O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining 2022-yil
6 sentabrdagi “O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 23-avgustdagi PF-197-son Farmoni ijrosi to’g’risida”gi 296-sonli buyrug‘ining ijrosi bo’yicha amalga oshirilgan ishlar to’g’risida
MA’LUMOT
Institut rektorining 2022-yil 04-oktabr kunidagi 558-sonli buyrug’iga binoan, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining 2022-yil 6 sentabrdagi “O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 23-avgustdagi PF-197-son Farmoni ijrosi to’g’risida”gi 296-sonli buyrug‘ining rahbarlik va ijro uchun qabul qildi.
Institutda ta’lim sifati va ilmiy salohiyatni oshirish, pedagog xodimlarning samarali faoliyatni rag‘batlantirish maqsadida professor-o‘qituvchilarini lavozim yo‘riqnomalarini va mehnat shartnomalarida belgilangan vazifalarning ijrosini o‘rganish yuzasidan institut rektorining 2022 yil 27 apreldagi 226-sonli buyrug‘ining 2-ilovasida keltirilgani professor-o‘qituvchilarning faoliyatini o‘rganish bo‘yicha Mezonlari asosida samaradorlik ko‘rsatkichi 40% (44 ball) yuqori bo‘lgan professor-o‘qituvchilar oylik maoshlariga belgilangan ustamalar o‘quv yili davomida har oyda to‘lash orqali rag‘batlantirilib borilmoqda. Ilmiy daraja va unvonga ega bo‘lmagan Scopus va Web of Science horijiy ilmiy bazalarga kirgan ilmiy jurnallarda ilmiy maqolalar mualliflariga institut rektori buyrug‘i bilan bir marotabalik rag‘batlantirish yo‘lga qo‘yilgan.
O’quv ishlari bo’yicha prorektor v.v.b. Z.U.Mamatqulov
Do'stlaringiz bilan baham: |