Oʻzbekiston Respublikasi qurolli kuchlari Quruqlikdagi Qo’shinlar tarkibi


Download 44.57 Kb.
bet4/4
Sana04.04.2023
Hajmi44.57 Kb.
#1324086
1   2   3   4
Bog'liq
quruqlikdagi qo\'shinlari qism va bo\'linmalar ning tashkiliy-shtat tuzilishi

QK tuzilmasi
Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarini barpo etishning tashkiliy davri yakunlangach, oldindagi vazifa uni zamon talablari asosida isloh qilishdan iborat boʻldi. Bunda avvalo qoʻshinlar qoʻllanishning strategik va taktik jihatidan kelib chiqib, Qurolli Kuchlar tuzilishi asosi Oʻzbekiston Respublikasini himoya qila oladigan qoʻshinlar va maxsus qoʻshinlarni tuzishga qaratildi. Bular:
1. quruqlikdagi qoʻshinlar; harbiy havo kuchlari va harbiy havo hujumidan mudofaa qoʻshinlari;
2. maxsus va muhandislikquruvchilik qoʻshinlari; Ichki ishlar vazirligining ichki va qorovul qoʻshinlari;
3. Milliy xavfsizlik xizmatining harbiylashtirilgan qismlari va chegara qoʻshinlari.
· Quruqlikdagi qoʻshinlar tarkibiga motooʻqchi, tankchi va artilleriya qoʻshilmalar va qismlaridan, havo desanti, hujumchi desant, havo hujumidan mudofaa boʻlinmalari, tez harakat qiluvchi kuchlar qismlari, taʼminot qismlari va boʻlinmalari kiradi.
· Harbiy havo kuchlari Qurolli Kuchlarning eng yuqori manyovrlangan qoʻshin turlaridan biri hisoblanadi.
· Maxsus qoʻshinlar jangovar harakatlarni operativ taʼminlash masalalarini hal etish uchun moʻljallangan.
· Qoʻshinlarning harakati va manyovri uchun yoʻllarni tayyorlashda muhandislik boʻlinmalarining tutgan oʻrni alohida. Bu boʻlinmalar gʻildirakli va zanjirlik asoslardagi yoʻlyotqizgich, minalardan tozalovchi muhandislik mashinalari, koʻprik quruvchilar hamda oʻziyurar mexanizatsiyalashgan koʻpriklar kabi maxsus texnika turlari bilan taʼminlangan.
· Qoʻshinlarning muvaffaqiyati koʻp jihatdan harbiy aloqa qoʻshinlariga bogʻliq. Ular qoʻshinlar va qurollarni boshqarish tizimida axborotlarni almashtirish xizmatini bajaradilar. Aloqa qoʻshinlari simli aloqa, radioaloqa, maxfiylashtirilgan aloqa vositalaridan foydalangan holda harbiy harakatlarning borishiga taʼsir oʻtkazadilar.
· Muhandislik quruvchilik qoʻshinlari Qurolli Kuchlar infratuzilmasi taraqqiyotini taʼminlash va davlat strategik iqtisodiy dasturini bajarishga hissa qoʻshib kelmoqda. Urush sharoitida mazkur qoʻshinlarga mudofaa binolarini, kommunikatsiya qurilishlari va qutqaruvavariya ishlarini bajarish yuklatilgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Chegara qoʻshinlari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1992-yil 24-martidagi farmoniga koʻra tuzildi. Chegara qoʻshinlariga OʻzR davlat chegaralarini, uning suverenitetini himoya qilish vazifasi qoʻyilgan. Ichki ishlar qoʻshinlarining maxsus boʻlinmalari muhim davlat obʼyektlarini qoʻriqlash, maxsus harbiy operatsiyalarda qatnashish, terrorchilarga qarshi kurash kabi vazifalarni bajaradi.
Urush holatida Oʻzbekiston Qurolli Kuchlari oʻz vazifalarini OʻzR Milliy xavfsizlik xizmati qoʻmitasi va Ichki ishlar vazirligi bilan birgalikda amalga oshiradi. Ularning birgalikdagi harakatini muvofiqpashtirish uchun 2000 yilda Mudofaa Vazirligida Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining Birlashgan Shtabi tuzildi.
Qurolli Kuchlarga Oliy boshqaruvni Prezident amalga oshiradi. Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 93-moddasiga muvofiq, Prezident Respublika Qurolli Kuchlarining Oliy Bosh qoʻmondoni hisoblanadi.
Qurolli Kuchlarning tashkiliy davrida Qurolli Kuchlar tashkiliyshtat tuzilishi takomillashtirildi va unga muvofiq harbiy qismlar, muassasalar va harbiy oʻquv yurtlari isloh qilindi; harbiy bilim yurtlari tarmoqlarini kengaytirish va Qurolli Kuchlar akademiyasini barpo etish hisobiga milliy kadrlar tayyorlashning mukammal tizimi yaratildi; Qurolli Kuchlar vazifalariga binoan, harbiy xizmatchilar barcha toifasining taʼlim jarayoni yaxshilandi; mintaqadagi geostrategik vaziyat va harbiy-siyosiy holat hisobga olinib, qoʻshinlarni joylashtirish tizimi takomillashtirildi. Bu — davlat chegaralarini hamda xalqimiz manfaatlarini ishonchli himoya qilish imkonini yaratdi; zamon talabiga javob bera oladigan qoʻshinlarni barqaror boshqarish tizimi barpo etildi; harbiy xizmatni tashkil etishning infratuzilmasi yaratildi; OʻzRning Konstitutsiyasi, „Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat toʻgʻrisida“, „Mudofaa toʻgʻrisida“ qonunlari, 1996 yilda Umumharbiy Nizomlar qabul qilinishi bilan Qurolli Kuchlarimiz huquqiy bazasi yaratildi.
Oliy Majlisning 1-chaqiriq 14-sessiyasida Qurolli Kuchlarni, Chegara va Ichki qoʻshinlarni yagona davlat siyosati asosida bosqichmabosqich chuqur isloh etish masalalariga qaratildi. Qurolli Kuchlarni isloh qilishda jahon va davlatimiz harbiy yutuqlari, harbiy qurilishning ilgʻor tajribalari va fanidan foydalanildi. Jangovar vazifalarni hal qilishning yanada samarali imkoniyatlarini izlash borasida faol ish olib borildi. Bunda, albatta, ekstremizm va xalqaro terrorizm faoliyatining faollashuvi kabi yangi omillarga qarshi kurash ham nazarda tutildi. Islohot shaxsiy tarkibni maʼnaviyaxloqiy tarbiyalashni, ularning professional tayyorgarligini va qayta tayyorlashni tashkil etishning butun tizimini qaytadan koʻrib chiqishni koʻzda tutadi. U jangchilarda Vatanga muhabbat va sadoqatni, yuksak maʼnaviy fazilatlar va mustahkam irodani tarbiyalashga, professionalizmni, aʼlo jangovar tayyorgarlikni taʼminlashga yoʻnaltirilgan.
Oʻzbekiston Qurolli Kuchlari tizimida olib borilgan islohotlar, davlat mudofaasini tashkil etish borasida toʻplangan tajribalar asosida OʻzRning „Mudofaa toʻgʻrisida“gi qonuni Oliy Majlisning2chaqiriq 5sessiyasida 2001-yil 11-mayda yangi tahrirda tasdiqlandi.
Qonun davlat mudofaasining siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiyhuquqiy tadbirlar majmuidan iboratligini nazarga olgan holda mudofaa masalasida OʻzR Prezidenti, Vazirlar Mahkamasi, Mudofaa vazirligi, Qurolli Kuchlar Birlashgan shtabi, harbiy okruglar, vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlarining fuqarolarning oʻz-oʻzini boshqarish organlari, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar hamda mamlakat fuqarolarining davlat mudofaasini taʼminlashdagi vakolatlarini belgilab berdi.
Mudofaa va Qurolli Kuchlarga rahbarlikni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti — Respublika Qurolli Kuchlarining Oliy Bosh qoʻmondoni amalga oshiradi. Urush sharoitida OʻzR Mudofaa vaziri bir paytning oʻzida Qurolli Kuchlar Oliy Bosh qoʻmondonining oʻrinbosari hisoblanadi.
Oʻzbekiston Respublikasining Konstitupiyasida belgilangan tartibga koʻra, Respublika Qurolli Kuchlari Oliy Bosh qoʻmondoni OʻzRga hujum qilinganda yoki tajovuzdan birbirini mudofaa qilish yuzasidan tuzilgan shartnoma majburiyatlarini bajarish zaruriyati tugʻilganda urush holati, umumiy yoki qisman safarbarlik eʼlon qiladi hamda OʻzRning butun hududida yoki uning ayrim joylarida favqulodda holat joriy etadi; Qurolli Kuchlarning oliy qoʻmondonlarini tayinlaydi va vazifasidan ozod qiladi, oliy harbiy unvonlarni beradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi oʻz tasarrufidagi qoʻshinlarga boshqaruvni amalga oshiradi, mudofaa va harbiy qurilish sohasidagi davlat siyosati yuritilishini, OʻzR Mudofaa vazirligi qoʻshinlarining zamonaviy qurolyarogʻlar, harbiy texnika va moddiytexnika vositalari bilan jihozlanishini, harbiy hamkorlik kengaytirilishini, chaqiruvning va Qurolli Kuchlar kadrlari tayyorlashning tashkil etilishini taʼminlaydi.
Qoʻshinlarni operativ boshqaruvini tashkil etish maqsadida Harbiy okruglar tashkil etildi. Harbiy okrug bu — operatsion yoʻnalishlarda OʻzRning xavfsizligini taʼminlovchi asosiy harbiymaʼmuriy birlik hamda umumqoʻshin tezkorstrategik hududiy birlashmasidir. Harbiy okruglar tashkil etilishi bilan qoʻshinlar va qismlarni qayta joylashtirish amalga oshirildi. Bu ularni eng muhim strategik yoʻnalishlarda jamlashga, hududiy mudofaaning haqiqiy tizimini shakllantirishga imkon berdi. Bugungi kunda har bir harbiy okrug, yirik qismlar oʻz oʻquv poligonlariga ega va ularda harbiy texnikani boshqarish koʻnikmalarini hosil qilish, jangovar qurollardan otish, artilleriya, havo janggi tayyorgarligi, vzvod, batalon, qism tarkibida taktik oʻquv mashgʻulotlarini oʻtkazish uchun barcha sharoitlar yaratildi.
Harbiy islohotlar strategiyasi asosida son jihatidan uncha katta boʻlmagan, zamonaviy qurolyarogʻ va texnika bilan qurollangan armiyani, jangovar harakatlar olib borishning eng samarali usullarini egallagan va har qanday bosqinchi kuchlarga qarshi turishga hamda zarba berishga qodir boʻlgan tezkor, har tomonlama oʻziga suyangan va taʼminlangan qismlarni tuzish asoslari yaratildi.
Bugungi kunda mamlakatimizda Mudofaa vazirligining Toshkent umumqoʻshin komandirlari, Samarqand avtomobilchi komandirmuhandislar, Chirchiq tankchi komandirmuhandislar, Jizzax aviatsiya oliy harbiy bilim yurtlari, Toshkent axborot texnologiyalar universitetining maxsus aloqa fti, Ichki ishlar vazirligining Toshkent oliy harbiy texnika bilim yurti, Yongʻin xavfsizligi oliy texnika maktabida Qurolli Kuchlar saflariga turli mutaxassisliklar boʻyicha malakali kadrlar tayyorlanmoqda. 1995 yil 2 sentyabrda Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari akademiyasi ochildi. Harbiy kasbni tanlovchi yoshlar uchun Toshkent, Samarqand, Urganch va Fargʻona shahrilarida harbiy mutaxassisliklarga yoʻnaltirilgan litseylar faoliyat koʻrsatmoqda. Harbiy litsey tinglovchilari 2 yil mobaynida harbiy koʻnikma toʻplab, oʻzlari tanlagan qoʻshin turlari boʻyicha oliy harbiy bilim yurtiga yoʻl oladilar.
Download 44.57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling