O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI QISHLOQ VA SUV
XOJALIGI
TOSHKENT IRRIGATSIYA VA QISHLOQ XOJA’LIGINI
MEXANIZATSIYALASH MUHANDISLAR INSTITUTI
TAQDIMOT
12 MAVZU: MUZEYLAR- O’TMISH VA KELAJAK ORASIDAGI KO’PRIK.
O’ZBEKISTONDAGI MUZEYLAR. SOHAVIY TERMINLAR VA ULARNING
QO’LLANISHI.
TOPSHIRDI
: SXTEB 1/3 GURUH
MURTAZAEVA LILYA
TOSHKENT-2018
REJA.
1.O‘tmish va kelajak o‘rtasidagi ko‘prik.
2. O’zbekistondagi muzeyar.
3. Sohaviy terminlar.
Yurtimiz tarixi, xalqimizning boy ma’naviy merosi haqida
tushunchaga ega bo‘lish, undan bugungi avlodni xabardor
etishda muzeylarning o‘rni katta. Shu bois, mamlakatimizda
mazkur muassasalar faoliyatini takomillashtirish, ularning
zamon talablari darajasida ish olib borishi uchun zarur sharoit
va imkoniyatlar yaratilmoqda
.
O‘zbekiston Respublikasining “Muzeylar to‘g‘risida”gi
qonuni hamda Prezidentimizning 1998-yil 12-yanvardagi
“Muzeylar faoliyatini tubdan yaxshilash va takomillashtirish
to‘g‘risida”gi farmoni bu boradamuhim dasturilamal bo‘lib
xizmat qilayotir.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 11-
iyuldagi “Davlat muzeylarining bolalar va ularning ota-onalariga
ochiqligini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan
o‘tgan yil 2-8-sentabr kunlari viloyatda “Muzeylar haftaligi” yuqori
saviyada tashkil etilib, ellikdan ortiq ko‘rgazma va ekspozitsiyalar
namoyish qilindi. Bu sa’y-harakatlar natijasida bugungi kunda
muzeylar aholi hordiq chiqaradigan, o‘quvchi va talaba-yoshlar
uchun madaniy-ma’rifiy tadbirlar, dars mashg‘ulotlari
o‘tkaziladigan ma’naviy maskanga aylanib bormoqda.
Muzeylar… Bu madaniyat maskanlari yosh avlod uchun katta
ahamiyatga ega. Chunki, muzeylarimizda bizning shonli va sharafli
o`tmishimiz, tariximiz aks etgan. O`zbekiston Respublikasining
Birinchi Prezidenti I. A. Karimov : “Tarixsiz – kelajak yo`q “,-
deganlaridek, tariximizni bilish, uni o`rganish bizning oliy va
sharafli burchimizdir. Bunday paytlarda, bizga tarixiy muzeylarimiz
katta yordam beradi.
Muzey-qo‘riqxona xodimlari viloyatdagi korxona va tashkilotlar, ta’lim
muassasalarining o‘z muassasalari tarixiga oid materiallar jamlangan
muzeylarni tashkil etishga ham uslubiy yordam ko‘rsatib kelmoqda. Muzey-
qo‘riqxona qoshida faoliyat ko‘rsatayotgan “Gid-ekskursovodlar tayyorlash
markazi”da har yili yuzlab yoshlar mazkur soha bo‘yicha bilim va
ko‘nikmaga ega bo‘lib, muzeylar, tarixiy obidalarda sayyohlarga xizmat
ko‘rsatmoqda. O‘tgan yili markaz tomonidan tarixiy obidalar va muzeylar
ekspozitsiyalari bo‘yichatayyorlangan ekskursiya matnlari kitob shaklida
chop etildi. “Muzeyda ekspozitsiyalar, doimiy va ko‘chma ko‘rgazmalar
tashkil etish” bo‘yicha uslubiy qo‘llanma nashr qilindi.
Muzeylarda konseptual dasturlar asosida amalga oshirilayotgan bunday
ishlar xalqimiz, avvalo, yoshlarning yurtimiz tarixi va madaniyatiga oid
bilimini boyitish, tarix va kelajak o‘rtasidagi ko‘prikni mustahkamlashga
xizmat qilishi shubhasiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |