O’zbekiston respublikasi raqamli texnalogiyalar vazirligi muhammad Al-Xorazmiy nomidagi


Download 372.22 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/5
Sana02.11.2023
Hajmi372.22 Kb.
#1741118
1   2   3   4   5
Bog'liq
malumotlar tuzulmasi 1 mustaqil ish

Tezkor xotira ma’lumotlarni o’z muhitida nisbatan doimiy saqlash uchun 
mo’ljallangan. Tezkor xotiraning muhim xususiyatlaridan biri 
bu adreslanganligi hisoblanadi. Bu xotira yacheykalari massividagi har bir xotira 
yacheykasi birqiymatli o’z nomi (identifikatori)ga egaligini anglatadi. Ushbu 
nom yacheyka adresi deb ataladi. Yacheyka adresi tezkor xotiraga murojaat qilgan 
mashina kommandasining operandi hisoblanadi. Zamonaviy hisoblash tizimlarida 
adreslash uchun ikkilik 8 razryaddan tashkil topgan bayt-yacheyka birligi qo’llaniladi. 
Tezkor xotiraning aniq yacheykalari yoki yacheykalar majmuasi dasturdagi aniq 
o’zgaruvchi bilan bog’liq bo’lishi mumkin. Lekin o’zgaruvchilar ishtirok etgan 
arifmetik hisoblashlarni bajarish uchun hisoblash boshlanmasdan oldin o’zgaruvchilar 
xotira yacheykasidan registrlarga o’tkazilishi zarur bo’ladi. Agar hisoblash natijasi 
ham ushbu o’zgaruvchiga o’zlashtirilgan bo’lsa, u holda natija qiymat ham yana mos 
registrdan ushbu o’zgaruvchiga bog’liq bo’lgan tezkor xotira yacheykasiga 
o’tkazilishi kerak. Dastur bajarilishi vaqtida uning komandalari va ma’lumotlari 
asosan tezkor xotira yacheykalarida joylashadi. Tezkor xotira elementlarining to’liq 
to’plami ba’zan asosiy xotira deb ham yuritiladi. 
Tashqi xotira ma’lumotlarni uzoq muddat saqlab turish uchun mo’ljallangan. Bu 
xotiraning farqli tomoni shundaki, undagi ma’lumotlar dastur o’z ishini 
yakunlagandan keyin ham, hisoblash mashinasi elektr tokidan ajratib qo’yilganda ham 
saqlanib qoladi. Ya’ni biror bir dastur yordamida hosil qilingan (yoki tashqi xotirada 
saqlangan) ma’lumot ushbu dastur ishi yakunlangandan keyin va qayta ishga 
tushirilganda foydalanish uchun alohida saqlab qo’yilishi mumkin. Tashqi xotiradagi 
ma’lumotlarda bir necha marta qayta qayta foydalanish imkoniyati mavjud bo’ladi. 
Tashqi xotira dasturning o’zini saqlab qo’yish uchun ham qo’llaniladi. Tashqi 
xotiraning qiymati tezkor xotiradan kichik bo’lsa ham, uning ma’lumotlarni saqlash 
hajmi juda katta bo’ladi. Tashqi xotiraning yana bir vazifasi bajarilayotgan dasturning 
bajarilishi vaqtida zarur bo’lmagan kodi va ma’lumotlarini vaqtincha saqlab turish 
hisoblanadi. Faol bajarilayotgan dastur va u qayta ishlayotgan ma’lumotlar albatta 
tezkor xotiraga ko’chirib o’tkazilgan bo’lishi kerak, ya’ni tashqi xotira bilan registrlar 
o’rtasida ma’lumotlarni to’g’ridan-to’g’ri almashish imkoniyati mavjud emas. 
Ma’lumotlarni saqlovchi qurilma sifatida tashqi xotira ham tezkor xotiraga o’xshash 
adreslangan xususiyatga ega. Shuning uchun tashqi xotiradagi ma’lumotlar tuzilmasi 
ham tezkor xotiradagidek, ularni qayta ishlash algoritmlar ham bir xil bo’ladi. Lekin 
tashqi xotiraning fizik muhitida butunlay boshqa ko’rinishga ega bo’lib, undagi 
adreslarga kirish boshqa vaqtinchalik xususiyatlarga ega. Tezkor xotira uchun 
samarali bo’lgan tuzilmalar va algoritmlar tashqi xotira uchun ishlamasligini bildiradi. 
Qayta ishlanadigan axborotlarning katta hajmi real hayotning ajralmas qismi 
hisoblanadi. Muayyan masalalarni yechish uchun zarur bo’lgan 
axborotlar

muammoga bog’liq bo’lgan aniq ma’lumotlar majmuasidan tashkil topadi. Ixtiyoriy 


masalani yechishda mavhumlashtirish darajasini tanlash zarur, ya’ni real holatni 
tavsiflovchi ma’lumotlar to’plamini aniqlash kerak bo’ladi. Tanlab olishda hal 
qilinishi zarur bo’lgan masalani uchun ma’lumotlarni to’g’ri boshqarish zarur. 
Keyinchalik ushbu ma’lumotlarni tavsiflash usulini tanlab olish kerak bo’ladi. 
Ma’lumotlar turi, ma’lumotlarning abstrakt (mavhum) turlari va ma’lumotlar 
tuzilmasi 
Ushbu tushunchalar, o’xshash bo’lishi mumkin, lekin ularning ma’nosi har xil 
hisoblanadi. 
Dasturlash tillarida o’zgaruvchining ma’lumot turi, ushbu o’zgaruvchi qabul qilishi 
mumkin bo’lgan qiymatlar to’plamini anglatadi. Ma’lumotlar turi natural va butun 
sonlar, haqiqiy (o’nlik kasr ko’rinishidagi) sonlar, satrlar, belgilar va boshqalarni o’z 
ichiga oladi. 
Ba’zi dasturlash tillarida har bir konstanta yoki o’zgaruvchilarning turini unga 
ta’minlangan qiymatning yozilishiga qarab kompilyator aniqlaydi. Masalan, o’nlik 
sonda qo’llaniladigan nuqta, haqiqiy son belgisi sifatida qabul qilinadi. Boshqa 
dasturlash tillarida esa, dasturchi tomonidan kirtilayotgan har bir o’zgaruvchining turi 
aniq ko’rsatilishi talab etiladi, va bu muhim vazifalardan biri hisoblanadi. Dastur 
bajarilishi davomida o’zgaruvchining qiymati bir necha marta almashishi mumkin, 
lekin uning turi o’zgarmasligi kerak. Bu kompilyator o’zgaruvchi ustida bajariladigan 
amallarni uning tavsiflanishiga mos ravishda tekshirib chiqadi. Bu tekshirish to’liq 
dastur matni bo’yicha amalga oshiriladi va natijada dastur bajaradigan barcha amallar 
aniqlab olinadi. 
Dasturlash tilining maqsadiga qarab, kompilyatsiya jarayonida ma’lumotlarning turi 
himoyalanganlik darajasi mavjud. Masalan, Pascal dasturlash tilida ma’lumotlarning 
turi qat’iy himoyalangan bo’lib, dasturning sarlavha qismidayoq dasturda 
qo’llaniladigan barcha o’zgaruvchilar va konstantalarning turlari aniqlab berilishi 
talab qilinadi. C dasturlash tilida esa buning teskarisi bo’lib, ma’lumotlarning turini 
aniqlash dastur bajarilishi vaqtida dasturchi tomonidan aniqlanishi ham mumkin. Bu 
esa C dasturlash tilida ma’lumotlarning turi kuchsiz himoyalanganligini bildiradi. Shu 
bilan birgalikda ma’lumotlarning turi qat’iy himoyalanmagan dasturlash tillarida 
dasturning to’g’ri ishlashiga javobgarlik dasturchining o’ziga yuklatilgan. 

Download 372.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling