O'zbekiston respublikasi qishloq xo'jaligi vazirligi


Tadqiqot olib borish usuli


Download 92.5 Kb.
bet6/7
Sana23.04.2023
Hajmi92.5 Kb.
#1391255
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Ажинияз иш дастури

3.4 Tadqiqot olib borish usuli.
Ipak qurtini boqib pilla o'ragach ularni terish, topshirish va pillaxonada saqlash muddatlarini sifat ko'rsatkichlariga ta'sirini o'rganish uchun respublika viloyatlarida boqilayotgan O'zbekiston-5 x O'zbekiston-6 va ipakchi -2 x ipakchi -1 nomli duragaylardan foydalaniladi. Tadqiqot ishlariga qarab quydagicha variantlar tuzildi va pilalarni yetilganlik darajasi, namligi, xosildorligi va sifati aniqlandi.
Variant – 1. Terilgan pillalar turli og'irlikda va turlicha idishlarga (qanor, qop, xalta, savat, maxsus yashiklar va x.k.zo) solib topshiriladi.
Variant -2. Pillaxonaga qabul qilingan pillalar g'umbagi o'ldirilgunga qadar 3,5,7 kun maxsus yashiklarga solib saqlanadi va harorat o'lchanib pilla sifati aniqlanadi.
Variant – 3. Tirik pillalarni terish va pillaxonaga qabul qilish hamda agregatlarda g'umbagini o'ldirish muddatlari rejalashtiriladi.
Tajribalar nixoyasida quyidagi ko'rsatkichlar aniqlanadi:
1. Tirik pillalarni terish muddatiga qarab yetilganligi va sifati aniqlandi.
2. Tirik pillarni qanday idishlarga solib, topshirishga qarab sifati aniqlanadi.
3. Tirik pillalarni pillaxonaga kelish surati aniqlanadi va rejalashtiriladi.
4. Tirik pillalarni pillaxonada g'umbagi o'ldirgunga qadar turli muddatlarda saqlanganda uning namligi, qizish xarorati va sifati ko'rsatkichlarini aniqlash.
5. Pillalarni texnologik xususiyatlarini aniqlash.
FOYDALANILGAN ADABIYoTLAR RO'YXATI
Prezident qarorlari va me'yoriy hujjatlar:
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 29 martdagi “O'zbekipaksanoat uyushmasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to'g'risida”gi PQ-2856-son qarori. - Toshkent, 2017. 1-5-b.
1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 20 martdagi “Pillachilik tarmog'ini yanada rivojlantirish bo'yicha qo'shimcha chora- tadbirlar to'g'risida”gi PQ-3616-son qarori. - Toshkent, 2018. 1-4-b.
2. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 17 yanvardagi “Pillachilik tarmog'ida ipak qurti ozuqa bazasini rivojlantirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida” PQ-4567-sonli qarori. - Toshkent, 2020. 1-5-b.
3. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 2 sentyabrdagi “O'zbekiston Respublikasi ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qo'mitasi faoliyatini tashkil etish to'g'risida”gi PQ-4817-sonli qarori. - Toshkent, 2020. 1-4-b.

Download 92.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling