O'zbekiston respublikasi profi universitety
Download 1.91 Mb. Pdf ko'rish
|
Psixologiya ilk tushunchalar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Madaniyat
Ijtimoiylashuv usullari kattalarning yoshlar (kichiklar) ustidan hukmronlik
qilish me'yori bilan belgilanadi. Faqat arxaik (uzoq o'tmishga doir) va totalitar (mustabid) jamiyatlardagina ijtimoiylashuv yoshlar tomonidan kattalarning OILA Mikrosotsium Tarbiya institut- lari Diniy tashkilotlar Ommaviy axborot vositalari Aholi tipi Hududiy sharoitlar Madaniyat Mamlakat, davlat, jamiyat ETNOS SHAXSNING IJTIMOIY- LASHUVI OMILLARI MIKRO- OMIL- LAR MEZO- OMIL- LAR MAKRO- OMILLAR 78 ijtimoiy stereotiplarini so'zsiz takrorlanishiga olib keladi. Tenglik va hamkorlik, yangi avlodning fundamental umuminsoniy qadriyatlar doirasida erkin rivojlanish imkoniyati – sivilizatsiyalashgan demokratik jamiyatlarda avlodlar o'rtasidagi o'zaro munosabatlar tamoyillari bo'lib xizmat qiladi. Individni ijtimoiy meros bilan tanishtirish, unda ishtirok ettirish - shaxsni jamiyat madaniyati bilan tanishtirishdir. Madaniyat (lot. cultura - yaratish, ishlov berish, tarbiyalash, ta'lim berish, rivojlantirish) - bu insoniyatning, moddiy va ma'naviy qadriyatlarda, ijtimoiy munosabatlar me'yorlarida erishgan yutug'idir. Madaniyatda odamlar ijtimoiy hayotining turli jabhalarida, mehnatda, maishiy, ijtimoiy va siyosiy turmushda namoyon qilinishi lozim bo'lgan xulqi etaloni ifodalanadi (belgilanadi). Individ ijtimoiylashuvining natijasi - uning shaxsiy xususiyatlarida, individ va jamiyat tomonidan ijtimoiy qadrli hislat sifatida anglangan (qadrlangan) xususiyatlari - aql va xarakter sifati, xulq-atvori, odatlari, uslublari, tarbiyalanganligi va o'qimishliligi, individning ijtimoiy adaptatsiyalanganligi kabilarda namoyon bo'ladi. Barcha odamlar yaxshi bo'lishni xohlaydi. Lekin bu “yaxshi bo'lish” turli odamlar tomonidan turlicha idrok qilinadi. Masalan, o'g'rilar, jinoyatchi, ayg'oqchi, qotil, fohishalar va sh.k., o'z kasblarini ahmoqona, deb bilib, undan or qilishlari kerak. Biroq ularning o'zlari ham va ular atrofidagilar (ular jamoasidagilar) tomonidan bunday qilmishlar qoralanmaydi, hatto ayrim hollarda rag'batlantiriladi ham. Unday toifa odamlar o'z jinoyatlari, qilmishlariga shaxsiy ijobiy mazmun beradilar. Odamzodning sub'ektiv - ijobiy shaxsiy mazmun yaratishga azaliy intilishi (“har kimniki o'ziga - oy ko'rinar ko'ziga”) shaxs stabillashuvining o'ziga xos psixologik mexanizmini yaratadi. Shunga ko'ra, nizoli vaziyatlarda shaxs o'zi tomonidan buzilayotgan qadriyatlarni kamsitish (beqadrlash) yo'li bilan, o'zini ta'sirlardan himoya qilib “yolg'on o'rindoshlar” dan foydalanadi. Bu yerda o'ziga xos psixologik himoya mexanizmlari ishlaydi. Odam xulqi - uning ehtiyojli - yo'naltirilgan jihatlari bilan, u tomonidan qabul qilingan qadriyatlar tizimi, umuminsoniy madaniyatga qo'shilganligi darajasi bilan asoslanadi. Odam hayvonlarda bo'lgani kabi xulqning qandaydir bir yagona tizimiga mahkum qilinmagan. Uning xulqi bir xil ahamiyatli instinktlari, mayillar bilan emas, balki ularning ijtimoiylashganlik me'yori bilan belgilanadi. (Mashhur asarda Hidoyatxon tilida aytilganidek: “Afandining gapi to'g'ri, Bu dunyoda bari o'g'ri. Bari kalla, bari kalla. ... Bara kalla!”). Shaxsning ijtimoiy a'loqalar tizimidan “chiqib (tushib) qolishi”, ijtimoiy o'zini-o'zi nazorat qilish mexanizmlarining zaiflashuvi, unda ijtimoiy-ijobiy o'zini- o'zi namoyon qilishning ro'yobga chiqishi uchun juda xavflidir. Tashqi sharoit, vaziyatlar tizimi odam xulqida shakllangan ichki sharoitlar tizimi orqali o'zgartiriladi. Ularga quyidagilar kiradi: 1) qadriyatli yo'nalganlik tizimi; 2) maqsad qo'yish va maqsadga erishish xususiyati; 3) xulqning umumlashtirilgan usullari; 4) o'zini-o'zi boshqarishning psixodinamik xususiyatlari. 79 Xulqning umumlashtirilgan, ya'ni individning o'ziga xos xususiyatlari, asosan muhit sharoiti ta'sirida shakllanadi. Psixodinamik xususiyatlar esa biologik omillar - genotip natijasi hisoblanadi. Bu keltirib o'tilgan omillarning barchasi bir- biridan ajratilgan emas. Ular xulqni psixik boshqarishning yagona, shaxsiy tizimini tashkil qiladi. Biroq, xulqning tizim tashkil qiluvchi omili sifatida - shaxsning yo'nalganligi, shaxsiy ahamiyatli (mazmunli, mohiyatli) qiymatlar tizimi, shaxs tomonidan internalizatsiya qilingan qadriyatlar iyerarxiyasi bo'lib xizmat qiladi. Individning xulqi u o'ziga nimani ravo ko'radi-yu, nimani lozim ko'rmasligiga ko'ra ham belgilanadi. Ijtimoiy rivojlanganlik darajasi past bo'lgan hollarda unda o'z-o'zidan (ichki sabablar tufayli) yuzaga keladigan moyillar ustunlik qiladi. Bunday individning psixik tuzilishi yetarlicha integrallashmagan bo'ladi, uning hissiyoti aqldan, quyi ehtiyojlari - oliy ehtiyojlardan ustunlik qilishi mumkin. Har bir odam, uning turli tipik vaziyatlarda me'yordan og'ish ehtimolini belgilab beruvchi, “o'zi uchun ahamiyatli” bo'lgan, o'zining individual baholash mexanizmlari - shaxsiy tuzilish to'plamiga ega bo'ladi. Keskin nizoli vaziyatlarda, me'yorlar qarama-qarshiligi sharoitida, ong va ong ostining murakkab o'zaro munosabati sharoitida xulqning regressiyasi ro'y berishi mumkin. Bunda individ o'z rivojlanishining oldingi bosqichiga o'tadi (qaytadi). Regressiya ayrim ehtiyotjli- motivatsion, mazmuniy, maqsadli yoki operatsion boshqaruv komponentlariga tarqalishi mumkin. Ya'ni shu jihatlarda hayotning oldingi bosqichlarida yo'l qo'yilgan nuqsonlar, kamchiliklar o'z ta'sirini ko'rsatish ehtimoli bor. Ijtimoiylashuvdagi nuqsonlar individ hayotining tang (krizis) davrlarida ko'proq sodir bo'ladi. Psixikaning umumiy “nozikligi” o'smirlik davriga ko'proq xosdir. Bu davrdagi keskin (kritik) o'zgarishlar (buzilishlar) deyarli barcha jihatlarda: yuz ko'rinishi, tovush (ovoz), tana tuzilishining o'zgarishi, atrofdagilar bilan yangicha usullarda o'zaro munosabatda bo'lish kabilarda namoyon bo'ladi. Bu davrga kelib uyg'onadigan instinktlar jiddiy ichki zo'riqishni yuzaga keltiradi. Ta'sirlanuvchanlikning kuchayishi, tormozlanish jarayonining zaiflashuvi, kuch-g'ayratning ortishi ko'p hollarda o'rinli va hissiy to'yingan darajada ishlatilmay (foydalanilmay) qoladi. Odatda bu davrda o'smirga xali ham boladek qaraladi. Shu kabi munosabatlardan - o'smirlik e'tirozlari, negativizm, o'zini ko'rsatishning buzilgan shakllari, namoyon bo'ladi, hatto ayrim hollarda “ko'cha” romantikasiga mahliyo bo'lish ham kuzatiladi. Bu davrning eng xarakterli xususiyatlaridan biri, “o'smirlik avtonomiyasi”-ning namoyon bo'lishidir. Buni kattalar tomonidan hisobga olinmasligi esa o'smirning ijtimoiylashuvida jiddiy muammolarni keltirib chiqarishi mumkin. Ayrim adabiyotlarda, qonun buzuvchi o'smirlar o'zlarida tegishli qiziqishlarning shakllanganligi bilan farqlanib turadi deb yoziladi. Albatta, bunday qarash hamisha - ham to'g'ri bo'lavermaydi. Chunki, bu vaqtda ularning qiziqishlari allaqachon shakllangan bo'ladi, biroq mazkur qiziqishlar ijtimoiy oqlanmagan, salbiy qiziqishlar (chekish, narkomaniya, assotsiallik, erta boshlangan jinsiy hayot tajribasi, jinsiy buzuqlik kabilar) bo'lishi ham mumkin. Xulq og'ishining dastlabki ko'rinishlari - delinkvent xulq - unchalik ahamiyatsiz bo'lgan qoida buzilishlar, aybdorlik, gunohkorlik, nojo'ya xatti- 80 harakatlar tizimi. Delinkventlik - pedagogik qarovsizlik, tarbiyalanmaganlik, madaniyatsizlik kabilar tufayli ham, shuningdek, psixik anomaliyalar, xulqning rigidligi, affektiv reaktsiyalarga moyillik kabilar tufayli ham shartlanishi mumkin. Delikvent xulq, ko'p jihatdan oilaviy tarbiyaning muvaffaqiyatsizligi, “haddan tashqari ortiqcha erkalatib yuborish” yoki o'ta qattiqqo'llik bilan munosabatda bo'lish, mikromuhitning salbiy ta'siri bo'lib - dars qoldirish, tengdoshlari bilan mushtlashish, mayda bezorilik, zaif tengdoshlariga zug'um qilish, qo'rqitish (shantaj), transport vositalari (velosiped, mototsikl)ni olib qochish, jamoatchilik joylarida hammani o'ziga qaratadigan xulqni namoyon qilish, kabilarda ifodalanadi. O'z vaqtida, jinoyatdan oldingi bu xulq shakllarining oldini olmaslik, keyinchalik tegishli xulq stereotiplarining mustahkamlanishiga olib keladi. Ma'lum bir sharoitlarda turg'un antisotsial xulq tiplariga o'sib yetishi mumkin bo'lgan, xulqning asotsial usuli shakllanadi. Ijtimoiy dezadaptatsiyalashgan xulqning dastlabki sababi tayanch ijtimoiy qadriyatlarning inkor etilishidir. Ijtimoiy moslashmagan shaxs va uning me'yordan og'uvchi xulqi - ijtimoiy nazoratning sustlashishi, qarovsizlik, shaxs shakllanishining dastlabki bosqichlarida uning asotsial xulqiga, nojo'ya ishlariga beparvo qarash kabilar bilan bog'liq. Muntazam nazoratsiz xulqning namoyon bo'lishiga yo'l qo'yuvchi tashqi sharoit, keyinchalik shaxsning o'zini-o'zi chegaralashga ichki noqodirligiga olib keladi. Shaxsning ijtimoiy dezadaptatsiyasi qator holatlarda, nafaqat qadriyatli yo'nalishlar, balki unda psixologik himoya usullarining shakllanmaganligi bilan ham bog'liqdir. Odamning fojiasi - bu uning ilk bolaligidanoq omadsizlikka mahkum qilinganligi, faqat ko'ngilsiz xatti-harakatlargagina qodirlikda “ayblanishi”dadir. Oqibatda bola o'zi uchun ahamiyatli bo'lgan kishilar fikriga befarq bo'lib qolishi mumkin. Odamning fundamental ijtimoiy ehtiyojlari - o'zini-o'zi hurmat qilishga ehtiyoj, shaxsiy tan olinishga ehtiyoj - ijtimoiy ijobiy muhitda o'z javobini topishi kerak. Sotsium tomonidan rad etilgan shaxs, xulqning og'ishgan shakllariga moyil bo'ladi. Individ umumijtimoiy masshtabda namoyon qila olmagan shaxsiy xususiyatlarni o'zi uchun erishsa bo'ladigan asotsial soxta qadriyatlarga (surrogatlarga) almashtiradi. Shuning uchun ham, jismonan zaif yigitcha chekish va ichishni boshlar ekan, o'zini “haqiqiy erkak”dek his qila boshlaydi. Bu borada uning ilk yutuqlari u kirayotgan guruh a'zolari, uni “o'zimizning yigit” deb qabul qilishlarida ko'rinadi. To'da boshliqlarining uni orttirib maqtashlari, uning “o'ksik o'zini-o'zi sevishi”ga xush yoqadi. Faqat shunday asotsial “olamcha” (subkulьtura)da individ “o'z hayoti mazmuni”ni topadi. Individda deviant (og'ishli) xulq motivatsiyasi mustahkamlanadi. Undaylar uchun ijtimoiy me'yorga zidlik – “me'yorga” aylanib boradi - deviantlikning paradoksi 1 shu. 1 paradoks - umum tomonidan qabul qilingan fikrlarga, qarashlarga mos kelmaslik. 81 Ilk yoshlardagi ijtimoiylashuvda yo'l qo'yilgan xatolar, nuqsonlar, asotsial “ijtimoiylashtiruvchilar”ning, asotsial madaniyat doirasi (guruhlar)ning ta'siri, shaxs shakllanishi uchun juda xavflidir. Shuning uchun ham, ikkinchi jahon urushi davrida gitlerchi fashistlar o'zlari ishg'ol etgan hududlardan yangi tug'ilgan go'daklarni oilasi, onasidan ayirib olib, ularni maxsus lagerlarda tarbiyalab, keyinchalik o'zlariga (reyxga) so'zsiz xizmat qiladigan, har qanday milliy, diniy qadriyatlardan xoli, hissiz manqurtlar qilib tarbiyalashga harakat qilganlar. Oila, tengdoshlari, turli hil kichik va birlamchi guruhlar, birlamchi ijtimoiylashtiruvchi jamoalar shakllanayotgan shaxsga katta ta'sir ko'rsatadi. Shunday qilib, ijtimoiylashuv - bu individ tomonidan ijtimoiy qadriyatlar va xulqning ijtimoiy moslashtirilgan usullari tizimini o'zlashtirib olish jarayoni (natijasi)dir. Ijtimoiylashuvning sifati va xarakteri sezilarli darajada mazkur jamiyatning ijtimoiy tuzilishi bilan belgilanadi. Download 1.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling