O‘zbekiston respublikasi qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi
Download 101.82 Kb.
|
O‘zbekiston respublikasi qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi-конвертирован
Gidrotafitlar - hayoti faqat suvda o‘tuvchi suv o‘tlari.
Gidrofitlar - tanasining bir qismi suvning ustida o‘suvchi o‘simliklar (nilufar, qamish, zubtu- rum). Gigrofitlar - suv ortiqcha bo‘lgan botqoqlarda o‘suvchi o‘simliklar (savag‘ich, qiyoq, sholi, tropik o‘simlikar). Mezofitlar - namlik yetarli bo‘lgan joylarda o‘suvchi o‘simliklar, o‘rmon, o‘tloq o‘simliklari, va g‘o‘za, beda, qovun, tarvuz, pomidor, kabi o‘simliklar. Кserofitlar hayotida suvga muhtojlikni bir marta his qiluvchi, ildizi chuqurga kirib boruvchi o‘simliklar. Shuvoq, saksovul 16-18 m, yantoq 18m, chalov, beda 16-18m, juzg‘un, pista kabi o‘simliklar. Suvda yashovchi o‘simliklarnig suv ostidagi barglarida ustisalar yaxshi taraqqiy etmagan bo‘lsa, suv ustidagi barglarida ularnig 1 mm2 dagi soni 648 tagacha yetadi. Bunday o‘simliklarnig tanasini 70% havo saqlovchi hujayralardan tashkil topadi. Ularda o‘tkazuvchi naylar kam rivojlangan maxanik to‘qimalar esa yo‘q bo‘ladi. Кserofit o‘simliklarni aksincha barg plastinkasi kichraygan, ustisalar chuqurda joylashgan, barg va poyasi tukchalar bilan qoplangan, osmotik bosimi juda yuqori, o‘tkazuvchi naylari yaxshi rivojlangan va maxanik to‘qimalar ko‘pligi bilan harakterlanadi. Atmosferada suv bug‘ ko‘rinishida bo‘lib, havoning nisbiy namligiga ta’sir ko‘rsatadi. Nisbiy namlik qancha ko‘p bo‘lsa o‘simlik kam suv bug‘latadi. Nisbiy namlik dengiz va okean soxillarida quruqlikda yil davomida o‘zgarib turadi. Havoning bulutli yoki tumanli bo‘lishi ham quyosh radiatsiyasini yerga yetib kelishiga ta’sir qi- ladi. Natijada bunday sharoitda fotosintez jadalligi o‘zgaradi. Yomg‘ir suvi o‘simlik hayotiga turlicha ta’sir ko‘rsatadi. Surunkasiga yoqqan yomg‘ir o‘simlikarni ildiz chirishiga sabab bo‘lsa, vaqti vaqti bilan yoqqani o‘simlikni rivojlanishini ta’minlaydi. Qor o‘zidan sovuqni sekin o‘tkazganligi tufayli u o‘simliklarni sovuq urishdan saqlashga xizmat qiladi. Jumladan Respublikamiz lalmikor dehqonchiligi rivojlangan tumanlarida g‘allazorlar orasiga qayrag‘ochlardan ixotalar tashkil qilingan, ular hosilni ortishiga sabab bo‘lgan. Chunki qor ostidagi maysalar sovuq urushdan saqlanib, tuproq muzlamagan. Qorning salbiy ta’sirini ko‘plab qor yoqqan yillarda (30-40sm) kuzatish mumkin. Bunda qor os- tidagi o‘simliklar sarg‘ayib chirigan. Shudring va qirovning o‘simlikka ta’siri yaxshi o‘rganilmagan, lekin havo namligini oshishiga sabab bo‘ladi. Do‘l o‘simlikka asosan salbiy ta’sir ko‘rsatadi. U daraxt gullarini to‘kadi, mevasini zararlaydi. Tuproqdagi suvlar xilma xil bo‘lib ulardan o‘simlik foydalanadigani gravitatsion va kapilyar suvlar hisoblanadi. Foydalanolmaydiganlariga esa pardasimon, kolloid va gigraskopik suvlar kiradi. Savollar: Iqlim omillariga qaysi omillar kiradi? Uzun kunli va qisqa kunli o‘simliklarga qaysi tur o‘simliklari kiradi? Harorat omili o‘simliklarga nima uchun kerak? Havoning tarkibida qanday gazlar bor? Suvni o‘simliklar hayotidagi ahamiyati nimalardan iborat? O‘simliklar suvga bo‘lgan talabiga ko‘ra qanday guruhlarga bo‘linadi? Download 101.82 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling