O'zbekiston respublikasi prezidentining qarori ichki ishlar organlari faoliyatini yanada takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar to'G'risida
Download 191.3 Kb.
|
85d538ca7c760a7389258c476a3877a9
O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING QARORI ICHKI ISHLAR ORGANLARI FAOLIYATINI YANADA TAKOMILLASHTIRISHGA DOIR TASHKILIY CHORA-TADBIRLAR TO'G'RISIDA [KO'CHIRMA] O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "ichki ishlar organlarining faoliyati samaradorligini tubdan oshirish, jamoat tartibini, fuqarolar huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilishni ta'minlashda ularning mas'uliyatini kuchaytirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi 2017 yil 10 apreldagi PF-5005-sonli Farmoniga muvofiq: 1. O'zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirligi to'g'risidagi Nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 4. O'zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirligi: bir oy muddatda o'rta va quyi bo'g'inlar o'rtasidagi vazifa va funktsiyalarni aniq chegaralanishini, shuningdek xodimlarning funktsional majburiyatlarini nazarda tutgan holda O'zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirligining tarkibiy va hududiy bo'linmalari to'g'risidagi namunaviy nizomlarni tasdiqlasin; 2018 yilning 1 yanvariga qadar ichki ishlar organlarining yangidan tashkil etilayotgan bo'linmalarini va kiritilayotgan lavozimlarini zarur bilimlarga, amaliy ko'nikmalarga, ma'naviy-axloqiy fazilatlarga ega, qo'yilgan vazifalarni samarali bajarishga qodir bo'lgan yuqori malakali kadrlar bilan to'ldirilishini ta'minlasin; O'zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirligiga yuklanayotgan yangi vazifalarning mazmun va mohiyatini ichki ishlar organlarining har bir xodimi e'tiboriga etkazishni ta'minlash bo'yicha kompleks chora-tadbirlar qabul qilsin. 5. Belgilansinki: Oldingi tahrirga qarang. Toshkent viloyati temiryo'l transportida xavfsizlikni ta'minlash boshqarmasi, Toshkent shahar aeroportlarida xavfsizlikni ta'minlash boshqarmasi, shuningdek, metropolitenda xavfsizlikni ta'minlash boshqarmasi O'zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirligining transportda xavfsizlikni ta'minlash bosh boshqarmasiga bo'ysunadi; (5-bandning ikkinchi xatboshisi O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 6 martdagi PQ–4229-sonli Farmoni tahririda — qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasi, 07.03.2019 y., 07/19/4229/2710-son) Oldingi tahrirga qarang. transportda xavfsizlikni ta'minlash boshqarmalari (bo'limlari) Qoraqalpog'iston Respublikasi ichki ishlar vazirligi va viloyat ichki ishlar boshqarmalarining tarkibiy bo'linmalari hisoblanadi hamda tegishlicha ularning boshliqlariga — faoliyatni tartibga solish bo'yicha kundalik masalalar yuzasidan, O'zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirligining transportda xavfsizlikni ta'minlash bosh boshqarmasiga — xizmat va tezkor faoliyatini amalga oshirish masalalari yuzasidan bo'ysunadi; (5-bandning uchinchi xatboshisi O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 6 martdagi PQ–4229-sonli Farmoni tahririda — qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasi, 07.03.2019 y., 07/19/4229/2710-son) shahar (tuman, transport) ichki ishlar bo'limlarining yong'in xavfsizligi bo'linmalari bosh buxgalterlari, katta inspektorlari (inspektorlari), katta muhandislari (muhandislari), shuningdek ozodlikdan mahrum qilish bilan bog'liq bo'lmagan jazolarni ijro etishni nazorat qilish bo'linmalari (guruhlari) katta inspektorlari (inspektorlari), pasport bo'linmalari boshliqlari va doimiy ravishda ommaviy tadbirlar o'tkaziladigan joylarda faoliyat olib boruvchi jamoat tartibini saqlash guruhlari katta inspektorlari lavozimlari ofitserlar tarkibi tomonidan egallanadi; shahar (tuman) ichki ishlar boshqarmalarining (bo'limlarining) pasport bo'linmalari xizmatchilari lavozimlari safdorlar tarkibi tomonidan egallanadi. O'zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirligi bir oy muddatda safdorlar tarkibiga o'tkazilayotgan shahar (tuman) ichki ishlar boshqarmalarining (bo'limlarining) pasport bo'linmalari xizmatchilarini attestasiyadan o'tkazish, shuningdek ularni asosan yuridik kollejlar bitiruvchilari bilan to'ldirish bo'yicha choralarni ko'rsin. Oldingi tahrirga qarang. 6. O'zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirligining: O'zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirligi madaniy-ma'rifiy ishlar markazi va "JAR" sport-sog'lomlashtirish majmuasi tomonidan ular faoliyati bilan bog'liq bo'lgan pullik xizmatlar ko'rsatish haqidagi; Qoraqalpog'iston Respublikasi ichki ishlar vazirligi, viloyatlar ichki ishlar boshqarmalarining yo'l harakati xavfsizligi boshqarmalari maxsus ekspluatasiya-montaj bo'limlarini (bo'linmalarini) hamda Toshkent shahar ichki ishlar Bosh boshqarmasining yo'l harakati boshqarmasi huzuridagi maxsus ekspluatasiya-montaj boshqarmasini tegishincha Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga o'tkazish to'g'risidagi takliflariga rozilik berilsin; (6-bandning birinchi — uchinchi xatboshilari O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 1 iyundagi PF-5454-son Farmoniga asosan birinchi — uchinchi xatboshilarga almashtirilgan — qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasi, 01.06.2018 y., 06/18/5454/1290-son) maxsus ekspluatasiya-montaj bo'limlari (bo'linmalari) va boshqarmasi davlat muassasasi shaklidagi yuridik shaxs hisoblanadi; maxsus ekspluatasiya-montaj bo'limlari (bo'linmalari) va boshqarmasining muassisi bo'lib tegishincha Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari hisoblanadi. Oldingi tahrirga qarang. 7. Ichki ishlar organlari xodimlarining ichki ishlar tizimida egallab turgan lavozimiga ko'ra pul ta'minoti va ijtimoiy imtiyozlari tashkiliy-Shtatlar o'zgarishlariga muvofiq ular lavozimga qayta tayinlanguniga yoki pensiyaga chiqquniga qadar saqlab qolinsin. (7-band O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 1 iyundagi PF-5454-son Farmoni tahririda — qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasi, 01.06.2018 y., 06/18/5454/1290-son) 8. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi: uch oy muddatda O'zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirligining takliflariga asosan ichki ishlar organlarini bosqichma-bosqich moddiy-texnik jihozlash dasturini tasdiqlasin; ikki oy muddatda ichki ishlar vazirligining byudjetdan tashqari maxsus jamg'armasiga ajratmalarni ichki ishlar organlarining moddiy-texnik bazasi doimiy yangilanib turilishi, eng zamonaviy axborot-kommunikasiya texnologiyalari joriy qilinishi hamda xodimlarni rag'batlantirish zaruriyatini inobatga olgan holda ko'paytirish bo'yicha takliflar kiritsin; ikki oy muddatda ichki ishlar organlari xodimlari mehnatiga haq to'lash, ularning ko'p yillik xizmatini hisoblash va pensiya ta'minoti tizimini tanqidiy qayta ko'rib chiqsin hamda mablag'larning oqilona ishlatilishi, ustamalar va to'lovlarni ishlarning amaldagi natijasini hisobga olgan holda tabaqalashtirilgan tarzda qo'llanishini ta'minlaydigan tizimni joriy etish bo'yicha takliflar kiritsin. 9. O'zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirligi: Moliya vazirligi bilan birgalikda uch oy muddatda ushbu qarorga muvofiq xarajatlar smetalariga o'zgartishlar kiritsin, shuningdek ichki ishlar vazirligi va uning bo'linmalarining yangi shtat jadvalini belgilangan tartibda tasdiqlasin; ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o'zgartirish va qo'shimchalar to'g'risida takliflar kiritsin; uch oy muddatda idoraviy normativ-huquqiy va boshqa hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin. 10. O'zbekiston matbuot va axborot agentligi, O'zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi va O'zbekiston Milliy axborot agentligi ichki ishlar organlari faoliyati samaradorligini tubdan oshirish bo'yicha amalga oshirilayotgan islohotlarning maqsadi va mazmun-mohiyatini aholi o'rtasida tushuntirishni, shuningdek davlat hokimiyati vakillik organlari tomonidan ichki ishlar organlari mansabdor shaxslarining eshituvlarini yoritishni ta'minlasin. 11. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O'zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va O'zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat maslahatchisi o.B. Murodov zimmasiga yuklansin. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoev Toshkent sh., 2017 yil 12 aprel, PQ-2883-son O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 12 apreldagi PQ-2883-sonli qaroriga 1-ilova O'zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirligi to'g'risida Nizom 1-bob. Umumiy qoidalar 1. O'zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirligi (keyingi o'rinlarda — vazirlik) ichki ishlar organlari tizimi faoliyatiga umumiy rahbarlik qiladigan va muvofiqlashtiradigan respublika davlat boshqaruv organi hisoblanadi. Vazirlik bevosita O'zbekiston Respublikasi Prezidentiga, qonunda ko'zda tutilgan ayrim masalalar bo'yicha esa O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga bo'ysunadi. O'zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri o'z maqomiga ko'ra O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tarkibiga kiradi. 2. Vazirlik o'z faoliyatida O'zbekiston Respublikasining Konstitusiyasi va qonunlariga, O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, O'zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining buyruqlari va farmoyishlariga, shuningdek ushbu Nizomga amal qiladi. 3. Vazirlik o'z faoliyatini bevosita hamda ichki ishlar organlari orqali, shu jumladan davlat organlari, fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari, boshqa tashkilotlar va fuqarolar, shuningdek ommaviy axborot vositalari bilan hamkorlikda amalga oshiradi. 4. Vazirlikning faoliyati ochiq va oshkora hisoblanadi, qonunda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno. Vazirlik davlat organlari, fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari va aholini mamlakatdagi kriminogen vaziyat, huquq-tartibotni muhofaza qilish va jamoat xavfsizligini ta'minlash holati, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish bo'yicha ko'rilayotgan chora-tadbirlar, shuningdek vazirlik va ichki ishlar organlari zimmasiga yuklatilgan boshqa vazifalarning amalga oshirilishi to'g'risida tizimli ravishda xabardor qilib boradi. 5. Vazirlik yuridik shaxs hisoblanadi va O'zbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasviri tushirilgan va o'zining nomi yozilgan muhrga ega bo'ladi, shuningdek vazirlik faoliyatining o'ziga xos xususiyatlarini aks ettiradigan va belgilangan tartibda tasdiqlanadigan o'z ramziga ega bo'lishi mumkin. 2-bob. Vazirlikning asosiy vazifalari va funktsiyalari 6. Quyidagilar Vazirlikning asosiy vazifalari hisoblanadi: Download 191.3 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling