O’zbekiston respublikasi qishloq va suv xo’jaligi vazirligi. Toshkent davlat agrar universiteti
Fond birjasining tashkiliy asoslari
Download 0.54 Mb. Pdf ko'rish
|
birja ishi
2.Fond birjasining tashkiliy asoslari Klassik ko’rinishdagi fond birjasi – professional ishtirokchilar tomonidan uyushtirilgan, eng yaxshi qimmatli qog’ozlarning doimiy ravishda amal qilib turuvchi ulgurji bozori bo’lib, u savdo-sotiqning hamda qimmatli qog’ozlar va brokerlarga savdolarga ruxsat berishning alohida o’ziga xos bo’lgan tartib tamoyillariga egadir. Fond birjasining asosiy o’ziga xos xususiyatlari quyidagilardan iborat: - birjaga faqat muayyan talablarga javob beradigan eng yaxshi qimmatli qog’ozlarga ruxsat etiladi; - birja savdolariga fond birjasi a’zolarining maxsus muossasasiga aloqador bo’lgan shaxslarga ruxsat etiladi; - qimmatli qog’ozlar bilan savdolar qilishning muvoqqat tartibi va andozalashtirilgan savdo-sotiq tadbirlarining mavjudligi; - savdo-sotiqni muayyan joyda markazlashtirish; - birjaning o’zini-o’zi tartibga solishi, ya’ni birjani boshqarishni birja savdolari ishtirokchilarining o’zlari amalga oshiradi. Fond birjalari real kapitalning rivojlanishini aks ettirgani holda ularning o’sishiga ko’p jihatdan yordam beradi. Ular qimmatli qog’ozlarni sarmoyadorlarning keng qatlami ichida tarqalishini rag’batlantiradi, bu esa iqtisodiyotni rivojlantirish va jamiyatni katta qismining moddiy ahvolini yaxshilanishiga ko’maklashadi. Fond birjalari bozor o’zgarishlari yo’liga qadam qo’ygan yosh mustaqil davlatlarda alohida ahamiyatga ega. Mazkur mamlakatlarda birjalar iqtisodiyotni xususiylashtirish va davlat tasarrufida chiqarishning asosiy vositasi hisoblanadi. 1991 yilning bahorida O’zbekston Xukumatining qarori bilan respublikamizning eng yangi tarixida birinchi “Toshkent” O’zbekiston Respublikasi tovar-xomashyo birjasi tashkil etildi. Mamlakat iqtisodiyotida yuz berayotgan tarkibiy o’zgarishlar va tezkorlik Bilan boshlangan xususiylashtirish jarayoni sababli o’sha yilning o’zida ya’ni avgust oyida ushbu birja negizida “Toshkent” O’zbekiston Respublikasi universal tovar-fond birjasi tashkil etildi va ushbu birjaning tarkibida QQlar bozorining dastlabki rasmiy tashkiloti – Fond bo’limi ochildi. 1992 yilning yanvar oyidan boshlab ushbu bo’lim tomonidan qimmatli qog’oo’lar bilan muntazam ravishda savdo qiligsh ishlarini boshlagan. Respublikada «Birjalar va Birja ishi
to’g’risida” gi qonuni qabul qilinib mazkur qonun talablaridan kelib chiqqan holda 1992 yilning oxirida “Toshkent” birjasi “O’zbekinvest” –O’zbekiston moliya- investitsiya kompaniyasi aksiyadorlik kompaniyasiga aylantirildi. Tashkil etilgan yangi birja tarkibida ham fond bo’limi saqlanib qoldi. YUqorida ta’kidlanganidek Respublikamizda qimmatli qog’ozlar bozori faoliyatining rivojlanib borishi natijasida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 1994 yilgi maxsus Farmoniga muvofiq 1994 yil 8 aprelida uning negizida «Toshkent” fond birjasi tashkil etildi. O’zbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga ko’ra fond birjasi - bu qimmatli qog’ozlar bir maromda muomilada bo’lishining zarur shart sharoitini ta’minlash, ularning bozor bahosini belgilash va ularga doir ma’lumotlarni keragicha tarqatish, qimmatli qog’ozlar bozori qatnashchilarining kasb mahoratini yuqori darajada saqlab borishfaoliyatining alohida sohasi bo’lgan tashkilotdir. Fond birjasida qimmatli qog’ozlar bilan operatsiyalar quyidagi asosiy tamoyillarga muvofiq amalga oshiriladi: - birja savdolarining ishtirokchilari shuningdek birja xizmachilari tomonidan qonunchilik va birja qoidalariga qat’iy amal qilinishi; - birja savdolarining barcha ishtirokchilari uchun teng sharoitlar yaratilishi; - birja savdolari o’tkazilishini oldindan belgilangan joy va vaqt Bilan reglamentlash yo’li orqali ushbu savdolarning reglamentlanishini ta’minlash; - tuziladigan bitimlarning ixtiyoriyligi; - amalda yuzaga kelgan talab va taklif asosida narxni belgilash; - birja savdolariga ruxsat etilgan qimmatli qog’ozlar haqidagi ishonchli va to’liq ma’lumotlarni zudlik Bilan e’lon qilish hamda birja savdolari ishtirokchilarini birja bitimlari narxlari to’g’risida xabardor qilish; - qonun yo’li bilan talab etiladigan birja axborotini taqdim etish va e’lon qilish kabilardir. Download 0.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling