3. Viruslarga qarshi himoya tizimlarini qurish
Viruslardan va boshqa zarar keltiruvchi dasturlardan himoyalovchi korporativ tizimni qurish quyidagi bosqichlami o‘z ichiga oladi.
Birinchi bosqichda himoyalanuvchi tarmoqning o‘ziga xos xususiyatlari aniqlanadi va bir necha virusga qarshi himoya variantlari tanlanadi hamda asoslanadi. Bu bosqichda quyidagilar bajariladi:
- kompyuter tizimi va virusga qarshi himoya vositalarining auditi;
- axborot tizimini tekshirish va kartirlash
- viruslaming suqilib kirishi bilan bog‘liq tahdidlaming amalga oshirish ssenariysini tahlillash.
Natijada virusga qarshi himoyaning umumiy holati baholanadi.
Ikkinchi bosqichda virusga qarshi xavfsizlik siyosati ishlab chiqiladi. Bu bosqichda quyidagilar bajariladi:
- axborot resurslarini turkumlashning turi;
- virusga qarshi xavfsizlikni ta’minlovchi kuchlami yaratish
- vakolatlami taqsimlash;
- virusga qarshi xavfsizlikni tashkiliy-huquqiy madadlash;
- virusga qarshi xavfsizlik instmmentlariga talablami aniqlash;
- virusga qarshi xavfsizlikni ta’minlash xarajatlarini hisoblash.
Natijada korxonaning virusga qarshi xavfsizlik siyosati ishlab chiqiladi.
Uchinchi bosqichda dasturiy vositalari, axborot resurslarini inventarizatsiyalash va monitoringini avtomatlashtirish vositalari tanlanadi. Virusga qarshi xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha tashkiliy tadbirlar ro‘yxati ishlab chiqiladi. Natijada korxonaning virusga qarshi xavfsizligini ta’minlovchi reja ishlab chiqiladi.
To ‘rtinchi bosqichda virusga qarshi tanlangan va tasdiqlangan xavfsizlik rejasi amalga oshiriladi. Bu bosqichda virusga qarshi vositalar yetkazib beriladi, joriy etiladi va madadlanadi.
Natijada korporativ virusga qarshi himoyalashning samarali tizimi yaratilishiga imkon tug‘iladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |