O’zbekiston respublikasi qishloq va suv xo’jaligi
Qishloq xo’jaligida foydaning omilli tahlili
Download 270.83 Kb. Pdf ko'rish
|
qishloq xojaligida foydaning shakllanishi va taqsimlanishi
2.3. Qishloq xo’jaligida foydaning omilli tahlili
Hisobot yilidagi yalpi foyda hajmini biznes-reja bo’yicha ko’zda tutilgan foydaga yoki bazis yilidagi foyda summasiga solishtirib, uning mutloq va nisbiy miqdorlardagi o’zgarishi aniqlanadi. Boshqacha aytganda hisobot yilidagi foydadan bazis yilidagi yoki rejalashtirilgan foyda summasini ayirib, uning o’zgarishi (ko’payganligi va kamayganligi) aniqlanadi. Biz, bu yerda hisobot yilidagi foydaning bazis yiliga nisbatan o’zgarishining tahlilini keltirdik. Hisobot yilida har bir mahsulotni sotishdan olingan yalpi foydaning bazis yiliga nisbatan o’zgarishini (ko’payishini yoki kamayishini) quyidagi formuladan foydalanib aniqlash mumkin: (q 1
1 - q
1 z 1 ) - (q 0 p 0 - q
0 z 0 ) = qpz ∆ ± bunda, q
1, q 0 – mos holda hisobot va bazis yillarida sotilgan mahsulot miqdori; r 1,
p 0 –mos holda hisobot va bazis yillarida sotilgan 1 s. mahsulotning o’rtacha sotish bahosi. z 1, z 0 – mos holda hisobot va bazis yillarida sotilgan 1 s mahsulotning tannarxi. Ushbu keltiririlgan formuladan ko’rinib turibdiki, mahsulotni sotishdan olingan yalpi foydaning o’zgarishiga bevosita quyidagi uch omil ta’sir qiladi: 1. Sotilgan mahsulot miqdorining o’zgarishi (q 1- q
); 2. 1 s mahsulotning o’rtacha sotish bahosining o’zgarishi (r ,- p
); 3. 1 s mahsulotning o’rtacha ishlab chiqarish tannarxining o’zgarishi (z 1- z
). Yalpi foydaning o’zgarishiga omillarning ta’sirini «Ko’rsatkichlar farqi» va «Zanjirli bog’lanish» usullari yordamida aniqlash mumkin. Biz sotilgan paxta misolida 7- jadvalda keltirilgan ma’lumotlar asosida yalpi foyda tahlilini amalga oshiramiz.
PDF created with pdfFactory Pro trial version www.pdffactory.com |
ma'muriyatiga murojaat qiling