Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 28-avgust kuni avtomobil transporti sohasida boshqaruvni takomillashtirish, xalqaro xamkorlikni rivojlantirish


Download 28.13 Kb.
bet3/5
Sana09.01.2022
Hajmi28.13 Kb.
#262801
1   2   3   4   5
Bog'liq
10 03 2021

Oldingi tahrirga qarang.

(7-bandning “v” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 21-noyabrdagi 924-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 22.11.2019-y., 09/19/924/4055-son)

8. O‘zbekiston Respublikasi Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasi:

“Maxsusyo‘lqurilish” DUK va “O‘zyo‘lloyiha” DUKning tuzilmasi, ustavlari belgilangan tartibda tasdiqlanishini, shuningdek, ularning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishini bir oy muddatda ta’minlasin;

Oldingi tahrirga qarang.

(8-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 21-noyabrdagi 924-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 22.11.2019-y., 09/19/924/4055-son)

Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Toshkent avtomobil yo‘llarini loyihalash, qurish va ekspluatatsiyasi instituti bilan birgalikda “Shaharlardagi yo‘l bo‘yi hududlarining eng yaxshi landshaft dizayni” nomi uchun shaharlar o‘rtasida yillik tanlovlar o‘tkazish bo‘yicha takliflarni uch oy muddatda kiritsin;

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan birgalikda 2018/2019 o‘quv yilidan boshlab Toshkent avtomobil yo‘llarini loyihalash, qurish va ekspluatatsiyasi institutida “Avtomobil yo‘llari estetikasi”, “Yo‘l bo‘yi hududlarining landshaft dizayni”, “Yo‘l ustiga chiziqlar tortish”, “Yo‘l harakatini tashkil etish” yo‘nalishlari bo‘yicha texnik kadrlar malakasini oshirish kurslari tashkil etilishini ta’minlasin, zarurat bo‘lsa, xorijning yetuk mutaxassislarini o‘qituvchilar sifatida jalb qilsin.

9. Toshkent shahri hokimligi “O‘zyo‘lloyiha” DUK, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Qurilish vazirligi va “ToshkentboshplanLITI” DUK bilan birgalikda markaziy shahar ko‘chalarini qurish va rekonstruksiya qilish bo‘yicha loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqishda yo‘lovchilar o‘tish joylarini uskunalash va texnik tartibga solish vositalari bilan jihozlashni, shu jumladan ko‘zi ojizlarni mazkur sohadagi ilg‘or xorijiy amaliyotni hisobga olgan holda ovozlar yordamida qo‘llab-quvvatlashni nazarda tutsin.

10. O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Botanika instituti, Toshkent agrar universiteti, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari bilan birgalikda yo‘l qoplamasini shamol tufayli nurashidan, yer osti suvlaridan, qor va qum uyumlaridan himoya qilishni ta’minlash uchun mahalliy tabiiy-iqlim shart-sharoitlarini hisobga olgan holda avtomobil yo‘llari bo‘ylab daraxtlar ekish bo‘yicha ilmiy asoslangan tavsiyalarni ikki oy muddatda ishlab chiqsin.

11. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yo‘l-qurilish ishlari sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasiga muhandislik kommunikatsiyasi tarmoqlarini qurish va ta’mirlashda shahar ko‘chalari va boshqa aholi punktlarining yo‘l qoplamasini demontaj qilish hamda tiklash bo‘yicha ishlarni nazorat qilish funksiyalari yuklansin, bunda, zarurat bo‘lsa, ishlar sifatini buzganlik va ishlarni tegishli ruxsatlarsiz bajarganlik uchun ma’muriy javobgarlikni qo‘llasin.

12. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari — “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ boshqaruvining raisi A.J. Ramatov va O‘zbekiston Respublikasi Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasining raisi A.A. Abduvaliyev zimmasiga yuklansin.


Download 28.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling