O‘zbekiston respublikasi prezidentining qarori 19. 02. 2014 y. №Pq-2133


Download 0.8 Mb.

bet1/6
Sana08.05.2017
Hajmi0.8 Mb.
  1   2   3   4   5   6

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI 

PREZIDENTINING 

QARORI 

19.02.2014 y. 

№PQ-2133 

 

 



 

"SOG‘LOM BOLA YILI" 

DAVLAT DASTURI TO‘G‘RISIDA 

 

 



Mamlakatimizda  jismoniy  sog‘lom,  ma’naviy  yetuk,  har  tomonlama  uyg‘un  va  barkamol 

rivojlangan, mustaqil fikrlaydigan, intellektual salohiyatga, chuqur bilim va zamonaviy dunyoqarashga 

ega, Vatanimizning taqdiri va kelajagi uchun mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishga qodir bo‘lgan yosh 

avlodni  tarbiyalab  voyaga  yetkazish  vazifasini  izchil  davom  ettirish  uchun  aniq  maqsadga  qaratilgan 

keng  ko‘lamdagi  kompleks  chora-tadbirlarni  amalga  oshirish,  davlat  va  jamiyatning  barcha  kuch  va 

imkoniyatlarini  shu  yo‘lda  safarbar  etish  maqsadida  hamda  2014  yil  "Sog‘lom  bola  yili"  deb  e’lon 

qilinishi munosabati bilan: 

 

1.  Quyidagilar  "Sog‘lom  bola  yili"  Davlat  dasturini  amalga  oshirishning  ustuvor  vazifalari  va 



yo‘nalishlari etib belgilansin: 

sog‘lom  va  har  tomonlama  barkamol  avlodni  shakllantirish  uchun  qonunchilik  va  normativ-

huquqiy  bazani  yanada  takomillashtirish,  bu  borada  qulay  tashkiliy-huquqiy  shart-sharoitlarni 

yaratishga qaratilgan yangi qoida va me’yorlarni ishlab chiqish

sog‘lom  bolaning  dunyoga  kelishi  masalasiga  sog‘lom  va  ahil  oilaning  mevasi  sifatida  qarab, 

oilada  o‘zaro  hurmat  va  mehr-muhabbat,  yuksak  axloqiy  va  ma’naviy  qadriyatlar  muhitini 

shakllantirish, yosh oilalarning oyoqqa turib olishi uchun moddiy yordam ko‘rsatish, onalik va bolalik 

muhofazasini ta’minlash, ona va bolaning salomatligini mustahkamlash, ayollarning o‘z qobiliyat  va 

imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarishi, ularning ro‘zg‘or tashvishlarini yengillashtirish uchun zarur shart-

sharoitlarni yaratish; 

sog‘lom bolani voyaga yetkazishda, patologiyalarsiz bolalar tug‘ilishida sog‘liqni saqlash tizimi 

va  tibbiyot  xodimlarining  roli  va  mas’uliyatini  oshirish,  sog‘liqni  saqlash  tizimining  moddiy-texnika 

bazasini  va  kadrlar  salohiyatini  yanada  mustahkamlash,  aholining  tibbiy  madaniyatini  oshirish 

bo‘yicha keng ko‘lamli axborot-tushuntirish ishlarini muntazam olib borish

sog‘lom  bolani  shakllantirishda  ta’lim-tarbiya  tizimi  va  sportning  rolini  kuchaytirish, 

maktabgacha  ta’lim  muassasalari  tarmog‘ini  kengaytirish,  ularni  yuqori  malakali  va  tajribali 

pedagoglar  bilan  ta’minlash,  boshlang‘ich  ta’limning  yuqori  sifatini  ta’minlagan  holda  bolalarni 

maktabga  tayyorlash  darajasini  tubdan  oshirish,  ilg‘or  pedagogik  va  axborot-kommunikatsiya 

texnologiyalarini  amaliyotga  keng  joriy  etish,  sog‘lom  turmush  tarzini  keng  targ‘ib  etish,  bolalar, 

ayniqsa  qiz  bolalar  o‘rtasida  jismoniy  tarbiya  va  sportga  mehr  uyg‘otish  bo‘yicha  aniq  chora-

tadbirlarni amalga oshirish

sog‘lom  va  barkamol  avlodni  tarbiyalab  voyaga  yetkazishda  davlat  va  jamiyat  tomonidan 

ko‘rsatiladigan  yordam  va  madadni  kuchaytirish,  mazkur  jarayonlar  uchun  mas’ul  bo‘lgan  sog‘liqni 

saqlash,  ta’lim,  madaniyat,  ijtimoiy  muhofaza  muassasalarida  zamonaviy  talablarga  javob  beradigan 

shart-sharoitlarni  yaratish,  ularni  rivojlantirishga  yo‘naltiriladigan  mablag‘lardan  foydalanish 

samaradorligini  oshirish,  sog‘lom  bolani  tarbiyalash  bo‘yicha  ilg‘or  xalqaro  tajribani  keng  ko‘lamda 

o‘rganish va amalda joriy etish

sog‘lom bolani, ayniqsa, qiz bolalarni tarbiyalab voyaga yetkazishda, zamonaviy bilim va kasb-

hunarlarni egallashi uchun ularga ko‘mak berish, bolalarni turli to‘garaklarga jalb etish, tadbirkorlikni 

rivojlantirish  bo‘yicha  mahalla  va  boshqa  jamoat  tuzilmalarining  rolini  oshirish,  huquq  va 

imkoniyatlarini  kengaytirish,  oilalar  va  jamiyatda  o‘zaro  hamjihatlik,  tinchlik  va  osoyishtalikni 


mustahkamlash,  kam  ta’minlangan  oilalarga  moddiy  va  ma’naviy  yordamni  o‘z  vaqtida  va  manzilli 

ko‘rsatish borasida mahalla va boshqa jamoat tuzilmalarining mas’uliyatini kuchaytirish; 

"Sog‘lom bola yili" Davlat dasturining maqsad va vazifalari hamda uning bajarilishi to‘g‘risida 

keng axborot-tushuntirish ishlari olib borilishini tashkil etish, bunda ommaviy axborot vositalarining, 

shu jumladan elektron ommaviy axborot vositalarining va  Internet  tarmog‘ining imkoniyatlarini faol 

ishga tushirish. 

 

2. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013  yil 12 dekabrdagi R-4175-sonli  farmoyishiga 



muvofiq  tashkil  qilingan  Respublika  komissiyasi  tomonidan  manfaatdor  vazirliklar  va  idoralar, 

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, jamoat 

tashkilotlari  va  hukumatga  qarashli  bo‘lmagan  tashkilotlar,  fuqarolarning  o‘zini  o‘zi  boshqarish 

organlari  bilan  birgalikda  ishlab  chiqilgan  "Sog‘lom  bola  yili"  Davlat  dasturi  ilovaga  muvofiq 

tasdiqlansin. 

 

3.  Respublika  komissiyasi  (Sh.M.  Mirziyoev)  zimmasiga  "Sog‘lom  bola  yili"  Davlat  dasturiga 



kiritilgan  tadbirlar  amalda  bajarilishini  tashkil  etish  va  uning  monitoringini  olib  borish  vazifasi 

yuklansin. 

Respublika komissiyasi: 

bir  hafta  muddatda  -  Qoraqalpog‘iston  Respublikasi,  viloyatlar  va  Toshkent  shahrida,  tumanlar 

va  shaharlarda  Qoraqalpog‘iston  Respublikasi  Vazirlar  Kengashi  Raisi  va  tegishli  hududlarning 

hokimlari  boshchiligida  Davlat  dasturini  amalga  oshirish  bo‘yicha  tegishli  komissiyalar  tashkil 

etilishini  ta’minlasin,  ularning  zimmasiga  Davlat  dasturida  nazarda  tutilgan  tadbirlar  so‘zsiz,  to‘liq 

ko‘lamda va o‘z vaqtida amalga oshirilishi uchun shaxsiy javobgarlikni yuklasin

ikki hafta muddatda - vazirliklar, idoralar, xo‘jalik birlashmalari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi 

Vazirlar  Kengashi,  viloyatlar  va  Toshkent  shahar  hokimliklari  tomonidan  har  bir  vazirlik  va  idora, 

hudud, shahar, tuman va aholi punkti bo‘yicha hududiy va tarmoq "Sog‘lom bola yili" dasturlari ishlab 

chiqilishi va qabul qilinishini

tasdiqlangan Davlat dasturiga kiritilgan tadbirlar to‘liq va o‘z vaqtida bajarilishi uchun davlat va 

xo‘jalik  boshqaruvining  respublika  organlari,  shuningdek  mahalliy  davlat  hokimiyati  organlari 

darajasida ishlar muvofiqlashtirilishini ta’minlasin, tadbirlar amalga oshirilishi ustidan tizimli nazorat 

o‘rnatsin; 

yilning  har  bir  choragi  yakunlari  bo‘yicha  O’zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  Devoniga 

"Sog‘lom bola yili" Davlat dasturida nazarda tutilgan tadbirlar bajarilishi to‘g‘risidagi axborot taqdim 

etilishini ta’minlasin. 

 

4. O’zbekiston Milliy  axborot agentligi,  O’zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi,  O’zbekiston 



matbuot va axborot agentligi: 

"Sog‘lom bola yili" Davlat dasturining maqsadlari va vazifalari, uni amalga oshirishning asosiy 

yo‘nalishlari  va  chora-tadbirlari  bosma  va  elektron  ommaviy  axborot  vositalarini,  shu  jumladan 

Internetning global tarmog‘ini jalb etgan holda aholi orasida muntazam, tizimli va keng yoritilishini

Davlat  dasturining  bajarilishi  to‘g‘risida,  unda  nazarda  tutilgan  tadbirlar  amalga  oshirilishida 

davlat  va  xo‘jalik  boshqaruvi  organlari,  mahalliy  davlat  hokimiyati  organlari  va  nodavlat  notijorat 

tashkilotlarining  amaliy  ishtiroki  va  aniq  hissasi  aks  ettirilgan  holda,  keng  jamoatchilik  doimiy 

ravishda xabardor qilib turilishini ta’minlasinlar. 

 

5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O’zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. 



Mirziyoev zimmasiga yuklansin. 

 

 



 

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti                                      I. Karimov 

 

 



 

O’zbekiston Respublikasi 

Prezidentining 

2014 yil 19 fevraldagi 

PQ-2133-son qaroriga 

ILOVA 

 

 



 

"Sog‘lom bola yili" 

DAVLAT DASTURI 

 

  



T/r 

Tadbirlar nomi 

 

Bajarish  



muddatlari 

 

Mas’ul bajaruvchilar 

 

Sarf- 

xarajatlar  

(mln so‘m) 

 

Moliya- 



lashtirish  

manbalari 

 

Taqdim etiladigan  



hujjat shakli, amalga  

oshirish mexanizmi,  

kutilayotgan natija 

 

      



I. SOG’LOM VA HAR TOMONLAMA BARKAMOL AVLODNI SHAKLLANTIRISH UCHUN  

QONUNCHILIK VA NORMATIV-HUQUQIY BAZANI YANADA TAKOMILLASHTIRISH,  

BU BORADA TASHKILIY-HUQUQIY SHART-SHAROITLARNI YARATISHGA  

QARATILGAN YANGI QOIDA VA ME’YORLARNI ISHLAB CHIQISH 

    


1. 

"Bolalarni ularning 

jismoniy va ma’naviy 

rivojlanishiga salbiy 

ta’sir ko‘rsatuvchi 

axborotdan himoya qilish 

to‘g‘risida"gi 

O’zbekiston Respublikasi 

qonuni loyihasini ishlab 

chiqish. 

2014 yil 

I chorak 

O’zMAA, O’zA, Davlat 

aloqa qo‘mitasi, Bosh 

prokuratura, Oliy ta’lim 

vazirligi, Xalq ta’limi 

vazirligi, Sog‘liqni saqlash 

vazirligi, Adliya vazirligi, 

"Kamolot" YOIH, 

Ma’naviyat targ‘ibot 

markazi, manfaatdor 

vazirliklar va idoralar 

 





Bolalarni ular ongini 

buzuvchi, jarohatlovchi 

axborot ta’siridan himoya 

qilishni, ommaviy axborot 

manbalarida shafqatsizlik va 

zo‘ravonlik targ‘ib qilinishiga 

yo‘l qo‘ymaslikning ta’sirchan 

tashkiliy-huquqiy 

mexanizmlarini nazarda 

tutuvchi O’zbekiston 

Respublikasi qonuni loyihasi. 

 

2. 



YAngi tahrirdagi 

"Jismoniy tarbiya va 

sport to‘g‘risida"gi 

O’zbekiston Respublikasi 

qonuni loyihasini ishlab 

chiqish. 

2014 yil 

I chorak 

Madaniyat va sport ishlari 

vazirligi, Xalq ta’limi 

vazirligi, O’MKHT 

markazi, Oliy ta’lim 

vazirligi, Milliy Olimpiya 

qo‘mitasi, Moliya vazirligi, 

Iqtisodiyot vazirligi, Adliya 

vazirligi 





Jismoniy tarbiya va sport 

sohasidagi qonun hujjatlarini 

takomillashtirishni, shu 

jumladan: 

yoshlarni jismoniy tarbiya va 

sportga keng jalb qilishni; 

jismoniy tarbiya va sport 

sohasida mutaxassislar 

tayyorlash tizimini 

takomillashtirishni, zamonaviy 

va samarali sport 

infratuzilmasini 

shakllantirishni; 

yuqori toifali sportchilar va 

sport zaxirasini tayyorlash 

uchun zarur sharoitlar 

yaratishga doir talablarni joriy 

etishni nazarda tutuvchi 

O’zbekiston Respublikasi 

qonuni loyihasi. 

 

3. 



"Aholining sanitariya-

epidemiologik 

xotirjamligi to‘g‘risida"gi 

O’zbekiston Respublikasi 

qonuni loyihasini ishlab 

chiqish. 

2014 yil 

II chorak 

Sog‘liqni saqlash vazirligi, 

Davlat tabiatni muhofaza 

qilish qo‘mitasi, Xalq 

ta’limi vazirligi, Oliy ta’lim 

vazirligi, Mehnat va aholini 

ijtimoiy muhofaza qilish 

vazirligi, Moliya vazirligi, 

Iqtisodiyot vazirligi, Adliya 

vazirligi, manfaatdor 

vazirliklar va idoralar 





Aholining sanitariya-

epidemiologik xotirjamligini 

ta’minlashning qonunchilik 

asoslarini, shu jumladan: 

bolalarning ta’lim-tarbiya, 

madaniyat, sport va boshqa 

muassasalariga qo‘yiladigan 

sanitariya-epidemiologik 

talablarni; 

kasalliklar profilaktikasi 

bo‘yicha talablarni, shu 

jumladan, aholi, ayniqsa 

bolalarni emlash, sog‘lig‘ini 

saqlash va mustahkamlash, 

sanitariya normalari va 



qoidalariga rioya etishni 

ta’minlashni; 

maktabgacha, umumiy, o‘rta 

maxsus va kasb-hunar ta’limi 

bosqichlarida bolalarni 

sanitariya va gigiena 

asoslariga o‘qitishga doir 

chora-tadbirlarni joriy etishni 

nazarda tutuvchi O’zbekiston 

Respublikasi qonuni loyihasi. 

 

4. 


O’zbekiston 

Respublikasining "Ta’lim 

to‘g‘risida"gi Qonuniga 

va O’zbekiston 

Respublikasi Oliy 

Majlisining 2001 yil 12 

maydagi 222-II-sonli 

"Litsenziya talab 

qilinadigan faoliyat 

turlari ro‘yxati 

to‘g‘risida"gi qaroriga 

o‘zgartish va 

qo‘shimchalar kiritish 

to‘g‘risidagi O’zbekiston 

Respublikasi qonuni 

loyihasini ishlab chiqish. 

 

2014 yil 



III chorak 

Davlat test markazi, Oliy 

ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi 

vazirligi, Adliya vazirligi, 

manfaatdor vazirliklar va 

idoralar 



Nodavlat ta’lim faoliyatini 



litsenziyalashni nazarda 

tutuvchi O’zbekiston 

Respublikasi qonuni loyihasi 

(nodavlat ta’lim muassasalari 

faoliyatini litsenziyalash 

o‘rniga). 

Mavjud cheklovlarni bartaraf 

etish, unga muvofiq nodavlat 

ta’lim faoliyati bilan faqat 

muassasa shaklida tashkil 

etilgan nodavlat notijorat 

tashkilotlari shug‘ullanishi 

mumkin (aksariyat 

mamlakatlarda, avvalo, 

rivojlangan mamlakatlarda 

nodavlat ta’lim faoliyati 

asosan foyda ko‘rish 

maqsadida amalga oshiriladi). 

 

5. 


YAngi tahrirdagi 

"O’zbekiston 

Respublikasida yoshlarga 

oid davlat siyosati 

asoslari to‘g‘risida"gi 

O’zbekiston Respublikasi 

qonuni loyihasini ishlab 

chiqish. 

2014 yil 

IV chorak 

Vazirlar Mahkamasi 

huzuridagi Voyaga 

yetmaganlar masalalari 

bo‘yicha komissiya, Adliya 

vazirligi, "Kamolot" YOIH, 

Xalq ta’limi vazirligi, Oliy 

ta’lim vazirligi, Mehnat va 

aholini ijtimoiy muhofaza 

qilish vazirligi, manfaatdor 

vazirliklar va idoralar 





YOshlarga oid siyosatning 

qonunchilik asoslarini 

takomillashtirishga, shu 

jumladan: 

yoshlarga oid siyosatning 

ustuvor yo‘nalishlarini 

belgilashga; 

yoshlarga oid siyosatni amalga 

oshirish uchun davlat 

hokimiyati organlarining 

mas’uliyatini kuchaytirishga; 

voyaga yetmaganlarning 

ijtimoiy muhofazasini 

kuchaytirishga qaratilgan 

O’zbekiston Respublikasi 

qonuni loyihasi. 

 

6. 



"O’zbekiston 

Respublikasining "YOd 

tanqisligi kasalliklari 

profilaktikasi 

to‘g‘risida"gi Qonuniga 

o‘zgartish va 

qo‘shimchalar kiritish 

haqida"gi O’zbekiston 

Respublikasi qonuni 

loyihasini ishlab chiqish. 

 

2014 yil 



IV chorak 

Sog‘liqni saqlash vazirligi, 

Davlat raqobat qo‘mitasi, 

Iste’molchilarning 

huquqlarini himoya qilish 

jamiyatlari federatsiyasi, 

Adliya vazirligi, manfaatdor 

vazirliklar va idoralar 

 



Import qilinadigan yoki 

respublikada ishlab 

chiqariluvchi oziq-ovqat 

uchun ishlatiladigan barcha 

tuzlarni yod bilan majburiy 

to‘yintirish to‘g‘risidagi 

normani kiritishni nazarda 

tutuvchi O’zbekiston 

Respublikasi qonuni loyihasi. 

 

7. 


"O’zbekiston 

Respublikasining 

Ma’muriy javobgarlik 

to‘g‘risidagi kodeksiga 

o‘zgartish va 

qo‘shimchalar kiritish 

to‘g‘risida"gi 

O’zbekiston Respublikasi 

qonuni loyihasini ishlab 

2014 yil 

IV chorak 

Sog‘liqni saqlash vazirligi, 

Ichki ishlar vazirligi, Adliya 

vazirligi, Davlat raqobat 

qo‘mitasi, 

Iste’molchilarning 

huquqlarini himoya qilish 

jamiyatlari federatsiyasi, 

manfaatdor vazirliklar va 

idoralar 





Quyidagilarni: 

jamoat joylarida alkogol 

mahsulotlarini iste’mol 

qilganlik uchun ma’muriy 

jarimalar miqdorini oshirishni; 

jamoat joylarida tamaki 

mahsulotlarini iste’mol 

qilganlik hamda alkogol va 

tamaki mahsulotlari targ‘ib 



chiqish. 

 

 



qilinganligi uchun ma’muriy 

jazo choralarini belgilashni 

nazarda tutuvchi O’zbekiston 

Respublikasi qonuni loyihasi. 

 

8. 


O’zbekiston Respublikasi 

Prezidentining "2014 - 

2018 yillarda aholi 

reproduktiv 

salomatligini, xotin-

qizlar, bolalar va 

o‘smirlar sog‘lig‘ini 

muhofaza qilish tizimini 

mustahkamlash va 

rivojlantirish Davlat 

dasturi to‘g‘risida"gi 

qarori loyihasi. 

 

2014 yil 



II chorak 

Sog‘liqni saqlash vazirligi, 

Moliya vazirligi, 

Iqtisodiyot vazirligi, 

Mehnat va aholini ijtimoiy 

muhofaza qilish vazirligi, 

Xalq ta’limi vazirligi, 

manfaatdor vazirliklar va 

idoralar 

 



O’zbekiston Respublikasi 

Prezidentining aholining 

reproduktiv salomatligini, ona 

va bola sog‘lig‘ini muhofaza 

qilish sohasidagi xizmatlar 

sifatini yanada yaxshilashni 

hamda onalar va bolalar 

orasida kasallanish va o‘lim 

darajasini kamaytirishni 

ta’minlash bo‘yicha chora-

tadbirlarni nazarda tutuvchi 

qarori loyihasi. 

 

9. 



Vazirlar Mahkamasining 

"Davlat muzeylarining 

bolalar va ularning ota-

onalariga ochiqligini 

ta’minlash chora-

tadbirlari to‘g‘risida"gi 

qarori loyihasi. 

 

2014 yil 



II chorak 

Madaniyat va sport ishlari 

vazirligi, Fanlar 

akademiyasi, Xalq ta’limi 

vazirligi, O’rta maxsus, 

kasb-hunar ta’limi markazi, 

Oliy ta’lim vazirligi, Moliya 

vazirligi, Adliya vazirligi, 

manfaatdor vazirliklar va 

idoralar 

 



Quyidagilarni nazarda 

tutuvchi Vazirlar 

Mahkamasining qarori 

loyihasi: 

haftaning har seshanba va 

juma kunlarini bolalarning 

respublika davlat muzeylariga 

bepul kirishi kunlari etib 

belgilash; 

aholining muzeylarga bepul 

kirishi uchun har yili 

"Muzeylar haftaligi"ni 

o‘tkazish; 

aholining, ayniqsa o‘quvchi 

yoshlarning dam olishini 

mazmunli tashkil etish, tarixiy 

o‘tmishni hurmat qilishni va 

tarixiy qadriyatlarni 

e’zozlashni shakllantirish. 

 

  

II. SOG’LOM BOLANING DUNYOGA KELISHI MASALASIGA SOG’LOM VA AHIL OILANING  

MEVASI SIFATIDA QARAB OILADA O’ZARO HURMAT VA MEHR-MUHABBAT, YUKSAK  

AXLOQIY VA MA’NAVIY QADRIYATLAR MUHITINI SHAKLLANTIRISH, YOSH  

OILALARNING OYOQQA TURIB OLISHI UCHUN MODDIY YORDAM KO’RSATISH,  

ONALIK VA BOLALIK HIMOYASINI TA’MINLASH, ONA VA BOLANING  

SALOMATLIGINI MUSTAHKAMLASH, AYOLLARNING O’Z QOBILIYAT  

VA IMKONIYATLARINI RO’YOBGA CHIQARISHI, ULARNING RO’ZG’OR  

TASHVISHLARINI ENGILLASHTIRISH UCHUN ZARUR  

SHART-SHAROITLARNI YARATISH 

    

10. 


Nikohga kirayotgan 

shaxslarning nikohdan 

oldingi tibbiy ko‘rikdan 

to‘liq o‘tishlarini 

ta’minlash. 

Nikohga kirayotgan 

shaxslarning tibbiy 

ko‘rigi sifatini 

yaxshilash, ular o‘rtasida 

irsiy va tug‘ma 

kasalliklarning oldini 

olish haqida keng 

targ‘ibot ishlari olib 

borish. 


 

Yil  


davomida 

Sog‘liqni saqlash vazirligi, 

Adliya vazirligi, Xotin-

qizlar qo‘mitasi, "Mahalla" 

xayriya jamoat fondi, Oliy 

va o‘rta maxsus ta’lim 

vazirligi, QR Vazirlar 

Kengashi, viloyatlar va 

Toshkent shahar 

hokimliklari 

 

8 640,0 


Byudjet 

mablag‘lari 

Sog‘lom oilani shakllantirish, 

aholining reproduktiv 

salomatligini mustahkamlash. 

Yuzaga kelishi mumkin 

bo‘lgan irsiy va tug‘ma 

kasalliklar sonini kamaytirish. 

Sog‘lom farzandlar tug‘ilishini 

ta’minlash. 

 

11. 


Mintaqalarda to‘y 

marosimlarini 

o‘tkazishda 

isrofgarchilikka yo‘l 

qo‘ymaslikka qaratilgan 

chora-tadbirlar majmuini 

amalga oshirish. 

Yil  


davomida 

"Mahalla" xayriya jamoat 

fondi, Xotin-qizlar 

qo‘mitasi, "Oila" ilmiy-

amaliy markazi, Din ishlari 

bo‘yicha qo‘mita, QR 

Vazirlar Kengashi, 

viloyatlar va Toshkent 



Aholi o‘rtasida to‘y 



marosimlarini 

ixchamlashtirish masalasida 

keng tushuntirish ishlari olib 

borish. 


 

 

shahar hokimliklari 

 

12. 


Ijtimoiy muhofazaga 

muhtoj bo‘lgan 700 dan 

ziyod yosh oilaga to‘y 

marosimlarini o‘tkazish 

va turmush sharoitlarini 

yaxshilash uchun 

homiylik yordami 

ko‘rsatish. 

 

Yil  


davomida 

"Mahalla"xayriya jamoat 

fondi, QR Vazirlar 

Kengashi, viloyatlar va 

Toshkent shahar 

hokimliklari 

 

1 000,0 


"Mahalla" fondi 

mablag‘lari 

Bajaruvchilarning qarori. 

Ijtimoiy muhofazaga muhtoj 

bo‘lgan yosh oilalarning 

tinchlik-xotirjamligini 

yaxshilash. 

 

13. 



Oilada o‘zaro hurmat va 

mehr-muhabbat muhitini, 

yuksak axloqiy va 

ma’naviy qadriyatlarni 

shakllantirishga 

qaratilgan chora-tadbirlar 

majmuini amalga 

oshirish, shu jumladan 

viloyatlarda quyidagi 

tadbirlarni o‘tkazish: 

"Ma’naviyat oiladan 

boshlanadi" mavzusida 

ilmiy-amaliy 

konferentsiyalar; 

"Oilaviy tarbiya: tajriba 

va kelgusi vazifalar" 

mavzusida seminarlar; 

"Oila - jamiyatning 

muhim bo‘g‘ini", "Vatan 

taraqqiyoti oiladan 

boshlanadi", "Inson 

ma’naviyati manbai - ona 

muhabbati, otaning 

munosib ibrati va 

avlodlar 

donishmandligi", 

"Zamonaviy oilani 

shakllantirishda boy 

milliy va oilaviy 

an’analar hamda madaniy 

qadriyatlarning roli", 

"Barkamol avlodni 

tarbiyalashda oila va 

ta’lim muassasasining 

hamkorligi", "Sog‘lom 

bolani tarbiyalash - 

bizning umumiy 

vazifamiz", "Bola 

tarbiyasida oila va 

mahallaning roli, 

ahamiyati va mas’uliyati" 

kabi targ‘ibot-tashviqot 

tadbirlari; 

"Eng namunali oila" 

tanlovi. 

 

Jadvalni 



tasdiqlash - 

2014 yil I 

chorak 

 

Amalga 



oshirish - 

jadvalga 

muvofiq 

Xotin-qizlar qo‘mitasi, 

"Oila" ilmiy-amaliy 

markazi, Ma’naviyat 

targ‘ibot markazi, Milliy 

g‘oya va mafkura markazi, 

"Kamolot" YOIH, 

"Mahalla" xayriya jamoat 

fondi, Din ishlari bo‘yicha 

qo‘mita, Oliy va o‘rta 

maxsus ta’lim vazirligi, 

Xalq ta’limi vazirligi, 

Madaniyat va sport ishlari 

vazirligi, O’rta maxsus, 

kasb-hunar ta’limi markazi 

170,0 


Bajaruvchilar 

va homiylar 

mablag‘lari 

Tadbirlarni o‘tkazish 

jadvallari. Konferentsiyalar 

materiallari. 

Milliy va umuminsoniy 

qadriyatlarni mustahkamlash, 

shuningdek mamlakatimiz 

kelajagining egalari va 

ijodkorlari bo‘lgan sog‘lom, 

barkamol avlodni 

shakllantirishda oilaning roli 

va ahamiyatini har bir fuqaro 

ongiga singdirish. 

14. 


Quyidagi yo‘nalishlar 

bo‘yicha oilada bolalar 

tarbiyasini milliy 

an’analarni hisobga olgan 

holda olib borish 

yuzasidan pedagogik va 

psixologik tavsiyalarni 

ishlab chiqish: 

oilada axloqiy va 

ma’naviy qadriyatlarni 

shakllantirish; 

sog‘lom bola tug‘ilishi va 

uni tarbiyalash; 

oilaning ijtimoiy-

Yil 

davomida 



"Oila" ilmiy-amaliy 

markazi, Ma’naviyat 

targ‘ibot markazi, "Ijtimoiy 

fikr" markazi, Xotin-qizlar 

qo‘mitasi, Sog‘liqni saqlash 

vazirligi, Din ishlari 

bo‘yicha qo‘mita, "Mahalla" 

xayriya jamoat fondi, 

"Kamolot" YOIH, 

O’MKHT markazi, Xalq 

ta’limi vazirligi 

 



Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2017
ma'muriyatiga murojaat qiling