KO‘P YILLIK BEGONA O‘TLAR
Bu begona o‘tlar biologik belgilariga qarab bir yillik va ikki yillik begona o‘tlardan farq
qiladi. Hayoti davomida ular bir necha marta hosil tugadi. Bu biologik tipning ko‘pgina vakillari
asosan vegatativ (ildizpoya va ildiz bo‘laklaridan) va generativ yo‘l bilan (urug‘dan) ko‘payadi.
qishga borib, ko‘p yillik begona o‘tlarning poyasi nobud bo‘ladi. Kelgusi yili tuproqda qolgan ildiz
va ildizpoyalardan yangi poya o‘sib chiqadi va rivojlanadi. Er osti organlarining tuzilishiga ko‘ra:
popuk ildizli,
shingil ildizli, o‘qildizli,
ildizpoyali, ildizbakchili va piyozli begona o‘tlar farq
qilinadi. Bundan tashqari, er usti organlarining tuzilishiga qarab sudralib o‘suvchi begona o‘tlar
ham farq qilinadi.
Popuk ildizli begona o‘tlarning asosiy o‘qildizi mutlaqo bo‘lmaydi. Er usti poyasi ko‘paya
borib, chim hosil qiladi. Bularga shuchka misol bo‘ladi.
SHuchka – Deschampsia caespitosa (L.) P. B., boshoqdoshlar (Gramineae) oilasiga kiradi.
Asosan MDH ning Evropa qismida tarqalgan. O‘rta Osiyoda va Kavkazda tog‘larda uchraydi.
O‘tloqlarda, yaylovlarda, o‘rmon yoqalarida o‘sadi, ko‘pmncha ko‘p yillik xashaki o‘tlar orasida
uchraydi. Eng zararli begona o‘t
hisoblanadi, chunki do‘ngliklar hosil qilib,
ekinlarni parvarish
qilishni hosilni yig‘ishtirib olishni qiyinlashtiradi va pichanning sifatini pasaytiradi. Poyasi bog‘
bo‘lib yig‘ilgan, tik, bo‘yi 30-100 sm.
barglari yassi,
ensiz lentasimon, g‘adir-budur tomirli.
Urug‘dan va vegetativ yo‘l bilan ko‘payadi. Bitta o‘simligi 500 dan 3000 tagacha urug‘ tugadi,
ular nam etarli bo‘lganda tuproq yuzasidan va 0,5 sm chuqurlikdan ham o‘sib chiqadi.