Tutash areal deb, ma’lum tur individlarning shu arealni tashkil qilgan maydonlari bo‘yicha tarqal- ishiga aytiladi.
Uzilgan areallar, chuchuq bodom (Amygdalus communis) O‘zbekistonning Parkent tumani va Turkmanistonning G‘arbiy Кopetdog‘ida o‘sadi. Ayrim turlarining areali tor bo‘lishi mumkin, chunki, tashqi muhitning keskin qisqarishi natijasida ular yashaydigan maydon keskin qisqarishi mumkin. O‘zining sobiq maydonlarida saqlanib qolgan bu turlar relekt turlar yoki relektlar deyiladi. Masalan: yong‘oq (juglans regia). Juda ham kichik arealni ishg‘ol qiluvchi turlar endimik turlar yoki endimi- klar deyiladi.
O‘z arealini kengaytirishga ulgurmagan yoki kengaytira olmaydigan turlar neoendemiklar deyiladi. (tog‘li mamlakatlarda yoki orollarda o‘suvchi o‘simliklar). Yer yuzida joylashib ulgurmagan yosh turlar paleoendemiklar deyiladi.
Lentasimon areal -masalan: turang‘il teragi Sirdaryo, Amudaryo va boshqa daryolar bo‘ylarida o‘sadi. Areal chegaralariga antropogen omillar ham katta ta’sir ko‘rsatadi. Masalan: O‘rta Osiyo tog‘lari va cho‘llarida o‘suvchi archa, pista, bodom, yong‘oq, yovvoyi olmalar, saksovul, shuvoq bu- larning areali ancha toraygan. Insonlar ham areallarni kengaytiradi masalan: o‘rta tolali g‘o‘za Ameri- kadan, ingichka tolali g‘o‘za Misrdan, pomidor - kartoshkalar Janubiy Amerikadan olib kelingan.
Insonlar o‘z hayot faoliyatida o‘zi uchun kerakli o‘simliklarni bir joydan ikkinchi joyga ko‘chirib turadilar. Bu umumiy nom bilan introduksiya deyiladi. Masalan: Xitoydan Кavkazning qora dengiz sohillariga choy, sitrus, bambuk, tunga daraxtlarini olib kelib ekilishi.
Savollar:
O‘simliklar jo‘g‘rofiyasi nimani o‘rganadi?
O‘simliklar jo‘g‘rofiyasining qanday bo‘limlari bor?
O‘simliklarni yer shari bo‘ylab tarqalish qonuniyati nimalardan iborat?
O‘simliklar xalq xo‘jaligidagi ahamiyatiga ko‘ra qanday guruhlarga ajratiladi?
Flora deganda nimani tushunasiz?
O‘simlik areali nima va uning qanday xillarini bilasiz?
Do'stlaringiz bilan baham: |