O'zbekiston respublikasi qoraqolpog’iston respublikasi toshkent gumanitar fanlar universiteti
Download 171.93 Kb.
|
Xristian dini.(KURBONBOYEV BEHZOD)
Adventistlar harakati. Adventistlar (lotincha - kelish) harakati Amerikada XIX asrning 30 yillari og‘ir iqtisodiy buhron (krizis), umumiy ishsizlik davrida vujudga keldi. Uning asoschisi Vilyam Miller (1782-1849). Adventistlar bir necha mustaqil cherkovlarga bo‘lingan bo‘lib, ularning eng kattasi «Ettinchi kun adventistlari». Ularning asosiy g‘oyasi Isoning ikkinchi bor erga tushishi va insoniyatni xalos etib, shayton va uning tarafdorlarini bilan urushib, ularni mutlaq yakson qilishidir. Ular kishilarni Isoni kutib olish uchun yaxshi axloqli bo‘lishga chaqiradi. Adventistlar dindorlardan o‘z mablag‘laridan o‘ndan birini cherkov hisobiga o‘tkazishlarini va tinmasdan targ‘ibot ishlarini olib borishlarini talab qiladi. Iso payg‘ambarning ikkinchi marta erga qaytishi haqidagi bashorat najot yo‘li deb hisoblanadi.
Hozirgi paytda G‘arbiy hamda SHarqiy cherkovlarning rahbarlari ko‘p asrli ixtiloflarning ayanchli oqibatlarini bartaraf qilishga intilmoqdalar. Masalan, 1964 yili Rim Papasi Pavel VI va Konstantinopol patriarxi Afinagor ikkala cherkov vakillarining XI asrda aytgan o‘zaro qasamyodlarini tarqoqligini bartaraf qilish uchun birinchi qadam qo‘yildi. XULOSA Xristian dini jahon dinlaridan biri.aynan shu dinga dunyo aholisining kata qismi e’tiqod qiladi.Keyinchalik cho’qintirishdagi raqobat bu cherkovni ikki katta oqimga bo’lishiga sabab bo’ldi.Keyinchalik Xristian cherkovi obro’si shu darajada borib yetdiki,papalar qirol hokimiyatiga ta’sir o’tkaza boshladi.O’rta asrlarda katolik cherkovi dushmanlariga qarshi shavqatsiz usullar bilan ularni sonini kamaytirdi.Eng qizig’i ular ilm-fan arboblariga qarshi qiynoq choralarini ko’rdi.Fikridan qaytganlari omon qoldi faqat o’zining ta’limotidan voz kechdi,voz kechmaganlari esa o’tda yondirildi.Cherkov hatto hali amalga oshmagan gunohlarni kechirishni pul evaziga o’z bo’yniga oldi.Bu sotiluvchi yorliq INDULGENSIYA deb atalgan.Katolik cherkovi katolik davlatlaridan soliq ham undirgan.Ayrim vaqtlarda bu hol Rim Papasi va qirol o’rtasidagi kelishmovchiliklarga sabab bo’lgan(Filipp IV va Bonifatsiy VIII o’rtasida nizo.Bunda qirol cherkovdan soliq talab qilgan).Keyinchalik din niqobi ostida xristianlar Yaqin Sharqqa salib yurishlarini uyushtirganini ta’kidlash lozim.Bu yurishlardan Deyarli hech kim foyda ko’rmadi.XVI asrga kelib Germaniya reformatsiya(dinni isloh qilish) bo’lib o’tdi.Bu isloh qilish natijasida yangi oqim protestantlik paydo bo’ldi.Avvalboshida, Germaniyada yuzaga kelgan bu din keyinchalik butun G’arbiy Yevopa bo’ylab tarqaladi.Bu oqim kelishi bilan katolik dini unga qarshi kurash olib bordi ayniqsa Fransiyada bu urush diniy qirg’inlarga ham sabab bo’ldi.Angliyada reformatsiya nisbatan nisbatan yengil o’tdi.Bunga sabab reformatsiya qirol tomonidan qo’llab-quvvatlangani bo’ldi. Download 171.93 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling