O’zbekiston respublikasi raqamli texnalogiyalar vazirligi muhammad Al-Xorazmiy nomidagi
Ma’lumotlarning abstrakt (mavhum)
Download 372.22 Kb. Pdf ko'rish
|
malumotlar tuzulmasi 1 mustaqil ish
Ma’lumotlarning abstrakt (mavhum)
turlari – bu matematik model va shu model doirasida aniqlangan turli xil operatorlardir. Abstrakt ma’lumotlar turi bilan algoritmlarni ishlab chiqish mumkin, lekin ma’lum bir dasturlash tilida algoritmlarni qo’llash uchun ma’lumotlarning abstrakt turlarini ushbu dasturlash tiliga mos ma’lumotlar turi va operatorlar yordamida ishlab chiqiladi. Ma’lumotlarning abstrakt turlarini tavsiflash uchun o’zida o’zgaruvchilarning aniq to’plamini, mumkin bo’lgan ma’lumotlar turini mujassamlashtirgan ma’lumotlar tuzilmasidan foydalaniladi. Algoritmlarda qo’llaniladigan ma’lumotlar tuzilmasi juda murakkab bo’lishi mumkin. Ma’lumotlarni to’g’ri taqdim etish natijasi muvaffaqiyatli dasturlash kaliti sifatida xizmat qiladi. Ma’lumotlar tuzilmasining qurilish materiali tayanch yoki tarkibli ma’lumotlar turini saqlashga mo’ljallangan yacheykalar hisoblanadi. Ma’lumotlar tuzilmasi yacheykalar majmuasiga boshqa yacheykalar vakili (ya’ni ko’rsatkichlar) sifatida nom berish orqali ishlab chiqiladi. Xotirani adreslash Ixtiyoriy mashina komandasi – kodi ikkita maydon: amallar va adreslardan tashkil topgan. Komandaning adres maydonida adres kodi saqlanadi. Ko’p hollarda ma’lumotlarga murojaat fizik adres bo’yicha amalga oshiriladi. Odatda fizik adres komandaning adres maydoniga mos kelmaydi, lekin unga bog’liq bo’ladi. Umumiy holda kodning adresini fizik adresga akslantirish – adreslash deyiladi. Hozirgi vaqtda o’ndan ziyod adreslash usullari va ularning modifikatsiyalari mavjud. Ma’lumotlarni adreslash mavjud barcha usullarini ikkita asosiy guruhga ajratiladi: to’g’ridan-to’g’ri (bevosita) va bilvosita. Bevosita adreslash usulida operandning joylashgan adresi yoki operandning o’zi bevosita adres kodida joylashgan bo’ladi. Bilvosita adreslash usulida esa, adres kodi bo’yicha fizik adresni shakllantirish protsedurasi bajarilishi kerak, buning uchun hisoblash mashinalarida maxsus adreslash muxanizmi qo’llaniladi. Ma’lumotlar tuzilmasi klassifikatsiyasi Fizik ma’lumotlar tuzilmasi deganda ma’lumotlarning mashina xotirasida tasvirlanishini tushinish kerak va bu tushuncha ba’zan saqlash tuzilmasi, ichki tuzilma yoki xotira tuzilmasi kabi nomlar bilan ham yuritiladi. Ma’lumotlarning mashina xotirasida tasvirlanishini hisobga olmasdan hosil qilingan tuzilmalari abstrakt (mavhum) yoki mantiqiy tuzilma deb ataladi. Umumiy holda mantiqiy tuzilma bilan uning mos fizik tuzilmasi orasida farq mavjud bo’lib, bu ma’lumot taqdim etiladigan muhitning tuzilishi va xususiyatlariga bog’liq bo’lgan farqlar hisoblanadi. Shuning uchun ham mantiqiy tuzilmani fizik tuzilmaga va aksincha, fizik tuzilmani mantiqiy tuzilmaga aylantiruvchi (aklantiruvchi) protseduralar ishlab chiqilgan. Bu protseduralar, fizik tuzilmalarga kirish (murojaat) va fizik tuzilmalar ustida turli xil amallarni bajarishni ta’minlab beradi, bajariladigan har bir amal mantiqiy yoki fizik tuzilmada qo’llanilayotganligiga bog’liq holda o’rganiladi. Ma’lumotlar tuzilmasi oddiy (tayanch, sodda) va integrallashgan (tarkibli, murakkab) tuzilmalarga (turlarga) bo’linadi. Oddiy tuzilma deganda, bitdan boshqa qismlarga ajralmaydigan ma’lumotlar tuzilmasi tushiniladi. Fizik tuzilma nuqtai nazaridan olib qaralganda, komp’yuter arxitekturasi va dasturlash tizimlarida oddiy turning qanday o’lchamga ega bo’lishi va xotiraga joylashish tuzilishi qanday ko’rinishga ega ekanligini oldindan aytib bera olishimiz kerak. Mantiqiy nuqtai nazardan esa, oddiy ma’lumotlar bo’linmas birlik hisoblanadi. Integrallashgan tuzilma deganda uni tashkil etuvchilar boshqa ma’lumotlar tuzilmasi – oddiy yoki o’z navbatida tarkibili tuzilmalar bo’lgan ma’lumotlar tuzilmasi tushiniladi. Integrallashgan ma’lumotlar tuzilmalari dasturchilar tomomnidan dasturlash tizimlari taqdim etadigan vositalardan foydalangan holda yaratiladi. Tuzilma elementlari orasidagi bog’liqlikning mavjudligi yoki mavjud emasligiga qarab Download 372.22 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling