Oʻzbekiston respublikasi raqaml texnologiyalar vazirligi


Download 0.71 Mb.
bet4/8
Sana19.06.2023
Hajmi0.71 Mb.
#1612815
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Begim jkjkm,

Django freamworki haqida

Django bu - python dasturlash tilida veb ilovalar ishlab chiqish uchun ajoyib Freamwork. Django python dasturlash tilida yozilgan. Django Freamworki birinchi bor 2005-yil 21-iyulda ishga tushirilgan. Loyihani ishlab chiquvchilari Django Software Foundationdir va loyiha ular tomonidan qo'llab-quvvatlanadi. Dasturchilar: Rasl Keyt Magi, Adrian Holovaty, Saymon Vilson, Yakob Kaplan Moss, Uilson Mayner. Freamwork krossplatformalikdir(ya'ni barcha operatsion tizimlarni qo'llab quvvatlaydi). Djangoda yaratilgan sayt bir yoki bir nechta ilovalardan tashkil topishi mumkin. Bu esa Freamworkning arxitekturasini boshqalaridan farqli jihatidir.
Freamworkning ishlash prinsplaridan biri bu - DRY (Don't repeat yourself-"o'z-o'zingni takrorlarma"). Bu degani, siz sayt yozish davomida siz "velosiped"ni qaytadan ixtiro qilmaysiz, u siz uchun tayyor. Ya'ni bir kodni qaytadan yozishga hojat yo'q, bu esa veb ilovaning yaratilish protsessini tezlashtiradi.
Django 2005-yilda ishlab chiqildi va shu vaqtdan boshlab bosqichma-bosqich eng yaxshi Freamworklar qatoridan o'rin egalladi. Freamwork dasturchilarning muammolarini bir necha daqiqa mobaynida hal etib bermoqda. Django veb ilovalarning yozilish jarayonini sezilarli darajada yengillashtirdi va veb ilovalar yaratish uchun ajoyib, soddalashtirilgan yo'lni taqdim eta oldi.
Freamwork loyihalashtirishda Model View Controller (MVC) loyihalashtirish shablonidan foydalanadi:

1.1-rasm.
MVC - "Model View Controller" ya'ni : Model(model- ma'lumotlarni o'zida saqlaydi va controller buyruqlariga asoslanib o'z holatini o'zgaritiradi),View (ko'rinish yoki interfeys - ma'lumotlarning tashqi ko'rinishini ta'minlaydi), Controller(boshqaruvchi -ya'ni foydalanuvchi harakatlarini interpretatsiya qiladi).
MODEL - Djangoning rasmiy qo'llanmasida(django documentation) model bu "ma'lumotlarning manbasi" ekanligi haqida aytilgan. U o'zida kalit so'zlar va ma'lumotlarni saqlaydi. Qisqa qilib aytganda ma'lumotlar "jadval" ko'rinishida saqlanadi va buning uchun Djangoda:PostgreSQL, MySQL, SQLite va Oracle kabi ma'lumotlar omborlarini qo'llab quvvatlaydi.
VIEW- view 3ta asosiy muammoni hal qiladi: HTTP so'rovlarni qabul qiladi, HTTP so'rovlarni yuboradi, TEMPLATES ya'ni shablonlar.
Djangoning boshqa Freamworklardan yana boshqa bir farqi, Freamworkdagi URLlarga ishlov beruvchilar(url handlers) regular expressions yordamida konfiguratsiya qilinadi.
Djangoda ORM tushunchasi
Djangoda ma'lumotlar ombori(ma'lumotlar bazasi) bilan ishlash uchun o'zining ORMini ishlatadi va obyektning modelini pythondagi klasslar yordamida aniqlaydi, shu orqali ma'lumotlar ombori sxemasi shakillanadi:


1.2-rasm. Djangoda ORMning ishlash sxemasi


ORM - "Object-Relational Mapping". Dasturlashning bu texnologiyasi ma'lumotlar omobori bilan uzviy bog'liq bo'lib, obyektga yo'naltirilgan dasturlash tilllari konsepsiyasi asosida ishlaydi va virtual "obyektlar ma'lumotlar omborini" yaratadi.
Djangodagi ORM sabab dasturchi ma’lumotlar bazasi bilan ishlay oladigan dasturlash tilini bilishi talab etilmaydi. ORM kodini minimal ravishda o’zgartirish orqali ma’lumotlar bazasiga kirishga imkon beradi.

Download 0.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling