Tadqiqotning obyekti sifatida o’zini o’zi band qilgan shaxslar faoliyati olingan.
- Tadqiqotning predmeti. Aholining o’zini o’zi bandligini rivojlantirishga oid iqtisodiy munosabatlardan iborat.
- Dissertastiya tarkibining qisqacha tavsifi. Dissertastiya kirish, uchta bob, xulosa, adabiyotlar ro’yxatidan tarkib topgan. Unda 21 ta jadval, 8 ta rasm, mavjud. Ishning umumiy hajmi 87 betdan iborat.
Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
1
- o’zini o’zi band qilgan shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar o’rtasidagi tafovutlar aniqlangan;
2
3
- o’zini o’zi band qilgan shaxslarnining frilanserlik bilan shug`ullanuvshilarning maqomlari aniqlashtirilgan;
4
- aholining o’zini o`zi bandligini ta’minlashda autsorsing yangi shaklini rivojlantirish mexanizmi takomillashtirilgan.
1.Bandlik - bu fuqarolarning shahsiy va ijtimoiy ehtiyojlarini qondirish bilan bog`liq bo’lgan, qonunlarga zid kelmaydigan va ularga ish haqi (mehnat daromadi) keltiradigan faoliyatdir.Bandlik holati ishchi kuchidan samarali foydalanish darajasiga ko’ra to`rtta quyidagi guruhga ajratiladi: to’la bandlik; samarali bandlik; to’la bo’lmagan bandlik; erkin bandlik.
2. Erkin bandlik yollanma mehnatdan tadbirkorlik faoliyatiga o’tish shakli sifatida yuzaga chiqadi va o`zini o`zi band qilgan shaxs sifatida namoyon bo`ladi. Bunda o`zini o`zi bandlik - bu daromad olish maqsadida yollanma ishchilardan foydalanmasdan xizmat ko’rsatish va tovar ishlab chiqarishni mustaqil tashkil etishda o’z ifodasini topadigan fuqarolarning iqtisodiy faoliyat turidir.
3. O`zini o`zi bandlikning kelib chiqish sabablari quyidagilardan iborat: O’z ziga xo’jayin bo’lish istak-xohishi; Egiluvchan ish tartibiga ega bo’lish; O’z mehnat faoliyatin o’zi rejalashtirish; Ishsizlik; Mehnat bozorida taklif etadigan ish haqining pastligi va uning ko’pincha iste’molchilik savati qiymatidan oshmasligi.
Do'stlaringiz bilan baham: |