O’zbekiston respublikasi qishloq xo’jalik vazirligi o’zbekiston respublikasi oliy va o’rta ta’lim vazirligi


Download 348.75 Kb.
bet3/7
Sana14.02.2023
Hajmi348.75 Kb.
#1198371
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
1-KURS AMALIYOT DASTURI

Umumiy qoidalar.

Umumiy zootexniya amaliyotlarining dasturi O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risida”gi Qonuni va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” talablariga mos ravishda, 5410600-Zootexniya (turlar bo’yicha) ta’lim yo’nalishi bo’yicha ishlab chiqilgan.


1.1. Kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish eng avvalo oliy ta’limning barqaror va aniq maqsadli rivojlanishini ta’minlovchi, islohotlarni amalga oshirishning muayyan yo’l - yo’riqlarini qamrab olgan me’yoriy hujjatlardan biri, amaliyot dasturlarini o’z vaqtida ishlab chiqish va tadbiq etishni talab etadi. Malakaviy amaliyot bakalavriat yo’nalishlari va magistratura mutaxassisliklari uchun kadrlar tayyorlashning muhim qismi bo’lib, O’zbekiston Respublikasi Qishloq xo’jalik vazirligi, O’zbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo’mitasi, korxonalar, aktsionerlik jamiyatlari bilan kelishilgan holda naslchilik xo’jaliklari, korxona va aktsiyadorlik jamiyatlari qoshida tashkil etilgan unitar korxonalar, fermer, dehqon va aholining shaxsiy yordamchi xo’jaliklarida tashkil etiladi. Malakaviy amaliyotni o’tash davrida talabalar fanlar bo’yicha olgan nazariy bilimlarini ishlab chiqarish bilan bog’lab o’rganadilar. Davr davomida talabalar o’zlarida ko’nikma hamda malaka hosil qiladilar.

    1. Har bir amaliyotning maqsadi, vazifasi, mazmuni va o’tkazish muddati Davlat ta’lim standarti (DTS), fanlarning namunaviy dasturlari va ishchi o’quv rejalariga mos holda belgilanadi.

2. Amaliyotni tashkil etish va unga rahbarlikni amalga oshirish.
2.1. Talabalarningumumiy zootexniya amaliyotlari belgilangan muddatda va tartibda filial tomonidan O’zbekiston Respublikasi veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo’mitasi hamda filialning tashkilotlar, aktsiyadorlik jamiyatlari, naslchilik xo’jaliklari, fermer xo’jaliklari, chorvachilik mahsulotlarini qayta ishlashga mo’ljallangan korxonalar va turli mulk shaklidagi chorvachilik bilan shug’ullanuvchi yuridik maqomga ega bo’lgan korxonalari bilan tuzgan shartnomalari asosida tashkil qilinadi.
2.2. Yuridik shaxs va tashkilotlar bilan tuzilgan shartnomalar asosida ta’lim olayotgan talabalar umumiy zootexniya amaliyotlarini o’tash uchun aynan ushbu ob’ektlarga yuboriladi.
2.3. Amaliyotlarni tashkil qilish va uni amaldagi talablar asosida chorvachilik fermalarida karantin tartib qoidalariga amal qilgan holatda zom dasturi, ishtimoiy telegram, Youtube tarmoqlarida onlayin filial tomonidan va chorvachilik fermalari tomodan biriktirilgan rahbar tomonidan olib boriladi.
2.4. Amaliyotlarni tashkil qilish va uni amaldagi talablar asosida samarali ravishda o’tkazish filial direktori va fakultet dekani zimmasiga yuklatiladi.
2.5. Amaliyotlar ikki tomonlama tuzilgan bitimlar asosida xorijiy mamlakatlarning chorvachilik xo’jaliklari, chorvachilik mahsulotlarini qayta ishlash korxonalarida, o’quv muassasalarida va turdosh tashkilotlarda ham o’tkazilishi mumkin.

Download 348.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling