Mustaqil ish va topshiriqlarning mavzulari hamda
axborot - uslubiy ta’minoti
Mustaqil ishni bajarishdan asosiy maqsad – professor-o‘qituvchilarning bevosita
rahbarligi va nazorati ostida talabalarni semestr
davomida fanlarni uzluksiz
o‘rganishini tashkil etish, olgan bilim, ko‘nikmalarini chuqur o‘rganib mustahkamlash,
kelgusidagi darslarga tayyorgarlik ko‘rish, aqliy mehnat madaniyatini, yangi bilimlarni
mustaqil ravishda izlab topish va qabul qilishni shakllantirishdan iborat.
Mustaqil ish mazmuni o‘quv jarayonida olingan bilim va ko‘nikmalarni
darsliklar, o‘quv qo‘llanmalari, qo‘shimcha adabiyotlar
va boshqa axborot uslubiy
vositalarini mustahkamlashdan iborat.
Mustaqil ish mavzularini fanni alohida mavzulari va bo’limlarini
yanada
chuqurroq ko’rib chiqishga bag’ishlangan. Mustaqil ishlar referat shaklida, xulosa va
foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati tartibida bajarilishi shart. Mustaqil ishlarni bajarish
uchun internetdan qo’shimcha ma’lumotlarni (bu dasturga tegishli bo’lmagan
ilmiy
maqolalar, bloglardan mualliflik qaydlari badiiy materillar) olish tavsiya qilinadi.
Ta’lim jarayonida innovatsion texnologiyalarni, o’qitishning interfaol usulllarini
qo’llash talaba tomondan mustaqil tanlanadi. Talabalarning mustaqil ta’limni tashkil
etish tizimli tarzda, ya’ni usluksiz va uzviy ravishda amalga oshiriladi. Talaba olgan
nazariy bilimini mustahkamlash, shu bilan birga navbatdagi yangi puxta o’zlashtirilishi
uchun mustaqil ravishda tayyorgarlik ko’rish kerak.
Mustaqil ish uchun bajarilgan har bir ishga 3 balldan ajratilgan va ballarni qo’yish
jarayonida quyidagilar e’tiborga olinadi:
1. Mustaqil ish hajmining va rasmiylashtirish qoidalarining talabga muvofiqligi;
2. Referat berilgan mustaqil ish mavzusiga mosligi;
3. Berilgan mavzuning to‘liq yoritilganligi;
4. Mustaqil ishda yangi ma’lumotlardan foydalanilganligi;
5. Mustaqil ishni bajarishda qo‘shimcha adabiyotlardan
va maqolalardan
foydalanilganligi;
6. Mustaqil ishni bajarish davomida dasturiy mahsulotlar
yaratilganligi va tahlil
qilinganligi.