O‘zbekiston respublikasi qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi
Novdaning shoxlanish tiplari
Download 101.82 Kb.
|
O‘zbekiston respublikasi qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi-конвертирован
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4. Poyaning shakli va tiplari.
3. Novdaning shoxlanish tiplari. Poyada joylashgan apikal va yon kurtaklarning rivojlanishidan asosiy va yon novdalar hosil bo‘ladi. Bu kurtaklarning rivojlanishi har xil bo‘lib ularni quyidagi shox- lanish tiplariga ajratish mumkin.
1.Dixotomik. 2.Monopodial 3.Simpodial 4. Yolg‘on dixotomik shoxlanish. Dixotomik shoxlan- ishda novda uchida joylashgan ikkita initsial kurtaklar o‘z rivojlanishini davom ettirishi asosida hosil bo‘ladi. Bu tipdagi shoxlanish kelib chiqishiga ko‘ra qadimiy bo‘lib suv o‘tlarida, moxsimonlarda, plaun, paporotniklar va ochiq urug‘lilarda uchraydi. Monopodial shoxlanishda novda uchida joylashgan kurtak o‘simlik hayotining oxirigacha o‘sishini davom ettiradi. Bunday tipdagi shoxlanish qarag‘ay, qora qarag‘ay, oq qarag‘ay kabi o‘simliklarda uchraydi. Simpidial shoxlanishda o‘sish konusida joylashgan initsial kurtak o‘sishni to‘xtatib, yondagi hu- jayrani rivojlanishiga olib keladi. Natijada uchki kurtak o‘sishdan to‘xtab yon shoxlari rivojlanadi. Yolg‘on dixotomik shoxlanish. Кo‘pchilik yopiq urug‘li o‘simliklar uchun xosdir. Bunday shox- lanishda apikal kurtak tezda o‘sishdan to‘xtaydi va 2 ta yon kurtak rivojlanadi. Bunday shoxlanish si- ren, kashtan va boshqa o‘simliklarda uchraydi. O‘simliklarning shoxlanish tiplarini o‘rganish agronomiya uchun muhim ahamiyatga ega. Shoxlan- ish turlarini to‘g‘ri bilish asosida o‘simlik hosilini oshirish mumkin. Mevachilikda simpodial shoxlarni qoldirish asosida gullash va meva hosil qilishni ko‘paytirish mumkin. Paxtachilikda g‘o‘zani chekanka qilish asosida simpodial shoxlar rivojlantirilib, paxta hosili oshiriladi. 4. Poyaning shakli va tiplari. O‘simliklar poyasining shakli turlichadir. Uni ko‘ndalang kesigini ko‘rsak, ko‘pchiligi doira shaklida, qiyoqda 3 qirrali, labguldoshlarda 4, soyavonguldoshlarda ko‘p qirrali ekanligini ko‘ramiz. G‘allaguldoshlar va soyavonguldoshlar oilasi vakillarining bo‘g‘in oralig‘i asosiy parenxima bilan to‘lgan bo‘ladi. Bunday poya poxol poya deyiladi. Poyalar bargli va bargsiz bo‘ladi. Bargsiz poya piyoz,qoqi o‘t, lola guldoshlar kabi o‘simliklarda uchraydi. Ularni poyasi oxrida to‘pgular hosil qilib tugaydi. Bunday bargsiz poyalar strelka deb nomlanib. Poyaning qisqargan qismi ildiz bo‘g‘izida joylashib u yerda mutovka hosil qiladi. Poyani o‘sishiga qarab tik o‘suvchi, sudralib o‘suvchi, ilashib o‘suvchi, o‘ralib o‘suvchi, turlarga bo‘linadi. Bunday guruhlarning hosil bo‘lishi poyada maxanik to‘qimalarning rivojlaniishga bog‘liq. Ilashib va chirmashib o‘suvchi poyalar lianalar deyiladi. Bunday o‘simliklarga quy pechak, no‘xot, ximel, daraxtsimonlardan-tok, namatak kabilar kiradi. Lianalar o‘zi ilashadigan o‘simlikka soat strelkasi bo‘ylab (ximel) va soat strelkasiga qarshi harakatlanadi. Sudralib o‘suvchi novdalar bo‘g‘imlarda ildiz hosil qilish xususiyatiga ega. Bunday o‘simliklarga kulupnay, semizut, ajrik, kabi o‘simliklar misol bo‘ladi. Download 101.82 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling