O'zbekiston respublikasi qishloq xo'jaligi vazirligi termiz agrotexnologiyalari va innovatsion rivojlanish instituti
Download 249.27 Kb.
|
10-мавзу
- Bu sahifa navigatsiya:
- 10-MAVZU. OQUV KARTALARI REJA
- Adabiyotlar: A1, A5, A6. Q3, Q16, Q17
- O‘quv kartalari va ularning turlari.
O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI TERMIZ AGROTEXNOLOGIYALARI VA INNOVATSION RIVOJLANISH INSTITUTI10-Mavzu; O'quv kartalari Термиз - 2022 AGROBIOLOGIYA FAKULTETI KARTOGRAFIYA FANIDAN
10-MAVZU. O'QUV KARTALARI REJA 1.O’quv kartalari va ularning turlari 2. O’quv geografik kartalarining mazmuni va jihozlanish xususiyatlari 3. O’quv kartalarining matematik asoslari va komponovkasi 4. Maxsus maktab o‘quv kartalari 5. O’quv o’lkashunoslik atlaslari va o’quv Topografik kartalar 6. Kartani o’qish va uni tushunish 7. Geoinformatsion kartografiya Adabiyotlar: A1, A5, A6. Q3, Q16, Q17 Ma’shg’ulotdan maqsad: O'quv kartalari, kartografik asarlar, o'quv kartalari va ularni turlari, matematik asoslari va kompanovkasi, o'quv o'lkashunoslik atlaslari va o'quv topografik kartalar, kartani o'qish va kartani tushunish, geoinformatsion kartografiya (GIS) o’rganishdan iborat. O‘quv kartalari va ularning turlari. Barcha geografik o‘quv kartalari masshtabi, maqsadi, mazmuni ishlatilishi va boshqa xususiyatlariga qarab turlarga bo‘linadi. Geografiyada dastlab umumgeografik kartalardan foydalaniladi karta borasidagi ko‘nikma, tushuncha va bilimlar oshib borgandan so‘ng mavzuli kartalardan samarali foydalanish imkoniyati tug‘iladi Natijada ma’lum hududlar (materik, davlat va h.k.lar) ning geografik o‘rninigina emas, balki ularda sodir bo‘layotran tabiiy va iqtisodiy geografik o‘zgarishlarni, ularning xususiyatlarini ham bilib olish imkoniyati tug‘iladi. Umumgeografik kartalar ham har xil masshtabda bo‘ladi. Maktabda dastlab yirik masshtabli topografik kartalardan foydalaniladi. Keyingi paytlarda kosmosdan olingan ma’lumotlardan foydalanishga katta e’tibor berilmoqda. Kosmosdan olingan ma’lumotla televidiniye, radio va boshqa ommaviy axborot vositalarida ko‘plab foydalanilmoqda, shu asosida meteorologik va sinoptik kartala tuzilmoqda. Ob-havoni oldindan aytib berishda kosmosdan olingan ma’lumotlarning ahamiyati ayniqsa oshib bormoqda. Ulardan xususan geologiya, tuproqshunoslik, geobotanika, okeanologiya landshaftshunoslik, o‘rmon xo‘jaligi va qishloq xo‘jaligida keng foydalanilmoqda. Geografiya darsliklarida, geografik atlaslarda Yerning «Zond-5» planetalararo kosmik kemasidan 70000 km dan olingan surati berilgan, undan geografiyani o‘qitishda foydalanish mumkin. Birinchidan, kosmosdan olingan suratda Yerning haqiqiy shakli (shar shaklida ekanligi) ko‘rinib turadi. Bunda Yer shaklining bir tomoni (quyoshga qarab turgan tomoni) ko‘rinadi, ikkinchi tomoni (quyosh tushmaydigan tomoni) ko‘rinmaydi, ana shunga qarab o‘quvchilar kun va tun qanday paydo bo‘lishini aniq tasavvur qila oladilar. Ba’zi ilg‘or maktablarda kosmik suratlardan foydalanish bo‘yicha fakultativ darslar olib borilmoqda. Bu esa geografiyani yanada mukammalroq o‘rganish imkonini bermoqda. Maktab o‘quv kartalari boshlang‘ich sinf, o‘rta va yuqori sinf kartalariga bo‘linib, mazmuni va jihozlanishi bo‘yicha ham farq qiladi. Geografiya fanini o‘qitish jarayonida maxsus yozuvsiz kartalardan, panoramali, elektrlashtirilgan, relyefli kartalardan ham foydalaniladi. O‘quv kartalari yirik masshtabli, o‘rta masshtabli va mayda masshtabli kartalarga bo‘linadi. Yirik masshtabli kartalar jumlasiga topografik kartalar kiradi. O‘rta masshtabli kartalarga viloyat, o‘lka va respublikalarning kartalari ham kirishi mumkin (masalan, O‘zbekistonning 1:1 000 000 masshtabli tabiiy geografik kartasi, Toshkent, Samarqand va boshqa viloyatlarning kartalari). Mayda masshtabli kartalar ko‘proq ishlatilib, ular sirasiga yarim sharlar, materiklar, mamlakatlar kartalari kiradi. Ishlatilishi bo‘yicha devoriy kartalar va stol ustida yoyib foydalaniladigan atlas kartalari mavjud. Devoriy kartalar sinfdagi hamma o‘quvchilar uchun mo‘ljallangan. Bunday kartalarda daryolar yo‘g‘onroq chiziladi, shaharlarning nomlari kattaroq ko‘rsatiladi, geografik obyektlarning nomlari kattaroq yozilgan bo‘ladi. Stol ustiga yoyib ishlatiladigan kartalar o‘quvchilarning mustaqil yakka holda dars qilishi uchun mo‘ljallangan bo‘lib, atlaslarda, kitoblarda (rangli va oq-qora rangda) beriladi. Kitoblardagi oq-qora rangdagi kartalar mazmunining soddaligi, sxematik ravishda tuzilganligi, ba’zilarida kartografik turlarning yo‘qligi bilan ajralib turadi. Download 249.27 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling