O’zbekiston respublikasi raqamli texnalogiyalar vazirligi muhammad Al-Xorazmiy nomidagi


Ma’lumotlarning abstrakt (mavhum)


Download 372.22 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/5
Sana02.11.2023
Hajmi372.22 Kb.
#1741118
1   2   3   4   5
Bog'liq
malumotlar tuzulmasi 1 mustaqil ish

Ma’lumotlarning abstrakt (mavhum) 
turlari 
– bu matematik model va shu model 
doirasida aniqlangan turli xil operatorlardir. Abstrakt ma’lumotlar turi bilan 
algoritmlarni ishlab chiqish mumkin, lekin ma’lum bir dasturlash tilida algoritmlarni 
qo’llash uchun ma’lumotlarning abstrakt turlarini ushbu dasturlash tiliga mos 
ma’lumotlar turi va operatorlar yordamida ishlab chiqiladi. 
Ma’lumotlarning abstrakt turlarini tavsiflash uchun o’zida o’zgaruvchilarning aniq 
to’plamini, mumkin bo’lgan ma’lumotlar turini mujassamlashtirgan ma’lumotlar 
tuzilmasidan foydalaniladi. 


Algoritmlarda qo’llaniladigan ma’lumotlar tuzilmasi juda murakkab bo’lishi mumkin. 
Ma’lumotlarni to’g’ri taqdim etish natijasi muvaffaqiyatli dasturlash kaliti sifatida 
xizmat qiladi. Ma’lumotlar tuzilmasining qurilish materiali tayanch yoki tarkibli 
ma’lumotlar turini saqlashga mo’ljallangan yacheykalar hisoblanadi. Ma’lumotlar 
tuzilmasi yacheykalar majmuasiga boshqa yacheykalar vakili (ya’ni ko’rsatkichlar) 
sifatida nom berish orqali ishlab chiqiladi. 
Xotirani adreslash 
Ixtiyoriy mashina komandasi – kodi ikkita maydon: amallar va adreslardan tashkil 
topgan. 
Komandaning adres maydonida adres kodi saqlanadi. Ko’p hollarda ma’lumotlarga 
murojaat fizik adres bo’yicha amalga oshiriladi. Odatda fizik adres komandaning 
adres maydoniga mos kelmaydi, lekin unga bog’liq bo’ladi. Umumiy holda kodning 
adresini fizik adresga akslantirish – adreslash deyiladi. 
Hozirgi vaqtda o’ndan ziyod adreslash usullari va ularning modifikatsiyalari mavjud. 
Ma’lumotlarni adreslash mavjud barcha usullarini ikkita asosiy guruhga ajratiladi: 
to’g’ridan-to’g’ri (bevosita) va bilvosita. 
Bevosita adreslash usulida operandning joylashgan adresi yoki operandning o’zi 
bevosita adres kodida joylashgan bo’ladi. Bilvosita adreslash usulida esa, adres kodi 
bo’yicha fizik adresni shakllantirish protsedurasi bajarilishi kerak, buning uchun 
hisoblash mashinalarida maxsus adreslash muxanizmi qo’llaniladi. 
Ma’lumotlar 
tuzilmasi klassifikatsiyasi
 
Fizik ma’lumotlar tuzilmasi deganda ma’lumotlarning mashina xotirasida 
tasvirlanishini tushinish kerak va bu tushuncha ba’zan saqlash tuzilmasi, ichki tuzilma 
yoki xotira tuzilmasi kabi nomlar bilan ham yuritiladi. 
Ma’lumotlarning mashina xotirasida tasvirlanishini hisobga olmasdan hosil qilingan 
tuzilmalari abstrakt (mavhum) yoki mantiqiy tuzilma deb ataladi. Umumiy holda 
mantiqiy tuzilma bilan uning mos fizik tuzilmasi orasida farq mavjud bo’lib, bu 
ma’lumot taqdim etiladigan muhitning tuzilishi va xususiyatlariga bog’liq bo’lgan 
farqlar hisoblanadi. Shuning uchun ham mantiqiy tuzilmani fizik tuzilmaga va 
aksincha, fizik tuzilmani mantiqiy tuzilmaga aylantiruvchi (aklantiruvchi) 
protseduralar ishlab chiqilgan. Bu protseduralar, fizik tuzilmalarga kirish (murojaat) 
va fizik tuzilmalar ustida turli xil amallarni bajarishni ta’minlab beradi, bajariladigan 
har bir amal mantiqiy yoki fizik tuzilmada qo’llanilayotganligiga bog’liq holda 
o’rganiladi. 
Ma’lumotlar tuzilmasi oddiy (tayanch, sodda) va integrallashgan (tarkibli, murakkab) 
tuzilmalarga (turlarga) bo’linadi. Oddiy tuzilma deganda, bitdan boshqa qismlarga 
ajralmaydigan ma’lumotlar tuzilmasi tushiniladi. Fizik tuzilma nuqtai nazaridan olib 


qaralganda, komp’yuter arxitekturasi va dasturlash tizimlarida oddiy turning qanday 
o’lchamga ega bo’lishi va xotiraga joylashish tuzilishi qanday ko’rinishga ega 
ekanligini oldindan aytib bera olishimiz kerak. Mantiqiy nuqtai nazardan esa, oddiy 
ma’lumotlar bo’linmas birlik hisoblanadi. 
Integrallashgan tuzilma deganda uni tashkil etuvchilar boshqa ma’lumotlar tuzilmasi 
– oddiy yoki o’z navbatida tarkibili tuzilmalar bo’lgan ma’lumotlar tuzilmasi 
tushiniladi. Integrallashgan ma’lumotlar tuzilmalari dasturchilar tomomnidan 
dasturlash tizimlari taqdim etadigan vositalardan foydalangan holda yaratiladi. 
Tuzilma elementlari orasidagi bog’liqlikning mavjudligi 
yoki mavjud emasligiga 
qarab 

Download 372.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling