlik fazilatlari, yuksak vatanparvarlik tuygʼusi bilan obroʼ-eʼtibor qozongan harbiy xizmatchilarimiz yoshlarga har tomonlama ibrat va oʼrnak namunasi boʼlishi mumkin”. Darhaqiqat, vatanparvarlik tuygʼusining kuchayuviga sabab boʼluvchi buyuk ajdodlarimiz, xususan, Jaloliddin Manguberdining jasoratlari asrlar oʼtsa hamki, oʼz qadr-qimmatini, ahamiyatini bugun kun nuqtai nazaridan qaraganda hech ham yoʼqotmagan, aksincha uning qahramonligi toʼgʼrisidagi maʼlumotlar yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda yorqin namuna boʼlib hisoblanadi.Tarixdan maʼlumki, Jaloliddin Manguberdining yaqin aʼyonlaridan biri boʼlgan, mashhur tarixchi Shihobiddin Muhammad an-Nasaviy vatanparvarlikning oʼlmas timsoli boʼlgan Jaloliddin Manguberdini shunday tasvirlagan edi: “…U bugʼdoyrang, oʼrta boʼyli, turkiy qiyofali va turkiyda gapiradigan odam edi, shu bilan birga, forsiyda ham soʼzlasha olardi. Uning mardligi, jasurligiga kelsak, janglardagi qahramonliklarini eslab oʼtishning oʼzi kifoya qiladi. U sherlar orasida eng zoʼr sher edi, qoʼrqmas chavandoz, lashkarlar orasida eng botir edi. U jahldor emasdi, haqoratomuz soʼzlarni aytmasdi. U nihoyatda jiddiy edi, kulmasdi, faqat jilmayib qoʼyardi, kam gapirardi…” Mashhur tarixchi V.V. Bartold Manguberdiga baho berar ekan, buni shunday ifoda etadi: “…Xorazmshoh Аlouddin Muhammad keyinchalik Jaloliddin koʼrsatgan va mumkin boʼlgan qarshilik harakatining uchqunini ham koʼrsata olmadi” deb yozgan edi.1218 yilda Movarounnahrga kelgan Chingizxon elchilari Аlouddin tomonidan qabul qilindi. Ikki oʼrtada savdo shartnomasi tuzildi. Biroq Chingizxonning savdogarlar karvoni Oʼtrorga kelganda shu yerning noibi Inolxon ularni qatl etib, mol-dunyolarini tortib oladi. Аslini olganda, qatl etilganlar savdogarlar niqobidagi josuslar ekani ayon boʼlsa ham, aniq isbotlar yoʼqligi sabab, bu oʼta jiddiy siyosiy xatoga aylandi. Bu mudhish voqea oqibatda necha-necha minglab musulmonlarning halok boʼlishiga olib keldi…Gʼazablangan Chingizxon Inolxonni berishni talab qilib, Muhammad huzuriga ibn Kafraj Bugʼra ismli mashhur kishi boshchiligidagi elchilarini yuboradi. Biroq Xorazmshoh Аlouddin Muhammad oʼgʼli Jaloliddin Manguberdining soʼziga kirmay, Inolxonni Chingizxonga bermaydi. Bu ham yetmaganiday, ibn Kafraj Bugʼra va uning yoʼldoshlarini qatl qilib yuboradi. Moʼgʼullar bosqini arafasida Xorazmshoh harbiy kengash chaqiradi. Unda atoqli davlat arbobi Shahobiddin Аbu Saʼd ibn Imron al-Xivaqiy Аlouddinga barcha lashkarlar bilan Chingizxonga qarshi chiqish kerak, degan taklifni oʼrtaga tashlaydi.  Manguberdi ham foydali maslahat beradi. Uning fikri boʼyicha, dushmanni Movarounnahrga kiritib, soʼng mahalliy yerni dushmanga nisbatan yaxshi bilganlikdan foydalanib, uni yakson etish koʼzda tutilardi. Biroq Аlouddin Muhammad bu takliflarni rad etib, barcha qoʼshinini shahar va qalʼalarga boʼlib, parchaladi. Oqibatda, Chingizxonda raqib kuchlarini bittama-bitta, osongina qirib tashlash imkoni tugʼildi va u buni uddaladi ham. Birinchi zarbani Chingizxon 1219 yilda Oʼtrorga berdi. Buning muhim sababi bor edi: Chingizxonnning oʼz hisob-kitobi boʼlgan Inolxon bu shaharning noibi edi. Oʼtror besh oy qamal qilinib, Inolxonning odami Hojib Qoracha xoinligi sabab, ishgʼol qilinadi. Inolxonni Chingizxon huzuriga olib kelishadi.

Download 16.27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling