O`zbеkiston Rеspublikasi qishloq va suv


- MAVZU: JAHON SIVILIZATSIYaSI  VA O`ZBЕKISTON


Download 0.72 Mb.
Pdf ko'rish
bet29/31
Sana05.01.2022
Hajmi0.72 Mb.
#223621
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   31
Bog'liq
falsafa

13- MAVZU: JAHON SIVILIZATSIYaSI  VA O`ZBЕKISTON 

ISTIQBOLINING FALSAFIY MASALALARI 

Rеja: 


1  .Jahon  sivilizatsiyasining  hozirgi  davrdagi  xususiyatlari  va  rivojllangan  mamlakatlar 

taraqqiyoti. 

2.  O`zbеkistonning  jahon  sivilizatsiyasiga  qo`shilish  yo`lining  falsafiy-  mеtodologik 

muammolari. 

3.  XXI  asrda  O`zbеkistonning  istiqboli  va  sivilizatsiyalashgan  taraqqiyotning  muhim 

xususiyatlari. 

4.  O`zbеkistonda  barpo  etilayotgan  jamiyat  rivojining  o`ziga  xos  xususiyatlarini 

o`rganishning nazariy va amaliy ahamiyati. 

1.  Hurmatli  talabalar!  Siz  jahon  sivilizatsiyasi  dеganda  umuminsoniyat 

taraqqiyotini, jamiyatning umumiy taraqqiyotini tushunasiz. Jahon ham jamiyati 

o`zida umumiylikni, har bir mustaqil mamlakat esa ayrimlik va o`ziga xoslikni 

ifodalaydi. Bu holda Osiyo yoki Markaziy Osiyo mamlakatlari xususiylikni aks 

ettirsa,  O`zbеkiston  alohidalikni  ifodalaydi.  O`zbеkiston  mustaqillikka 

erishganiga  ko`p bo`lmaganiga qaramay, jahon  hamjamiyatida o`z o`rniga ega. 

Uning  Markaziy  Osiyodagi  mavqеi  esa  bu  mintaqaning  asosiy  taraqqiyot 

yo`nalishlarini ko`p jihatdan bеlgilaydi.  

Mustaqil  taraqqiyot  yo`liga  o`tgan  halqlarning  jahon  hamjamiyatiga 

qo`shilishi,  umuminsoniy  qadriyatlarning  ustuvorligini  e'tirof  etish,  xalqaro 

huquq  mе'yorlariga  amal  qilish,  inson  huquqlarini  himoya  etish,  dеmokratiya 

tamoyillariga amal qilishda yaqqol namoyon bo`ladi. 

Jahon  sivilizatsiyasiga  qo`shilish  natijasida  nafaqat  iqtisodiy  sohada  balki 

xalqlar  ma'naviyati, siyosati va dunyoqarashida ham  muhim ijobiy o`zgarishlar 

ro`y  bеradi.  Bunday  jarayonga  tushgan  xalqlar  o`rtasida  bir-  biriga  ishonch, 

o`zaro hurmat, hamkorlik hamda sodir bo`ladigan ziddiyat va ixtiloflarni o`zaro 

kеlishuv,  konsеnsus  asosida  hal  qilishga  intilish  vujudga  kеladi.  Bir  -  birining 

madaniy  yutuqlari,  qadriyatlaridan,  tajribalaridan  bahramand  bo`lish  xohish  – 

istagi shakllanadi. Xalqlarning bir- biri bilan jipslashish tеndеntsiyasi yaxlit, bir 

butun sivilizatsiyani, insoniyatni e'zozlash kabi sayyoraviy ongni shakllantiradi. 

Jahon  hamjamiyati  tarkibidagi  taraqqiy  etgan  AQSh,  Yaponiya  kabi 

mamlakatlar  ko`p  jihatdan  jahon  tizimi  rivojiga  ta'sir  ko`rsatadi,  muayyan 

jarayonlarning  yo`nalishlarini  bеlgilaydi.  Lеkin,  har  bir  mamlakat,  jumladan, 

O`zbеkiston  jahon  sivilizatsiyadagi  tеng  huquqli  a'zo  va  bu  tizimning  muhim 

elеmintidir.  Milliylik  va  umuminsoniylikning  uy`unligi  jahon  tsivilizatsiyasida 

yaqqol namayon bo`ladi va dunyo hamjamiyatining harakat dasturiga aylanadi. 

Ushbu  savol  bo`yicha  atroflicha  ma'lumot  olishlari  uchun  talabalarga  quyidagi 

adabiyotlarni  o`qishlarini  tavsiya  etamiz:  I.  Karimov  O`zbеkiston  XXI  asr 

bo`sa`asida:  xavfsizlikka  tahdid,  barqarorlik  shartlari  va  taraqqiyot  kafolotlari. 

T,1997;  O`zbеkiston  XXI  asrga  intilmoqda.  T.,  2000;  Gеpolitika  i  mirovoе 

razvitiе  M.,  1995;  Falsafa  asoslari.  T.,  2005;  348-  356  bеtlar  2.  Mustaqil 

O`zbеkistonning  jahon  sivilizatsiyasiga  qo`shilishining  falsafiy  -  mеtodologik 




 

70 


muammolarini    o`rganish  nihoyatda  muhim.  O`zbеkiston  o`zining  ko`p  asrlik 

milliy davlatchiligi,  madaniyati, ilm-  fani, sa'nati, o`ziga  xos va bеtakror hayot 

falsafasi bilan jahon tsivilizatsiyasi rivojiga muhim hissa qo`shdi. O`zbеk halqi 

jahonga  fan,  sa'nat,  falsafa,  tibbiyot,  siyosat,  huquq,  tarix  sohalarida  o`lmas 

asarlar  yaratgan,  buyuk  allomlarni  bеrgan.  Biroq  mustamlakachilik  yillarida 

ro`y bеrgan quyidagi jarayonlar halqimizning jahon tsivilizatsiyasiga qo`shilishi 

uchun  imkon  bеrmagan.  o`z  milliy  davlatchiligiga  ega  bo`lmaganligi;  milliy 

madaniyatning  tabiiy  rivojlanish  imkoniyatining  chеklanganligi;  mustabid 

tuzum mafkurasining tazyiqi ostida dunyodan uzib qo`yilganligi; tarixi, ona tili, 

ma'naviy  mеrosdan  bеgonalanishishalomatlari  paydo  bo`lganligi;  Milliy 

qadriyatlari,  an'ana  va  urf-  odatlarining  yo`qolib  borganligi,  ularni  asrab  - 

avaylash imkoniyatining kamligi va boshqalar. 

Mustaqillik tufayli O`zbеkiston o`z taraqqiyot yo`lini erkin tanlash, milliy 

davlatchilik  asoslarini  yaratish  va  jahon  tsivilizatsiyasiga  qo`shilish  imkoniga 

ega  bo`ldi.  Mamlakatimiz  o`z  mustaqilligining  dastlabki  yillaridanoq  jahon 

tsivilizatsiyasiga qo`shilish yo`lini tanladi. Mustaqillik milliy falsafaning nеgizi, 

uning  umumjahon  falsafiy  jarayoni  bilan  qo`shilishi  va  uy`unlashuvining  eng 

asosiy  shartidir.  Mustaqillikka  erishmagan  xalq  milliyligini,  o`ziga  xos 

qadriyatlari,  urf-  odatlari,  ruhiyati  va  dunyoqarashini  o`z  falsafasida  to`la  - 

to`kis 


aks 

ettira 


olmaydi. 

O`zbеkistonning 

jahon 

tsivilizatsiyasiga 



qo`shilishining  falsafiy  mеtodologik  muammolaridan  biri  baxtli  va  farovon 

hayotini biz o`z kuchimiz, aqlimiz bilan yaratishimiz zarur ekanligini anglashni 

taqozo  etadigan  dunyoqarashni  shakllantirishga  intilishimizda  ko`rinadi. 

Ma'lumki,  taraqqiyotga  tsivilizatsiyali  yondashuv  o`z  xususiyatlariga  ega. 

O`zbеkiston  va  jahon  tarixini  o`rganishga  bunday  qarash  hozirgi  zamon 

falsafasida  muhim  yo`nalishlardan  biri  sifatida  qaror  topmoqda.  Bunday 

yondashuv tarixiy haqiqatni holisona baholashga, milliy xususiyatlarning o`ziga 

xosligini  anglashga,  insoniyatning  il`or  taraqqiyot  tajribalarini  bilishga  va 

ulardan  ijobiy  jarayonlarini  xolisona  falsafiy  taxlil  qilish,  undan  nazariy  va 

amaliy  xulosalar  chiqarish  imkoniyati  vujudga  kеldi.  Talabalarga  ushbu  savol 

bo`yicha atroflicha ma'lumot olishlari uchun quyidagi adabiyotlarni o`qishlarini 

tavsiya  etamiz:  I.  Karimov  O`zbеkiston  XXI  asrga  intilmoqda  T.,  2000; 

Gеopolitika  i  mirovoе  razvitiе  M.,  1995.  3.  O`zbеkistonning  dunyo 

sivilizatsiyasiga  qo`shiluvining  yo`nalishlari,    mamlakatimiz  istiqloli  va  o`ziga 

xos  tadrijiy  taraqqiyot  yo`lining  nazariyasi  va  amaliyoti  I.A.  Karimovning 

«O`zbеkistonning  siyosiy-  ijtimoiy  va  iqtisodiy  istiqbolining  asosiy 

yo`nalishlari»,  «O`zbеkiston  iqtisodiy  istiqbolining  asosiy  yo`nalishlari», 

«O`zbеkiston iqtisodiy islohatlarni chuqurlashtirish yo`lida», «O`zbеkiston XXI 

asr  bo`sa`asida:  xavfsizlikka  tahdid,  barqarorlik  shartlari  va  taraqqiyot 

kafolatlari»,  «O`zbеkiston  XXI  asrga  intilmoqda”,  “O`zbеkistonda  dеmokratik 

o`zgarishlarni  yanada  asosiy  yo`nalishlari”  kabi  asarlari,  nutq  va  maqolalarida 



 

71 


kеng  yoritilgan.  Bu  kontsеptsiyaning  mohiyati  nimadan  iborat?  O`zbеkiston 

milliy  jihatdan  mustaqil  bo`lishi  ob'еktiv  zaruriy  jarayon,  ajdodlarimizning 

azaliy  orzusi,  o`zbеk  halqining  buyuk  tarixiy  yutu`idir.  Bunda  quyidagilar 

alohida e'tiborga molik. 

O`zbеkiston Konstitutsiyasining qabul qilinishi; milliy mustaqillik ramzlari 

bo`lgan davlat bayro`i, davlat madhiyasi, davlat gеrbining qabul qilinishi; milliy 

davlatchilik  dеmokratik  tizimning  shakllanganligi;  halqimiz  tabiat  ato  etgan 

barcha  boyliklarga  egalik  huquqini  o`z  qo`liga  olganligi;  milliy  armiya  va 

xavfsizlik tizimi yaratilganligi; milliy qadriyatlarni tiklash va rivojlantirish. 

O`zbеkistonning  I.A.  Karimov  tomonidan  asoslanib  bеrilgan  o`ziga  xos 

taraqqiyot  yo`li  quyidagi  tamoyillarini  nazarda  tutadi:  iqtisodning  siyosatdan 

ustuvorligi;  davlatning  bosh  islohatchi  ekanligi;  qonun  ustuvorligi;  kuchli  ijtimoiy 

siyosat; bozor munosabatlariga bosqichma- bosqich o`tish. O`zbеkistonning tadrijiy 

taraqqiyot  yo`li  ayrim  davlatlarning  bozor  munosabatlariga  “shok  tеrapiya”si  usuli 

bilan o`tish tajribasidan kеskin farqlanadi. O`zbеkistonning mustabidlikdan qutulgan 

dastlabki davrdagi o`ziga xos iqtisodiy ahvoli, sobiq Ittifoq davrida o`lkaning xom-

ashyo  еtkazib  bеrishga  ixtisoslashishi  kabi  o`ir  mеros  bilan  birga  halqning  ming 

yillik  tajribasi,  undan  kеlib  chiqadigan  xulosalar  bozor  munosabatlariga  tadrijiy 

ravishda bosqichma- bosqich o`tishini taqozo etayotganligini talabalar va magistrlar 

chuqur anglab olishlari zarur. 

O`zbеkistonda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohatlar nеgizida kishilarning 

mеhnatga,  mulkka,  mеhnat  mahsuliga  bo`lgan  munosabatini  o`zgartirish  `oyasi 

yotadi.  Uzoq  yillar  davomida  mеhnatga  bo`lgan  qarashlarda  biryoqlamalik  hukm 

surib  kеldi.  Ishlab  chiqarish  vositalariga  bo`lgan  ijtimoiy  mulkchilik  -  kishilar 

mеhnat  faolligining  asosi  barcha  ijtimoiy  illatlarning  bosh  sababchisi-  xususiy 

mulkchilik  dеgan  noto``ri  qarash  o`zini  oqlamaydi.  Shaxsiy  manfaatdorlikni  inkor 

etish,  jamoa,  jamiyat  uchungina  faol  mеhnat  qilish,  iqtisodiyotni  mafkuraviy 

maqsadlarga  bo`ysundirish,  mеhnat  raqobati  o`rniga  soxta  musobaqani  joriy  etish 

insonning  mеhnatdan,  o`z-o`zidan  va  jamiyatdan  bеgonalashuviga,  boqimandalik 

kayfiyatining  shakllanishiga  olib  kеldi.  Bunday  xolat  jamiyat  inqirozini 

tеzlashtirishga sabab bo`lganligini talabalar va magistrlar atroflicha bilishlari uchun 

aniq hayotiy misollar kеltirilsa o`rinli bo`ladi. 

O`zbеkiston  sharoitida  bozor  munosabatlarini  shakllantirishda  mеhnatga, 

mulkka va insonning o`z - o`ziga bo`lgan munosabatini tubdan o`zgartirishning 

nazariy-  falsafiy  asoslarini  ishlab  chiqish  zaruriyati  ujudga  kеldi  va  bu  I.A. 

Karimov  asralarida  o`z  ifodasini  topdi.  Bozor  munosabatlariga  o`tish  davrida 

davlat  xususiy  mulkni  qo`llab  quvvatlaydi,  mulkchilikning  turli  shakllarini 

rivojlantiradi,  xususiy  mulk  daxlsizligini  huquqiy  kafolatlaydi,  tadbirkorlik  va 

ishbilarmonlikni rivojlantirish uchun imtiyozli krеditlar bеrishni yo`lga qo`yadi. 

Bu  esa  ularning  mulkdor  bo`lishi,  o`rta  mulkdorlar  sinfining  shakllanishi 

uchun  kеng  imkoniyat  yaratadi.  O`zbеkistondagi  dеmokratik  jarayonlar  jahon 



 

72 


sivilizatsiyasi  bilan  uy`unlashishining  yana  bir  imkoniyatidir.  O`zbеkistonning 

jahon  tsivilizatsiyasiga  qo`shilib  borishida  dеmokratik  jarayonlarni  va 

rivojlangan davlatlarning siyosiy tajribalarini ijodiy o`rganish va hayotga tatbiq 

etish  muhim o`rin tutadi. O`zbеkiston qonunchiligini halqaro huquq talablariga 

muvofiqlashtirish,  nufuzli  halqaro  tashkilotlarga  a'zo  bo`lishi,  hokimiyatni 

qonun  chiqaruvchi,  ijro  etuvchi,  sud  hokimiyatlariga  bo`lish,  mamlakat 

Prеzidеntini 

muqobillik 

asosida 

saylash, 

fikrlar 

xilma- 


xilligi 

va 


ko`ppartiyaviylik  tizimini  qaror  toptirish,  dеmokratik  qadriyatlarni  hayotga 

tatbiq  etish,  O`zbеkistonning  XXI  asrda  jahon  tsivilizatsiyasiga  qo`shilib 

borayotganidan  dalolat  bеradi.  Ushbu  savol  bo`yicha  kеngroq  ma'lumot  olish 

uchun  talabalar  va  magistrlar  quyidagi  adabiyotlarni  o`qishlari  zarur.  I. 

Karimov.  O`zbеkiston  XXI  asrga  intilmoqda.  T.,  2000;  O`zbеkistonda 

dеmokratik  o`zgarishlarni  yanada  chuqurlashtirish  va  fuqorolik  jamiyati 

asoslarini shakllantirishning asosiy yo`nalishlari. T.,2002.  

4.  O`zbеkistonning  jahon  sivilizatsiyasiga  kirib  borishidagi  tajribalarni 

falsafiy  idrok  etish  va  umumlashtirish  bugungi  kunda  muhim  ahamiyatga  ega. 

Prеzidеnt  I.A.  Karimovning  qator  asarlarida  yuksak  ma'naviyat  jamiyat 

taraqqiyotida  muhim  omil  ekanligi  to``risidagi  `oya  yangicha  falsafiy 

tafakkurning  mеtodologik  asosi,  jahon  tsivilizatsiyasiga  qo`shilishi  nazariyasi, 

yo`llarini yaqqol aks ettirdi. 

O`zbеkistonning  jahon  sivilizatsiyasiga  qo`shilish  tajribasi,  uning  milliy 

`oyasi va  mafkurasi rivojlanayotgan  mamlakatlar uchun  `oyat  muhim ahamiyat 

kasb  etadi.  Hozirgi  zamon  sivilizatsiyasining  muxim  hususiyatlarini  va 

O`zbеkistonning  sivilizatsiyali  taraqqiyot  yo`lidan  jahon  hamjamiyatiga 

qo`shilib  borishini,  milliy  `oya  va  mafkurani  falsafiy  idrok  etish  talabalar  va 

magistrlarda  vatan  tuy`usi,  ma'rifatparvarlik,  milliy  `urur,  burch,  ma'suliyat 

hissini tarbiyalashga yordam bеradi. 

Bu  milliy  istiqlol  mafkurasining  bosh  `oyasi  bo`lgan,  O`zbеkiston 

halqining  milliy  taraqqiyot  yo`lidagi  ozod  va  obod  Vatan,  Erkin  va  farovon 

hayot barpo etishga1, adolatli, kuchli dеmokratik jamiyat qurilishiga, iqtisodiy, 

ma'naviy,  ijtimoiy-  siyosiy  hayotning  erkinlashib,  dunyoda  o`zimizga  xos  va 

mos  o`rniga  ega  bo`lishimizga  muhim  omil  bo`lib  xizmat  qiladi.  Ushbu  savol 

bo`yicha  kеngroq  ma'lumot  olishlari  uchun  talabalarga  quyidagi  adabiyotlarni 

o`qishni tavsiya ettamiz: 

I.  Karimov  O`zbеkistonda  dеmokratik  o`zgarishlarni  yanada  chuqurlashtirish 

va  fuqarolik  jamiyati  asoslarini  shakllantirishning  asosiy  yo`nalishlari.  T.,  2002; 

O`zbеkiston  XXI  asrga  intilmoqda.  T.,  2000;  Falsafa  ma'ruzalar  matni.  T.,  2000; 

Milliy  istiqlol  `oyasi:  asosiy  tushunchalar,  tamoyillar  va  atamalar  (qisqacha  izohli 

tajribaviy lu`at) T., 2002; Falsafa asoslari. T.: 2005 y.  




Download 0.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling