O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 28-noyabrdagi pq-4038-son
Moddiy madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish sohasidagi faoliyatni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Download 80 Kb.
|
BOYAET
Moddiy madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish sohasidagi faoliyatni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
LexUZ sharhi Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 19-iyundagi PQ-5150-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligi huzuridagi Madaniy meros agentligi faoliyatini tashkil etish hamda sohani innovatsion rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan. 7. O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi va Moliya vazirligining mablag‘lari quyidagilar hisobiga shakllantiriladigan, yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan Departamentning budjetdan tashqari Madaniy meros jamg‘armasini (keyingi o‘rinlarda — Jamg‘arma) tashkil etish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin: Madaniyat vazirligi, uning hududiy boshqarmalari va davlat muzey qo‘riqxonalariga tegishli moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk obyektlarini ijaraga berishdan tushgan mablag‘larning 90 foiz miqdori; (7-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 26-maydagi PQ-4730-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.05.2020-y., 07/20/4730/0670-son) davlat mulki bo‘lgan boshqa tashkilotlarga tegishli moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk obyektlarini ijaraga berishdan tushgan mablag‘larning 50 foiz miqdori; mazkur qarorda nazarda tutilgan hollarda moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk obyektlari va muzey-qo‘riqxonalarda chiptalar sotilishidan tushgan pul mablag‘larining 50 foiz miqdori; mazkur qarorda nazarda tutilgan hollarda muzeylarda chiptalar sotilishidan tushgan pul mablag‘larining 10 foiz miqdori; madaniy boyliklarni badiiy ekspertizadan o‘tkazganlik uchun maxsus yig‘imlar; (7-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 26-maydagi PQ-4730-sonli qaroriga asosan to‘rtinchi — oltinchi xatboshilar bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.05.2020-y., 07/20/4730/0670-son) Departament va uning hududiy boshqarmalari tomonidan moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk obyektlarini tarixiy-madaniy ekspertizasini o‘tkazishdan, shuningdek asrashga doir ishlarning loyiha-smeta hujjatlari ekspertizasi va ilmiy-texnik nazoratini amalga oshirishdan tushgan mablag‘lar; moddiy madaniy meros obyektida asrashga doir ishlarni amalga oshirish va madaniy boyliklarni realizatsiya qilish uchun ruxsatnomalar berishga to‘langan yig‘imlar; moddiy madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish qoidalarini buzganligi hamda moddiy madaniy meros obyektlarini nobud qilish, buzish yoki ularga shikast yetkazganligi uchun to‘lanadigan jarimalar; davlat mulki hisoblangan moddiy madaniy meros obyektlariga yetkazilgan zararni qoplash bo‘yicha mablag‘lar; qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa mablag‘lar. 71. Belgilansinki: Ommaviy tashrif buyuriladigan moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk obyektlari va muzeylar ro‘yxatiga (keyingi o‘rinlarda — Ro‘yxat) kiritilgan moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk obyektlari va muzeylarga kirish-chiqish joylarida 2021-yil 1-iyulga qadar elektron turniketlar yoki tashrif buyuruvchilarni avtomatik hisobga olishga mo‘ljallangan boshqa moslamalar o‘rnatilishi va ular Bilet operatsiyalari yagona elektron tizimiga integratsiya qilinishi shart; Ro‘yxatga kiritilgan moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk obyektlari va muzey-qo‘riqxonalarda elektron turniketlar tizimi va elektron chiptalar savdosini joriy etish xarajatlari Madaniyat vazirligi va balansda saqlovchilarning budjetdan tashqari mablag‘lari, Jamg‘arma hamda tadbirkorlik subyektlarining davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida jalb qilinadigan mablag‘lari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan moliyalashtiriladi; Ro‘yxatga kiritilgan muzeylarda elektron turniketlar tizimi va elektron chiptalar savdosini joriy etish muzeylarning o‘z mablag‘lari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan moliyalashtiriladi; Ro‘yxatga kiritilgan va Bilet operatsiyalari yagona elektron tizimiga integratsiya qilingan moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk obyektlari va muzey-qo‘riqxonalarda chiptalar sotilishidan tushgan pul mablag‘larining 50 foizi Jamg‘armaga, 50 foizi esa balansda saqlovchilarga saqlash xarajatlari uchun yo‘naltiriladi, bunda davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risidagi shartnomada xususiy sherik tomonidan qilingan xarajatlarni qoplash uchun muayyan davr mobaynida pul mablag‘larini taqsimlashning boshqacha tartibi nazarda tutilishi mumkin; Ro‘yxatga kiritilgan va Bilet operatsiyalari yagona elektron tizimiga integratsiya qilingan muzeylarda chiptalar sotilishidan tushgan pul mablag‘larining 10 foizi Jamg‘armaga, 90 foizi esa muzeylarning o‘ziga yo‘naltiriladi; 2021-yil 1-iyuldan boshlab Ro‘yxatga kiritilgan moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk obyektlari va muzeylarda hamda Madaniyat vazirligi tizimidagi teatrlarda chiptalar savdosini Bilet operatsiyalari yagona elektron tizimiga integratsiya qilmagan holda amalga oshirish nazorat-kassa texnikasini va hisob-kitob terminallarini qo‘llash tartibini buzish deb baholanadi. Departament: Ro‘yxat rasmiy e’lon qilingan kundan boshlab o‘n kun ichida Ro‘yxatga kiritilgan moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk obyektlarining balansda saqlovchilari va muzeylarning muassislari bilan ularni 2021-yil 1-iyulga qadar Bilet operatsiyalari yagona elektron tizimiga bosqichma-bosqich integratsiya qilish grafiklarini tasdiqlasin; Bilet operatsiyalari yagona elektron tizimiga integratsiya qilingan moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk obyektlari va muzeylarda elektron chiptalar sotilishidan tushgan pul mablag‘larining tegishli qismini Jamg‘armaga yo‘naltirish haqida Moliya vazirligi G‘aznachiligining o‘z vaqtida xabardor qilinishini ta’minlasin. Download 80 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling