O’zbekiston respublikasi qishloq va suv xo’jaligi vazirligi samarqand qishloq xo’jalik instituti


Download 107.17 Kb.

Sana28.04.2017
Hajmi107.17 Kb.

 



O’ZBEKISTON  RESPUBLIKASI QIShLOQ VA SUV  



XO’JALIGI VAZIRLIGI 

 

 

SAMARQAND QIShLOQ XO’JALIK INSTITUTI 

 

 

 

 

Zootexniya va qorako’lchilik fakulteti 

 

 

“Zootexniya, asalarichilik va baliqchilik”  

                                        kafedrasining  dosenti 

 

 

 

Sh.Q.Amirovning 

 

 

Sutchilik ishi  fanidan 

 

 

 

“Turli qishloq xo’jaligi hayvonlari sutining tarkibi” 

 

mavzusidagi ochiq ma’ruzasi materiali 



 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Samarqand - 2016 

 



Tuzuvchi ;     “Zootexniya, asalarichilik va baliqchilik” 

                       kafedrasining   dosenti                                         Sh.Q.Amirov  

 

 

 Taqrizchi : 

 

 Qorako’lchilik va cho’l ekologiyasi 

 ilmiy tadqiqot institutining  

“Urchitish va naslchilik ishi”  

  bo’limi yetakchi ilmiy xodimi, 

qishloq xo’jalik fanlari nomzodi,                                          A .Gaziyev  

 

 



 

Taqrizchi: 

 

      Zootexniya va forvko’lchilik fakulteti 

     “Hayvonlar genetikasi, seleksiyasi  va urchitish ” 

       kafedrasi mudiri, dosent                                                              E.S. Shaptakov  

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 


 



Turli qishloq xo’jalik hayvonlar sutining tarkibi  



 

Ma’ruza mashg’ulotining o’qitish texnologiyasi 

Vaqti – 2 soat 

Talabalar soni 20-50 nafar 

O’quv mashg’ulotining shakli   Axborot - visual  ma’ruza 

O’quv mashg’ulotining rejasi 

1.  Qishloq xo’jalik hayvonlarining suti haqida 

umumiy tushuncha 

2.  Yechki suti. 

3.  Qo’y suti. 

4.  Tuya suti 

5.  Biya suti. 

 

O’quv mashg’ulotining maqsadi: Turli qishloq xo’jalik xayvonlar sutini 

kimyoviy tarkibi va uni axamiyati haqida bilim, malaka va ko’nikma hosil qilish. 

Pedagogik vazifalar: 

- Turli qishloq hoyvonlar 

sutini ahamiyati xaqida 

umumiy tushuncha beradi; 

- echki, qo’y, tuya kabi turli 

xo’jalik hayvonlarining sutini 

kimyoviy tarkibini tavsiflaydi, 

ularni sutini o’ziga xos husu 

siyatlarini yoritib beradi; 

 -biyalar sutini tarkibi va 

xususiyatlarini bataf sil 

tushuntiradi.  



O’quv faoliyatining natijalari: 

   Talaba: 

- Turli qishloq xo’jalik hayvonlarning sutini 

axamiyati xaqida tushuncha hosil qiladilar: 

- echki, qo’y, tuyalar sutining kimyoviy tarkibini 

so’zlaydilar, o’ziga hos hususiyatlar haqida 

ma’lumotlarni ochib beradilar: 

 

      -    Biyalar sutini tarkibi hususiyatlari va 



ulardan tayyorlanadigan maxsulotlar haqida 

tushun cha hosil qiladilar. 

O’qitish uslubi va texnikasi 

 

Axborot-vizual ma’ruza, aqliy xujum, tezkor 



savol  javob, grafikli organayzer – klaster, nilufar 

guli, baliq skleti va h.k. 

O’qitish shakli 

 

Frontal, guruh. 



O’qitish vositalari 

 

Ma’ruza matni, proyektor, vizual materiallar, 



doska, bo’r. 

O’qitish sharoitlari 

Jixozlangan auditoriya. 

 

 



 

 

 

 

 

 

 

 

 



Ma’ruza mashg’ulotining texnologik xaritasi. 

Bosqichlar 

vaqti 


Faoliyat mazmuni 

O’qituvchi 

talaba 

1 – 


bosqich. 

Kirish  


(5 min.) 

1.1. Mavzu, maqsad, o’quv mashg’lotining  

natijalari va ma’ruza  rejasini ma’lum qiladi. 

1.2 Talabalarga  mazkur darsning xususiyatiga

uning muammolariga ye’tibor qaratishni taklif 

yetadi. 


Eshitadilar, 

Yozadilar 

2 – 

bosqich. 



Asosiy  

(60 min.) 

2.1. Talabalar bilimini faollashtirish maqsadida 

blis – so’rov o’tkazadi, quyidagi savollar bilan 

murojat qiladi: 

- Qanday turdagi qishloq xo’jalik hayvonlarni 

bilasiz ? 

- ularni sutini ahamiyati nimada ? 

- sutini kimyoviy tarkibi qanday moddalardan 

iborat?  

2.2. Bu va boshqa savollarga javob topish 

maqsadida turli qishloq xo’jalik hayvonlar turini 

sanaydi, sutini farqlanishi hamda sutini 

ahamiyatini qanday degan savollarni atroflicha 

yoritib beradi. 

2.3. Yechki, qo’y, tuya sutini tarkibiy qismi 

ahamiyati haqida tushuncha hosil  bo’lgandan 

so’ng, quyidagi savollarni o’ylab ko’rishni taklif 

yetadi: 

- Biya suti nima uchun albuminli sut deb ataladi ?  

- boshqa turdagi qishloq xo’jalik hayvonlari 

sutidan nimasi bilan farqlanadi? 

- qimiz tayyorlanganda nima uchun Biya sutidan 

foydalaniladi ? 

Aqliy xujum texnikasini qo’llangan holda 

munozarani tashkil etadi. Javoblar ichidagi  eng 

optimal variantlarni tanlaydi.  

Eshitadilar, 

javob beradilar. 

 

 



 

 

Tinglaydilar, 



tushunchalarini 

yozadilar. 

 

Tinglaydilar, 



yozadilar. 

O’ylaydilar va 

munozaraga 

kirishadilar. 

O’z fikrilarini 

bildiradilar. 

 

 

Eshitib, yozib 



oladilar. 

3 – 


bosqich. 

Yakuniy 


(15 min.) 

3.1. Mashg’ulotga yakun yasaydi, xulosalar 

chiqaradi. Munozara natijalarini  e’lon qilib, faol 

ishtirokchilarni rag’batlantiradi. Olingan 

bilimining kelajakdagi kasbiy faoliyatiga 

ahamiyatini tushuntiradi. 

3.2. Mustaqil ish uchun uyda quyidagi savollarni 

berishni topshiradi.              

Mustaqil ta’lim mavzusi :  Buyvol, zebu, qo’tos, 

shimol bug’usi, eshak, xachirlarning sutini 

kimyoviy tarkibi haqida ESSE yozing.  

 

Tinglaydilar,  



 

savollar 

beradilar, 

 

yozib oladilar 



 

 



Turli qishloq xo’jalik hayvonlari sutining tarkibi  



 

REJA: 

 

1.

 



Umumiy tushuncha 

2.

 



Yechki suti. 

3.

 



Qo’y suti. 

4.

 



Tuya suti. 

5.

 



Biya suti. 

   

Qo’shimcha adabiyotlar 

 

1.

 



Israel  Dairy  Board  .  Israel  2015.  (National  Service  for  Udder  Health  &  milk 

Quality) 

2.

 

Stepanov  D.V.,  Kochkarev  V.R.,  Nikulnikov  V.S.,  Grankin  B.L,  Belkin  B.  L, 



Popkova T.V. Jivotnovodstvo Kolos, 2006 

3.

 



Makarseva  N.G.    Texnologiya  proizvodstva  i  pererabotki  jivotnovodcheskoy 

produksii. Manuskript 2005. 

4.

 

Zooveterinariya ilmiy ommabop jurnali 



5.

 

Internet saytlari ;  



www. Ziyonet. uz 

www. milk.org.il 

         www.Ya fermer.ru 

 

Tayanch iboralar 

 

Qo’y, echki , tuya va biya suti, sovliq suti, tirik vaznni o’sishi, quruq modda, 

sut  yog’i,  sut  oqsili, sut qandi,  mineral  moddalar, kazein,  albumin,  globulin,  qimiz, 

qatiq, pishloq, brinza, vitamin, laktoalbumin, kazein misellalari va x.k.   



 

 

1.  Sut  muhim  oziq-ovqat  mahsuloti  bo’lib,  u  nafaqat  sigirdan,  balki  boshqa 

qishloq  xo’jalik  hayvonlari  -  echkilar,  sovliqlar,  biyalar  va  tuyalardan  ham  sog’ib 

olinadi. Turli qishloq xo’jalik hayvonlarining suti ularning biologik xususiyati, turi, 

oziqlantirish va saqlash sharoiti, shuningdek xomilani o’sish jadalligiga qarab sutning 

tarkibi  tarkibiy  qismning  xossalari  bilan  bir-biridan  ajralib  turadi.  Urg’ochi  hayvon 

suti tarkibida quruq modda, ayniqsa yog’ va oqsil nisbati yuqori bo’lsa, uning bolasi 

shuncha jadal o’sadi. Bunga misol qilib sigir suti tarkibida oqsil 3,3 %ni tashkil etib, 

buzoq vazni 50  kunda  2 barobarga  ortgani  holda, sovliq suti  esa oqsil nisbatan 6 % 

bo’lgani  uchun  qo’zi  10  kundayoq  o’z  vaznini  2  barobarga  oshiradi.  Urg’ochi 

hayvonlar  sutining  tarkibi  va  to’yimliligiga  iqlim  sharoiti  ham  ta’sir  etadi,  ya’ni 

shimol  hayvonlari  sutining  tarkibida  yog’lilik  darajasi  ancha  yuqori  bo’lib,  yosh 

tug’ilgan  hayvonlarni  sovuqdan  asrash  uchun  ularning  suti  tarkibi  va  to’yimliligi 

bo’yicha o’rtacha ko’rsatgichga ega bo’ladilar. Shu boisdan shimol bug’ilari sutining 

yog’liligi 22,5 % ni tashkil etadi. 



 



2.  Echki  suti.  Echki  insonlar  tomonidan  eng  erta  qo’lga  o’rgatilib, 

xonakilashtirilgan  qishloq  xo’jalik  hayvoni  hisoblanadi,  chunki  uni  tutish,  saqlash, 

boshqarish  yirik  hayvonlarga  isbatan  osonroq  bo’lgan.  Qadim  afsonalarda  bejiz 

bahodirlarning kuch-qudratini echki suti iste’mol qilishi bilan bog’lashadi. Dunyoda 

300 mln boshdan ko’proq echki bo’lib jahonda ishlab chiqarilayotgan sutning 3% ni 

echki  suti  tashkil  qiladi.  Echkilar  Shveysariya,  Fransiya  Yangi  Zelandiya  va  MHD 

mamlakatlarida  ko’proq  tarqalgan  va  ularni  sog’ish  tashkil  qilangan.  Ko’proq 

echkilar tog’ sharoitida uchratiladi, chunki u joylarda sigirlarni saqlashni imkoniyati 

yo’q, shu bois echki suti o’ziga xos tarkib va xossalarga ega.  

Echki o’z og’irligiga nisbatan yiliga 13-15 barobar, ba’zan sersut echkilar 20 

barobar, sigir esa 6-8 barobar, biya bor-yo’g’i 3-4 barobar ko’p sut beradi. Sigardan 

bir yilda sog’ib olingan sut tarkibidagi oqsil tanasi oqsilidan 3 barobar ko’p bo’lsa, 

echkida esa 8-10 barobarni tashkil etadi. Echkilarning laktasiyadagi sutining miqdori 

o’rtacha  150-200  kg  ni  tashkil  etadi.  Ularni  oziqlantirish  va  saqlash  sharoitini 

yaxshilash  evaziga  700-800  kg  va  ko’p  sut  sog’ib  olish  mumkin.  M.F.Levi 

ma’lumotlariga  qaraganda  ayrim  echkilardan  1700  kg  sut  sog’ib  olinib,  uning 

yog’liligi 4 %ni tashkil etgan. 

S.R.Davidova  ma’lumotlariga  ko’ra  Mayga  laqabli  mahalliy  Toshkent 

echkisidan 210  kunlik  birinchi  laktasiyasida  698  kg, 5  yoshida  314  kun  sog’ilganda 

1705  kg  sut  bergan.  Rojka  laqabli  echki  1  laktasiyada  1139  kg  sut  berib,  eng  ko’p 

kunlik  suti  5,5  kg.ni  tashkil  etgan.  Dj.R.Kempbell,  R.T.Marshall  ma’lumotlari 

bo’yicha,  AQShda  Fransiyaning  alp  zotli  echkilari  laktasiya  davomida  2189  kg, 

zaanen zotli echki esa 2493 k sut bergan. 

Yangi tuqqan echkilarning o’g’iz sutida 28 % quruq modda, 8,4 % oqsil, uch 

kundan keyin esa 15,5 va 4,4 %ni tashkil qiladi. 

Echki  suti  o’zining  tarkibi  va  xossalariga  ko’ra  sigir  sutiga  yaqin  turadi.  U 

shirinroq taam, yoqimli hidga ega bo’lib, qo’shimcha hidlardan holi bo’ladi. 

 

1- jadval 

Echki sutining tarkibi va fizik xossalari. (Yaroslavl sut laboratoriyasining 

ma’lumoti), %  

 

Ko’rsatkichlar 

O’rtacha 

O’zgarishi 

Quruq modda 

13,4 

10,8-18,2 



Yog’   

4,4 


2,4-9,5 

Umumiy oqsil 

3,3 

2,8-3,7 


Shu jumladan: 

Kazein 


2,6 

2,2-3,1 


Albumin 

0,7 


0,5-0,9 

Sut qandi 

4,9 

4,1-5,1 


Mineral moddalar 

0,8 


0,7-1,0 

Zichligi,

0



31,0 



25-36 

Nordonligi, 

0



15,0 



10-24 

 


 

Echki  sutining  tarkibi  ko’p  jihatdan  uning  zoti,  zotdorligi,  individual 



xususiyati,  laktasiya  davri  va  yil  fasli,  albatta  oziqlantirish  hamda  saqlash 

sharoitlariga bog’liq bo’ladi. 

 Echki suti sigir sutiga nisbatan quruq modda yog’, kalsiy, fosforning ko’pligi 

va  yog’  donachalarining  kichikligi  bilan  ajralib  turadi.  Shu  boisdan  echki  suti 

oshqozonga tushgandan keyin mayda-mayda pufakchalar hosil qiladi, shuning uchun 

juda oson hazm qilinadi.  

Echki  sutida  suvda  eruvchan  yog’  kislotalari  sigir  sutiga  nisbatan  kamroq, 

suvda  erimaydigan  uchuvchan  yog’  kislotalari  esa  sigir  sutiga  teng  bo’ladi.  Echki 

sutida A vitamini 1-6 mg/kg, karotin esa 0,003-0,007 mg% ni tashkil etib, 1 kg sutda 

80 mg gacha vitamin C bo’ladi. 

Echki  sutini  iste’mol  qilish  va  undan  noyob  sut  mahsulotlari  tayyorlash 

mumkin.  U  ayniqsa  oshqozon-ichak  kasalliklarini  oldini  olish  uchun  iste’mol 

qilinadi, oshqozonida yarasi bor insonlar uchun muhim oziq-ovqat hisoblanadi. 

Echki sutining oson hazm bo’lishi e’tiborga olinsa u bolalarni ovqatlanishida 

keng foydalaniladi. O’tmishda echki suti temir moddasi va V vitamini kam, shuning 

uchun anemiya kasalligiga  sabab bo’lishi mumkin deb hisoblangan, hozir esa fanda 

olib borilgan ilmiy izlanishlar natijasida  bunday fikrlar o’z tasdig’ini topmadi. 

3.

 

Qo’y  suti. Sovliqlar turli sharoitlarda 5-7 oy sog’iladi va 60-250 kg sut 

beradi.  Sovliqlar  qorako’l  qo’ychiligida  qo’zilari  teri  uchun  so’yilgandan  boshlanib 

1,5-2  oy  sog’ilib  100-150  kg  sut  olinadi.  Ostfrislyand  zotli  sovliqning  1283  kg 

yog’liligi 7,3 %li sut bergani haqida ma’lumot bor. Romanov zotli sovliqlar eng ko’p, 

shuningdek, yigay, balbas, qorako’l sovliqlari yaxshigina sut mahsuldorligiga ega. 

Sovliq suti oq biroz ko’kishroq rangga ega bo’ladi, uning tarkibida karotinning 

kamligi hisoblanadi, shunga qaramay  tarkibida vitamin A ning miqdori ancha yuqori 

bo’ladi.  Yangi  sog’ib  olingan  sut  tarkibida  erkin  holda  kapron  va  kapril 

kislotalarining  bo’lishi  o’ziga  xos  hid  beradi.  Shuning  uchun  sovliq  suti  sog’ib 

olinganda ichilmaydi, undan sut mahsulotlari tayyorlangani ma’qo’l. 



2- jadval 

Sovliq sutining kimyoviy tarkibi, va fizik xossalari, % 

 

Ko’rsatkichlar 

O’rtacha 

O’zgarishi 

Quruq modda 

17,9 

14,6-23 


Yog’ 

6,7 


 4,6-10 

Umumiy oqsil 

5,8 

 4,2-9,5 



Shu jumladan: 

Kazein 


4,6 

 3,2-7,7 

AlbuminQglobulin 

1,2 


0,4-1,7  

Sut qandi 

4,6 

 3,7-6,6 



Mineral moddalar 

0,8 


 0,7-1,2 

Nordonligi 

0



25,0 



 20-37 

Ph 


6,7 

6,5-6,9 


Zichligi,

0



34 

 33-38 


 

 

Sovliq  sutida  6  %  oqsil  bo’lib  uning  80  %  ini  kazein,  20%  ini  albumin  va 



globulin  tashkil  qiladi.  Sovliq  suti  ancha  yuqori  biologik  qiymatga  ega,  1  kg  sutda 

0,28 mg V

1,

1,59 mg V



2

 va 2-3 mg V

12

 vitamini mavjud. Kalsiy 235 mg %, fosfor 144 



mg  %  bo’ladi.  Shuningdek  sovliq  sutida  quyidagi  mikroelementlar  uchraydi:  temir 

(3,2-5,85), mis  (0,11-0,27), molibden (0,04)  marganes  (0,23-0,45), alyuminiy  (2,46-

4,95),  kumush  (0,03-0,05),  magniy  (87,8-149,1),  kobalt  (0,01-0,03),  nikel  (0,09--

gacha), vanadiy (0,09-0,14), kremniy (4,1-8,1), titanning izi bor. 

Sovliq  sutining  bufer  sig’imi  yuqori  bo’lishi  evaziga  ancha  yuqori 

nordonlikda (120-150

0

T) uyushadi. Shirdon fermenti ta’sirida ham sekin iviydi, ivitqi 



qattiq  bo’ladi.  Sut  yog’ining pufakchalari  yirikroq bo’lib  (5,6 mkm),  1ml  sutda  3-6 

mld.ni tashkiletadi; yog’ning erish darajasi 35-38

C  , qotish  harorati  esa  23-26



0

 C , 


Reyxert-meysel soni 25, yod soni 26,4, sovunlanish 224,3, refraksiyasi 44,3 ga teng. 

Sovliq suti yog’i yumshoq konsistensiyaga ega va oq rangda bo’ladi. 

Kazein  va  zardob  oqsillari  bir  xilda  bo’lmaydi.  Sovliq  sutida  α  va  β- 

fraksiyadan  tashqari  kazeinning 

-fraksiya  ham  uchraydi.  Kazein  misellalari 



92,5-101,5 mm o’lchamga ega bo’lib, molekulyar massasi 249-280 mln. birlikka ega. 

Zardob oqsillarida fraksiyalar nisbati quyidagicha bo’ladi: imun globulinlar  -19,7%, 

α-laktoglobulin -28,8, β- laktoglobulin-48,9 %, zardob albumini 2,6, 1kg sutda 52 g 

aminokislota,  shundan  29  g  mi  almashmaydigan  hisoblanadi.  Sovliq  suti  tarkibiga 

juda  ko’p  omillar,  ya’ni  zoti,  individual  xususiyati,  laktasiya  davri,  oziqlantirish  va 

saqlash, hamda sog’ish usullari ta’sir etadi. Laktasiyaning oxirida sut tarkibida quruq 

moddalar  miqdori  ortadi,  quruq  modda  23%,  yog’i  -10  %,  oqsil-7,25  %,  mineral 

moddalar-0,9 % gacha yetadi, zichligi 36

A gacha  ko’tarilib, nordonligi  pasayadi. 



Sovliq  suti  mahsulotlari  janubiy  sharqiy  Yevropa,  Kavkaz,  O’rta  Osiyo 

xalqlarii tomonidan so’yib iste’mol qilinadi, Gresiyada etishtirilayotgan  jami sutning 

50  %  sovliq  sutiga  to’g’ri  keladi.  Sovliq  suti  to’g’ridan-to’g’ri  va  sut  mahsulotlari 

sifatida  iste’mol  qilinishi  mumkin.  O’zbekistonda  sovliq suti ham  iste’mol  qilinadi, 

asosan qatiq va brinza xolda yeyiladi. 1 kg pishloq tayyorlash uchun  sovliq suti dan 

sigir sutiga nisbatan 1.5  barobar kam sarflanadi. 



4.  Tuya  suti.  Tuyalar  O’rta  Osiyo,  Qozog’iston  va  ba’zi  MDH  davlatlarida 

urchitiladi,  ulardan  sut  va  go’sht  olinadi.  U  tuya  suti  sahro  aholisi  uchun  asosiy 

mahsulot  hisoblanadi,  chunki  ushbu  hududlarda  qoramollarni  urchitish  imkoniyati 

yo’q. Shunday xo’jalik respublikamizning Navoiy viloyatida bo’lib ular ko’plab sut, 

go’sht va tivit ishlab chiqarmoqdalar. 

Tuyalar  15-19  oy  mobaynida  sog’iladi.  Bir  o’rkachli  tuyalar  1500-2000  kg, 

ikki  o’rkachli  tuyalar  esa  800-1200  kg  sut  beradi.Suti  shirintob  bo’lib,  o’ziga  xos 

ta’mga ega bo’lib sigir sutiga nisbatan quyuqroq bo’ladi.  



 

 

 

 

 

 

 

 

 



3- jadval  



Tuya sutining kimyoviy tarkibi (Xeraskov ma’lumotlari), %  

 

Ko’rsatkichlar 

Tuyalar (moya) 

Bir o’rkachli 

Ikki o’rkachli 

Quruq modda 

13,6 

14,9 


Yog’ 

4,5 


5,4 

Oqsil 


3,5 

3,8 


Sut qandi 

5,0 


5,1 

Mineral moddalar 

0,7 

0,7 


Nordonligi 

0



15,5 

17,0 


Zichligi,

0



32,0 

33,0 


 

Ikki  o’rkachli  tuyalar  sutining  tarkibida  bir  urkachlilarga  qaraganda  quruq 

modda  va  yog’i  yuqori  bo’ladi.  1  kg  sutda  41,85  mg  vitamin  S  va  0,66  mg  V

1

 



vitamini, hamda ko’plab fosfor va kalsiy tuzlari bo’ladi. 

Tuya  suti  yangi  holda  va  sut  mahsulotlari  sifatida  iste’mol  qilinadi  (qatiq, 

ayron,  suzma,  shubat),  pishloq  va  sariyog’  tayyorlanadi.  Pishloq  va  nordon  sut 

mahsulotlari  juda  yuqori  sifati  bilan  ajralib  turadi.  Sariyog’i  unchalik  sifatli 

bo’lmaydi. U qattiq bo’lib hidi bo’ladi. Bunday holdan qutilish uchun  sigir va tuya 

sutini qo’shib undan olingan qaymoqdan sariyog’ tayyorlash kerak, unga 3 qism sigir 

va  1  qism  tuya  sutini  qo’shsa  kifoya.  Sariyog’ning  sifatsiz  bo’lishi  yog’ining 

tarkibiga bog’liq, unda Reyxert- meysel 106-2,9, sovunlanish  -202-209, yod  -39-40 

soniga teng bo’lib, to’g’nash harorati 24-28

0

 Sva erish darajasi 43-45



0

 S ga teng.  



5.  Biya  suti.  Otlar  insonlar  tomonidan  mahsuldor  hayvon  sifatida 

foydalanilgan.  

Hozirgi paytda ham  ot ko’proq mahsuldor hayvon sifatida foydalanilmoqda. 

Ayniqsa,  mahsulor  hayvon  sifatida  otlar  O’rta  Osiyo,  Qozog’iston  va  Rossiya 

mamlakatlarida alohida ahamiyat asb etadi. 

Biyalarning  laktasiya  davri  hududlar  va  yilning  kelishiga  qarab  6-12  oy 

davom  etadi.  Laktasiya  davomidagi  sut  miqdori  1500-2500  kg,  ba’zan  3000  kg  va 

undan  ko’pni  tashkil  qiladi.  O’g’iz  suti  berish  muddati  3-4  kun  davom  etadi. 

Beshinchi  kunga  kelib  biya  me’yordagi  sutni  beradi,  lekin  zichligi  9,5-17,5

0

T  ni 



tashkil qiladi. Biya suti ko’kish bo’lib, shirinroq ta’m va o’tkir hidga ega. 

 

4- jadval 



Biya sutining kimyoviy tarkibi,%  

 

Ko’rsatkichlar 

O’rtacha 

O’zgarishi 

Quruq moda 

10,1  

9-11  


Yog’ 

1,0 


1,0-2,5 

Umumiy oqsil 

2,1 

1,5-3,0 


Shu jumladan: 

Kazein 


1,1 

0,4-1,5 


 

10 


Albumin+globulin 

1,0 


0,6-1,5 

Sut qandi 

6,7 

6,0-8,0 


Vitamin S, mg/kg 

100,0 


94-138 

Nordonligi 

0





4-12 

Ph 


7,0-7,2 


Zichligi,

0



32,0 

31-38 


 

Biya suti suyuq bo’lib tarkibida yog’, oqsil, mineral modddalar kam bo’lib, 

qandi  ko’p,  shuningdek  sigir  sutiga  nisbatan  5-7  barobar  S  vitamini  ko’p.  S 

vitaminidan tashqari A, Ye, V

1

, V


2

, V


12

, pantoten kislotasi va biotin uchraydi. 

Laktoza  sut  quruq  moddalarining  68    %    ni  tashkil  qiladi,  sigir  suti 

laktozasiga  nisbatan  fermentlar  ta’sirida  osonroq  hazm  bo’ladi.  Biya  sutida 

kazeinning  albuminga  nisbati  1:1,  sigir  sutida  esa  5:1,  shuning  uchun  sigir  suti 

kazeinli,  biya  suti  albimunli  deb  ataladi.  Umuman  olganda  barcha  kavshovchi 

hayvonlar  kazeinli  sut  beradi,  uning  nisbati  ularda  75%  dan  kam  bo’lmaydi;  bir 

tuyoqlilarda  sut  albuminli  hisoblanib  kazein  60  %  dan  oshmaydi.  Zardob 

oqsillariining  77  %  ini  β-  laktoglobulin  va  α-laktoalbumin  tashkil  qiladi;  α  va  β-

kazein 86,7 % ini, kazeini-13,3 % ni tashkil qiladi. Biya sutidan mineral moddalardan 

kalsiy  va  fosfor ko’proq, ularning  nisbati 2:1.  Shuningdek  biya  sutida  kaliy,  natriy, 

kobalt,  mis,  yod,  marganes,  ruh,  titan,  alyuminiy,  kremniy  va  temir  kabi 

mikroelementlar uchraydi.  

Biya  sutida  bakterisidlik  yuqori  bo’ladi,  shuningdek  uning  tarkibida 

piroksidaza  fermenti  yo’q,  katalaza  soni  0,53-0,57,  xlor  qand  -0,576  ga  teng.  Biya 

suti  yog’  pufakchalari  sigir  sutinikiga  nisbatan  kichik  bo’lib,  o’rtacha  2,1  mkmga 

teng  natijada  sentrifuga  yordamida  ajratib  bo’lmaydi.  Biya  suti  yog’i  oqish  rangda 

bo’lib,  vazelinsimon,  surkaluvchan  bo’ladi,  chiroyli  tovar  xususiyatiga  ega 

bo’lmaydi.  Xona  haroratidayoq  yarim  erigan  holda:  Reyxert-Meysel  -  4,84, 

sovunlanish 208, yod-80-101 sonlariga ega. Yod nisbatining yuqori bo’lishi ko’proq 

to’yinmagan  yog’  kislotalari  mavjudligidan  dalolat  beradi  va  bunday  yog’  tezda 

oksidalib  qoladi.  Biya  suti  yog’ida  yog’  va  kapron  kislotalari  uchramaydi,  kapril  - 

2,29 %, olein - 67,8 % miqdorida uchraydi. Yog’ning erish darajasi 21-23

0

 S, qotishi 



10-15

0

S ga teng. Biologik nuqtai nazardan olganda biya suti yog’i, sigir suti yog’iga 



nisbatann ustun turadi.  

Biya  suti  achiganda  kazein  mayda  burdalar  holida  cho’kadi, 

konsistensiyasiga ta’sir etmaydi, ichganda sezilmaydi, umuman qattiq ivimaydi. Biya 

sutiga zot, individual xususiyat, laktasiya davri va yil fasllari, oziqlantirish va saqlash 

sharoitlari ta’sir etadi. Laktasiya oxirida kazein kamayadi, natijada sutning nordonligi 

ham biroz pasayadi, zardob oqsillari esa ko’payadi. 

Biya suti yangi holda ko’krak yoshidagi bolalarga ichirish mumkin, chunki u 

tarkibi va xossalari bilan ko’proq ayol sutiga o’xshab ketadi. Asosan biya suti qimiz 

tayyorlashda  ishlatiladi.  U  parhyez  davo  mahsulot  bo’lib  tuberkulezni,  oshqozon-

ichak  yaralari  va  anemiyani  davolashda  qo’l  keladi.  Shu  boisdan  qimiz  ishlab 

chiqarishni ko’paytirish yuqoridagi kasalliklarni oldini olishni ta’minlaydi.  


 

11 


Nazorat savollari 

 

1.

 



Echki va qo’y sutining kimyoviy tarkibini ayting 

2.

 



Echki va qo’ylarning laktasiya davri, sut mahsuldorligi 

3.

 



Echki va qo’y sutining xususiyatlarini so’zlab bering 

4.

 



Biya va tuyalarniing laktasiya davri, sut mahsuldorligi qanday 

5.

 



Biya va tuya sutining kimyoviy tarkibi 

6.

 



Biya va tuya sutining xususiyatlarini so’zlang 

 

 



 

Mustaqil ta’lim mavzusi : 

 

 

Buyvol, zebu, qo’tos, shimol bug’usi, eshak, xachirlarning sutini kimyoviy tarkibi 

haqida ESSE yozing. 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

12 


 


Do'stlaringiz bilan baham:


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2017
ma'muriyatiga murojaat qiling