Vakuol, hujayra shirasi va uning tarkibi. Hujayrada uzluksiz modda almashinuvi natijasida vakuol paydo bo‘lib, uning ichida esa suv va unda erigan organik hamda mineral moddalarning erit-
masi joylashadi.
Alkaloidlar azotli organik moddalar bo‘lib, hozirga qadar ularning 700 ga yaqin xili uchraydi. Al- kaloidlar qattiq, suyuq va gaz hollarda bo‘ladi. Ular ko‘knorigulli, dukkakguldooshlar, labguldoshlar oilalarning vakillarida ko‘p uchraydi. Tein choy, teobramin shokolad, kakao koka-kola tarkibida bo‘ladi. Morfin, xinin, kodein kabilar meditsinada dorivor modda sifatida ishlatiladi. Anabazin (anaba- zis o‘simligida) nikotin qishloq xo‘jalik zararkunandalarga qarshi ishlatiladi.
Glikozidlar efirga o‘xshash moddalardir. Ular ko‘pincha hidli, ta’mi achchiq va ba’zan zaharli ham bo‘ladi. Atirguldoshlar oilasi vakillarida amigdalin glikozidi ko‘p. U parchalanganda zaharli sinil kislotasiga aylanishi mumkin. Amigdalin achchiq bodomda, shaftoli, o‘rik, olcha urug‘larida ko‘p bo‘ladi. Sovun o‘ti tarkibida saponin, sitrus o‘simliklarida gesperedin uchraydi. Hujayra shirasida glikozid tariqasida pigmentlar ham mavjud. Ular suv o‘tlarida va yopiq urug‘li o‘simliklarda ko‘p bo‘ladi. Masalan: antotsion pigmenti to‘q-ko‘k, havorang va qizil ranglarda bo‘ladi, gulli o‘simliklarning hamma organlarida uchraydi. Antoxlar pigmenti gultoji barglarida, qisman limon, apel- sin mevalarida uchraydi.
Oshlovchi moddalar (tannidlar) ko‘pincha dub daraxtining po‘stlogida (20 % gacha), choy bargida (20 % gacha) yongok mevasida va boshqa ba’zi o‘simliklarning ildizlarida uchraydi. Ulardan terilarni oshlashda xom ashyo sifatida foydalaniladi.
Organik kislotalar hujayra shirasini tarkibida uchrab achchiq ta’m beradi. Masalan: shavel kislotasi, olma, vino va limon kislotalari. Shavel kislotasi o‘simlik barglarida, yashil novdalarida, pishmagan mevalarda bo‘ladi. Olma kislotasi, olma mevasida, pishmagan malina, ryabina kabilarning mevalarida uchraydi. Vino kislotasi uzum, tut, pomidor mevasida ko‘p bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |