O'zbekiston respublikasi qishloq xo'jaligi vazirligi


KIRISh Mavzusining dolzarbligi va zaruriyati


Download 92.5 Kb.
bet2/7
Sana23.04.2023
Hajmi92.5 Kb.
#1391255
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Ажинияз иш дастури

KIRISh
Mavzusining dolzarbligi va zaruriyati. Bugungi kunda ipakchilik sanoati dunyoning yetakchi tarmoqlaridan biri hisoblanib hozirga kelib 60 dan ziyod mamlakatlarda pilla va ipakni qayta ishlash yo'li bilan tayyor ipak matolari ishlab chiqarilmoqda. «...Dunyo bo'yicha ipak ishlab chiqarish oxirgi 5 yilda 15,7 foizga ko'payib, yalpi ipak mahsuloti 192,694 tonnaga yetgan. Shuningdek, dunyo bo'yicha ipakchilik tarmog'ining rivojlanish darajasi Fillipinda 182,0 foizga, Eronda 44,0 foizga, Turkiyada 48,9 foizga, Hindistonda 47 foizga, Xitoy Xalq Respublikasida 22,0 foizga va O'zbekistonda 23,6 foizga oshganligi kuzatilgan».1
Dunyo miqyosida Yaponiya, Xitoy Xalq Respublikasi, Hindiston, V'etnam kabi pillachiligi rivojlangan mamlakatlarning ilmiy markazlarida tut ipak qurti zot va duragay pillalarida uchraydigan nuqsonli, ya'ni dog'li, dukurma, atlas, va kar pillalar ulushini kamaytirish borasida genetik-selektsion uslubiyatlar hamda optimal gigrotermik rejim me'yorlarini ilmiy jihatdan asoslashga yo'naltirilgan ilmiy-tadqiqot ishlari amalga oshirilmoqda. Shuning hisobiga ishlab chiqarish sharoitida sanoat pillalarining navdorlik darajasi 80-90 % ga yetishiga, nuqsonli pillalar ulushini esa 3-5% gacha kamayishiga erishilmoqda.
Respublikamizda ipakchilik sohasini rivojlantirishning hozirgi zamon bosqichida pilla yetishtirish xajmi va bir quti urug'dan olinadigan pilla hosildorligini oshirish borasida keng miqyosda chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Natijada ipak qurtining turli duragaylari potentsialidan foydalangan holda hamda urug'larni inkubatsiya qilish, parvarishlash va pillalarga dastlabki ishlov berish texnologiyalarini yaxshilash hisobiga bir quti urug'dan olinadigan pilla hosildorligi 59,0 kg gacha oshishiga erishildi.

O'zbekiston ipakchiligining asosiy vazifalaridan biri pilla yigirish sanoatining talablariga javob beradigan, ipak miqdori yuqori bo'lgan, quruq pillalardan ko'p ipak chiqadigan va yaxshi yigiriladigan, metrik nomeri (teksi) esa 3500 dan va ipak tolasining to'xtovsiz yigirilish uzunligi 600-800 dan kam bo'lmagan yangi zot va duragaylarni yaratish hamda ishlab chiqarishga tadbiq etishdan iboratdir. Bunday yuqori xususiyatlarga ega bo'lish, ko'pincha pilla o'rash sharoitini va ularga dastlabki ishlov berishga ham uzviy bog'liq bo'ladi. Shuning uchun ham pilla o'rashni va pillalarga dastlabki ishlov berishni tashkil qilib, uni shunday olib borish kerakki, O'zbekistonda yetishtirilayotgan tirik pillalardan eng ko'p ipak mahsuloti olishga erishilsin.


Yuqoridagilarni inobatga olib Respublikada yetishtiralayotgan pilla sifatini oshirishda pillalarni terish, topshirish va pillalarga dastlabki ishlov berish jarayonlari muxim ahamiyatga ega ekanligini etiborga olib shu mavzu bo'yicha ilmiy tadqiqotlar olib borishni maqsad qilib qo'ydik

Download 92.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling