O'zbekiston respublikasi qishloq xo'jaligi vazirligi


II-БОБ. ТАЖРИБАЛАР УСЛУБИЁТИ ВА ФОЙДАЛАНИЛГАН МАТЕРИАЛЛАР


Download 92.5 Kb.
bet5/7
Sana23.04.2023
Hajmi92.5 Kb.
#1391255
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Ажинияз иш дастури

II-БОБ. ТАЖРИБАЛАР УСЛУБИЁТИ ВА ФОЙДАЛАНИЛГАН МАТЕРИАЛЛАР
3.1 Tajribani bajarilish sharoiti.
Tajribalar 2023-2024 yillarda institutning Ipakchilik kafedrasi va Taxiatosh tumani bosh pillaxonasida o'tkaziladi.
Tajribani o'tkazishda quyidagi shart sharoitlar yaratiladi.
1. Qurt boquvchi zvenolarning aniqlash.
2. Inkubatoriyani tayyorlash va jixozlash.
3. Qurt boqiladigan xonalarni jixozlash.
4. Qurtlarni zvenolarga vaqtida topshirish.
5. Dastalarni yetarlicha tayyorlash.
6. Pilla o'rash va ularni terish jarayonlarini o'rganish
7. Pillalarni tortishda ishlatiladigan torozi va toshlar.
8. Pillani tortishda foydalanidigan maxsus yashiklarni yetarlicha tayyorlash.
9. Pillaxonalarda tirik pillalar saqlanadigan ayvon va undagi zaruriy anjomlarni tayyorlash.
10. Pillalarni navdorligini aniqlaydigan davlat standarti va navlar etaloni.
11. Tirik pillalarni haroratini aniqlaydigan joyni tayyorlash.
3.2. Tadqiqot bajarishdagi asosiy ob'ektlar.
1. Ipak qurtining urug'lari.
2. Ipak qurtlari.
3. Tut barglari.
4. Etajerka va so'rilar.
5. Dastalar.
6. Pillalar.
7. Pillalarni saqlashdagi haroratni o'lchaydigan asbob.
8. Ipak xom-ashyosi va tolasi.
3.3. Tadqiqotlarni maqsadi va vazifasi.
Ipak qurtlaridan mo'l va sifatli pilla olish uchun ularning bir tekis rivojlantirib o'z vaqtida yetarlicha dasta qo'yish, pilla o'rashda agrotexnikaga rioya qilish, pillalarni o'z vaqtida (etiltirib) terib olish va topshirish zarur. So'ngra pillaxonaga qabul qilingan pillalarni tartibli va meyorida saqlab g'umbagini agregatlarda o'ldirish va quritishni talab etadi.
Ipak qurtlari pilla o'rab bo'lgandan keyin g'umbakka aylangach, ya'ni pilla o'rashning 7-8 kunlari pillani yetilganini aniqlab so'ngra terish kerak. Ammo, juda ko'p xollarda pillalar yetilmasdan (pilla o'rashning 4-5-6 kunlari) terib yuboriladi, natijada pillalar qobig'i to'liq o'ramaydi va namligi yuqori bo'lib tezda pachoq bo'ladi.
Bunday pilalarning navdorligi buzilib sifatsiz pillalarga aylanadi.
Shuningdek terib olingan pillalar o'z vaqtida pillaxonaga topshirilishi lozim. Lekin ko'pincha pillalar losdan tozalanib bir joyga uyib qo'yiladi va 2-3 kun topshirilmasdan savat yoki maxsus yashiklarga solinmasdan qop, qanor, xalta yoki boshqa idishlardan foydalanishadi, natijada pillalar pachoq bo'lib navdorligiga salbiy ta'sir ko'rsatadi.
Pillalar bosh pilaxonaga topshirilgach maxsus ayvonlarda jo'yak qilib balandligi 50 sm gacha va eni 75 sm gacha qilib joylashtirish lozim. Ular orasida yurish uchun ajratilgan joy 50 sm dan kam bo'lmasligi kerak. Navsiz pillalar esa jo'yak oralig'i 50 sm, balandligi 20 sm gacha va eni 75 sm qilib joylashtirilishi lozim.
Ammo pillalarni qabul qiluvchilar va u yerda shu bilan shug'ullanadigan xodimlar yuqoridagi tartib qoidalarga rioya qilishmaydi.
Pillalar torozida tortilgach ajratilgan joyga qator qilib balandligi 0,75-1,0-1,5metr eni 1,5-2,0 metrcha qilib uyib tashlaydilar, oqibatda bunday qalinlikda joylashtirilgan tirik pillalar ichidagi g'umbaklarni nafas olishi qiyinlashib pillaning namligi ortadi va qobiq qizib ketadi. Natijada navli pillalarning sifati buzilib, namligi ortib, qiziydi navsiz pilla miqdori kundan- kunga ortib boradi.
Yuqorida qayd etilgan muamolarni ijobiy xal qilish va pilalarni yetiltirib terish, topshirish pillaxonaga kelish suratini rejalashtirish va pillaxonada saqlanishning me'yoriy muddatlarini aniqlash hamda muddatlarning o'zgarishi va pillalarni saqlash tartibini buzilishi uning sifat ko'ratkichlariga qanday ta'sir etishni tadqiqotlar asosida isbotlab berishni maqsad qilib qo'ydik.
Ushbu maqsadni ro'yobga chiqarish uchun quyidagi vazifalar qo'yiladi:
1. Pillalarni yetilishiga qarab ularning og'irligi va sifat ko'rsatkichlarini aniqlash.
2. Losdan tozalangan pilalarni va xar xil og'irlikda turli idishlarga solib topshirish va sifatini aniqlash.
3. Tirik pillalarni pillaxonaga kelish suratini rejalashtirish.
4. Turli balandik va qalinlikda saqlangan pillalarning navdorlik ko'rsatkichlarning aniqlash.
5. Turli xil balandlik va qalinlikda joylashtirilgan pillalardan namuna olib, g'umbagi o'ldirilgan pillalarning texnologik xususiyatlarni aniqlash.

Download 92.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling