Oʻzbekiston respublikasi raqaml texnologiyalar vazirligi


Ishlab chiqarish mikroiqlimining gigiyenik normalari


Download 0.71 Mb.
bet8/8
Sana19.06.2023
Hajmi0.71 Mb.
#1612815
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Begim jkjkm,

3.2 Ishlab chiqarish mikroiqlimining gigiyenik normalari

Ishlab chiqarish mikroiqlimi normalari mehnat xavfsizligi standartlari sistemasi "Ish muhiti mikroiqlimi" ga asosan belgilangan. Ular gigiyenik va texnik iqtisodiy negizlarga asoslangan.


Sanoat korxonalari xonalarining xarakteri, yil fasllari va ish kategoriyasiga qarab, ulardagi harorat, nisbiy namlik va havo harakatining ish joylari uchun ruxsat etilgan normalari belgilangan.
Ish kategoriyalari quyidagicha belgilanadi: yengil jismoniy ishlar (I kategoriya)–oʻtirib, tik turib yoki yurish bilan bogʻliq holda bajariladigan, biroq muntazam jismoniy, zoʻriqish yoki yuklarni koʻtarishni talab qilmaydigan ishlar, energiya sarfi soatiga 150 kkal (172 J.S) ni tashkil etadi. Bunga radio qisimlarini yigʻish korxonasi, aniq asbobsozlik va shu kabi korxonalar kiradi.
Oʻrtacha ogʻirlikdagi jismoniy ishlar (II kategoriya)–soatiga 150-250 kkal (172-293 J.S) energiya sarflanadigan faoliyat turlari kiradi. Bunga doimiy yurish va ogʻir boʻlmagan (10 kg gacha) yuklarni tashish bilan bogʻliq boʻlgan ishlar kiradi. Masalan, mexanik-yigʻuv, payvandlash tsexlaridagi ishlar shular jumlasidandir.
Ogʻir jismoniy ishlar (III kategoriya)–muntazam jismoniy zoʻriqish xususan ogʻir yuklarni (10 kg dan ortiq) muttasil bir joydan ikkinchi joyga koʻchirish va koʻtarish bilan bogʻliq ishlar kiradi. Bunda energiya sarfi soatiga 250 kkal (293 J.S) dan yuqori boʻladi. Bunday ishlar temirchilik, quyuv va boshqa qator tsexlarda bajariladi.
Harorat, nisbiy namlik va havo harakatining tezligi risoladagi va yoʻl qoʻyilishi mumkin boʻlgan miqdorlar koʻrinishida normalanadi. Risoladagi miqdorlar deganda odamga uzoq muddat va muntazam taʼsir qilganda tashqi muhitga moslashuv reaktsiyalarini kuchaytirmasdan organizmning normal faoliyatini va issiklik holatini saqlashini taʼminlaydigan miqroiqlim koʻrsatgichlarining yigʻindisi tushunilib, ular issiqlik sezish moʻtadilligini vujudga keltiradi va ish qobiliyatini yuksaltirish uchun shart-sharoit hisoblanadi. Yoʻl qoʻyilishi mumkin boʻlgan mikroiqlim sharoitlari-organizmning faoliyatini va issiqlik holatdagi oʻzgarishlarini, fiziologik moslanish imkoniyatlaridan chetga chiqmaydigan tashqi muhitga moslashish reaktsiyalarining kuchayishini bartaraf etadigan va tez normaga soladigan mikroiqlim koʻrsatgichlarining yigʻindisidir. Bunda sogʻliq uchun xatarli holatlar vujudga kelmaydi, biroq nomoʻtadil issiqlik sezgilari, kafiyatning yomonlashuvi va ish qobiliyatining pasayishi kuzatilishi mumkin. 1,2 jadvalarda mikroiqlimning risoladagi va yoʻl qoʻyilishi mumkin boʻlgan normalari keltirilgan. Doimiy ishlarda 1-jadvalda keltirilgan miqdorlar taʼminlanishi lozim, ular havoni mutadillashtirishda ham majburiydir. Biroq qator hollarda, masalan issiqlik koʻp ajralib chiqadigan yoki isitiladigan xonalarining hajmi katta metallurgiya, mashinasozlik va boshqa zavodlarda yoʻl qoʻyiladigan normalarga (1,2 jadval) asoslanishi mumkin, biroq mehnat va dam olish rejimlariga qoʻyiladigan gigiyenik talablarga, organizmning issiqlab ketishi va sovuq qotishini oldini olishga qaratilgan barcha vositalaridan foydalanishga ham amal qilish zarur.
1-Jadval

Yil fasli

Ish kategoriyalari

Havoning
harorati, oS

Nisbiy
namligi, %

Harakat
tezligi, m/c

Sovuq

Yengil — I

20 – 23

60 — 30

0,2

Oʻrtacha ogʻirlikdagi-IIa

18 – 20

60 — 40

0,2

Oʻrtacha ogʻirlikdagi-IIb

17 –19

60 — 40

0,3

Ogʻir-III

16 – 18

60 — 40

0,3

Iliq davr

Yengil-I

20 – 25

60 — 40

0,2

Oʻrtacha ogʻirlikdagi-IIa

21 – 23

60 — 40

0,3

Oʻrtacha ogʻirlikdagi-IIb

20 –22

60 — 40

0,4

Ogʻir-III

18 – 21

60 — 40

0,5

Issiq

Yengil-I

20 – 30

60 — 40

0,3

Oʻrtacha ogʻirlikdagi-IIa

20 – 30

60 — 40

0,4 — 0,5

Oʻrtacha ogʻirlikdagi-IIb

20 – 30

60 — 40

0,5 — 0,7

Ogʻir — III

20 – 30

60 — 40

0,5 — 1,0
Ishlab chiqarish xonalari ish xonasidagi havoning harorati, nisbiy namligi va harakat tezligining normalari.

2-Jadval
Yilning sovuq va iliq davrida ishlab chiqarish xonalari harorati, nisbiy namligi va havo harakati tezligining yoʻl qoʻyiladigan normalari



Ish kategoriyalari

Havo harorati, oS

Nisbiy namligi, %

Harakat tezligi, m/c

Tashqaridagi havo harorati, oS

Yengil — I

19 — 25

75

0,2

15 — 30

Oʻrtacha ogʻirlikdagi-II a

17 — 23

75

0,2

15 — 30

Oʻrtacha ogʻirlikdagi-II b

15 — 21

75

0,4

15 — 30

Ogʻir — III

13 — 19

75

0,5

15 — 30

Normalarda organizmning tashqi muhitga moslashish faqat tashqi sharoitlarga emas, balki mehnatning ogʻir-yengilligiga bogʻliq holda oʻzgarib turadigan issiqlik hosil qilishi miqdoriga aloqadorligi ham hisobga olinadi. SHunga koʻra yengil ishlarda, oʻrtacha ogʻirlikdagi va ogʻir ishlarga qaraganda, havoning birmuncha yuqori haroratlarda va harakatining birmuncha kam tezlikda boʻlishi qabul qilingan.


Yoʻl qoʻyilishi mumkin boʻlgan normalar yilning sovuq va bir mavsumdan ikkinchisiga oʻtish davrlarida (tashqi havoning) oʻrtacha kundalik harorati –10 oS dan yuqori (yoki muvofiq holda past) doimiy ish joylaridan tashqarida (I-jadval) birmuncha katta raqamlarda oʻzgarib turishi, yilning issiq paytida esa (2-jadval) tsexlar havosining oshgan harorati (ayniqsa Oʻrta Osiyo sharoitida va issiqlik ajralib chiqishi mumkin boʻlgan tsexlarda) issiqlikning aniq ortiqcha boʻlishini koʻzda tutadi. Bu tashqi muhitining issiq boʻlishi bilan birga katta miqdordagi issiqlikni yoʻqotishni qiyinligi bilan bogʻliq.
Biroq bu holda ham normalar yoʻl qoʻysa boʻladigan maksimumni chegaralaydi (ammo Oʻrta Osiyo sharoiti uchun emas). Issiqlik ajralishi yuqori boʻlgan tsexlarda havoning harakat tezligi ham birmuncha ortiqcha belgilanadi.
Standartlarda xonalarning katta kichikligi, issiqlik va namlik ajratilshning birga uchrashi, doimiy harorat yoki harorat va namlik kabilarni sunʼiy usulda tutib turish sharoitlarini hisobga oladigan qator qoʻshimcha tavsiyalar va aniqliklar ham mavjud.
Koʻrsatib oʻtilgan normalarga qoʻshimcha qilib, ish joylarida issiqlikning nurlanish intensivligi 300 kkal.m2 dan yuqori boʻlganda albatta havo dushlari qurilishi zarur ekanligini nazarda tutish lozim. Bunda beriladigan havo harorati va harakat tezligi yil fasliga, ish kategoriyasi va issiqlik nurlarining koʻp-kamligiga bogʻliq. Ish nechogʻlik ogʻir boʻlsa, harorat shunchalik past va havo harakati yuqori boʻladi.
Download 0.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling